Kimyo kafedrasi a. A. Ibragimov


-Tajriba ATSETOSIRKA EFIR Reaktivlar


Download 196.44 Kb.
bet15/22
Sana05.01.2022
Hajmi196.44 Kb.
#208660
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
laboratoriya ishi

10-Tajriba

ATSETOSIRKA EFIR



Reaktivlar.

Etilatsetat 60 ml (0,6 mol’)

Natriy metali 6 g (0,26 gramm-atom)

Muz sirka kislota 17 ml (0,29 mol’)



Natriy xlorid; natriy bikarbonat; kal’tsiy xlorid.

250 ml sig’imli, yumaloq tubli kolba kal’tsiy xlorid trubkali qaytarma sovitkich bilan jihozlanib, unga yaxshi quritilgan 60 ml etilatsetat va 6 g natriy solinib, reaksiya boshlanishi unun kolba moy hammomida 100°S gacha qizdiriladi, keyinchalik reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik hisobiga aralashma bir tekisda qaynab turadi.

Agar reaksiya shiddat bilan borsa, moy hammomi olib tashlanadi. Odatda natriyning erish protsessi 2 soatga boradi. Reaksiyaga kirishmay qolgan natriy keyingi ishlarga xalaqit bermaydi.

Issiq eritmaga kislotali muhit hosil bo’lguncha 35 ml atrofida 50% li sirka kislota qo’shiladi. So’ngra atsetosirka efirli qism ajralishi uchun reaktsion aralashmaning hajmiga barobar miqdorda natriy xloridning to’yingan eritmasidan quyiladi; agar tuz eritmasi quyilganda cho’kma tushsa, unga ozroq suv quyilib, eriguncha aralashtiriladi.

SHundan so’ng ajratgich voronkada atsetosirka efirli yuqori qavat ajratib olinib, oz miqdordagi natriy bikarbonatning to’yingan eritmasi bilan chayqatiladi.

Ajratib olingan atsetosirka efirning eritmasi kal’tsiy xlorid bilan quritilib, ortiqcha etilatetsat haydalib, temperatura 95°S ga ko’tarilganda haydash to’xtatiladi.

Qoldiq vakuumda haydalib, undan 86-90°S (30 mm sim. ust.), 76-80°S (18 mm sim. ust.) yoki 69-73°S (12 mm sim. ust.) da atsetosirka efiri olinadi.

Miqdori 13 g


Download 196.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling