Kimyo kafedrasi a. A. Ibragimov


-Tajriba BENZOFENON (difenilketon) Reaktivlar


Download 196.44 Kb.
bet21/22
Sana05.01.2022
Hajmi196.44 Kb.
#208660
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
laboratoriya ishi

16-Tajriba

BENZOFENON (difenilketon)



Reaktivlar.

Benzol 60 ml yoki 52 g (0,66 mol’)

Betil xlorid 15 ml yoki 17,5 g (0,12 mol’)

Alyuminiy xlorid 18 g

Xlorid kislota; dietil efir; o’yuvchi natriy, kal’tsiy xlorid.



Benzofenon olishda ham atsetofenon olishdagidek moslama tayyorlanadi.

150 ml sig’imli, uch og’izli, yumaloq tubli tomizgich voronka, mexanik aralashtirgich, xlor kal’tsiy trubkali qaytarma sovitkich bilan jihozlangan kolbaga alyuminiy xlorid va benzol solib, unga aralashtirib turilgan holda tomizgich voronka orqali oz-ozdan benzoil xlorid quyiladi.

So’ngra reaktsion kolba suv hammomida 55-60°S da vodorod xlorid gazining ajralib chiqishi tamom bo’lguncha qizdiriladi.



Kolba bir oz sovitilgandan so’ng unga 160 ml suv quyiladi va bir necha bo’lak muz parchalari tashlanib, cho’kmaga tushgan alyuminiy gidroksid xlorid kislota bilan eritiladi va benzolni suv bug’i bilan 20 minut davomida haydab olinadi.

Kolbada qolgan aralashma sovitilib, dietil efir bilan ekstraksiya qilinadi; efirli eritma o’yuvchi natriyning suyultirilgan eritmasi, so’ngra suv bilan yuvilib, kal’tsiy xlorid bilan quritiladi.

So’ngra efirni haydab olib qolgan benzofenonni Vyurts kolbasidan sovitkichsiz 297°S da haydab olinadi.



Toza benzofenonning qaynash temperaturasi 305°S; suyuqlanish temperaturasi 48°S. Miqdori 13 g atrofida.


Download 196.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling