«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Soliq mexanizmi tushunchasi va tarkibi.
2. Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasi.
Soliq strategiyasi bu davlatning uzoq yillarga mo‘ljallangan soliq sohasidagi tadbirlar yig‘indisidir. Bu strategiya odatda 5, 10, 15 yillarga mo‘ljallab tuzilgan konsepsiyalar yig‘indisi shaklida tashkil topadi. Soliq konsepsiyasi bu Soliqni tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olishdir. Bu ham uzoq yillarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Mustaqillik davridagi soliq siyosatiga e’tibor bersak, davlat, birinchidan, soliq tushumlarining umumiy so’mmasida egri Soliq salmog‘ini oshirib borayapti. Ular 1991 yilda 0,7 %ni tashkil etgan bo‘lsa, hozir u 50%dan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Ikkinchidan, butun Respublika soliq idoralarini yuqori darajali kompyuterlar bilan ta’minlandi. Soliq siyosatini faollashtirish maqsadida quyidagilarga e’tiborni ko‘proq qaratish lozim: 1. Soliq sohasida davlatlar yo‘l qo‘ygan ba’zi xatolarning takrorlanmasligi uchun soliq tarixini puxta o‘rganish lozim. 2. Soliqqa tortish va uni undirish ishlarining arzonga tushishiga erishish. 3. Soliq ob’ekti aniq, ixcham, to‘lovchilarga va soliq idoralari xodimlariga soliqni hisoblash uchun oson va qulay bo‘lishi zarur. 4. Soliqni byudjetga o‘z vaqtida to‘liq tushishiga qiziqtirish maqsadida byudjetga ko‘p, salmoqli soliq to‘lovchilarga soliqdan ma’lum qismini qoldirish ham maqsadga muvofiqdir. Respublikada soliq siyosatini takomillashtirish, yangi soliq tizimini joriy etish bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda amalga oshirilishi Respublikani iqtisodiy inqirozga yuz tutishiga yo‘l qo‘ymaydi va xalq xo‘jaligini barqarorlashtirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. 3. Soliq mexanizmi tushunchasi va tarkibi. Soliq mexanizmi bu sub’ektiv tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga soliq turlari, elementlari, tashkil qilish usullari, soliq qonunchiligi, Soliqni hisoblash va to‘lash ustidan davlat nazoratini o‘tkazishni oladi. Soliq mexanizmi byudjet mexanizmi tarkibiga kiradi. Soliq mexanizmi deganda soliqqa tortish bilan bog‘liq bo‘lgan Soliqni tashkil qilishning barcha elementlari yig‘indisi tushuniladi. Bunday elementlarga soliq ob’ekti, sub’ekti, manbai, soliq stavkasi, to‘lov muddatlari, soliq xuquqi va xujjatlari kiradi. Soliq mexanizmi soliq tizimining amaliyotga tatbiq etilishini ifodalaydi. Soliq mexanizmidan foydalanish soliq elementlarining yig‘indisidan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan tushunchadir. Bu mexanizm tarkibida Soliq va boshqa to‘lovlar kabi elementlar borligini aytib o‘tish zarur. SHu mexanizm tarkibida Soliq aksariyat uzoq yillar harakat qilsa, ularning elementlari (masalan, stavkasi) tez-tez o‘zgarib turishi mumkin. Soliq mexanizmini shunday takomillashtirish lozimki, byudjetga Soliq to‘liq va o‘z vaqtida tushsin. Bu ular bir vaqtning o‘zida tovar ishlab chiqarishni kengaytirish va ko‘p daromad olish imkonini bersin, eksportga mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, qat’iy valyutalarga ega bo‘lsin. Hozirgi vaqtning soliq siyosati soliq mexanizimni ana shu yo‘nalishda takomillashtirib bormoqda. Bu esa bozor iqtisodiyoti talablariga mos tushib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish imkonini bermoqda. Soliq mexanizmining yo‘nalishi soliq siyosatidan kelib chiqadi. SHu sababli soliq siyosati yo‘nalishi o‘zgarsa, soliq mexanizmining keraksiz elementlari chiqarib tashlanadi va yangi elementlar kiritiladi. Masalan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bozor iqtisodiyoti talablariga mos kelmaydigan Soliq bekor qilinib, yangi Soliq (QQS, aksiz va boshqa) vujudga keldi. Soliq mexanizmiga o‘zgarishlar kiritilib, takomillashtirilib boriladi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling