O’quv va tarbiyaviy maqsad:
Kursantlarga mavzu yuzasidan ilmiy-amaliy ma’lumot berish, yahudiylik dinining yuzaga kelishi, TaNaX va Tora, yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari, Markaziy Osiyoda yahudiylik, vedalar, brahmanlik, hinduiylik ta’limoti va xudolar panteoni, Trimurti, jayniylik, sikxiylik ta’limoti va manbalari, Konfutsiylik ta’limoti, Xitoy milliy diniga aylanish jarayonlari, daochilik – falsafiy ta’limot, sintoiylik, yapon xalqi an’analari haqida tushunchalarni shakllantirish, yuksak ma’naviyatli, bilimli, keng dunyoqarashga ega shaxsni tarbiyalash.
Mashg’ulot turi – ma’ruza
Vaqti – 40 daqiqa.
Joyi – o’quv rejasi asosida
O’quv vzvodlari – 3 vzvod 4-guruh.
O’quv moddiy ta’minot:
1. O’quv-ko’rgazmali qurollar: jahon va O’zbekiston siyosiy xaritalari, o’quv adabiyotlari, slaydlar.
2. O’quv-texnik vositalar: Proyektor «Yepson» Yemp-S3D.
Adabiyotlar:
1. O’tkir Hasanboev. “O’zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar. Oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb masalalari. T. “Toshkent islom universiteti”, 2014 yil. 111-116 betlar.
2. S.S.Agzamxodjaev, D.O.Rahimjonov, N.A.Muhamedov, J.X.Najmiddinov “Dunyo dinlari tarixi” O’quv qo’lanma. T. 2012, 111 -144 betlar.
3.Z. Islomov, D. Rahimjonov, J. Najmiddinov. Dunyo dinlari tarixi.T. “ Yangiyo’l poligraf Serves”2017.213-219 betlar.
Kirish
Ma’ruza mashg’ulotini guruh komandirining bildiruvini qabul qilishdan boshlayman va guruhni yo’qlamasini tekshiraman. So’ng kursantlarning mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rib kelganliklarini, bunda guruh jurnali, kerakli adabiyotlar va ularning ruchka, daftarlarini hamda kiyim-rusumlarini ko’zdan kechirib chiqaman va kamchiliklarini tuzattiraman. Ba’zi e’tiborli kamchiliklar to’g’risida tsikl boshlig’i va bo’linma komandirlariga bildiruv beraman.Shu bilan birga dunyodagi bo’layotgan voqealar bo’yicha qisqacha axborot berib, ma’ruza savollari bo’yicha alohida yo’nalish beraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |