O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
KICHIK MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH MARKAZI
GUMANITAR VA IJTIMOIY FANLAR SIKLI
“TASDIQLAYMAN”
Gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli boshlig‘i
podpolkovnik A.O‘razoliev
2022 yil «___»_________
«DINSHUNOSLIK» FANIDAN
1-MAVZU BO‘YICHA MASHG‘ULOTLAR MATERIALLARI
( Kichik serjantlar guruhlari uchun)
Ma’ruza matni sikl Fan-uslub
komissiyasida muhokama qilindi
va foydalanishga tavsiya etildi.
2022 yil «___»_________
Bayonnoma №___
Samarqand – 2022
|
“Dinshunoslik” o’quv fani bo’yicha ma’ruza o’qish
REJASI
1-MAVZU. IBTIDOIY DIN SHAKLLARI.
O’quv savollari:
1-o’quv savoli: Dinning paydo bo‘lishi haqidagi yondashuvlar. Diniy e’tiqodning ibtidoiy shakllari: animizm, fetishizm, totemizm va magiya.
2-o’quv savoli: Shomonlik. Shomonlik elementlarining bugungi kundagi ko‘rinishlari. Mahalliy diniy kultlar va tasavvurlar.
3-o’quv savoli: Tangrichilik. Turkiy xalqlar diniy tasavvurlari. Tangri. Umay. Erklig.
O’quv va tarbiyaviy maqsad:
Kursantlarga mavzu yuzasidan ilmiy-amaliy ma’lumot berish, dinning paydo bo‘lishi haqidagi yondashuvlar, diniy e’tiqodning ibtidoiy shakllari: animizm, fetishizm, totemizm va magiya, qadimiy dinlar tarixini aks ettiruvchi manba turlari, arxeologik topilmalar, Markaziy Osiyo dinlari va e’tiqodlari manbalarining tarixiy jihatlari haqida tushunchalarni shakllantirish, yuksak ma’naviyatli, bilimli, keng dunyoqarashga ega shaxsni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |