Kimyo o'qitishda namoyish qilinadigan tajribalardan


Download 39.03 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi39.03 Kb.
#1592559
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 ам

Kimyodan amaliy mashg'ulotlar. O'quvchilarda k.imyoviy ko'nikmalaming shak.Uanishi.

Amaliy mashg'ulotlarda o'quvchilarda ko'n.ikma va malakalarni shakllantirishga i.llohida ahamiyat beriladi. Ularga kimyo fanini o'qi­ tishni boshlanishi - 7-sinfClan boshlanadi. Kimyoviy ko'nikma va rnalakalarni shakllantirish aniq tizim asosida olib boriladi. O'quv­ chilarda dastlab qizdiruvchi asboblar bilan ishlash ko'nikmalari ho­ sil qilinadi, laboratoriyada ishlash texnikasi o'rgatib boriladi, ya'ni moddalarni qizdirish, aralashrnalardagi moddalarni bir-biridan ajra­ tish, xav:tSizlik texnikasi qoidalarini o'rganish, so'ngra murakkab moddani parchalab, oddiy moddalar olish va ularning xossasini tek­ shirish. Keyingi bosqich murakkab moddabrni olish, masalan, mis


58
(II)-sulfatni eritmadan ajratib olish va aksincha, quruq moddadan eritma tayyorlash. O'quvchilarning keyingi o'rganadigan ishlari miq­ doriy tajribaJar o'tkazish, tarozidan va o'lchov asboblaridan foy­ dalauib, tajribalar bajarish va eksperimental masala.lar yechishdan iborat bo'ladi. Amaliy mashg'ulotJar: 1) ko'rsatma.lar yoki tarqatma material asosida bajariladigan tajribalar va 2) eksperimental masala­ lar yechish asosida olib boriladi.
Ko'rsatma (instruksiya)da bajariladigan tajriba yoki tajriba o'tkaziladigan qurilmaning tafsiloti bayon etilgan bo'lib, u arnaliyot qo'llanmalarida beriladi. Unda tajriba o'tkazish xavfsizligi choralari to'g'risida ma'lumot bo'ladi. Lekin ko'rsatma yordamida ishni baja­ rish yetarli bo'lmaydi. Sbuning uchun tajriba o'tkazishni juda aniq ama1ga oshirish uchun u amaliy ishga tayyorgarlik vaqtida ko'rsatiladi. Masalan, 9-sinfda «Ammiakning olinishi va unga oid tajriba­
lar» mavzusida ammiak to'g'risidagi ma'lumotlar (ammiakning suvdagi eritmasi ishqoriy mubitga ega bo'lishi, ammiakning HCl gazi bilan reaksiyasi, ammiakning suvda erishi va boshqalar) umumlashtiriladi. Bu tajribalarda reaksiyaning borish sharoiti oy­ dinlasht iriladi. Amaliy mashg'ulotni o'tkazishdan avval o'quv­ chilar qurilmalar tuzish, unda tajriba o'tkazish, ishning maqsad va vazifasi bilan tanishtiriladi. Uyda yozib kelingan tafsilotlarga aniqlik kiritiladi. Tajribaning maqsadi va uning natijasi tushunti­ riladi. Amaliy mashg'ulotda dars boshlanguniga qadar xavfsizlik texnikasi to'g'risida suhbat o'tkaziladi.
Tajriba o'tkazish stolida yig'ilgan holatdagi ammiak olish qurilrnasi joylashtirilgan bo'ladi. Undan o'quvchilar amaliy ish tajribalarini bajarish uchun foydalanadilar. Amaliy ishning hiso­ boti daftarga aniq yozilishi kerak. Ishning mavzusi, tajribaning nomi va bajarilishi quyidagi jadval bo'yicha to'ldiriladi.



Tajribaning maqsadi

Bajarish tartibi

Ishlanayotgan asbobning rasmi

Reaksiya tengl.amasi va xulosa

Bu jadval tajribadan so'ng o'z vaqtida to'ldirilishi kerak. O'quvchilarning arnaliy ish to'g'risidagi hisoboti asosida ularga baho qo'yiladi.
59
Eksperimental masalalarda tajriba o'tkazish bo'yicha ko'rsatma bo'lmaydi, balki masalaning sharti kiritiladi. Masala ni yechish rejasini tuzish va uni amalga oshirishni o'quvchilar mustaqil ba­ jaradilar. O'quvchilami eksperimental masalala r yechishga tay­ yorlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Dastlab masala nazariy yechiladi, bulling uchun masalaning sharti tahlil qilinadi.

  2. O'quvchilardan biri masala ning naza riy yechimini ko'r­ satadi.

3. Boshqa o'quvchi tajriba bajaradi. Shundan so'ng sinioagi o'quvchilar shunga o"xshash masalani eksperimental yechishga kirishadilar.
4. O'quvchilaming faolligi va mustaqil tajriba bajarishiga eri­ shishlari uchun eksperimental tajribalarni bir necha variantlarda bajarish muhim hisoblanadi.
Misol tariqasida 7-sinf Kimyo kursidagi «Tuzlar» mavzusiga oid eksperimental masa lalar tuzish va mavzuga doir tajriba o'tkazish metodikasini keltiramiz.
Misol. Raqamlangan 3 ta probirkada osh tuzi, natriy yodid va natriy sulfat ertimalari berilgan. Probirkalaming har birida qan­ day tuz eritmasi borligini aniqlang.

Download 39.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling