Kimyo fani va uning vazifalari. Kimyoning biologiya, fizika va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Download 0.75 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vakillari
- Xossalari
- Izomorfizm, polimorfizm. Izomorfizm
Metall kristall panjara - kristall panjara tugunlarida metall joylashadi.
Xossalari - Kristall panjara tugunlarida metal kationlari tutadi. Metal bog’lanishli. Suyuqlanish va qaynash tlari yuqori. Elektr tokini suyuqlanmasi va qattiq xolati judayaxshi o’tkazadi. Suvda eriymaydi. Qutbsiz erituvchilarda erimaydi qattiqligi mustahkam, Delokallashgan. Plastik, bolg’alanuvchan Vakillari - sof metall va metall qotishmalari(Na va K qotishmasi),Ca,Ba,Fr, Fe,Cu Ion kristall panjara kristall panjara tugunlarida ionlar joylashadi. M; osh tuzi NaCl da 1 ta Na ni 6 ta xlor 1 ta xlorni 6 ta Na ionlari o’rab turadi. Xossalari - Kristall panjara tugunlarida ionlar tutadi. Bog’lanishi ionli. Suyuqlanish va qaynash tempuraturalari yuqori, tokni yaxshi o’tkazadi.Qattiq xolatda tokni o’tkazmaydi, lekin suyuqlanmasi eritmalari tokni yaxshi o’tkazadi. Suvda yaxshi eriydi.Qutbsiz erituvchilarda erimaydi.Qattiqligi yuqori. molekulya kristal panjara –kristall panjara tugunlarida molekulalar joylashadi. Xossalari - Kristall panjara tugunlarida molekula tutadi, Bog’lanishi kovalent, Suyuqlanish va qaynash tempuraturalari past, Diaelektrik -elektr tokini o’tkazmaydi, Suvda yomon eriydi, Mo’rt Moddalar Qattiq Gaz Suyuq Amorf kristall 38 Izomorfizm, polimorfizm. Izomorfizm (izo... va yun. morphe — shakl) — kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi bir-biriga yaqin jinslarning oʻzgaruvchan tarkibli birikmalar (aralash kristallar) hosil qilish qobiliyati. I. hodisasini birinchi marta 1819-yil nemis kimyogari E. Mitcherlix aniqlagan vatermin sifatida taklif qilgan. I. tabiiy mineral va kristallarda keng tarqalgan boʻlib, yer poʻstining turli termodinamik zonalarida uchraydi. Elementlarning oʻzaro izomorf aralashma hosil qilishi ular atom radi-usining kattaligi, kristallokimyoviy xususiyatlari (koordinatsiya soni, va-lentligi, strukturasi, kristallanish sistemasi) va tabiiy termodinamik sharoitlar (temperatura, bosim, paydo boʻlgan chuqurligi va joyi)ga bogʻliq. Tekshirishlar natijasida izovalentli (bir xil valentli) va geterovalentli (har xil valentli) I.lar borligi aniqlangan. Izovalentli I. uchun olivin mi-nerali tarkibidagi oksidlanish dara-jasi teng boʻlgan Mg2+ va Gʻe2+ misol boʻla oladi. Birinchisi forsterit (MgSiO4), ikkinchisi fayalit (FeSiO4) holida cheksiz I. aralashmasi hosil qilishi natijasida olivin minerali paydo boʻladi. Plagioklaz guruxdsagi Sa2+ bilan Na+ kationlarining oʻrin almashishi geterovalentli I.dir. Bunda oksidlanish darajasi +1 ga teng boʻlgan Na+ kationi oksidlanish darajasi +2 ga teng boʻlgan Sa2+ kationi bilan oʻrin almashadi. I. aralashmalari cheksiz va cheklangan boʻladi. Cheklangan I.da elementlar oʻzaro maʼlum miqdordagina aralashma hosil qila oladi. I. hodi-sasidan mineral, kristall va rudalar tarkibidagi elementlarning qanday hrlatda joylashganligini, shuningdek, sintez usulida olingan, zamonaviy texnikada qoʻllaniladigan yarim oʻtkazgichlar, ferromagnetiklar, pye-zo- va segnetoelektriklar, lyumino-forlar, lazer materiallari va b.ning foydali xossalarini aniqlashda foydalaniladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling