Kimyo kafedrasi a. A. Ibragimov


-Tajriba DIFENILMETAN Reaktivlar


Download 196.44 Kb.
bet22/22
Sana05.01.2022
Hajmi196.44 Kb.
#208660
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
laboratoriya ishi

17-Tajriba

DIFENILMETAN





Reaktivlar.

Benzol 60 ml yoki 52 g (0,66 mol’)

Benzil xlorid 14,5 ml yoki 15 g (0,12 mol’)

Alyuminiy xlorid 6 g

Xlorid kislota; o’yuvchi natriy; natriy metali.



Difenilmetan olishda ham atsetofenon olishdagidek moslama tayyorlanadi. Benzil xlorid ko’z yoshini oqizish xossasiga ega bo’lgani uchun bu ish mo’rili shkafda olib boriladi!

Reaktsion kolbaga 60 ml benzol quyib, unga yaxshi maydalangan 6 g alyuminiy xlorid qo’shiladi va tomizgich voronka orqali aralashtirib turilgan holda oz-ozdan benzil xlorid quyiladi.

Vodorod xlorid gazining ajralib chiqishi to’xtab, reaksiya tamom bo’lgandan so’ng kolbaga 45 g atrofida maydalangan muz solib, unga kontsentrlangan xlorid kislota qo’shiladi va ajratgich voronkada benzolli qavat (difenilmetan erigan qism) ajratib olinadi; so’ngra o’yuvchi natriy eritmasi va suv bilan yuviladi.

Benzolli qismni kichikroq Vyurts kolbasiga solib haydaladi; bunda oldin benzol suv bilan haydaladi. Benzolning hammasi haydab bo’lingandan so’ng haydashni to’xtatib, sovitkich olib tashlanadi va difenilmetan sovitkichsiz Vyurts kolbasida suv bilan sovitib turilgan yig’gich kolbaga haydaladi.



Agar olingan modda rangli bo’lsa, yoki sovitilganda batamom qotmasa, u 2-3 bo’lak natriy metali bo’lgan kolbada qaytadan haydaladi.

Difenilmetanning hidi apel’sin po’sti hidiga o’xshash. Difenilmetanning suyuqlanish temperaturasi 26-27°S; qaynash temperaturasi 145°S (22 mm sim. ust.) yoki 262°S (760 mm sim. ust.)



Miqdori 10-11 g.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Филлипович ЙУ.Б. и др. Практикум по обшей биохимии. М., 1975, 39 с.

  2. Кочетов Г.А. Практическое руководство по энзимологии. М., 1980, 14 с.

  3. Хожиев К.К. Химия иммуноглобулинов. Ташкент, Медицина, 1971, с. 20.

  4. Н.А.Тюкавкина, Ю.И.Бауков. Биорганическая химия. М. Медицина, 1991 г.

5.O.Sodiqov, A.Karimjonov, N.Ishoqov «Organik ximiyadan praktikum» T. «O‘qituvchi», 1973.

6.О.Ф.Гинзбург, В.С.Завгородный, Л.М.Зубрицкий, Л.А.Павлова. «Практикум по органической химии» М. «Высшая школа», 1989.



7.Р.A.SHoymardonov «Organik kimyodan savol, masala va mashqlar» T. «O‘qituvchi», 1998.

8.A.Aloviddinov, K.To‘ychiev, S.Qurbonov «Organik kimyodan amaliy mashg‘ulotlar». T. «Universitet», 1997.
Download 196.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling