Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning bir turdan boshqa turga aylanish sababi va qonuniyatlarini o‟rganadigan fandir. Modda va jism biz ko‟rib turgan narsalarning hammasi umumiy nom bilan tabiat


Download 166.89 Kb.
bet1/11
Sana18.11.2023
Hajmi166.89 Kb.
#1785978
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-dars. Dastlabki tushunchalar

KIRISH


Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning bir turdan boshqa turga aylanish sababi va qonuniyatlarini o‟rganadigan fandir.


MODDA VA JISM


Biz ko‟rib turgan narsalarning hammasi umumiy nom bilan tabiat deb ataladi yani, yer, atmosfera havosi, yulduzlar, suv, o‟simlik va hayvonlar, odamlar – tabiatdir. Demak, tabiat turli xil narsa va buyumlardan tashkil topgan. Bu narsa va buyumlar hosil bo‟lishiga ko‟ra, 2 xil bo‟ladi.

  1. Odamlarning ishtirokisiz, ularning hohishidan tashqarida hosil bo‟lgan narsalar. Bunday narsalarni materiya deb aytish qabul qilingan. Masalan: suv, havo, tuproq, ko‟mir, daraxtlar.

  2. Odamlarning ishtiroki bilan, ularning hohishi bo‟yicha hosil bo‟lgan narsalar. Bunday narsalarni jism deb aytish qabul qilingan. Demak, atrofimozdagi narsalar – parta, ruchka, qoshiq, mix, stakan – jismlardir. Ular nimadan tashkil topgan bo‟lsa – modda deyiladi, yani,

Jism

Modda

Parta

Yog‟och (sellyuloza)

Ruchka

Plastmassa

Qoshiq

Alyuminiy, kumush

Mix

Temir

Stakan

Shisha

ATOM – MOLEKULYAR TALIMOT


Atom tushunchasi va nazariyasini qadimgi yunon faylasuflari Levkip va Demokrit fanga kiritgan. Molekula tushunchasini esa fransuz olimi P. Gassendi fanga kiritgan. Atom - molekulyar ta‟limotni esa 1741 – yilda rus olimi M.V.Lomonosov yaratgan. Moddalar molekulalardan , molekulalar atomlardan hosil bo‟ladi deb o‟rganuvchi ta‟limot atom- molekulyar ta’limot deyiladi. Lomonosov atom-molekulyar talimotning asosiy qoidalarini o‟zining “Matematik kimyo elementlari” nomli asarida bayon qildi.
Bu ta‟limotning asosiy qoidalari quyidagilar:

  • Moddalar molekulalardan, molekulalar atomlardan tarkib topgan.

  • Atomlar ham molekulalar ham to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi. Molekulalarning harakatlanish tezligi t0 ga bog‟liq. t0 ko‟tarilishi bilan molekulalarning harakatlanish tezligi ortadi.

  • Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qiladi.

  • Molekulalar o‟rtasida tortishish va itarilish kuchlari mavjud. Bu kuchlar qattiq moddalarda eng ko‟p, gazlarda esa eng kam namoyon bo‟ladi. Suyuq moddalarda esa o‟rtacha qiymatga ega bo‟ladi.

  • Molekulalar orasida oraliq masofa bo‟lib, uning o‟lchamlari moddaning agregat holatiga va t0 ga bog‟liq. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa eng katta bo‟ladi. Shuning uchun ular oson siqiladi. Suyuqliklarda masofa yaqin, shuning uchun ularni siqish qiyin. Qattiq moddalar esa deyarli siqilmaydi.

  • Bir turdagi atomlar kimyoviy reaksiya paytida boshqa turdagi atomlarga aylanmaydi.

  • Fizik xodisalar paytida molekulalar saqlanib qoladi. Kimyoviy reaksiyada molekula o‟zgarib, molekula tarkibiga kirgan atomlar o‟zgarmay qoladi. Masalan:

NaOH + HCl → NaCl + H2O


Lomonosovdan 67 yil keyin kimyoga “atomastik” ta‟limotni ingliz olimi Jon Dalton tatbiq etdi. Dalton ta‟limotining mag‟zi Lomonosov ta‟limotini takrorlaydi. Shu bilan birga u bu ta‟limotni yanada rivojlantirdi. Chunki Dalton birinchi bo‟lib o‟sha vaqtda ma‟lum bo‟lgan elementlarning atom massalarini aniqlashga harakat qildi. Uning kamchiligi shunda ediki, Dalton oddiy moddalar mavjudligini inkor qildi. Bu esa Lomonosov ta‟limotiga zid edi.
Atom – molekulyar nazariya 1860 – yildagi kimyogarlarning Karlsrue shaxrida bo‟lgan xalqaro syezdida molekula va atom tushunchalariga ta‟rif berish bilan qaror topdi.

Download 166.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling