Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli


Ma’rifatparvar adib Fitrat o’z davrida “Bu dunyo kurash maydonidir. Sog’lom tan, o’tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir


Download 0.68 Mb.
bet4/25
Sana07.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1082033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma

Ma’rifatparvar adib Fitrat o’z davrida “Bu dunyo kurash maydonidir. Sog’lom tan, o’tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”, - degan edi.
Ma’lumki, har qanday millatning, jamiyatning inqirozga yuz tutishiga birinchi navbatda ma’naviyat omilining susayishi sabab bo’ladi. Zero, davlatimiz rahbari tomonidan takror va takror ta’kidlanganki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavur eta olmaydi. Demak, bugungi kundagi ma’naviy tahdid tabiiy ravishda jamiyat uchun «ma’naviy xavfsizlik» muammosini keltirib chiqaradi. Jumladan, bizning jamiyatimiz uchun ham ushbu masala o’ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Kuzatishlar ko’rsatayotganidek, hozirgi vaqtda turli toifadagi dushmanlarimizning ma’naviyatimizga nisbatan xuruji quyidagi ko’rinishlarda yuz bermoqda:
• ekstremistik ruhdagi diniy g’oyalarni tiqishtirishga intilish;
• milliy taraqqiyot modeliga aholi o’rtasida ishonchsizlik uyg’otish;
• demokratiya qadriyatlari va demokratik taraqqiyot imkoniyatlariga nisbatan shubha bilan qarash holatini vujudga keltirish;
• odamlar ongini ezgu g’oyalardan chalg’itish;
• g’arbga xos bo’lgan dunyoqarash va xulq-atvor normalarini tiqishtirishga harakat qilish;
• jamoaparvarlik, ijtimoiy hamkorlik ruhini inkor etib, individualizm g’oyalarini sun’iy ravishda tiqishtirish;
• xayoliy-farovon turmush tarzini va’da qilish;
• jamiyatni fikrsizlikka undash;
• jamiyat a’zolari, ayniqsa yoshlar tafakkurida milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg’ularini zaiflashtirish, xalqimiz urf-odatlari, milliy mentalitetiga begona odatlarni kiritishga intilish.
Ko’pgina demokratik mamlakatlarda olimlar va mutaxassislar insonning ma’naviy dunyosi bilan bog’liq omillarni o’rganishga katta ahamiyat berishmoqda.
Jumladan, olam barqarorligi va yaxlitligida iqtisodiy, siyosiy, texnologik, umuman, moddiy omillar bilan birga ijtimoiy jarayonlar, inson xohish-irodasi, xatti-harakati va ongi, hayotiy faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlanmoqda. Turli xavfli jarayonlarni bartaraf etishda insonning ishtiroki va o’rni haqida so’z yuritar ekanmiz, ushbu o’rinda, ma’naviy faol shaxsning qiyofasi, mohiyati, ichki dunyosi, qolaversa, moyilliklari to’g’risida turli-tuman fikrlar mavjudligini albatta e’tiborga olish zarur. Insonning shakllanishi va ijtimoiy mavjudot sifatidagi ma’naviy rivojlanishi ijtimoiy taraqqiyot bosqichlari, ularning mohiyat va xususiyatlari bilan chambarchas bog’liq. Bu haqiqatni hech kim inkor etolmaydi. Lekin mustaqillikka erishib tafakkur xilma-xilligi tamoyili qaror topgunga qadar, bu muammo bir yoqlama talqin qilinib kelingan. Doimiy takrorlanib turuvchi ijtimoiy qonuniyatlar jarayoni bilan inson salohiyatining o’zaro munosabati haqida noto’g’ri tasavvur hosil qilindi. Insonning buyuk kuch-qudrati, uning cheksiz imkoniyati tan olinmay, ko’plab ilg’or g’oyalardan ongli ravishda uzoqlashtirilgan edi. Ilg’or ma’naviy dunyoqarashga ega kishi esa darhol “idealistlar” safiga kiritilardi. Bunday yondashuvning nomaqbul jihatlardan biri insonning barcha xavf-xatarlar oldida ojiz qilib qo’yilganidir. Insonning ijtimoiy hodisalarni tushunish, bilish va anglab yetish qobiliyati tan olinmagan, jamiyat hayotidagi xavf-xatarlarni bartaraf etish yo’llari, vositalari va qurollari insonning o’zidan emas, balki undan tashqarida bo’lgan allaqanday “ob’ektiv borliq”dan qidirilgan. Ro’y berayotgan voqea-hodisalar mohiyati ishlab chiqarish, sinfiy kurash bilan bog’lanib, ularning manbai turli mafkuraviy yo’llar bilan to’sib kelindi. Insoniyat boshiga ulkan xavf-xatar va fojialarni solgan fashizm va bolьshevizm mafkurasining asl sababi inson tabiatidan axtarilmasdan, bu holatlar qandaydir “tarixiy zaruriyat” deb talqin qilindi. Inson omilidan shu tariqa yiroqlashish oqibatida shaxsdan taqdirga tan berish, faqat jon saqlab qolishning turli-tuman chora-tadbirlari haqida o’ylashgina talab qilindi. Inson o’z murakkab muammolari bilan taqdir girdobiga tashlab qo’yildiki, natijada u o’z or-nomusi, haq-huquqini himoya qilishni qandaydir “partiya rahnamoligi” yoki “xalqlar otasi” deya ta’riflangan “dohiylar” nomi bilan bog’lash payiga tushdi. SHo’rolar tuzumida yashagan inson shu qadar mutelikka yuz tutdiki, oqibatda u fashizm, kommunizm va totalitarizm singari vahshiy tartiblarga qarshi ochiqdan-ochiq bosh ko’tarishdan ko’ra yolg’izlikni, uzlatni, loqaydlikni afzal ko’ra boshladi. Nemis faylasufi I.Kant: “Men tarixni o’qigan va tahlil qilganim sari, uning insonlar nomukammalligining unsiz guvohi ekanligini anglab yetdim”, deganida nihoyatda haq edi. Mustaqillikdan keyin odamlarning ongu tafakkuri o’zgara boshladi. Ammo turmush tarzi, hayotiy intilishlar almashayotgan bir paytda, g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib qolishga intilayotgan kuchlar ham harakatga tushib qoladi. SHu ma’noda g’arb olamining bugungi jamiyatimizga nisbatan turli-tuman yo’llar bilan daxl qilish amaliyoti vayronkorlikdan boshqa narsa emas. Bundan ma’lum bo’ladiki, hozirgi davrda milliy ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish har bir kishining ijtimoiy faol shaxs sifatida faoliyat ko’rsatishini taqozo etadi. Hozirgi davrda insoniyatga qarshi qaratilgan eng salbiy jihatlardan biri kuchli davlatlar tomonidan boshqa mamlakatlar, xalqlar, millatlarni mahv qilishning makkorona uslub va vositalarning qo’llanishida namoyon bo’lmoqda. Bu jarayonda mustaqil jamiyatni qurish va rivojlantirishning asosi bo’lgan ma’naviyatga xuruj qilish amaliyoti ustuvorlik qilmoqda. Ma’naviyatga xurujlarni amalga oshirishda «yangi globallashuv» jarayonlarini o’z manfaatlari yo’liga burib yuborishga harakat qilayotgan ayrim yetakchi mamlakatlar va ular nomidan ish ko’rayotgan turli siyosiy tashkilotlar asosiy o’rin egallayotir. Ma’naviy xurujning asl mohiyati – egallab olish ko’zda tutilgan jamiyatni, xalqni o’z milliy qiyofasidan, ongi, tafakkuridan, ijtimoiy hamkorlik tizimidan, xulq-atvor normalaridan, tarixiy ildizlaridan ongli ravishda begonalashtirishdan iborat bo’lib, u mamlakatni butunlay qaram qilib olish maqsadida amalga oshiriladi. Negaki, biron bir millatni mafkuraviy qaram qilmay turib, uni to’la bo’ysundirish mumkin emas. Bu tarixda o’z tasdig’ini topgan haqiqatdir. SHu bois ham ma’naviy xuruj «ijodkorlari» o’z kirdikorlarini amalga oshirish uchun globallashuv tufayli shakllangan yangi axborot tizimidan har tomonlama foydalanishga intilmoqdalar.
Shunday ekan, davlatimiz rivojlanishi, yurtimiz fuqarolarining va ayniqsa yoshlar ong va ma’naviyatini to’g’ri tarbiyalashda biz targ’ibotchilarning faoliyati muhim hisoblanadi. Prezidentimiz alohida ta’kidlaganlaridek: “Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz havf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlarsodda, g’o’r bolalarni o’z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikniyanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim”.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling