Kimyo fani va uning vazifalari. Kimyoning biologiya, fizika va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi


Download 0.75 Mb.
bet27/29
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640783
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Polimorfizm (poli... va yun. morphe — shakl) — baʼzi moddalarning turli kristall strukturali holatlarda boʻlish xossasi. Shu xrlatlarning har biri polimorf modifikatsiya deyiladi. Har bir modifikatsiya tuzilishi va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ular a, r, u va boshqa yunon harflari bilan belgilanadi. P. 1798-yilda kashf qilingan.Oddiy moddalar, shuningdek, organik va anorganik birikmalar P. xusu-siyatiga ega. Mas, uglerod (S) tashki koʻrinishi va fizik xossalariga koʻra bir-biridan keskin farq qiladigan kubik (olmos) va geksagonal (grafit) modifikatsiyalarga ega. Kimyoviy ele-mentning tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan ikki yoki undan ortiq oddiy modda holida mavjud boʻla olishi allotropiya deyiladi.
Har bir polimorf modifikatsiya maʼlum temperatura va bosimda turgʻun boʻladi. Modda beqaror, metastabil (tormozlangan, toblangan, oʻta sovitilgan) holatda uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Pekin modda to maʼlum omil taʼsir ettirilguncha (muayyan temperatura va bosim soxalari chegarasida) bu holatda boʻla oladi. Ikki modifikatsiyaning turgʻun sohasi umumiy chegaraga ega boʻlsa, beqaror xrlatdan turgʻun holatga oʻtish qaytar (enantiotrop) almashinish, umumiy chegaraga ega boʻlmasa, qaytmas (monotrop) almashinish boʻladi.

39 Kimyoviy reaksiya tezligi. Reaksiya tezligining kontsentratsiyaga bog‘liqligi


 Kimyoviy reaksiyalarning tezligi deganda hajm birligida vaqt birligi ichida sodir bo’ladigan to’qnashishlar soniga aytiladi. Reaksiya tezligi odatda reaksiyaga kirishayotgan yoki hosil bo’layotgan moddalardan birortasining kontsentrasiyasini vaqt birligi ichida o’zgarishi bilan xarakterlanadi.
Kimyoviy reaksiyaning tezligi moddalarning tabiatiga, ularning kontsentrasiyasiga, haroratga, katalizatorga bog’liq. Reaksiya tezligiga kontsenratsiyaning ta’sir etishiga sabab shuki, moddalar orasida o’zaro ta’sir hosil bo’lishi uchun reaksiyaga kirishayotgan moddalarning zarrachalari bir-biri bilan to’qnashadi. Lekin to’qnashishlarning hammasi ham kimyoviy reaksiyaga olib kelavermaydi, barcha to’qnashishlarning oz qismigina reaksiyaga olib keladi. Vaqt birligi ichida ro’y beradigan to’qnashishlarning soni o’zaro to’qnashayotgan zarrachalarning kontsentrasiyalariga proportsional bo’ladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling