Kimyo-farmasevtika korxonalarida ishchi xodimlar gigiyenasi va toza xonalarga qo'yiladigan gigiyenik talablar


Toza xonada ishlashga ruxsat berilganlar xodimlar quyidagilarni bajarishga majburlar


Download 95.62 Kb.
bet2/11
Sana16.06.2023
Hajmi95.62 Kb.
#1499697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyo

Toza xonada ishlashga ruxsat berilganlar xodimlar quyidagilarni bajarishga majburlar.
1. Xonaga kirishdan oldin qo‘llarini yuvishga; 2. Xojatxonaga kirgandan keyin qo‘llarni yuvishga; 3. Madaniyatsiz qiliqlarni qilmaslikka (qo‘l bilan burun artish); 4. Muntazam tishlarni tozalash, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilishga; 5. Toza kiyinishga, ayniqsa ishga borishda.
Kiyim turlari: 1. Bir martalik (xalatlar, yuz va soqol uchun niqoblar, qalpoqchalar,baxillalar) 2. Ko‘p martalik
Ko‘p martalik kiyimlar sintetik tolalardan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Paxta tolalaridan tayyorlangan kiyimlarni kiyish ruxsat etilmaydi. Kiyimlar oddiy tikilgan, cho‘ntaksiz, qistirgichlarsiz, keraksiz burmalarsiz bo‘lishi kerak. Kiyim qanday materialdan tayyorlangan bo‘lsa, uni tikish uchun ishlatiladigan ip xam shu materialdan bo‘lishi shart.








TOZA XONALARDAN FOYDALANISH


Umumiy holatlar toza xonalardan foydalanganda belgilangan tozalik sinfni muntazam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi bajariladi. Toza xonalardan foydalanish tartibi ISO 14644-5 “Toza xonalar va ular bilan bog‘liq nazorat qilinadigan muhitlar. 5-qism. Ekspluatatsiya” standartida belgilangan. Toza xonalardan foydalanishni tashkil qilishda barcha ishlarni bajarish tartibini belgilab olish lozim, buning uchun quyidagi savollarga javob berish kerak: qanday ish bajariladi (ishning predmeti), qanday bajariladi (ishni bajarish texnologiyasi), ijrochi kim, nimalar bilan ishlanadi (uskunalar, materiallar va h. k. lar ro‘yxati), qanday hujjatlar bo‘yicha ishlanadi (yo‘riqnomalar va h. k. ).
Toza xonalar tizimidagi kritik jihat - xodimlardir, agar bunday xonalarda tegishli tayyorgarligi bo‘lmagan va bunday maqsadlarga mos kelmaydigan xodimlar ishlasa, loyiha eng
yuqori darajada ishlab chiqilgan bo‘lsa ham toza xonadan foydalanish ko‘zlangan maqsadni bermaydi, uni tashkil etishga sarflangan mablag‘lar zoy ketadi.
Toza xonalardan foydalanishda kritik omillarni yetarlicha hisobga olmaslik toza xonaning ifloslanishiga va mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Rejali tartibda xavf omillari ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yish va iflosliklarni aniqlash bo‘yicha harakatlarni belgilab olish kerak.

Download 95.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling