Kimyo-farmasevtika korxonalarida ishchi xodimlar gigiyenasi va toza xonalarga qo'yiladigan gigiyenik talablar


Tozalash va sanitar ishlov berish


Download 95.62 Kb.
bet6/11
Sana16.06.2023
Hajmi95.62 Kb.
#1499697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyo

Tozalash va sanitar ishlov berish
Toza tozalarning birinchi navbatdagi vazifasi - elektrostatik zaryad ta’sirida hamda issiqlik tarqalishi oqibatida o‘lik zonalarda zarrachalar ko‘rinishida to‘planadigan fizik (charrachalar) va biologik (bakteriyalar, zamburug‘lar, achitqi zamburug‘lari) tabiatli qoldiq mahsulotlardan himoya qilish. Toza zonalarda havoni kondisionerlash tizimi yuqori samarali “changyutgich” vazifasini bajaradi, uning vazifasi zarrachalarni muallaq holga keltirib,, ularni zonadan tashqaridagi atrof- muhitga tortib chiqarishdan iborat. Aksincha, biologik tabiatli qoldiq mahsulotlarni (mikroorganizmlarni) yo‘qotishga sterillash va dezinfeksiya jarayonlari vositasida erishiladi. Sterillash - mikroorganizmlarni jonsizlashtirishning eng samarali usuli. Sterillashning asosiy turlariga birinchi galda bug‘ bilan sterillash, quruq issiq bilan sterillash, filtrlash, kimyoviy sterillash, nurlatish kiradi. Sanab o‘tilgan sterillash jarayonlari asosan qurollar va vositalarni tayyorlash uchun tozalash va sanitar ishlov berish jarayonlarida qo‘llaniladi. Masalan, filtrlash yuvish va dezinfeksiyalash vositalari eritmalari uchun, bug‘ yoki quruq issiq bilan sterillash - aseptik muhitda ishlatiladigan ba’zi bir ishchi qurollar (ushlagichlar, gubkalar, mato parchalari) uchun foydalaniladi. Alohida hollarda sterillashning qolgan boshqa turlari, asosan bir martalik qurollarlar uchun qo‘llaniladi.
Dezinfeksiyalash uchun organizmlarga samarali ta’sir ko‘rsatadigan, muayyan firma nomi bilan bog‘liq bo‘lgan vositalarni tanlash kerak. Dezinfeksiyalovchi vosita mikrobiologiya bo‘yicha mutaxassis ishtirokida tanlanadi, bu mutaxassis toza zonalar muammolarini ham, muayyan ishlab chiqarish uchastkasidagi shart-sharoitlarni ham yaxshi bilishi kerak.
Tozalash va sanitar ishlov ko‘lamlari
GMP talablariga muvofiq, har bir operatsiya tegishli shaxslar tomonidan bayon qilingan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak. bu ham tozalash, ham sanitar ishlov berish jarayonlariga teng darajada taalluqli. Tegishli hujjatda (SOP) birinchi navbatda tozalash va sanitar ishlov berishning predmeti ko‘rsatiladi. Shu nuqtai nazardan tozalash jarayonlarining turli muhitlar: tashqi muhit uchun aniq ko‘lamlari belgilab olinadi.
Tashqi muhitni tozalash - kontaminatsiyalarning toza zonalarga tushishini oldini olish va bir vaqtning o‘zida havoni kondisionerlash tizimining havo filtrlariga ortiqcha bosimning oldini olishga xizmat qiladi. Tashqi muhitni tozalashda birinchi galda: havoni kondisionerlar uchun so‘rib olish zonalariga va ularning yaqinidagi ob’ektlarga, kondisionerlarning mashina zallariga, kondisionerlash tizimidan havoning ajralib chiqishi zonalariga, (ayniqsa havo tortib chiqarish joylariga ham filtrlar nazarda tutilgan bo‘lsa).

Download 95.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling