Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli
Diniy ekstremistik tashkilotlar tomonidan ko`zlanayotgan strategik maqsadlar
Download 0.68 Mb.
|
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy ekstremistik tashkilotlar tomonidan hal etishga harakat qilinayotgan taktik vazifalar
- Dinny ekstremistik tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar ijrosining usullari
Diniy ekstremistik tashkilotlar tomonidan ko`zlanayotgan strategik maqsadlar:
- amaldagi dunyoviy (konstitutsion) davlat tuzumini diniy tamoyillarga (shariat me`yorlariga) asoslangan teokratik tuzumga almashtirish – diniy ekstremistik tashkilotlar tomonidan ko`zlangan asosiy strategik maqsad sanaladi. Diniy ekstremistik tashkilotlar tomonidan hal etishga harakat qilinayotgan taktik vazifalar: - aholining keng ommasini «islomlashtirish»; - hukm surayotgan barqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarish; - dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish; - O`zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda mintaqa tashqarisida faoliyat yuritayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar bilan aloqalar o`rnatish; - diniy ekstremistik tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan xatti-harakatlarni moliyalashtirib borishning barqaror yo`llarini yaratish kiradi. Dinny ekstremistik tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar ijrosining usullari: - bosma nashrlar, varaqalar, internet tarmog`ida yaratilgan saytlar, maqsadli da`vatlar yozilgan elektron axborot tashish vositalari orqali shariat talablariga, ayniqsa, «Hizb ut-tahrir» qarashlariga javob beradigan hayot tarzi va davlat tuzilishining teokratik shaklini keng targ`ib qilish; - O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holatini qoralash, hukumat idoralari va ularning vakillarini badnom qilish, jumladan ularni «Yahudiylar bilan yo`lga qo`yilgan aloqa», «xalqni qirg`in-barot qilish», «Amerika imperiayalizmiga erk berish»da ayblash; - davlatning rasmiy diniy idora vakillarini obro`sizlantirish, mavqeilarini zaiflashtirish; - guruh a`zolarini u yoki bu soha mutaxassisi sifatida talab darajasida ixtisoslashtirish bilan tashkiliy tuzilmalar safini mustahkamlab, ularni ma`naviy va moddiy rag`batlantirishning puxta o`ylab chiqilgan tizimini shakllantirish; - diniy ekstremizm g`oyalariga xayrixoh kishilarni muayyan tadbirlarda (masalan, sport tadbirlarida) ishtirok etishini niqob qilib, qo`shni davlatlar hududidagi olis aholi punktlariga, odatda, ayrim davlatlarning markaziy hukumati tomonidan sust nazorat qilinadigan hududlarga olib ketib, jangari sifatida tayyorlash; - nafaqat targibot ishlari bilan shug`ullanish, balki mustahkam o`rnashib olgan tarzda boshqa turdagi josuslik faoliyatini olib borishlari uchun tarafdorlarni davlat hukumati va huquqni muhofaza qilish idoralari, shu jumladan, Qurolli Kuchlar safiga singdirib kiritish; - “O`zbekistonda din erkinligi tamoyillarining buzilayotgani” haqidagi uydirmalar bilan inson huquqini himoya qilish tashkilotlarining xalqaro idoralari va joylardagi sho`balarga murojaat qilish; - mahalliy hokimiyatga ta`sir ko`rsatish maqsadida ochiqdan - ochiq harakatlar, namoyishkorona chiqishlar (piketlar) uyushtirish, varaqa tarqat`ish va shu kabi boshqa tadbirlarni amalga oshirish; - arab – isroil nizosiga oid varaqalarda yaqqol aks ettirilgan yakka tartibdagi jihod va shahid bo`lishni targ`ib qilish, «manzilsiz», «ommaga qarshi» terror va yashirin faoliyat taktikasini ommalashtirish; - adabiyotlar soni va adadini ko`paytirish, asosiy qarorgohlarni kishi borishi qiyin kechadigan tog`li hududlar yoki hukumat va huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan sust nazorat qilinadigan joylarda tashkil etish; - boshlang`ich diniy ekstremistik guruhlar safiga qabul qilinayotgan xotin-qizlar sonini oshirish yoki faqat ayollardan tashkil topgan yangi diniy ekstremistik guruhlar yaratish; - davlat hukumati tomonidan joriy etilgan madaniy bozor munosabatlari, jumladan, ulgurji savdo-sotiq tadbirlarini muqobil tarzda tashkillashtirish choralariga e`tiroz bildirayotgan aholi qismini (chunonchi, kichik tadbirkorlarni) o`z saflariga jalb qilishga urinish usullarini qo`llash orqali amalga oshirishi kuzatiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling