Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"
Download 103.16 Kb.
|
2 мавзу Milliy dinlar
Sikxizm (shogird) – XVI asrda Shimoliy–G‘arbiy Hindistonda sikhlar qabilasi orasida vujudga kelgan din. Sikxizm diniga Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos solinib, unga ergash-ganlar o‘zlarini sikxlar, ya’ni “shogirdlar” deb atashgan. «Sikxizm» atamasi ham shu so‘zdan olingan.
Hindistonda bu dinning paydo bo‘lishiga qator omillar sabab bo‘lgan. Ularning birinchisi, Hindistonda asrlar davomida davom etib kelayotgan hamda hinduiylikni tish-tirnog‘i bilan himoya qilayotgan kastachilik tartibiga qarshi kurash; ikkinchi sabab esa – hindlarning musulomon bosqiniga qarshi milliy – ozodlik harakati zaruriyati edi. Bu dinda yagona, qiyofasiz Xudoga e’tiqod qilinadi. Ular Borliq va olamdagi barcha hodisalar yaratuvchining oliy qudratining natijasidir, barcha odamlar esa Xudo oldida tengdirlar deb bilib, hinduizmdan yuz o‘girganlar. Nanak 10 yoshidayoq oliy tabaqalar kastasiga qabul qilinishiga bag‘ishlangan marosimda–bunday tabaqaga qabul qilinuvchilarga imtiyoz sifatida kiydiriladigan muqaddas bog‘ichni beliga bog‘lashdan voz kechgan va hammaning xudo oldida tengligini e’lon qilgan. 30 yil davomi darabadarlikda hayot kechirgan. Shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezib yurgan. Va nihoyat, u 40 yoshida mashhur guru (ustoz, payg‘ambar) bo‘lib tanilgan. Uning shogirdlari ko‘paygan. Nanak Ravi daryosining qirg‘og‘ida “Xudoning qasri” deb ataluvchi shahrcha barpo etgan. Ustoz Nanak dehqonlar kiyimini kiyib yurgan. Oila a’zolari bilan dehqonchilik qilgan. Shogirdlari ham dehqonchilik bilan hayot kechirishgan. Shu tariqa yangi din– sinxhiylik diniga e’tiqod qiluvchilarning birinchi jamoasi tashkil topgan. Jamoa a’zolari topgan daromadlarini o‘rtada baham ko‘rishgan. Ularning oshxonalarida qaysi kastaligidan qat’iy nazar, istalgan odam ovqatlanishi mumkin edi. Hinduiylik diniga e’tiqod quluvchilar uchun bu mutlaqo ko‘z ko‘rib, quloq ishitmagan hodisa edi. Chunki hinduiylikda past kasta a’zolari bilan birgalikda ishlash, ovqatlanish u yoqda tursin, yuqori kasta a’zosi iste’mol qilayotgan ovqatga past tabaqa vakilining, hatto tasodifan soyasi tushib qolishiga yo‘l qo‘yish katta gunoh hisoblangan. Xo‘sh, qanday qilganda inson xudoni to‘la anglab etadi va unga qo‘shilib ketadi? Buning uchun inson xudoni sevishi, unga ishonishi va sadoqatli bo‘lishi lozim. Xudoning xatti-harakatlari haqida fikr-mulohaza yuritmog‘i shart. Sinxlikda ham “inson taqdiri” to‘g‘risidagi ta’limot mavjud. Unga ko‘ra–inson taqdiri uning hayot davrida qanday xatti-harakatlar qilganligiga bog‘liq. Insonda 5 ta asosiy qusur bor. Bular – nafrat, kibr – havo, ochko‘zlik, hayot ne’matlariga o‘chlik va unga bog‘lanib qolishlikdir. Sikxizm ta’limoti, ibodat qoidalari, guru Nanakning pand-nasihatlari va hayoti «Grantx Sohib» («Dastlabki Kitob»)da bayon etib berilgan.Bu kitob beshinchi guru Arjun (1581-1606) tomonidan tuzilgan. Unga avval dastlabki besh guruning, keyinchalik esa boshqa gurularning madhiyalari kirgan. Jumladan, Kabirning, Namdevning, Farididdin Ganjishakarning (XV asr) madhiyalari bilan bir qatorda bir necha bxakti va sufiylik harakati namoyandalarining ham madhiyalari kirgan. U panjob tilida yozilgan bo‘lib, hozirgi kunda Amritsar shahri-dagi sikxlarning bosh ibodatxonasi hisoblanmish “Oltin Haram”da saqlanadi10. XVIII asrda sikhlar jamoasiga ko‘plab dehqonlar qo‘shila boshladi, natijada jamoa harbiy-demokratik tashkilot tusini oldi. Bu kastachilik va qabiladoshlikdan yuz o‘girgan teng huquqli insonlar jamoasiga aylandi. Ayni paytda, sikxizm oshkora feodallikka qarshi mafkuraga va boburiylar imperiyasiga, inglizlar zulmiga qarshi kurash bayrog‘iga ham aylandi. Bu din ta’limotidagi asosiy g‘oya diniy bo‘linishni tugatish, hammani, shu jumladan hinduiylik diniga va islom diniga e’tiqod qiluvchilarni yagona dinga birlashtirish g‘oyasi edi. Sikxizm harakati XVII asrda sikhlarning kuchli davlatini tizish bilan yakunlandi. XVIII asrda esa ular Panjobni ham egalladilar. Sikxlar davlati keyinchalik tipik feodal davlatiga aylandi. Bu davlat 1849 yilgacha, ya’ni inglizlar tomonidan istilo qilinguncha yashadi. Sikxlar jamoasi hozir ham Hindistonda juda kuchli ta’sirga ega. Sinkxlarda jamoaga qabul qilish marosimi alohi o‘rin tutadi. Jamoa a’zoligiga qabul qilish ixtiyoriylik va onglilik tamoyiliga asoslanadi. Qabul qilingan erkan nomiga sinx (sher) harbiy unvoni, ayol a’zolar nomiga esa kaur (ona sher) harbiy unvoni qo‘shib aytiladi. Jamoa a’zolari alohida axloq kodeksi qoidalariga amal qiladilar. Bular: 1) xanjar (kirpan) taqib yurish; 2) temir bilakuzuk taqib yurish (kara); 3) kalta charm sholvor kiyish (kachxa); 4) soch va soqollarni oldirmaslik (kesh); 5) salla ostidagi sochlarni albatta taroq bilan mahkamlab qo‘yish (kangxa). Axloq kodeksining bu talablari – besh “k” deb ataladi11. Sikxlar – dehqonchilik, hunarmandchilik, temirchilik bilan shugʻullanadi, ayrimlari sanoatda band. Ular bugungi kunda o‘zlari kuchli ta’sirga ega bo‘lgan Panjobni Hindistondan ajratib olish va mustaqil Xoliston davlatini tuzish uchun kurashmoqdalar. Jaynizm miloddan avvalga VI asrda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinning asoschisi kshatriya kastasidan chiqqan afsonaviy Vardhamana Maxavira (u Jinna ham deyiladi, jaynizm ana shu nomdan kelib chiqqan) edi. Rivoyatlarga ko‘ra, jaynizm ta’limoti asrlar osha 24 ustoz payg‘ambar orqali yetib kelgan, ularning eng so‘nggisi Jinna taxallusini olgan Vardhamana Maxavira edi. Jinna «Qasos» qonunini («karma» deb yuritiladi) yenggan g‘olib hamda diniy najot yo‘lidan tusiqlarni bartaraf etgan shaxs sifatida tanilgan. Jaynizm tarafdorlari o‘zlarining yarim afsonaviy payg‘ambarlariga xudolarga sig‘ingandek sig‘inadilar. Bu din ta’limotiga ko‘ra, voqeiy moddiy dunyo yovuzliklardan iborat, shuning uchun odam ulardan xalos bo‘lmoq uchun kurashmog‘i kerak. Xalos bo‘lish esa har kimning o‘ziga bog‘liqdir. Xalos bo‘lishga, najotga hamda abadiy rohat-farog‘atga faqat taqvodorlik bilan hayot kechirish orqaligina erishish mumkin. Download 103.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling