«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


"Soliq va soliqqa tortish" fanini o‘rganishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

2. "Soliq va soliqqa tortish" fanini o‘rganishning zarurligi, uning boshqa fanlar bilan
munosabati.
«Soliq va soliqqa tortish» fani soliq harakatlarini va soliq mexanizmini har
taraflama chuqur o‘rganish asosida takrorlanib turadigan munosabatlarni tartibga
solib o‘rgatadi. "Soliq va soliqqa tortish" fani soliq amaliyotidagi eng to‘g‘ri, eng
mukammal va progressiv voqealarni o‘rganish asosida, amaliyot uchun qo‘llanish
uslublarini o‘rgatadi. SHu bilan birga soliq nazariyasini rivojlantirish asosida
iqtisodiyotni rivojlantiruvchi soliq mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga
tadbiq etishni ta’minlaydi. "Soliq va soliqqa tortish" fani nazariy jixatdan ishlab
chiqarilgan yangi asoslangan yondashuvlarni amaliyotga tadbiq etish yo‘nalishlarini
belgilaydi. SHuning uchun nazariy bilimlarga ega bo‘lgan amaliyotcht amaliyotda
katta muvaffaqiyatlarga erishish imkoni oshadi. «Soliq va soliqqa tortish» fani
«Iqtisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog‘liqdir va uning maxsus bo‘limi,
ya’ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan bo‘limidir. CHunki, «Soliq va soliqqa


tortish» fanining qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan chetga
chiqib ketolmaydi, ularga asoslanadi.
SHuningdek bu fan «Moliya» fani bilan ham chambarchas bog‘liqdir, chunki
Soliq moliya munosabatlarining tarkibiga kiradi. SHuning uchun «Moliya» ham,
soliq ham pul munosabatlarini ifodalaydi. Ularning ikkalasi uchun yagona asos pul
munosabatlarining mavjudligidir. Lekin, soliq keyinchalik o‘ziga xos bo‘lgan pul
munosabatini, ya’ni soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi majburiy pul
munosabatini ifodalaydi.
Bu fan «Davlat byudjeti», «Soliq nazariyasi», «Rivojlangan xorijiy mamlakatlar
Soliqi tizimi», «Buxgalteriya hisobi», «Moliya xuquqi», «Moliyaviy menejment»,
«CHet mamlakatlar moliya tizimi», «Soliqni bashorat qilish va soliq tashkilotlarida
yuridik shaxslarni soliqqa tortishning nazorati» fanlari bilan ham chambarchas
bog‘liqdir.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling