Kimyo tarixi
Download 1.01 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi
1- savol bayoni: Tabiat va uni tashkil etuvchi jismlari juda kichik elementar zarrachalardan tarkib topgan ekan. XIX asrning 60-yillarida elementlarning 50 dan ortiq jadvallari (Lavuazye, Kuk Dyuma, Odling, Kannissaro, Shan-Kurtua, Meyer, Nyulends) ma’lum bo’lsa ham ular mukammal davriy qonun emasdi.
Elementlarni tizimga solishda D.I. Mendeleyev (1834-1907-yy.) ularning asosiy xossasi sifatida atom massasini qabul qildi. 1869 yil 18 fevral - Mendeleyev davriy tizimining "tug’ilgan kuni" sanaladi. Shu kuni u o’zining tuzgan jadvalini bir qator mashhur olimlarga jo’natib, bu dastur nomini “Elementlarning atom massasi va kimyoviy o’xshashligiga asoslangan tizimlash tajribasidan”,- deb ataydi. D.I. Mendeleyev sinflagan jadvalda 63 ta element atom massasi ortishi asosida joylashtirilgan bo’lib, ularning xossalaridagi davriylik kuzatildi. O’sha paytda olim noma’lum 4 ta elementlarning atom massalarini 45, 68, 70 va 180 bo’lishi mumkin deb bashorat qilgan edi. D.I. Mendeleyevgacha hali bu bashoratga hech kim jur’at etmagandi. Davriy tizimning birinchi varianti ayrim kamchiliklarga ega bo’lib, olimning zamondoshlari davriy tizimga ishonchsizlik bilan qarar edilar. Davriy tizim ustida D.I. Mendeleyev uzluksiz ishlab, uning yangi 4-variantini tuzib chiqadi va hozirgi zamon ko’rinishiga yaqinlashtiradi. Bu boradagi o’zining fikrlarini D.I. Mendeleyev “Oddiy jismlarning atom hajmlari” va “Kislota oksidlaridagi kislorod miqdori va elementlarning atomliligi” nomli maqolalarida shakllantirib, 1869-yil avgustda rus tabiatshunoslari II- syezdida e’lon qildi. Eng birinchi u bir xil elementlar orasidagi ayrim o’xshashliklar takrorlanishini kuzatdi. Bundan tashqari oddiy moddalarning solishtirma va atom hajmlari bir guruhda bir xil o’zgarishi qonuniyatidan foydalanib, Mendeleyev 11- va 20-elementlarning davriy tizimdagi o’rnini o’zgartirdi. Nihoyat, D.I. Mendeleyev har bir element xossalari o’ziga qo’shni bo’lgan 4 ta (2 ta vertikal qatordagi, 2 ta gorizontal qatordagi) element xossalari bilan ma’lum qonuniyatga bo’ysunadi deb isbotladi: “Atom massalari elementlar xossalari bilan emas, uning birikmalari tarkibi va xossalari bilan belgilanadi”. Masalan, D.I. Mendeleyev tuzgan yuqori oksid va gidridlarning formulalari: R2O RO R2O3 RO2 R2O5 RO3 R2O7 RH4 RH3 RH2 RH Kislorodli va vodorodli birikmalar orasidagi o’zgarishlar jadvaldagi davriylikning isbotidir. 1871-yilga kelib D.I. Mendeleyev "Kimyoviy elementlarning davriylik qonuniyati" nomli masalasida davriy tizimning yangi shaklini e’lon qildi va yuqorida aytib o’tilgan barcha qonuniyatlarni hisobga oldi. Bu variantdagi tizimga 8 ta guruh kiritildi, chunki elementlarni 7 ta guruhga joylashtirib bo’lmadi va davriy qonuni shunday ta’rifladi: "Elementlarning xossalari va shu bilan birga ular hosil qolgan oddiy va murakkab jismlarning xossalari shu elementlarning atom massalariga davriy ravishda bog’liqdir". 1869-1871 yillarda D.I. Mendeleyev "Kimyo asoslari" nomli 2 tomlik kitobini yozib e’lon qildi. Rus olimi A.A. Baykovning yozishicha: "Kimyo asoslari va davriy qonun bir-biridan ajralmas, va davriy qonunni "Kimyo asoslari"siz tushunish umuman mumkin emas". D.I. Mendeleyev tizimida oxirgi element uran edi, uning atom massasini 116 emas, 240 bo’lishi kerak deb tuzatdi va urandan keyin 5 nuqta qo’yib, yangi beshta transuran elementlari ochilishi mumkin, ularning atom massalari 245-250 atrofida bo’ladi, deydi. Yulduz usuli yoki "atomanalogiya" usulidan foydalanib, yangi 11 elementning ochilishi mumkinligini oldindan aytdi (ekaseziy, ekabariy, ekabor, ekaalyuminiy, ekalantan, ekasilitsiy, ekatantal, ekatellur, ekamarganes, dvimarganes, ekaiod). Olimning hayotligi davrida bir qancha yangi elementlar kashf qilindi: Ekaalyuminiy-Galliy, 1875-yili fransuz olimi Lekok De Buabodran tomonidan ochildi va uning zichligini 4,7 deb hisobdadi. D.I. Mendeleyev unga xat yozib, toza modda bilan ishlamaganini va bu elementning zichligi taxminan 5,9-6,0 bo’lishini bildiradi. Keyinchalik aniqlashsa, uning zichligi 5,904 ga teng ekanligi isbotlangan. Ekabor-Sc, Skandiy , 1879- yili shved olimi Lars Frederik Nilson tomonidan kashf qilindi. Ekasilisiy - Ge, Germaniy, 1886-yili nemis olimi Klemens Vinkler (1833-1904-yy.). Germaniy ochilgandan so’ng davriy qonun umumjahon miqyosida tan olindi. Kimyoning keyingi rivojlanishi, yangi elementlarning ochilishi va shubhali savollarning tug’ilishi ikkilanish va qiyinchiliklar bilan bo’ldi. Bunga misol tariqasida inert gazlarning ochilishini ko’rsatishimiz mumkin. 1898- yili fransuz olimlari Mariya Sklodovskaya-Kyuri (1867-1934-yy.) va Pyer Kyuri (1859-1906-yy.) radiy elementini ochishdi va shunday qilib, elementlarning soni 71 taga yetdi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling