«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.4. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llari
MT = MX+IX+ST+A+BIX / M
Bu yerda: MT - mahsulot tannarxi, so‘m / dona, so‘m / kg va boshqa; MX - ishlab chiqarishning moddiy harajatlari, so‘m; IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to‘lash harajatlari, so‘m; ST - ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari, so‘m; A - asosiy vositalar amortizatsiyasi, so‘m; BIX - boshqa ishlab chiqarish harajatlari, so‘m; M - mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakazo. Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo‘yicha haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab chiqarish harajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan solishtirish, ortiqcha moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo‘l qo‘yilgan yoki tejamga erishilganini aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. 10.4. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llari Mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: - ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab chiqarish vositalarini joriy etish; - asosiy aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish; - ishlab chiqarishning material sig‘imini kamaytirish va tejamkorlikka erishish; - mashina va texnikalarning kunlik va yillik ish unumini ko‘tarish; - resurslarni tejovchi va chiqitsiz texnologiyalardan keng foydalanish; - ishlab chiqarish vamehnatni tashkil etishning ilg‘or shakllaridan foydalanish; - mehnat unumdorligini oshirish; - mahsulotlar sifatini oshirish va nobudgarchilik, yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik; - qishloq xo‘jaligida yokinlar hosildorligi va chorva mollari maxsuldorligin oshirish va boshqalar. NAZORAT VA MULOXAZA UCHUN SAVOLLAR 1. Ishlab chiqarish xarajatlariga nimalar kiradi? 2. Mahsulot tannarxi nima? 3. Mahsulot tannarxi qanday usullar bilan hisoblanadi? 4. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi qanaday hisoblanadi? 5. Asosiy vositalar amortizatsiyasi deganda nimani tushunasiz? 6. Qishloq xo‘jaligida mahsulot tanarxi qanday hisoblanadi? 7. Qishloq xo‘jaligida mahsulot tannarxini hisoblashda harajat moddalarini sanab bering? 8. "Boshqa xarajatlar" moddasiga qanday xarajatlar kiritiladi? 9. Mahsulot tannarxini hisoblash ketma-ketligi qanday amalga oshiriladi? 10. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llari nimalardan iborat? Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling