Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"


-o’quv savoli: Yahudiylik dinining yuzaga kelishi. TaNaX va Tora. Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari. Markaziy Osiyoda yahudiylik


Download 103.16 Kb.
bet6/17
Sana27.02.2023
Hajmi103.16 Kb.
#1233914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 мавзу Milliy dinlar

1-o’quv savoli: Yahudiylik dinining yuzaga kelishi. TaNaX va Tora. Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari. Markaziy Osiyoda yahudiylik.
Yahudiylik (ivritda “yahadut”, grekcha “Iouaismos – iudaizm”) miloddan avvalgi 2-ming yillikda shimoliy Arabistonda yashagan ko‘chmanchi yahudiy qabilalarning politeistik e’tiqodlari va marosimlari asosida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi XIII asrda yahudiy qabilasida yakka xudo – Yahvaga sig‘inish qaror topdi. Milodgacha VI asrda yahudiylikning asosiy elementlari: mono-teizm, yahudiylarning xudo tanlagan millat ekani, ilohiylashtirilgan Eski Ahd, messiyaning kelishiga ishonish to‘liq shakllandi. U millat dini bo‘lib, faqat yahudiy xalqiga xos. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida, yahudiylar bu so‘zni somiy tillardagi hoda, ya’ni “tavba qilmoq, tavba qilganlar” so‘zidan kelib chiqqan,– deb da’vo qilsalarda, aslida bu fikr noto‘g‘ri, deb yahudiylarning kelib chiqishi haqida topxtalib o‘tadi.
Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va payg‘ambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik o‘zaro birlashib ketgan bo‘lib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas.
Yahudiy so‘zining kelib chiqishi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik qilgan Ya’qub payg‘ambarning o‘g‘li Yahudo nomidan olingan.
Rivoyatlarga ko‘ra, Ya’qub payg‘ambarning 12 ta o‘g‘illari bo‘lib, ularning to‘rtinchisi Yahudo edi. 12 ta o‘g‘ildan keyinchalik 12 ta qabila tarqaldi. Yahudo avlodlari bo‘lgan yahudiylar boshqa qabilalarni o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Shundan so‘ng bu qabilalarning barchasi “Yahudiy” deb atala boshladi.
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroildir. Isroil so‘zi Ya’qub payg‘ambarning ikkinchi nomi bo‘lib, u “Xudo bilan kurashgan” ma’noni anglatadi. “Bani”–“bolalar” ma’nosini beradi1. Ya’ni “Banu Isroil” – “Isroil avlodlari” ma’nosini beradi. Yahudiy xalqiga nisbatan “evrey” so‘zi ham ishlatiladi. Ammo u qadimiy somiy tillarida “ibriy” so‘zining o‘zgargan shaklidir. Ilk yahudiy qabilalari Mesopotamiyada yashagan edilar. Miloddan avvalgi XV asrlarda Ibrohim payg‘ambar boshchiligida Dajla va Furot daryolaridan kechib o‘tganlar. Falastinga kelishda esa Urdun daryosini kechib o‘tganlar. Shu sababli ham yerli aholi ularni shu nom bilan atagani haqida manbalar xabar beradi.
Yahudiylik dinining ta’limotiga ko‘ra Muso bu dinning payg‘ambaridir.
Xo‘sh, Muso qay tariqa bu din payg‘ambariga aylandi? Bu masala yahudiylik muqaddas kitobiga quyidagicha talqin etiladi:
Isroil (yahudiy) xalqi Ibromdan (Oliy Otadan) boshlanadi. “Isroil” so‘zi Ya’qub payg‘ambarning ikkinchi nomi bo‘lib, u “Xudo bilan kurashgan” ma’noni anglatadi. Ya’qub tushida xudo bilan olishgani uchun shunday nom bilan atalgan.
Xudo Ibrom bilan ahdlashgan va unga shunday degan: “Sening isming endi Ibrom emas, balki Ibrohim (ko‘pchilik otasi) bo‘ladi... Sening urug‘ingdan podshohlar kelib chiqadilar.Men sen bilan va sendan keyingi avlodlaring bilan nasldan-naslga o‘tib, barqaror bo‘ladigan abadiy Ahdimni tuzaman. Sening va sendan keyingi ajdod-laring xudosi Men bo‘laman. Endi sen va sendan keyin tug‘iladigan barcha avlodlaring ham Mening ahdimga rioya qilib yuringlar”2. «Ibrohimni Robbisi kalimalar ila sinab ko‘rganda, u ularni batamom ado etganini esla! U zot: «Men, albatta, seni odamlarga imom qil-moqchiman» dedi. U: «Zurriyotimdan hammi?» dedi. U zot: «Zolimlar ahdimga hech qachon erisha olmaslar», dedi». (Baqara surasi 126 oyat)”.
Xudo Ibrohim va uning avlodlariga Misr daryosidan Yefrat daryosigacha bo‘lgan yerlarni abadiy mulk qilib bergan. Ibrohim vafot etgach, uning butun mol-mulki o‘g‘li Ishoqqa qolgan.
Ishoqning egizak – al-Iys (Isav) va Ya’qub o‘g‘illari bo‘lgan. «Va unga ham, Ishoqqa ham baraka berdik. Ikkovlarining zurriyotidan go‘zal amal qilguvchi ham, o‘ziga ochiq- oydin zulm qilguvchi ham bo‘lur». (113 oyat).
Ya’ni, Ibrohimga ham, Ishoqqa ham baraka berdik. Ularning naslidan Payg‘ambarlar chiqadigan qilib qo‘ydik. Baraka shundan iborat. Ikkovlarining zurriyotidan kim o‘sha Payg‘ambarlarga ergashsa, go‘zal ish qilgan bo‘ladi. Qaysi biri ergashmasa, o‘ziga o‘zi ochiq-oydin zulm qilgan bo‘ladi.
Ibrohim alayhissalom o‘z o‘g‘illari Ishoq alayhissalomga ota tomon qarindoshlarning qizlaridan uylanishni ta’yinlagan ekanlar. Shuning uchun Ishoq alayhissalom amakivachchalarining qizi Rifqaga uylangan ekanlar. Ular ikki o‘g‘il ko‘rishdi. Biri al-Iys. Ikkinchisi Ya’qub. Isroil laqabini olgan Ya’qub alayhissalomdan Bani Isroil tarqaldi va u zotning sulolalaridan payg‘ambarlar chiqdi”.
Bu ikki o‘g‘il otalarining merosi xususida o‘zaro dushmanga aylanganlar. Natijada nohaq Ya’qub qochib ketgan. Isav esa amakisi Ismoilning oldiga borgan.
Ya’qubning 12 nafar farzandi bo‘lgan. 12 nafar o‘g‘lidan 11 chisi Yasuf payg‘ambar edi. Banu Isroilning Misrga ko‘chib kelishiga u bilan akalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqea sabab bo‘ldi. Bu voqea Qur’oni karimning Yusuf surasida batafsil bayon etilgan. Yusuf qissasi Qur’oni karimda “eng go‘zal qissa” deb nomlangan. Unda yozilishicha, Yusuf otasining eng sevimli farzandi bo‘lib, akalari unga hasad bilan qaraydilar. Uni otadan uzoqlashtirish maqsadida sahrodagi quduqqa tashlaganlar. Otalariga “Yusufni bo‘ri edi”,–deb xabar beradilar3. Yusufni esa bir karvon quduqdan chiqarib, Misrga olib ketgan. U Misrda podshoh saroyida ulg‘aydi va keyin Misr fir’avning ishonchli kishisiga aylandi. Bunga uning tush ta’biri va hisobni yaxshi bilish qobiliyati sabab bo‘lgan. Oradan yillar o‘tib, yahudiylar yurtida ocharchilik boshlangan. Ular non izlab Misrga borishgan. Misr Fir’avni Yusufning bashoratiga amal qilib, 7 yilga yetadigan g‘allani hamlab qo‘ygan edi. Shu tariqa yahudiylar Misrga kelib qolganlar. Banu Isroil qavmining Misrga kelish qissasi Tavrotda ham uchraydi.
Oradan 50 yil o‘tgach, Yusuf vafot etgan. Biroq yahudiylar ichidan uning o‘rnini bosadigan boshqa shaxs chiqmagan. Ayni paytda, Fir’avnlar ham chet elliklar ko‘payib borishidan qo‘rqqanlar. Endilikda yahudiylar ta’qib ostiga olinganlar, hatto yangi tug‘ilgan chaqaloq-largacha o‘ldirila boshlanganlar.
Yahudiylar butunlay qirilib ketish xavfi yoqasiga kelib qolganlar. Endi yahudiylar uchun ikki yo‘l qolgan: yo qul bo‘lib qolish, yo ixtiyoriy asirlikdan qutulish choralarini ko‘rish. Yahudiylar ikkinchisini istar edilar.Biroq, ular o‘z kuchlari bilan asirlikdan ozod bo‘la olmas edilar. Shunday paytda xudo ularga xaloskor yuborgan. Bu xaloskor Muso edi. Muso yahudiylarni Yahva (Allohning Tavrot kitobidagi ismi) yordamda Misrdan olib chiqib ketgan. Qur’onda yahudiylar va Muso payg‘ambar haqidagi voqealar “Baqara”, “Toho” va boshqa suralarda batafsil bayon qilingan4.
Yahudiylik ta’limoti bo‘yicha Muso payg‘ambar Tur tog‘ida Yahvа bilan uchrashganda yagona xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Tavrotning «Ikkinchi qonun» kitobidan o‘rin olgan bo‘lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart. Ular quyidagilardir:
1. Yahvаdan boshqani iloh deb bilmaslik;
2. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;
3. Bekordan-bekorga xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
4. Shanba kunini hurmat qilish va uni xudo uchun bag‘ishlash;
5. Ota-onani hurmat qilish;
6. Nohaq odam o‘ldirmaslik;
7. Zino qilmaslik;
8. O‘g‘rilik qilmaslik;
9. Yolg‘on guvohlik bermaslik;
10.Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.
Shundan so‘ng yahudiylik dinining boshqa muqaddas kitoblari ham yuborilgan.
Muso Yahvaning so‘zi – muqaddas kitoblar mazmunini yahudiylarga yoya boshlagan. Shu tariqa Yahva yahudiy xalqini ikinchi marta tanlagan. (birinchi marta Ibrohim bilan ahdlashuv tuzgan, deb ta’lim beradi, yahudiy ruhoniylari).
Bu din yahudiy payg‘ambari va qonunshunosi Muso dini ham deyiladi. Uning asosan ikkita manbasi bo‘lib, biri er. av. XIII asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketishga boshchilik qilgan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida berilgan Tora (Tavrot, Qadimgi Ahd qismi) va uning sharhi hisoblangan Talmud hisoblanadi. Talmud (qad. yahud. tilida lameyd-o‘rganish) miloddan avvalgi IV asrlarda vujudga kelgan va yozma Toradan farqli o‘laroq, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda o‘tib borgan. «Tavrot» so‘zi ibroniycha tora so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «o‘git», «ta’lim» yoki «qonun» deb tarjima qilinishi mumkin. Tavrotda Xudo insoniyatni yaratganidan to Muso payg‘ambarning o‘limigacha sodir bo‘lgan voqealar bayon etilgan. Bu din qadimiy tarixga ega bo‘lsa ham, dunyo diniga aylana olmagan, sababi bu dining marosimlari nihoyatda ko‘p, ularni bajarish qattiq nazoratga olingan. Bu dinda yahudiylar mumtozligi g‘oyasi zo‘r berib targ‘ib etiladi, yahudiylarning boshqa millat vakillari bilan nikohga kirishi man qilingan. Bu din miloddan avvalgi XIII mingyillikda Shimoliy Arabistonda yashagan ko‘chmanchi yahudiy qabilalarining politeistik (ko‘p xudolik) e’tiqodlari va marosimlari asosida vujudga kelgan, keyinchalik Falastinni bosib olgandan so‘ng dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi mahalliy xalqlarning diniy tasavvurlarini o‘zlashtirib olgandir.
Yahudiylik dinining tarixidagi yana bir davr “ibodatxona davri” deb ataladi. Bu davr 3 ta yirik voqea bilan belgilanadi.
Miloddan avvalgi 586 yilda Vavilon podsholigi Ierusalim shahrini bosib oldi hamda yahudiylarning ma’lum qismi Vavilonga asir sifatida haydab ketildi (bu asirlik 50 yil davom etdi).
Miloddan avvalgi 538 yilda Vavilondagi asirlar Eron podshosi Kir tomonidan Falastinga qaytarildi va Ierusalim ibodatxonasi qayta tiklandi.
Xuddi mana shu davrda yahudiylik to‘la shakllandi.
Yahudiylar boshqa xalqlardan ajratila boshlandi. Miloddan avval 446 yilda Ierusalim devorini qurishga kirishildi. Shu davrdan boshlab yahudiylarning boshqa xalqlar bilan nikohga kirishi man etildi. Yahudiy bo‘lmaganlarga, xatna qilinmaganlarga ma’jusiylar deb qarala boshlandi.
Milodning boshlarida yahudiy dini tarixida to‘rtinchi davr– diaspora davr boshlandi (Yahudiylarning turli yurtlarga tarqalib ketishi).
Milodning 66-70 yillarda, 132-135 yillarida Rim imperiyasi yahudiylarning o‘z zulmiga qarshi ko‘targan ikkala qo‘zg‘olonini ham shafqatsizlarcha bostirdi.
70-yilda Ierusalim ibodatxonasi buzib tashlandi. 133-yilda esa Ierusalimning o‘zi ham vayron etildi. Oqibatda yahudiylar an’anaviy diniy markazdan mahrum bo‘ldilar. Yahudiylarning o‘zlari esa Falastindan haydab chiqarildi, ular turli mamlakatlarga tarqalib ketdilar.
Yahudiylar qaysi davlatga borib yashagan bo‘lsalar, u yerda o‘zlarining jamoalarini tuzdilar. Ayni paytda, iloji boricha dinlarini saqlash maqsadida, o‘zlari to‘planib turadigan joy - sinagog (ibodat uyi)larni vujudga keltirdilar.
Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra Muso bu dinning payg‘ambaridir. Bu din ta’limotiga ko‘ra xudo butun olamni yaratuvchisidir. Olamdagi barcha narsalar, hodisalar uning xohishi, irodasi bilan sodir bo‘ladi. Xudo dunyoni 6 kunda yaratgan. Oltinchi kuni odam yaratilgan va unga olam haqida qayg‘urish vazifasi yuklatilgan.
Muqaddas kitobi esa “Bibliya”ning yahudiylik dini kitobi hisoblanadigan qismi “Qadimgi Ahd” va “Talmud” (“O‘rganish”) kitoblaridir.
“Qadimgi Ahd” (“Ahd” so‘zi-xudo bilan ahdlashuv, kelishuv mahnolarni anglatadi) 39 kitobdan iborat. Ularning beshtasi “Musoning besh kitobi” deb ataladi va ular quyidagicha nomlanadi:


  1. Download 103.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling