Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"


-o`quv savoli: Vedalar. Brahmanlik. Hinduiylik ta’limoti va xudolar panteoni. Jayniylik. Sikxiylik ta’limoti va manbalari


Download 103.16 Kb.
bet8/17
Sana27.02.2023
Hajmi103.16 Kb.
#1233914
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
2 мавзу Milliy dinlar

2-o`quv savoli: Vedalar. Brahmanlik. Hinduiylik ta’limoti va xudolar panteoni. Jayniylik. Sikxiylik ta’limoti va manbalari.
. Vedalar dini (Vedaizm) – «Veda» so‘zi ayni mahalda «muqaddas kitob», «oliy donishmandlik» ma’nolarida ham ishlatiladi.
Miloddan avvaligi ikkinchi ming yillik o‘rtalarida Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismiga, hozirgi Panjob hududiga g‘arbdan Hindikush dovoni orqali o‘zlarini “oriylar” deb atagan jangari xalqlar bostirib kela boshladilar. Bu xalqlar Eronga ko‘chib kelgan qo‘shni qabila tillariga juda yaqin bo‘lgan, hind-yevropa tillaridan kelib chiqqan tilda gaplashar edilar. Harbiy jihatdan katta mahoratga ega bo‘lishlari bilan birga she’riyatga ham usta edilar. Shu yo‘l bilan ular bu mintaqada mavjud dunyoqarashni o‘zlari xohlagan tarafga o‘zgartira olardilar. Ular o‘zlari bilan muqaddas yozuvlari – Vedalar (sanskr. – muqaddas bilim)ni ham olib kelgan edilar. Hind adabiyoti juda boy, uch yarim ming yildan ortiq tarixga ega. Vaqt o‘tishi bilan undan anchagina qismi umuman yo‘qolib ketdi. Ammo bu adabiyotning boshlanishi vedalardir. Bu boshlanish bo‘sh, sayoz bo‘lmay, aksincha, juda ham puxta va ajoyib edi. U keyinchalik o‘z o‘rnida katta daryolar paydo bo‘lgan kichik irmoqni emas, balki ulkan dengizni eslatadi. U doimo asos-manba bo‘lib qolaveradi. Albatta, Rigvedadan oldin qandaydir boshlanish bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin biz bu haqda hech narsa bilmaymiz. Rigveda o‘z sohasida nafaqat eng ko‘zga ko‘ringan kitob, balki Hindistonning o‘sha davr voqealari haqida xabar beruvchi noyob manba hamdir. Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo‘lib, ular o‘z ichiga ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi.
Vedalar dini miloddan avvalgi I-mingyillikda Hindiston aholisining ko‘pchiligi e’tiqod qilgan din bo‘lib, unda dastlab tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan. Vedalar dinida ularning xudolari ilk bor tabiat kuchlari va hodisalari inson qiyofasiga o‘xshatib tasavvur etilgan: Agni–olov xudosi, Indra – atmosfera, yomgir va momaqaldiroq xudosi, Surg‘ya–quyosh, Varuna (Dhyaus) – osmon, Soma – oy hamda sarxush qildiradigan ichimliklar xudosi, Vritra–qurg‘oqchilik xudosi.
Bu dinda xudolarga qurbonlik qilish, sig‘inish asosiy ibodat hisoblanib, xudolarga ovqat, hayvonlar, maxsus ichimliklar (soma) ehson qilish va boshqa rasm-rusumlarni bajarishdan iborat bo‘lgan.
Dastlab alohida ruhoniylar va ibodatxonalar bo‘lmagan. Keyinchalik kohinlar, ularning yuqori tabaqalari-brahmanlar kelib chiqdi. Ruh narigi dunyo ruhlari, xudolari orasidan joy oldi va ular bilan birga Yerdagi insonlardan qurbonliklar qabul qiladigan bo‘ldi. Gunohkorlarning ruhi esa duzaxga tushadi, ularga Yama xudosi jazo belgilaydi. Bu dinda ijtimoiy adolatsizlik xudo tomonidan abadiy o‘rnatilgan tartibdir, deb e’tirof etiladi.
«Vedalar» (sanskritcha) «muqaddas bilim» degan ma’noni bil-diradi. Vedalar qadimgi hindlarning to‘rt asosiy muqaddaslashtirilgan kitobi: «Rigveda» («Madhiyalar vedasi»), «Samaveda» («Qo‘shiqlar vedasi»), Yajurveda» («Qurbonliklar vedasi»), «Atxarvaveda»(«Afsun va jodular vedasi»)lardan iborat bo‘lib, miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikning oxiri va birinchi mingyillikning birinchi yarimi davomida yaratilgan.
Veda o‘sha davrda yashagan insonning o‘zi va uni o‘rab turgan olam: xudolar, jin-shaytonlar, fazo, marosimlar, ijtimoiy tuzum, milliy qadriyatlar va boshqalar haqidagi bilimlarning barchasini o‘z ichiga oladi.

Download 103.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling