Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"
-o`quv savoli: Konfutsiylik ta’limoti. Xitoy milliy diniga aylanish jarayonlari. Konfutsiychilik. Daochilik – falsafiy ta’limot. “Sintoiylik. Yapon xalqi an’analari
Download 103.16 Kb.
|
2 мавзу Milliy dinlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Szyun-szi
3-o`quv savoli: Konfutsiylik ta’limoti. Xitoy milliy diniga aylanish jarayonlari. Konfutsiychilik. Daochilik – falsafiy ta’limot. “Sintoiylik. Yapon xalqi an’analari.
Qadimgi Xitoyda Lao-Szi falsafasi bilan deyarli bir davrda Kun-Szi (Konfutsiy – miloddan avvalgi 551-479)ning falsafiy ta’limoti ham paydo bo‘ldi. Konfutsiy-qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi, konfutsiychilikni asoschisi. Konfutsiychilikning nazariy asosini “Suhbatlar va mulohazalar” (“Lung -Yuy”) nomli kitobida bayon etilgan. Milodning boshlarida bu falsafiy ta’limot asosida Xitoyda konfutsiychilik dini vujudga keldi va Xan sulolasi hukmronligi davrida davlat diniga aylandi. Qanday omillar konfutsiychilik dinining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan? Konfutsiy ijodi boshlangan davr–Xitoyda urug‘–qabilachilik munosabatlari o‘rniga alohida – alohida podsholiklar hukmdorlarining markaziy hokimiyati qaror topayotgan payt edi. Ma’lumki, jamiyatni boshqarishning bir shaklidan ikkinchisiga o‘tish har doim osonchlikcha va qisqa vaqt ichida yuz bergan emas. O‘tish davrida shafqatsiz va rahmsiz kurash bo‘lishi muqarrar. Bu kurash – sotqinlik, ochko‘zlik, qonunsizlik, sotib olish, beboshlikning ildiz otishi shaklida namoyon bo‘ladi. Konfutsiy zamonida Xitoyda ham shunday holat yuz bergan. Buni aholining katta qismi halokat, dunyoning tugashi xavfi sifatida qabul qilgan. Endilikda ular yangi davrni o‘tmish bilan taqqoslaganlar va yaqin o‘tmish tartiblarini afzal deb hisoblaganlar. Osmonning (xudo) xohishi bilan dono va saxiy hukmdorlarning yuritgan siyosatini qo‘msay boshlaganlar. Ana shunday tarixiy sharoitda Konfutsiy yangi jamiyatni eski tartiblarga qaytmagan holda faqat ideal axloqli odamlar saqlab qolishi mumkin, degan qat’iy qarorga keldi. Konfutsiy fikricha, ideal axloqli insonlar jamiyatdagi illatlarni bartaraf etishlari hamda shakllanayotgan yangi jamiyatni to‘la qaror toptirishlari mumkin. Yangi jamiyatni qaror toptirish zarurati konfutsiy falsafiy ta’limoti asosida konfutsiychilik dinini vujudga keltirdi. Bu dinning asosiy maqsadi–xalqni mavjud tartib–qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash edi. Konfutsiy “komil inson” (Szyun-szu) haqidagi g‘oyasini yaratdi. Szyun-szi yuksak ma’naviyatli inson–ikki asosiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak: insoniylik va mas’uliyat (ajdodlar oldidagi qarz)ni his qilish. Komil inson, eng avvalo, ishonchli va fidoyi bo‘lishi kerak. U o‘zini ayamasdan o‘z ishonchiga, o‘z hukmdoriga, o‘z otasi va barcha o‘zidan kattalarga xizmat qilishi kerak. Bunday inson doimo kamolot sari intilishi zarur. Konfutsiychilikning nazariy asosini “Suhbatlar va mulohazalar” (“Lung -Yuy”) kitobi tashkil etadi. “Si-Shu” (“To‘rt kitob”) hamda “Y-Szin” (“Besh kitob”)lar bu dinning muqaddas kitoblari hisoblanadi12. Shunday bo‘lsa-da, ularning barini ham diniy, deb bo‘lmaydi. Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g‘oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o‘rni, vazifasi muammolari turadi. Chunki, jamiyatning qanday bo‘lishi insonlarning xatti-harakatiga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham Konfutsiy kamolotga yetgan inson idealini (Szyun’-sz’) yaratgan va barcha fuqarolar ana shu ideal insonday bo‘lishga intilishi zarur deb hisoblagan. Konfutsiy tasavvur etgan ideal inson eng muhim ikki fazilat - insonparvarlik va o‘z burchini his etishga ega bo‘lishi lozim. Insonparvarlik qonuni (“Jen”)ni Osmon yuboradi. Jamiyat a’zolari uni o‘rganib olish uchun axloq me’yorlariga (“Li”), qoidalariga, an’anaviy urf-odat, marosimlarga amal qilishi va o‘zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi zarur. Insonparvarlik deyilganda – odamiylik, rahm – shafqatli bo‘lish, o‘zaro bir-biriga yordam berishga tayyor turish, kamtarlik, adolatli bo‘lish, qadr – qimmatni hurmatlash, beg‘arazlik, insonlarga mehr – muhabbat kabilar tushunilgan. Burchni his qilish deyilganda esa – bilimga intilish, o‘tmish meroslarini, marosimlarni hurmat qilish, sadoqatli, ochiq ko‘ngilli bo‘lish tushunilgan. Shunigg uchun burchni his etish masalasiga axloqiy majburiyat, deb qaralagan. Konfutsiy fikricha, olamdagi barcha mavjudot singari insonning taqdiri ham samoviy qudratga bog‘liq, shuning uchun odamlarning oliyjanobligi yoki tubanligi, oliy yoki past tabaqaga mansubligini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Binobarin, podsho-podsholigicha, fuqaro-fuqaroligicha, ota-otaligicha, farzand-farzandligicha qolishi kerak. Bunday g‘oya, mavjud tuzumni saqlab qolishni nazarda tutar edi. Konfutsiy ideal, oliy inson, asl, mard kishi ya’ni “munosib fuqaro” kontsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu kontsepsiyaga ko‘ra, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatgo‘ylik, haqgo‘ylik, samimiyat, farzandlik izzat-hurmati kabi yuksak ma’naviy fazilatlarga erishish tufayli yuksak kamolotga yetushivi mumkin. Munosib fuqaro–bu, to‘g‘ri so‘z, samimiy, ko‘ngli toza, qo‘rqmas, hamma narsani ilg‘ab ola biladigan, tushunadigan, o‘ylab gapiradigan, ish faoliyatida ehtiyotkor fuqarodir. Bundan tashqari, munosib fuqaro–boylikka, o‘z moddiy manfaatiga, hayotiy qulayliklarga berilmasligi kerak. U shubhalarni bartaraf eta oladigan, jahli chiqqanida va qahr– g‘azabi qo‘ziganda o‘zini tuta oladigan, halollik haqida hamxo‘rdik qila oladigan bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun u yoshligidan nafsdan, hirsdan, voyaga etganda janjallardan, qariganda esa xasislikdan qochmog‘i zarur. Konfutsiychilikning iedal inson to‘g‘risidagi mazkur ta’limoti Xitoy jamiyatining barqarorlashuvida, Xitoy xalqining xarakteri shakllanishida juda katta ijobiy rol o‘ynagan. Konfutsiychilik ta’limotida dunyoqarash masalalariga emas, balki ijtimoiy axloq muammolariga ko‘proq o‘rin berilgan. Unda "axloqlik kishi" bo‘lish, donishmandlardan ta’lim olish haqidagi goyalar ilgari suriladi. Bu ta’limotga ko‘ra jamiyatda hukm surgan "Jen" insonparvarlikka rioya qilmog‘i lozim. Bu esa kamtarlik, onglilik, vazminlik, mehribonlik, odillik, sahiylikdan iborat. Inson "Jen" qonunini o‘zlashtirish uchun jamiyatda tutgan o‘rniga qarab "li" me’yorlarini bajarishi talab etiladi. An’analar, urf-odatlar shunga muvofiq belgilanadi. Past tabaqa xalqning "axloqiy ulug‘" boshliqlarga itoat qilishi zarurligi shu bilan oqlangan. Konfutsiychilikda kishilarni yuqori va quyi tabaqalarga ajratishda ularning boyligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy rol o‘ynamagan; bunda yuksak axloqiy fazilatning xizmati katta deb hisoblangan. Biroq bu hukmron va qaram tabaqalarga ajratsh butunlay inkor etiladi, degan gap emas. Konfutsiyning fikricha, tabaqalarga ajratish tartibi eski an’analarga asoslanishi va uni davlat boshqarishi lozim. Nomlarning to‘g‘rilanishi, Chjen-min siyosati bu tartiblarni amalga oshirish quroli qilib belgilangan. Chjen-min siyosati bo‘yicha hamma narsa va hodisalar o‘zismiga mos kelishi kerak. Ana shunda hamma o‘z huquqi va majburiyatini biladi. Konfutsiychilikning bosh xudosi – Osmon xudosi edi. Binobarin, u oliy ruhiy qudrat. Olamdagi barcha mavjudot singari insonning taqdiri ham ana shu samoviy qudratga bog‘liq. Keyinchalik Konfutsiyning o‘zi ham ilohiylashtirilgan. Xitoyliklar uchun eng yomon fojea – erkak tomonidan avlodning qolmasligidir. Ular avlodlar qolmasa– o‘lganimizdan so‘ng kim bizlarni yod etadi, deb qattiq qayg‘uga tushadilar. Konfutsiychilik ayni paytda o‘g‘ilga ota–onasi oldida quyidagi 5 vazifani bajarishni yuklaydi: Har doim ota–onani so‘zsiz hurmat qilish; Ularga eng suyukli taomlarni keltirish; Ular betob bo‘lib qolganlarida chuqur qayg‘urish; Ular vafot etganlarida yurak–yurakdan achinish; Ular xotirasiga tantanali ravishda qurbonliklar qilish. «Ota-onangizning xizmatini ado etayotganda, ularga ohista so‘ylang. Agar ular sizning aytganlaringizni qilishni istamayotganliklarini ko‘rsangiz, bari bir tavozeda turavering va odob qoidalarini buzmang. Hatto qon yutib turgan bo‘lsangiz ham, koyinganingizni bildirmang. -deb ta’kidlaydi mutafakkir. Binobarin, konfutsiychilikda ajdodlarga va ruhlarga sig‘inish muhim o‘rin egallaydi. Shu boisdan qurbonlik qilish, tug‘ilish, oila qurish, dafn va boshqa marosimlar tantanali bajariladi. Bularni davlat hokimlari, oila yoki urug‘ boshliqlari boshqaradilar. Konfutsiychilikda kohinlar bo‘lmagan, dastlabki davrlarda hech qanday sistemali ta’limot ham bo‘lmagan. Keyinchalik bu ta’limotlar yaratilib, u hamma klassik qonunlari 13 kitobda, sharhi esa 40 jildda bayon qilingan. Bularning eng ahamiyatli qismi 9 ta kitobdan iborat. Bular: Si-Shu” (“To‘rt kitob”) hamda “Y-Szin” (“Besh kitob”)dir. Bu qonunlar ham diniy-"muqaddas", ham dunyoviy-“donishmandlik” manbai hisoblanadi. Konfutsiychilik har bir oilaning o‘z ibodatxonasiga ega bo‘lishini rag‘batlantirgan va bunga erishgan. Har bir oila o‘z ibodatxonasiga ajdodlarining timsoli – “Chju” tasvirini joylashtiradi. Uning yoniga qurbonliklar qo‘yadi va zarur rasm-rusumlarni bajo keltiradi. Konfutsiychilik dinining boshqa dinlardan ajralib turadigan belgisi–bu dinda ruhoniylar yo‘qligidir. Bu dinning marosimlarini ota o‘z o‘g‘liga o‘rgatishi kerak bo‘lgan. Davlat miqyosida esa diniy marosimlar yaqin–yaqinlargacha hukumat tomonidan tayinlanadigan amaldorlar, mansabdor orqali ijro etilgan. Darhaqiqat, davlat amaldori bo‘lishning bir sharti–bu, konfutsiychilik asoslarini mukammal bilish ham edi. Imperator konfutsiychilik asoslarini yaxshi bilgan amaldor orqali davlat ishlarini boshqargan. Konfutsiychilik imperator hokimiyatini himoya qilsada, xalqqa bunday hokimiyatni ag‘darish huquqini ham bergan. Xalqningg ishonchini oqlamaslik, fuqaro farovonligi va mamlakat osoyishtaligini ta’minlamaslik imperatorga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga sabab bo‘lishi mumkin edi. Download 103.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling