Aralash moddalar (aralashmalar) - Har xil molekulalardan (har xil zarrachalardan) hosil bo‟lgan moddalar. Masalan: Dengiz suvi, xavo, neft, tuproq, un, bromli suv, oxakli suv, po‟lat, cho‟yan, shisha, plastmassa, choy, vodoprovod suvi, vino, yog‟ va moylar, benzin, vazelin, bo‟yoqlar, sok, dorilar, zar suvi, kofe.
Toza (sof) moddalar - Faqat bir xil molekuladan (bir xil zarrachalardan) hosil bo‟lgan moddalar. Masalan: H2O - suv (distillangan), C12H22O11 - shakar, H2SO4 - sulfat kislota, O3 - ozon, S - oltingugurt, Fe - temir, Au - oltin, CO2 -karbonat angidrid, CH4 - metan, NH3 - ammiak, CaCl2 - kaltsiy xlorid, C – olmos, Na2CO3·10H2O – kristall soda va boshqalar.
Sof moddalar deyarli tabiatda uchramaydi. Tabiatdagi moddalar aralashmalar holida bo‟ladi.
Kimyoda ishlatiladigan moddalar tozalik darajasiga qarab, quyidagi guruhlarga bo‟linadi: texnik toza(t), sof toza (s), analiz uchun toza (a.u.t), kimyoviy toza (k.t), maxsus toza (m.t). Ushbu tartibda moddalarning tozalik darajasi ortib boradi.
|
Tarkibi va xossalari butun hajmi bo‟yicha bir xil bo‟lgan moddalarga – sof, toza moddalar deyiladi. Toza moddalar molekulasi tarkibiga qarab 2 guruhga bo‟linadi:
|
OLIMOV XURSAND 99 742 42 99
Oddiy moddalar – bir xil element atomlaridan hosil bo‟lgan moddalar: Cl2, Cu, P4, He, S
Murakkab moddalar – har xil element atomlaridan hosil bo‟lgan moddalar: H2SO4, NaOH, H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |