KIMYONING ASOSIY TUSHUNCHALARI
Modda – Jismning tarkibiy qismiga modda deyiladi. Moddalar asosan molekulalardan va boshqa (atom,ion...) zarrachalardan tashkil topgan.
Modda - Ma‟lum bir kattalik va belgilarga ega bo‟lgan materiya modda deyiladi.
Moddaning xossasi – moddalarning bir-biriga o‟xshaydigan va bir-biridan farq qiladigan belgilaridir. Moddalarning xossalari kimyo nuqtai nazaridan ikkita sinfga bo‟linadi:
Fizik xossalar: Moddaning zichligi, ta'mi, rang, agregat xolat (gaz, suyuk, qattiq)lari, elektrni, issiqlikni o‟tkazuvchanligi, suyuqlanish, qaynash, muzlash temperaturalari, eruvchanligi,qovushqoqligi, elastiklik kabilar.
Moddaning kimyoviy xossalari: metall, metallmas, kislota, asos va amfoterlik, yonish kabilar. Masalan: Suv(H2O)
fizik xossalari: zichligi 1 ga teng bo‟lgan ta'msiz, rangsiz suyuklik, 100°C da qaynaydi, 0°C da muzlaydi, issiqlikni yaxshi o‟tkazadi, elektr tokini yomon o‟tkazadi.
kimyoviy xossalari: yonmaydigan, neytral modda.
Molekula – moddaning xossalarini o‟zida mujassamlashtirgan eng kichik zarracha. Masalan: Shakar suvda eritilganda molekularga ajralib ketadi va shu bilan birga barcha xossalari saqlanib qoladi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan.
Atom – kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiruvchi eng kichik zarrachasidir.
Atom – molekula tarkibiga kiruvchi va kimyoviy xodisada o‟zgarmay qoluvchi eng kichik zarracha. Atom – grekchadan olingan bo‟lib, "bo‟linmas" degan ma'noni anglatadi.
MODDA HAQIDA TUSHUNCHA
Jismning tarkibiy qismiga modda deyiladi.
Modda – uni tashkil etuvchi molekulalarning turiga qarab 2 ta katta guruhga bo‟linadi.
|