Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"
-o`quv savoli: Tangrichilik. Turkiy xalqlar diniy tasavvurlari. Tangri
Download 69.51 Kb.
|
1 мавзу ибтидоий дин шакл
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tangrichilik
3-o`quv savoli: Tangrichilik. Turkiy xalqlar diniy tasavvurlari. Tangri.
Umay. Erklig. Tangrichilik turkiy xalqlar va mo`g`ullarning qadimgi dinidir. Turkiy paganizm, deb ham ataladi. Tangriga ibodat etish bilan birga bu murakkab din animizm, shomonchilik va totemizm unsurlarini ham o`z ichiga oladi. Tangrichilik — qadimgi turkiy va qadomgi oltoy xalqlari dini. Qadimgi Shumer davlatida (mil. av. 3 ming yillik) Tangriga sajda qilganlar. Til va etnik jarayonlar taraqqiyotining nostratik (borey) konsepsiyasiga asoslangan tadqiqotchilar fikricha, 5—6 ming yillar muqaddam qadimgi Shumerdan Oltoygacha bo`lgan ulkan hududda proto oltoy qabilalari yashagan. Qadimgi shumerlar qadimgi turk tiliga yaqin bo`lgan protooltoy tili laxjasida so`zlashganlar. Shu davrda Tangrichilik protooltoy xalqlarining eng qadimgi dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan. Mil. av. 2 ming yillilikda Mesopotamiyaga qad. somiy, mil. av. 1ming yillikda hozirgi Eron, Afg`oniston va Turon tekisligi hududlariga oriy qabilalari kirib kelishi natijasida protooltoylarning katta qismi Oltoy, Sayan tog`lari, hozirgi Shimoliy Xitoy, Mongoliya va Sibir tomonga ketishga majbur bo`lishgan va bu yerda oltoy xalqlari sifatida shakllangan. Ilgarigi hududda qolgan qismi esa, g`olib xalqlarga muayyan darajada qo`shilib keyin paydo bo`lgan boshqa dinlarni (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik) qabul qilishgan. Tangrichilik qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri bo`lgan. Qadimgi oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus manjur, koreys va yapon xalqlarida Tangrichilikning izlari hozirgacha saqlanib qolgan. Mil. av. 1ming yillikdan boshlab oltoy xalqkdarining turkiy xalqlar guruhi G`arbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnular, sak, massaget, yuyeyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi — Tangriga sajda qilganlar. Ba`zi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga ko`ra, hozirgi xristian dinining ramzlari sifatida qaraladigan ko`p narsalarning boshlang`ich shakllari (mas., xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qo`ng`iro`lari va boshqalar) mil. 4-asrda gunnlar bilan Yevropaga kelgan. TANGRI — 1) Xudo, Alloh. Tangrichilik dinida xudoning nomi. «Tangri» atamasi ko`p Osiyo xalqlarining eng qad. mifologik fondiga kiradi. Tangri qadimgi. shumer tilida (mil. av. 3ming yillik) tengri, tengir, dengri, dengir; oltoycha tengri, tengeri; ozarbayjoncha dengri, dengir; xakascha tigir, ter; tuvacha deer; chuvashcha tura; yakutcha tangara; mongolcha tenger; buryatcha tengeri, tengri; qalmiqcha tenger; yaponcha tenri. U qad. xunnu tilida ham mavjud bo`lgan (mil. av. 3-a. va undan ham avvalroq). Tadqiqotchilar Tangrini kengroq talqinda shumercha — tengir — «koinot», «dengiz» bilan bog`laydilar. Tangri haqidagi tasavvur osmon ruhi egasi haqidagi animistik diniy e`tiqodlar asosida shakllangan bo`lib, unda osmon ham bevosita o`zining ko`rinishida, ham Tangri yashaydigan fazo sifatida tasavvur etilgan; 2) Islom dinini ommaviy ravishda qabul qilgan turkiy xalqlarda, jumladan, o`zbeklarda Allohniig nomlaridan biri sifatida ishlatiladi. XULOSA Vatan himoyasi sharafli burch hisoblanadi. Inson ma’naviy olami va axloqiy tafakkurining kuch-qudrati uning Vatan oldidagi burchi va mas’uliyatini qanday anglab yetishida namoyon bo’ladi. Vatan tarixini jasurlik, mardlik, olijanoblik, ziyolilik va yurtga sadoqat fazilatlari bezab turadi. Tarixiy manbalarning guvoh berishicha, qahramon bo’lish va qahramonlikni namoyon qilish hammaga xos emas, qahramonlik yuksak insoniy qadriyatlar, jamiyat manfaatlari yo’lida o’zini qurbon qilishga tayyorlik bo’lib, u fidoyilikning yuksak darajasidir. O’z hayoti davomida ana shunday fazilatlarning eng yuksak namunalarini ibrat qilib qoldirgan ajdodlarimiz xotirasi mangulikka daxldor bo’lgan. Shunday qilib, vatanparvarlik tarbiyasidagi ezgu an’analarning yuzaga kelishi va ro’yobga chiqishi O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ma’naviy-axloqiy tizimining takomillashuviga va harbiy xizmatchilarda haqqoniy tarixiy ongning shakllanishiga sharoit yaratadi. GUMANITAR VA IJTIMOIY FANLAR SIKLI O‘QITUVCHISI QK xizmatchisi B.Axmedov Download 69.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling