Kimyo kafedrasi a. A. Ibragimov


-Tajriba FURFURIL SPIRT VA PIROSLIZ KISLOTA Reaktivlar


Download 196.44 Kb.
bet13/22
Sana05.01.2022
Hajmi196.44 Kb.
#208660
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
laboratoriya ishi

8-Tajriba

FURFURIL SPIRT VA PIROSLIZ KISLOTA





Reaktivlar.

Furfurol 17 ml yoki 19,2 g (0,2 mol’)

O’yuvchi natriy 8 g (0,2 mol’)

Karbonat angidrid gazi (ballondan yoki Kipp apparatida marmarga xlorid kislota ta`sir ettirib olinadi); efir; kaliy karbonat; xlorid kislota; aktivlantirilgak ko’mir.

150-200 ml sig’imli yumaloq tubli kolbaga yangi haydaltan furfurol solib, u 0-5°S gacha sovitiladi va unga temperaturani 15-20°S dan oshirib yubormay 8 g o’yuvchi natriyning 20 ml suvdagi eritmasi 10 minut davomida oz-ozdan aralashtirib turilgan holda quyiladi; bunda aralashma quyuqlashib qoraya boshlaydi va u yana yarim soat davomida aralashtiriladi.

Furfuril spirtni ajratib olish uchun reaktsion aralashmaga 10 ml suv quyilib, eritma to’yinguncha karbonat angidrid gazi yuboriladi.

SHuydan so’ng, eritma ajritkich voronkaga solinib bir necha marta efir bilan ekstraksiya qilinadi va birlashtirilgan efirli eritmalar kaliy karbonat bilan quritilib efir haydaladi.

Furfuril spirt kichikroq kolbada havo sovitkichi orqali haydaladi va uning 169-172°S dagi fraktsiyasi olinadi.

Toza furfuril spirtning qaynash temperaturasi 171°S.

Miqdori 8 g atrofida.

Pirosliz (a- furankarbon) kislota olish uchun suvli qism 25% li xlorid kislota bilan asta-sekin (karbonat angidrid ajralib chiqib ko’pirib ketmasligi uchun) kislotali muhitga keltiriladi.

Bunda pirosliz kislota cho’kmaga tusha boshlaydi (kerak bo’lsa suv hammomida bir oz bug’lantiriladi).

Olingan pirosliz kislota sariq rangda bo’lib, aytarli toza bo’lmaydi. Toza kislota olish uchun u qaynoq suvda eritilib, ozroq aktivlantirilgan ko’mir bilan qaynatiladi va fil’trlanadi. eritma sovitilgandan so’ng hosil bo’lgan kristallar fil’trlanib havoda quritiladi.

Miqdori 8 g atrofida.

Toza pirosliz kislotaning suyuqlanish temperaturasi 132°S.

Download 196.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling