Кимё фанидан абитуриентлар
MASSANING SAQLANISH QONUNI
Download 2.95 Mb.
|
Kimyo qo\'llanma 1-qism
MASSANING SAQLANISH QONUNI
1748-yilda rus olimi M.V.Lomonosov massaning saqlanish qonuni ochgan. • Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulot-lari umumiy massasiga teng. EKVIVALENTLAR QONUNI Kimyoviy elementlar bir-biri bilan o'z ekvivalentlariga proporsional bo’lgan massa miqdorlarda birikadi yoki almashinadi (Ekvivalentlar qonuni). Elementning ekvivalentligi deb 1 mol yoki 1 g vodorod atomi bilan birikadigan yoki shuncha miqdor vodorod o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi. EKVIVALENT
oksidlarning ekvivalenti Bunda: Mr — oksidning molekular massasi; — oksid hosil qiluvchi elementning valentligi; n — oksid hosil qiluvchi elementning shu oksiddagi atom soni. Asoslarning ekvivalenti Bunda: Mr — asosning molekular massasi; n(OH) — asosdagi gidroksid guruh soni. Kislotalarning ekvivalenti Bunda: Mr — kislotaning molekular massasi; n(H) — kislota tarkibidagi metallga o’rnini bera oladigan vodorod atomlari soni. Tuzlarning ekvivalentligi Bunda: Mr — tuzning molekular massasi; — tuz hosil qiluvchi metallning valentligi; n — tuz hosil qiluvchi metallning shu tuzdagi atom soni. Ekvivalent nomalum bo’lgan elementning ekvivalenti malum bo’lgan element bilan hosil qilgan birikmasiga qarab ikkinchi elementning nomini aniqlashda. formuladan foydalaniladi. • Ekvivalent — teng qiymatli demakdir. Elementning ekvivalentligi deb, 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyo-viy reaksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi. Elementning 1 ekvivalenti massasi uning ekvivalent massasi deb ataladi (vodorod uchun 1 g/mol). • Murakkab moddaning ekvivalenti uning 1 ekvivalent vodorod bilan qoldiqsiz ta'sirlashadigan yoki boshqa har qanday moddaning bir ekvivalenti bilan ta'sirlashadigan miqdoridir. Demak, moddalar ularning ekvivalentlariga mos ravishda o’zaro ta'sirlashadilar. Bu ekvialentlik qonuni deb ataladi: Moddalar bir-biri bilan ularning ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda ta'sirlashadilar. o’zaro ta'sirlashayotgan moddalar massalari (hajmlari) ularning ekvivalent massalariga (hajmiga) proporsionaldir. Ekvivalent hajm — moddaning 1 ekvivalenti egallaydigan hajm boiib, gazsimon holat uchun qoilanadi (1 ekvivalent hajm H — 11,2 l/rnol, O — 5,6 l/mol). Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling