Oddiy moddalar tarkibiga ko‟ra bir atomli (Al, Fe, Cu, Au, Na…), ko‟p atomli ( Cl2, F2, H2, O2, O3, S8, P4…), agregat xolatiga ko‟ra qattiq (Mg, Ca, Al, Fe, S, P, I2…), suyuq (Br2, Hg…) va gazsimon ( H2, O2, F2, Cl2, N2, He…) bo‟ladi. Oddiy moddalar metallar va metalmaslarga bo‟linadi.
Metallar – bolg‟alanuvchan, yaltiroq, elektrni, issiqlikni yaxshi o‟tkazuvchi, qattiq, plastik, tashqi kuch ta‟sirida shaklini o‟zgartiruvchi va ta‟sir to‟xtatilsa, shu shaklini saqlab qoluvchi moddalardir.
Metalmaslar – gazsimon, suyuq yoki kristall holatlarda bo‟ladi, issiqlik va elektrni yomon o‟tkazadi yoki umuman o‟tkazmaydi. Davriy sistemada 22 ta metalmas element mavjud. Bular:
Atomar gaz holatda : Inert yani nodir gazlar-He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn (Molekula va atom tushunchasi bir xil) Molekulyar gaz holatda: H2, N2, O2,F2, Cl2
Suyuq holatda : faqat Br2
Qattiq holatda:B, C, Si, P, S, As, Se, Te, At2, I2
Metallmaslar tabiatda oddiy moddalar shaklida va turli birikmalar tarkibida uchraydi. Kosmosda vodorod va geliy eng ko'p tarqalgan metallmaslar bo'lsa, Yer qobig'ida (Yer qobig'i massasiga nisbatan) kislorod (47%) va kremniy (29,5%) eng ko'p tarqalgan metallmas hisoblanadi.
Davriy sistemadagi elementlarning davrlarda tartib raqami ortishi bilan metallik xossasi kamayib, metalmaslik xossasi kuchayib boradi. Gruppalarda esa tartib raqami ortsa, metallik xossasi kuchayib, metalmaslik xossasi kamayib boradi. Demak.
Eng aktiv metalmas – 1)F2 2)O2
Eng passiv metalmas – Si Eng aktiv metall – Fr, Cs Yagona suyuq metall – Hg Eng qattiq metall – Cr
Eng yengil (zichligiga ko‟ra) metall – Li
Eng og‟ir metall – Os
Eng yengil(eng katta diffuziya tezligiga ega) gaz-H2
|
Tabiatda eng ko‟p tarqalgan metall – 1)Al 2)Fe
Yer yuzida eng ko‟p tarqalgan metalmas – 1)O2 2)Si
Eng oson suyuqlanuvchi metall – Cs (280C)
Eng qiyin suyuqlanuvchi metall – W
Eng yaxshi elektrni o‟tkazuvchi metallar –1)Ag 2)Au 3)Cu
Eng ko‟p birikma hosil qilgan element – H2 Koinotda eng ko‟p tarqalgan element – H2 Eng yaxshi issiqlik o‟tkazuvchi gaz – H2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |