Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"


Download 103.16 Kb.
bet14/17
Sana27.02.2023
Hajmi103.16 Kb.
#1233914
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 мавзу Milliy dinlar

Daosizm – aslida falsafiy ta’limot bo‘lib, u miloddan avvalgi IV-III asrdlarda Xitoyda paydo bo‘lgan. Uning asosida miloddan avvalgi II asrda daosizm dini shakllandi.
Daosizmning falsafiy printsiplari yarim afsonaviy Xitoy donishmandi Lao-Szi qalamiga mansubdir. Bu kitob g‘alati va jumboqli aforizmlar, hikmatli so‘zlar to‘plamidan iborat.
Asarning asosiy tushunchasi «dao» (yo‘l) bo‘lib, u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-tumanligi manbaidir. Bu, go‘yo qandaydir yo‘l bo‘lib, atrofni o‘rab olgan olam va barcha kishilar shu yo‘l bilan borishi lozim. «Dao» diniy mazmun kasb etgan yo‘lgina bo‘lib qolmay, ayni paytda, u hayot tarzi, usuli, prinsiplari ham edi.
Lao-Szi hayoti haqida ma’lumotlar juda ham oz. Xitoy manbalarida Lao-Szining Xonan shahrida dunyoga kelgani, uning asl ismi Li Tan bo‘lib, Lao-Szi (Lao–keksa, Szi–donishmand) unga berilgan laqab ekani bayon qilingan. Rivoyatlarga ko‘ra, u onasi qornida sakson yil yashab, keksa holatida dunyoga kelgan. Shuning uchun uni shunday nom bilan atashgan. Daochilikning asosini “Dao” (xitoycha–“yo‘l”, “xudo”) tushunchasi tashkil etadi. Daochilik nomi ham, aynan shu so‘z asosida kelib chiqqan.
Lao-Szi xalq orasida podsho hokimiyatini juda yuqori qo‘ygan. Lekin o‘z davridagi davlat hokimiyatini tan olmagan, uni inkor etgan. Shuning uchun ham u: «Bu davlat hokimiyati mavjudligi tufayli xalq och-yalong‘ochdir, davlat soliqlari juda ulkan va og‘irdir. Bu narsa xalq kulfatining sababidir», deb yozgan edi.
Daosizm ruhoniylari shaxsning axloqiy o‘z-o‘zini takomillashtirish g‘oyasini targ‘ib qilib, dindorlarga uzoq umr ko‘rishga erishishning muayyan usulini ham taklif etadilar. Bu usullar – parhezni, jismoniy mashqlar tizimini va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda ular «yovuz ruhlarni» haydash, fol ochish bilan shug‘ullanadilar.
Daochilikning asosini “Dao” tushunchasi tashkil etadi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, “Dao” dunyoni boshqaruvchi sabab, olamlar yaratuvchisidir. Uni hech kim yaratmagan, aksincha barcha narsalar undan kelib chiqadi va unga qaytadi. U azaliy va abadiy, o‘z-o‘zidan mavjud, hamma narsada namoyon bo‘la oladi va hech kim uni ko‘ra olmaydi. Barcha narsalarning asosi, kelib chiqishi – Udir. Yo‘qlik nimaligini bilmaydi. Tabiat va koinotning mavjud bo‘lishiga ham aynan u sababchidir. Shuning uchun ham uni ba’zan “Asos” deb ham ataganlar. Insonlar ham “yaratuvchi” kabi raqobat va hirsdan yiroqla-shishlari ham daosuda hayotga ega bo‘lishlari zarur. Ta’limotdagi bunday g‘oyalar axloqiy zuhdning shakllanishiga zamin yaratdi. Lao–Szining tushunchasiga ko‘ra “Samoviy Dao” tortishmaydi, bahs–munozara qilmaydi, doimo yaxshilik yo‘li bilan zafar quchadi, gapirmaydi, lekin javob oladi, sokin va rejalari g‘oyatda mukammaldir. Daochilikda “De” (xitoycha–“yaxshilik, ezgulik kuchi”) tushinchasi ham mavjud bo‘lib, xudoning yordamchisi, uning maxfiy kuchi sifatida e’tirof etiladi. Keyinchalik “De” yaratganning ajralmas bir qismiga aylanadi, oqu-qorani anglab, dunyoning shaklini vujudga keltiradi. U barcha mavjudotlarni ta’minlaydi, parvarish qiladi, modda sifatida shakl beradi, quvvatini nihoyasiga yetkazadi. Shuning uchun ham u doim qadrlanib, e’zozlanadi. Lao-Szi insonni namunali, marhamatli, sodiq, to‘g‘ri so‘z va vazmin bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Inson “Dao”ga o‘xshashga harakat qilsin, deydi. Inson osuda hayotda yasharkan, dunyoning tabiiy va odatiy hukmlarini saqlab qolgani holda orzudagidek umr kechirishi, hukmdor ham shunday qilish bilan o‘z davlatini yaxshi bir ko‘rinishda, salohiyat bilan idora qilishi mumkin. Ijtimoiy tadbirlar, siyosiy rejalar qanchalik ustalik bilan ishlab chiqilsa, insonlar tomonidan shunchalik ishonib bo‘lmas hiyla–nayranglar yuzaga kela boshlaydi. Qanchalik ko‘p qonun va buyruqlar joriy qilinsa, shunga yarasha yaramas va o‘g‘ri–muttahamlar ham yetishib chiqadi. Bundan tashqari donishmand (Lao–Szi) quyidagi tavsiyalarni ham bergan: “O‘ylaydigan narsang hamisha yaxshi va chuqur mulohazali bo‘lishi kerak; biron narsa berayotganingda yaxshi va lutfkor bo‘lishing lozim. Biron narsa aytayotganingda to‘g‘ri so‘z va sodiq bo‘lishing shart. To‘g‘ri so‘z bo‘lsang mamlakatni yaxshi boshqarasan, biron ish qilishni xohlasang to‘g‘ri va qobiliyatli bo‘lishing shart”. Kibr, manmanlik qattiq qoralanadi. Faqat o‘zi uchun harakat qiluvchi insonlarning hech qachon yuksala olmasliklari, mag‘rur kimsalarning biron bir ishga yaramasliklari qayta–qayta ta’kidlanadi. Shuningdek, ta’limotda insonlar o‘rtasida o‘zaro urush–janjallar bo‘lishi qoralanib, komil inson tinchlik va xotirjamlikka ahamiyat berishi uqtirilgan. Bundan tashqari davlatning shaxs hayotiga ortiqcha aralashuvini ham qoralaydi.
Lao – Szi xalq orasida podsho hokimiyatini juda yuqori qo‘ygan: dao (yo‘l) ulug‘, osmon ulug‘, yer ulug‘, podsho ulug‘. Shuning uchun ham bu dinning V asrda davlat diniga aylangani bejiz emas. U Xitoy imperatorlari manfaatiga mos edi.

Download 103.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling