Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"


Download 103.16 Kb.
bet15/17
Sana27.02.2023
Hajmi103.16 Kb.
#1233914
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 мавзу Milliy dinlar

Sintoizm (shintoizm ham deyiladi)-yaponlarning an’anaviy milliy dini. U milodiy VI-VII asrlarda shakllangan. Yaponlarning eski an’anaviy dini, buddaviylik paydo bo‘lgunga qadar va u Yaponiyaga ham yoyila boshlaganida, aniq bir nom bilan nomlanmagan. Sintoiz- «xudo yo‘li» degan ma’noni anglatadi.
Sintoizmda buddaviylikning ta’siri juda kuchli. Bu din e’tiqodchilari buddaviylik ibodatxonasiga taqlid qilgan holda o‘z ibodatxonalarini qurganlar, o‘z xudolarning tasvirini yasay boshladilar. Buddaviylik ibodatxonasida sintoiylik xudolari tasvirlari qo‘yiladigan alohida joylar ajratilgan. Buddaviylar jasadni yoqish marosimini kiritdilar (Yaponiyada murda ko‘milar edi).
Yaponiyada sof buddaviy yoki sof sintoist judayam kam qoldi. Masalan, hayotiy marosimlar (masalan; chaqaloqlarga duo o‘qish, nikoh)ni sintoiylik ibodatxonalarida; dafn etish, xotirlash marosimlarini esa buddaviylik ibodatxonalarida o‘tkazish rasmga aylangan.
Sintoiylik ko‘p xudolik dini. Amaterasu (Quyosh xudosi), susano – vo (bo‘rron xudosi) va Inari (dehqonchilik homiysi) asosiy xudolar hisoblanadi.
Sintoizm dini o‘zining butun borligi bilan yer yuzidagi hayotga qaratilgan din. Bu dinda narigi dunyo masalalariga qiziqish juda kam. Shuning uchun ham bu dinning mohiyati – Yaponiyada tarixan vujudga kelgan ijtimoiy–siyosiy tuzumni diniy yoritib berishdan iborat bo‘lgan.
Sintoizm ta’limotining asosini-imperator hokimiyatining ilohiyligi to‘g‘risidagi aqida tashkil etadi. Imperator xudo Amaterasuning avlodi. Shuning uchun har bir yapon imperatorning muqaddas xohishi oldida bosh egishi lozim. Imperator saroyi – muqaddas joydir. Vafot etgan imperatorning qabri ham muqaddas joydir. Eng muhim umumdavlat va diniy bayramlar imperatorlarni xotirlash kunlari bilan bog‘liq edi. Odamlarning eng muhim axloqiy burchi–imperatorga so‘zsiz itoat etmoqlikdir.
Sintoiylik yaponlarga mavjudot olami, tabiat, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat haqidagi qarashlarni singdirgan. Bu qarashlar besh tamoyilda namoyon bo‘ladi:

Download 103.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling