Kimyo tarixi


Download 1.01 Mb.
bet49/117
Sana07.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1083149
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

M/DH=2 yoki M=2 DH
DHvodorodga nisbatan zichlik
1860-yilga kelib moddalar molekulyar massasini fizik-kimyoviy usul bilan aniqlash (ular bug’larining zichligiga nisbatan) kimyoda to’la shakllandi. Bu molekulyar nazariyaning qabul qilinishiga muhim omil bo’ldi. Ayrim moddalar bug’lari zichligidagi anomallikni (NH4Cl, PCl5, H2SO4) D.I. Mendeleyev tushuntirib, Avogadro qonuni universalligini ko’rsatdi.


Karlsrue kongressi
1860-yili Karlsruedagi kimyogarlar kongressida Avogadro qonuni xalqaro tan olindi. Xalqaro kongress vazifasi asosan atom va molekula tushunchalarini bir-biridan ajratish va atom, molekula, ekvivalent, atom-liq asoslik kabi tushunchalarni aniqlashdan iborat edi. Xalqaro kongress 1860-yil 3-5-sentyabr kunlari turli davlatlardan kelgan 140 olim ishtirokida o’tdi. Avogadro qonuni va Jerar tizimlaridan foydalanib, elementlarning atom va molekulyar massasini aniqlash tartibi bo’yicha S. Kannissaro kongressda ma’ruza qildi. Birinchi majlisdayoq atom va molekula tushunchalari qabul qilindi va boshqa kimyoning asosiy tushunchalari, atom massalari tushunchalari shu kongressda rasmiylashtirildi. Kongress ishidan mamnun bo’lgan D.I. Mendeleyev "Faqatgina ana shunday aniq va haqiqiy birliklar umumlashtirishga yaraydi",- deb aytgan edi.
Bu qarorlar va syezd materiallarini o’rganish bilan birga o’sha paytdagi kimyo fani tarkibida shakllana boshlagan organik kimyo mavqeini ham keyingi bo’limda ko’rib chiqamiz.
Nazorat savollari:
1. XIX asrning muhim voqeasi atomistik ta’limotning shakllanishi edi, bu kimning amalga oshirgan ishlari natijasida paydo bo’ldi?
2. Atom haqidagi I. Nyutonning yangi fikrlarini aytib bering.
3. I.Nyutonning g’oyalari XIX asr olimlari dunyoqarashiga qanday ta’sir ko’rsatdi?
4. Peterburg Fanlar akademiyasi olimlari L. Eyler va M.V. Lomonosovlar atom tuzilishi haqidagi ta’limotining mohiyatini bilasizmi?
5. M. Lomonosovning fikricha, kimyo fanini o’rganish uchun fizika fani ma’lum ahamiyat kasb etadi. Nega olim shu fikrga keldi?
6. Nega kimyo fanini M. Lomonosov "fizikaviy kimyo" va "texnikaviy kimyo" sohalariga bo’lib o’rganishni tavsiya etdi?
7. Parsial bosim qonuniyatini kim ochgan edi?
8. Karrali nisbatlar qonuni mohiyatini ochishda Dalton qanday tushunchalardan foydalandi?
9. Murakkab moddalar massasini aniqlash uchun Dalton qanday umumiy qoidalarga amal qilishni taklif etdi?
10. Dalton atomistik ta’limotiga amal qilgan olimlardan Berselius qanday ishlarni amalga oshirgan?
11. Nemis olimlaridan kimlar Dalton ishlariga shubhali qarab, uning fikrlarini ma’qullashmadi?
12. Jismlarning issiqdik sig’imi va atom massasi haqida nimalarni bilasiz?
13. Hajmiy nisbatlar qonuni qachon kashf etiddi?
14. Hajmiy nisbatlar qonuni va atomistik ta’limot bir-biriga zid emasmi?
15. Elementlarni guruhlashda olimlar qanday yutuqlarga erishdilar?
16. Elementar moddalarning o’xshashligiga qarab guruhdash kim tomonidan birinchi marta amalga oshirildi?
17. Elementlarning triadalari nimani anglatadi?
18. Moddalar nisbiy zichligiga ko’ra ularning massasini aniqlash mumkinmi? Buni kim birinchi marta o’rgandi?
19. Avogadro qonunining universalligini kim tushuntirdi?
20. Karlsrue kongressi qachon o’tkazildi va unda kimlar ishtirok etdi?
21. Kimyogarlarning Karlsrueda bo’lib o’tgan kongressida qanday masalalar ko’rib chiqildi?



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling