Кимё фанидан абитуриентлар
I. Atom molekulyar ta’limot
Download 2.95 Mb.
|
Kimyo qo\'llanma 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mo l.
I. Atom molekulyar ta’limot
Moddalar ularning kimyoviy xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarralar boigan molekulalardan tashkil topgan. Molekulalar atomlardan tashkil topgan. Atomlar murakkab tuzilishga ega boiib, elektron, proton, neytron va boshqa mikrozarralardan tashkil topgan. Molekula va atomlar doimiy harakatda boladi. II. Atom Atomlar juda kichik zarrachalar bo’lib, ma’lum massaga ega. Masalan, vodorod atomining absolyut massasi 0,000000000000000000000001674 gr yoki 1,67410-23 gr. Uglerod atomining absolyut massasi 19,99310-23 gr. Atomning nisbiy massasi 12C atomining massasi 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini bildiradigan sondir. 12C atomining massasi 1/12 qismining massasi 1,66057 10-24 gr yoki 1.66057 10-27 kg 1,66057 10-24 gr = m.a.b. massaning atom birligi. Nisbiy atom massa Ar bilan ifodalanadi. Indeksdagi “r” nisbiy (relative) degan ma’noni anglatadi. Kislorod atomining nisbiy massasi: yoki 16 Elementning nisbiy atom massasiga son jihatdan teng qilib grammlar bilan ifodalangan qiymat g-atom deyiladi (yoki mol deyiladi). Bir mol har qanday modda 6,021023 ta zarracha (atom, molekula, ion) tutadi. 6,021023 soni Avagadro doimiysi deyiladi va Na belgisi bilan ifodalanadi. Mol. Kimyoda massa, hajm, zichlik kabi fizikaviy kattaliklar qatorida modda miq-dori v — mol ham ishlatiladi. Modda miqdori — bu ushbu moddani tashkil qiluvchi zarralar soni. Mol — modda miqdori o’lchamidir. Mol — 0,012 kg ugleroddagi atomlar soniga teng zarralar (atom, molekula va boshqa zarralar) tutuvchi modda miqdoridir.
Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling