Kimyo-texnologiya
Download 290.53 Kb.
|
issitish issiqlik almashinish Ravshanbek
8. Asosiy qurilma bayoni
Qobiq - trubali issiqlik almashinish kurilmalari xalq xo‘jaligining turli sohalarida eng keng tarqalgan va kup ishlatiladigan turidir. Trubalar o‘rami issiqlik almashinish qurilmasining butun hajmini ikki ga bo‘ladi: 1) truba bo‘shlig‘i; 2) trubalararo bo‘shliq.Teshikli panjara 2 lar silindrik qobiq 1 ga payvandlash usulida mahkamlanadi. Kurilma qobig‘iga boltli birikma yordamida 2 ta qopqoq mahkamlanadi. Issikdik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun silindrik qobiq 1 va qopqoq 5 lar- da patrubkalar o‘rnatilgan. Issiklik eltkichlardan biri, masalan suyuqlik, trubalar bo‘shlig‘iga yo‘naltirilsa (S-D), u trubalar orqali o‘tib qopqoqning patrubkasidanchiqib ketadi. Boshqa issiqlik eltkich oqimi esa, masalan but, trubalararo bo‘shliqqa yo‘naltiriladi, isituvchi trubalar tashqi yuzasiga o‘z issiqligini beradi va suyuq agregat holati (kondensat) ga aylanib qobiqning pastki patrubkasidan chiqazib yuboriladi. Muhitlar orasidagi issiqlik almashinish jarayoni trubalar devori orqaliamalga oshiriladi. Ko‘pincha, isituvchi trubalar po‘lat, legirlangan po‘lat, mis, latun, titan yoki boshqa materiallardan tayyorlanishi mumkin. Trubaning kirish qismini konussimon razvalsovka qilish, mahalliy qarshilik koeffitsiyentini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida kirish qismining yemirilish oldini oladi. Agar, trubalar tebranish, siklik qizishga, temperaturalar katta o‘zgarishi yoki ularning uchlari issiqlik ta’sirida o‘ta isib ketish hollari yuz beradigan bo‘lsa, unda trubalarning uchi albatta teshikli panjaraga payvandlanishi zarur. Qobiq-trubali issikdik almashinish kurilmalari suyukdik va kondensatsiyalanayotgan bug‘ orasida issikdik almashinish uchun qo‘llaniladi. Odatda suyuq faza trubalar ichiga yo‘naltiriladi, bug‘ esa – trubalararo bo‘shliqqa. Qobiq-trubali issikdik almashinish kurilmalarining afzalliklari: ixcham, metall sarfi kam, U-simon trubali urilmadtashqarihamma qurilmalardagi trubalar ichini Sanoatda ishqor va tuzlarni suvli eritmasini mineral va organik kislotalarning va ko‘p atomli Toluolining bug‘latiladi. Bug‘latish deb - uchuvchan bo‘lmagan moddalar eritmalarini tarkibidagi erituvchini qaynatish orqali chiqarib yuborish yo‘li bilan qo‘yiqlashtirish jarayoniga aytiladi. Bug‘lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratda suyuqlikni yuzasida ro‘y bersa, bug‘latish jarayonida esa bug‘ eritmaning hajmida ajralib chiqadi. Sanoatda bug‘latish jarayoni bir va ko‘p korpusli qurilmadalarda amalga oshiriladi. Asosan ko‘p korpusli, ya’ni bir nechta qurilmalardan tashkil topgan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Ko‘p korpusli qurilmalarning faqat birinchi qurilmasiga isituvchi bug‘ beriladi. Keyingi qurilmalarni isitish uchun oldingi qurilmalardan chiqqan ikkilamchi bug‘ ishlatiladi. Natijada isituvchi bug‘ning sarfi kamayadi. Bug‘latish jarayoni kimyo va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Bu jarayondan eritmalarni ko‘tarilishi va erigan holdagi moddalarni ajratib olishdan tashqari, toza erituvchilar olish, sovuq hosil qilish texnikasida foydalaniladi. Ishlash rejimiga ko‘ra bug‘latish qurilmalari davriy va uzluksiz bo‘ladi. Kichik masshtabli ishlab chiqarishda va ayrim vaqtda eritmalarni yuqori konsentratsiyalashda bug‘latishda davriy ishlaydigan buhlatish qurilmalari ishlatiladi. Kimyo sanoatida asosan uzluksiz ishlaydigan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Zamonaviy bug‘latish qurilmalari ancha katta isitish yuzasiga ega, ba’zan bitta qurilmaning isitish yuzasi 2500 m2dan ortib ketadi. Bug‘lash jarayonida isitish uchun ishlatilayotgan bug‘ birlamchi bug‘ deyiladi. Eritmani qaynatganimizda qaynagan bug‘ ikkilamchi bug‘ deyiladi. Ko‘piklanuvchi va issiqlikka chidamsiz eritmalar uchun plyonkali bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Bunday qurilmalarda eritma isitish trubalarining yuzasi bo‘ylab suyuqliklar plyonka xolida harakat qiladi. Plyonkali bug‘latish qurilmalari isitish trubalarida harakatlanayotgan eritmaning yo‘nalishiga qarab ikki xil (ko‘tariluvchi va pastga yo‘naluvchi plyonkali) bo‘ladi. Ko‘tariluvchi plyonkali bug‘latish qurilmasining isitish kamerasi truba turiga o‘rnatilgan, uzunligi 7-9 metrli trubalar to‘plamidan va ajratuvchi seperatordan iborat bo‘ladi. Bug‘latilayotgan eritma to‘xtovsiz isitish kamerasini pastki qismidan berilib, trubalarning 1/4....1/5 qismini to‘ldiradi. Isituvchi bug‘ trubalar orasidagi bo‘shliqqa beriladi. Bug‘ ta’sirida eritma qaynaganda trubalarning qolgan qismlari bug‘ suyuqlik aralashmasi bilan to‘ladi. Bu aralashma isitish trubalarining devori atrofida suyuqlik plyonkasiga va uning markazida bug‘ga aylangan bo‘ladi. Suyuqlik plyonkasi bug‘ oqimiga ishqalanishi sababli yuqoriga qarab trubalarning ichki yuzasi bo‘ylab katta tezlikda harakat qiladi va bug‘lanadi. Isitish trublarining yuqori qismida bug‘ning miqdori ko‘payib boradi. Va natijada eritmaning konsentratsiyasi ham oshib boradi. Isitish qurilmalaridan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ga aralashgan suyuqlik tomchilari seperatordagi to‘siqqa urilib, pastdagi isitish trubalariga tushadi. Namlangan bug‘ tomchi ushlagichga yo‘nalishida kirib aylanma harakat qiladi. Tomchi ushlagichda ikkilamchi bug‘ tarkibida qolgan suv tomchilari markazdan qochma kuch ta’sirida devorga urilib, pastga tushadi, ikkilamchi bug‘ esa qurilmaning yuqori qismidan chiqib ketadi. Qo‘yiltirilgan eritma seperatorni pastki qismida o‘rnatilgan shtutser orqali olinadi. Ko‘tariluvchi plyonkali bug‘latish qurilmalarining umumiy balandligini kamaytirish maqsadida isitish kamerasi bilan seperator alohida tayyorlanib, yonma-yon o‘rnatiladi. Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalarida, ayrim mineral va organik, ko‘p atomli spirtlar hamda shu kabi suyuq eritmalar bug‘latiladi. Qo‘yiltirilgan eritmalar va bug‘latish natijasida hosil bo‘lgan qattiq moddalarni oson hamda arzon qayta ishlash va saqlash, boshqa joylarga jo‘natish mumkin. Bug‘latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug‘i ishlatiladi. Bunday bug‘ birlamchi bug‘ deb yuritiladi. Bug‘latish jarayonida ajralayotgan erituvchi bug‘i esa ikkilamchi bug‘ deyiladi. GOST 11987-81 bo‘yicha SO(NH2)2 eritmasini bug‘latish uchun quyidagi apparat tanlab olindi. Isitish yuzasi F=500 m2, truba uzunligi L=5000 mm, truba diametri d=38.2, Isitish kamerasi diametri Disit =160 mm, Separator diametri Ds =400mm, Apparat balandligi Na =13000 mm, Apparat og‘irligi Mapp =24000kg. Download 290.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling