II. Kimyoviy formula
• Kimyoviy formula — modda tarkibini kimyoviy belgilar va (zarurat boisa) indekslar yordamida ifodalanishi.
Kimyoviy formula:
Modda qanday elementlardan tashkil topganligini (sifat tarkibi);
Moddaning bitta molekulasi tarkibiga har qaysi elementning nechtadan atomi kirishini (miqdor tarkibi);
Moddaning bitta molekulasini bildiradi.
Masalan, H2SO4 – sulfat kislota. H2SO4 – sulfat kislotani bitta molekulasini va molekulada 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomi mavjudligini (miqdor tarkibi), 3 ta element (vodorod, oltingugurt, kislorod) dan (sifat tarkibi) iboratligini bildiradi.
Shuningdek molekulalani haqiqiy va nisbiy massasini ham topish mumkin. Haqiqiy massani topish uchun 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomlarining haqiqiy massalarini qo’shiladi. Bunday kichik sonlar ustida amallarni bajarish qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun molekulani nisbiy massasini – Mr va mol miqdorini hisoblab topiladi. Mr(H2SO4)= 1*2+32+16*4 = 98
Bir mol – moddaning nisbiy molekulyar massasiga son jihatdan teng va gram bilan ifodalangan qiymatidir.
VALENTLIK
• Valentlik deb, element atomining boshqa elementlar atomlarining aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi.
TARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI
1799-yilda fransuz olimi J.Prust tomonidan taklif etilgan tarkibning doimiylik qonuni
1809-yilda ko’pchilik tomonidan e'tirof etildi.
• Har qanday toza modda olinish usuli va joyidan qatiy nazar doimiy tarkibga ega
boiadi.
KARRALI NISBATLAR QONUNINI
J.Dalton 1803-yilda karrali nisbatlar qonunini kashf qildi.
• Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birik-
malardagi bir element massasiga to’g’ri keluvchi boshqa element massalari o’zaro
kichik butun sonlar nisbatida boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |