Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning bir turdan boshqa turga aylanish sababi va qonuniyatlarini o‟rganadigan fandir. Modda va jism biz ko‟rib turgan narsalarning hammasi umumiy nom bilan tabiat


Download 166.89 Kb.
bet5/11
Sana18.11.2023
Hajmi166.89 Kb.
#1785978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-dars. Dastlabki tushunchalar

Allatropiya: Bir elementdan har xil oddiy moddalarning hosil bo‟lishi allatropiya deyiladi. Hosil bo‟lgan moddalar allatropik shakl ko’rinishlar deyiladi. Masalan: Kislorod elementi 2 xil: kislorod va ozon, C elementi 4 xil: olmos, grafit, karbin, fullerin, P elementi 3 xil: oq P, qizil P, qora P ni hosil qiladi.
Allatropiyaning 2 ta sababi mavjud.

  • Molekuladagi atomlar sonining turlicha bo‟lishi (O2, O3)

  • Kristall tuzilishining turlicha bo‟lishi.




Allatropiya quyidagi elementlarda kuzatiladi: O, S, P, Se, Te, C, Si, Sn, Fe, As, Co, Pb, Ni, Ge, Po


  • Moddaning tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan jarayon analiz deyiladi.

  • Modda hosil qilish jarayoni sintez deyiladi.

  • Birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash sifat analizi deyiladi.

  • Birikma tarkibiy qismlari qanchadan iborat ekanligini aniqlash miqdor analiz deyiladi.

OLIMOV XURSAND 99 742 42 99

KIMYOVIY BELGILAR, FO’RMULALAR VA TENGLAMALAR


Shved kimyogari Berselius 1813 – yilda elementlarni lotincha nomlarining bosh harflari yoki bosh harfiga yana bir harfini qo‟shib belgilashni taklif qildi. Masalan: vodorod elementining lotincha nomi Hydrogenium, shuning uchun uning kimyoviy belgisi H yoki simob elementining lotincha nomi “Hydragirum” uning bosh harfi vodorodniki bn bir xil bo‟lganligi uchun bosh harfiga yana bir harfini qo‟shib belgilash qabul qilingan, ya‟ni Hg, Sulfur - S, Carbonium - C, Cuprum - Cu, Aurum - Au, Argentum - Ag, Oxigenium – O, Al – Aluminium,
Fe – Ferrum, Zn – Zincum.
Modda tarkibini belgilar, indekslar (ba‟zan, koeffitsiyentlar) yordamida ifodalanishi kimyoviy fo’rmula deyiladi. Fo‟rmulada belgidan keyin qo‟yilgan son indeks deyiladi. Indeks O dan boshqa barcha musbat butun sonlar bo‟lishi mumkin. 1 ga teng bo‟lsa, yozilmaydi. Indeks molekuladagi bir xil atomlar sonini bildiradi. Tenglamada (ayrim fo‟rmulalarda) molekula oldiga qo‟yilgan son koeffitsient deyiladi. Koeffitsient O dan boshqa barcha musbat butun sonlar bo‟lishi mumkin. 1 ga teng bo‟lsa, yozilmaydi. Koeffitsient bir xil atomlar yoki molekulalar sonini bildiradi.

Kimyoviy reaksiyani fo‟rmulalar yordamida ifodalanishi kimyoviy tenglama deyiladi.





Download 166.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling