«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


O‘zbekiston Respublikasi Soliq tizimi va uning tarkibi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

4. O‘zbekiston Respublikasi Soliq tizimi va uning tarkibi.
Avvalo soliq tizimi va soliqqa tortish tizimining farqini aytib o‘tmoq zarur. Soliq
tizimi mohiyati jixatidan bir xil bo‘lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan
soliq turlarining yig‘indisidir.
Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan
undiriladigan Soliqni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga
soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Bu erda tizim iqtisodiy kategoriyani o‘rganish
hamda Soliq undirishni tashkil qilish masalalarini o‘z ichiga oladi. Bu tizimning roli
va strukturasi jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy tuzumi bilan aniqlanadi. O‘zbekiston
Respublikasining soliqqa tortish tizimi o‘z mazmuniga ko‘ra soliq elementlari, ularni
tashkil qilish tamoyillari va usullarini o‘rgatishdir.
Bir xil mohiyatga ega va o‘zaro munosabatda bog‘liq bo‘lgan markazlashgan pul
fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig‘imlar
turlarining yig‘indisiga Soliq tizimi deb ataladi. Bu ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona
mohiyat, ya’ni "majburiy harakterga ega bo‘lgan munosabat" va ularning bir biri
bilan bog‘liqligi va nihoyat byudjetga tushishligini ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston
Respublikasi Soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. SHu erda baxsli masala ham
mavjud, ya’ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug‘urta,


bandlik, yo‘l fondlari va boshqalar) to‘lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq
tizimiga kiritish muammosi mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining tarkibiy bo‘linishi quyidagi jadvalda
keltirilgan.(1 jadval)
1- jadval
Soliq tizimining tarkibiy bo‘linishi

Umumdavlat solig'i
Mahalliy soliq va yig‘imlar
1.
YUridik shaxslar daromad
(foyda) solig‘i.
Mol-mulk solig‘i.
2.
Jismoniy shaxslar daromad
solig‘i.
Yer solig‘i.
3.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
Obodonlashtirish va infratuzilmani
rivojlantirish solig‘i.
4.
Aksiz solig‘i.
Jismoniy shaxslarning benzin, dizel
yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz
iste’moli uchun soliq.
5.
Er osti boyliklaridan
foydalanganlik uchun soliq.
Kichik biznes sub’yektlarining
soddalashtirilgan soliq tizimi.
6.
Suv resurslaridan foydalangan lik
uchun soliq.
Tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi yuridik hamda
jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan
o‘tkazish yig‘imi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling