Kimyo kafedrasi a. A. Ibragimov


-Tajriba BENZIL SPIRT VA BENZOY KISLOTA Reaktivlar


Download 196.44 Kb.
bet12/22
Sana05.01.2022
Hajmi196.44 Kb.
#208660
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
laboratoriya ishi

8-Tajriba

BENZIL SPIRT VA BENZOY KISLOTA





Reaktivlar.

Benzoy al’degid 24 ml yoki 25 g (0,23 mol’)

O’yuvchi kaliy 22 g (0,55 mol’)

Dietil efir; natriy bisul’fit; natriy karbonat; natriy sul’fat; xlorid kislota.



200 ml sig’imli kolbada 22 g o’yuvchi kaliy 15 ml suvda eritilib sovitilgandan so’ng unga benzal’degid qo’shiladi. Kolba rezina probka bilan yaxshi berkitilib zmul’siya hosil bo’lguncha chayqatiladi va bir kecha qoldiriladi. ertasi kun cho’kmaga tushib qolgan benzoy kislotaning kaliyli tuzi to’la erib ketguncha aralashmaga suv qo’shiladi va ajratkich voronkaga solinadi. Suvda yomon eriydigan benzil spirt ikki marta (25 ml dan) efir bilan ekstraksiya qilib olinadi.

Reaksiyaga kirishmay qolgan oz miqdordagi benzal’degiddan qutulish uchun efirli eritmalar ikki marta (5 ml dan) natriy bisul’fit eritmasi bilan chayqatiladi. Sul’fit angidriddan qutulish uchun efirli eritma natriy karbonatning kontsentrlangan eritmasi bilan yuviladi va natriy sul’fat bilan quritiladi.

Efirli eritma fil’trlanib, efir suv hammomida haydaladi va suv sovitkichi havo sovitkichi bilan almashtirilib benzil spirt gaz alangasida asbest setka ustida haydaladi. Uning 204-206°S dagi fraktsiyasi olinadi.

Toza benzil spirtning qaynash temperaturasi 206°S.

Miqdori 8-9 g.

Benzoy kislotani olish uchun efir bilan ekstraksiya qilingandan so’ng qolgan suvli qism suyultirilgan xlorid kislota (1:1) bilan kuchli kislotali muhitga keltiriladi va hosil bo’lgan benzoy kislota fil’trlab olinadi. U qaynoq suvda qaytadan kristallantiriladi.

Miqdori 9 g atrofida.

Toza benzoy kislotaning suyuqlanish temperaturasi 121,5°S.


Download 196.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling