Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning bir turdan boshqa turga aylanish sababi va qonuniyatlarini o‟rganadigan fandir. Modda va jism biz ko‟rib turgan narsalarning hammasi umumiy nom bilan tabiat


Download 166.89 Kb.
bet2/11
Sana18.11.2023
Hajmi166.89 Kb.
#1785978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-dars. Dastlabki tushunchalar

OLIMOV XURSAND 99 742 42 99





KIMYONING ASOSIY TUSHUNCHALARI


Modda – Jismning tarkibiy qismiga modda deyiladi. Moddalar asosan molekulalardan va boshqa (atom,ion...) zarrachalardan tashkil topgan.
Modda - Ma‟lum bir kattalik va belgilarga ega bo‟lgan materiya modda deyiladi.
Moddaning xossasi – moddalarning bir-biriga o‟xshaydigan va bir-biridan farq qiladigan belgilaridir. Moddalarning xossalari kimyo nuqtai nazaridan ikkita sinfga bo‟linadi:

  1. Fizik xossalar: Moddaning zichligi, ta'mi, rang, agregat xolat (gaz, suyuk, qattiq)lari, elektrni, issiqlikni o‟tkazuvchanligi, suyuqlanish, qaynash, muzlash temperaturalari, eruvchanligi,qovushqoqligi, elastiklik kabilar.

  2. Moddaning kimyoviy xossalari: metall, metallmas, kislota, asos va amfoterlik, yonish kabilar. Masalan: Suv(H2O)

    • fizik xossalari: zichligi 1 ga teng bo‟lgan ta'msiz, rangsiz suyuklik, 100°C da qaynaydi, 0°C da muzlaydi, issiqlikni yaxshi o‟tkazadi, elektr tokini yomon o‟tkazadi.

    • kimyoviy xossalari: yonmaydigan, neytral modda.

Molekula – moddaning xossalarini o‟zida mujassamlashtirgan eng kichik zarracha. Masalan: Shakar suvda eritilganda molekularga ajralib ketadi va shu bilan birga barcha xossalari saqlanib qoladi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan.
Atom – kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiruvchi eng kichik zarrachasidir.
Atom – molekula tarkibiga kiruvchi va kimyoviy xodisada o‟zgarmay qoluvchi eng kichik zarracha. Atom – grekchadan olingan bo‟lib, "bo‟linmas" degan ma'noni anglatadi.


MODDA HAQIDA TUSHUNCHA
Jismning tarkibiy qismiga modda deyiladi.

Modda – uni tashkil etuvchi molekulalarning turiga qarab 2 ta katta guruhga bo‟linadi.




Download 166.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling