2-MAVZU. Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat barqarorligiga tahdid.
1. Diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasi. Diniy ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi. Terrorizmning moliyaviy manbalari.
2. Musulmon mamlakatlarining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi. Global terrorizm indeksi: faktlar va tendensiyalar.
3. Diniy ekstremizm, fundamentalizm g`oyalarining harbiy jamoaga kirib kelishini oldini olish.
1. Diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasi. Diniy ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi. Terrorizmning moliyaviy manbalari.
Diniy ekstremizm, aqidaparastlik va mutassiblikning
mazmun – mohiyati va ularning salbiy oqibatlari.
Manbalar diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalishidan dalolat beradi. Shunday bo`lsada ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etish lozim. Zero hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo`lib, dunyoning barcha davlatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. “XXI asrda globallashuv jarayonlarining jadallashuvi va butun xalqaro munosabatlar tizimining tubdan o’zgarishi, xavfsizlikka tahdidlar doirasining kengayishi, xususan, ekstremizm, radikalizm va xalqaro terrorizmning kuchayishi kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi”, deb ta’kidlaydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev1.
“Fundamentalizm” tushunchasining ma`nosi, muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki, birlamchi ko`rinishini anglatadi. Diniy fundamentalizm ostida dinni ilk davrdagi holatini qayta tiklashga chaqirish tushuniladi. Musulmonlar jamiyatini ilk islom, Qur`on va shariat ahkomlarida bayon etilgan talablarga ko`ra o`zgartirib borishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi va joriy etilgan har qanday boshqa yangilikni bid`at (arabcha «yangilik kiritish, birinchi marta yaragish») sifatida inkor etadi.
“Fanatizm” - esa (o`ta ketgan mutaassiblik) o`ziga xos xususiyati va ko`rinishlar, avvalom bor o`z dinining haqiqiyligiga o`ta qattiq ishonish, boshqa diniy e`tiqodlarga murosasiz munosabatda bo`lishdan iboratdir.
“Ekstremizm”- (lotincha - “aql bovar qilmas darajada”, “haddan oshish”) jamiyatda qabul qilingan qonun – qoidalarga zid bo`lgan g`oyalarni targ`ib qilish, keskin radikal qarashlar va harakatlar tushuniladi. Bunday harakatlarga diniy tus berish diniy ekstremizmga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |