Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"
Download 69.51 Kb.
|
1 мавзу ибтидоий дин шакл
Fetishizm – (frantsuzcha «Fetish» so‘zidan olingan bo‘lib, «sehrli narsa» degan ma’noni anglatadi)–jonsiz narsalarni g‘ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga sig‘inishdir. Sig‘inish ob’ektlari, ya’ni fetishlar (narsalar) – tosh, tayoq, daraxt, umuman har qanday buyum bo‘lishi mumkin. Fetishizm–tirik bo‘lmagan, jonsiz predmetlarga sig‘inish demakdir. Fetishizm sehrgarlikdan ko‘ra diniy tasavvurning ancha murakkabroq shaklidir. Bu murakkablik-diniy tasavvur shakllangan makonlardagi odamlarning dastlab har-xil buyumlardan, tog‘-toshlardan, daraxtlardan, keyinchalik esa tumor, sanam (but) va hokazolardan ko‘mak olishga umid bog‘laganliklari bilan belgilanadi. Aslida fetishizm – g‘arbiy Afriqadimgiagi xalqlardan tarqalgan.
Sehrgarlik-(magiya) odamga, hayvonga, tabiatga bir maqsadni amalga oshirish uchun g‘ayritabiiy yo‘l bilan ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan qilinadigan xatti-harakatlar, duolar va ishlardir. Bu amal qadimgi zamonlardan beri mavjud bo‘lib, barcha dinlarda bor, hozirgacha qo‘llanib kelinadi. Sehrgarlikning quyidagi turlari mavjud: birovga ziyon-zahmat yetkazish (dushmanga); harbiy sehrgarlik; muhabbat sehrgarligi; issiq-sovuq qilish; davolash sehrgarligi; ob-havo sehrgarligi; xo‘jalik sehrgarligi; irim-sirim sehrgarligi. Ana shunday eng qadimgi diniy tasavvuralar asta-sekin shakllanib bo‘lganidan keyin kishilik jamiyatida boshqa dinlar vujudga keldi. Dinning qadimgi shakllaridan, ya’ni dastlabki ko‘rinishlaridan biri totemizm (hundyular tilidagi «totem» – “uning urug‘i” so‘zidan olingan)–ibtidoiy jamiyatning ilk dinlaridan biri. U kishilarning ma’lum guruhi bilan hayvon va o‘simliklarning muayyan turlari o‘rtasida g‘ayritabiiy aloqa, qon-qardoshlik bor, degan e’tiqodga asoslanadi. Totemizmda har bir urug‘, qabilaning har bir a’zosining hayoti va farovonligi, aynan shu urug‘ning ajdodi bo‘lgan totemga-o‘simlik va hayvonga bog‘liq, deb qaralgan. Dastlab totem sifatida hayvonlar, ko‘proq ov hayvonlari e’zozlangan. Keyinroq esa, qarindoshlik muno-sabatlari boshqa hayvonlarga ham o‘tgan, ba’zan o‘simliklar, tabiat hodisalari: yomg‘ir, quyosh, shamol va boshqalarga ham tarqalgan. Ayni paytda, muchal yillari ham tarixan totemizm bilan bog‘liqdir. Markaziy Osiyoda keng tarqalgan muchal ham totemizm bilan bog‘liq. Odatda odamlarning tug‘ilgan yillarini muchal bilan aytadilar. Qadimda muqaddaslashtirilgan totemlarni o‘ldirish ta’qiqlangan. Masalan: hindlar sigir, ilon, maymun, fil, boshqa xalqlarda archa, murch, isiriq, musicha, qaldirgoch va boshqalar e’zozlanadi. Totemizm unsurlari jahon dinlari bo‘lmish buddaviylik, nasroniylik, islom dinida ham uchraydi. Download 69.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling