Kimyo-texnologiya
Atrof muxitni muxofaza qilish
Download 290.53 Kb.
|
issitish issiqlik almashinish Ravshanbek
Atrof muxitni muxofaza qilish.
Umumiy holat Bizning Respublikamizda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalardan biri bo‘lib azot ishlab chiqarish korxonalari hisoblanadi. 1963 – yilda olimlar ta’kidlab o‘tganidek, azot zavodlari tashlamalaridagi azot oksidlari atmosfera havosining 200 m3 zonasini ifloslaydi. Mutaxasislarni fikricha azot oksidlari bilan ifloslangan havoning uzoq muddatli ta’siri natijasida turli tish va milk kasalliklari, nafas organlariga ta’sir etishi aniqlandi. Atmosfera havosining maksimal azot (II) oksidi RYeK 0,085 mg/m3 ammiak 0,2 mg/m3, ammiakli selitra 0,3 mg/m3 ni tashkil etadi. Men loyihalangan karbamid ishlab chiqarish sexidagi mehnat va atrof muhitni muxofazasini boshqarish sistemasi asosiy vazifalari: Ishchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitish va mehnat muxofazasini targ‘ib qilish. Ishlab chiqarish jihozlarining xavfsizligini ta’minlash. Ishlab chiqarish jarayonlarining havfsizligini ta’minlash. Ish sharoitini sanitar-gigiyenik axvolini meyorlashtirish. Karbamid individual himoya vositalari bilan ta’minlash karbamid ishlab chiqarish korxonasida bosim ostida komunikatsiya va apparatlar siljituvchi jihozlarni “Elektr” jihozlari, zararli va portlovchi moddalar xavf tug‘diradi. Atmosfera havosining maksimal azot (II) oksidi RYeK 0,085 mg/m3 ammiak 0,2 mg/m3, ammiakli selitra 0,3 mg/m3 ni tashkil etadi. Zaharli moddalar NH3, CO, CO2 inson organizmiga ko‘proq nafas organlariga gaz, bug‘, chang shaklida kiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish binolarini isitish va ventilyasion qurilmalar bilan ishchi personal individual himoya vositalari bilan ta’minlanadi. Ventilyatsiya tabiiy, mexanik va aralash bo‘lishi mumkin. Bitta ishlovchiga 20 – 40 m3 gacha keladigan ishlab chiqarish xonalarida ventilyasiya bir ishchiga 20 m3/soat havo aralashuvini ta’minlashi kerak. Ventilyatsion qurilmalardan haydab chiqilayotgan havo atmosferaga chiqarilishdan oldin chang va zaharli moddalardan tozalanishi lozim. Isitish sistemasi xona turiga va xonada alangalanadigan gazlar chang, bug‘ borligiga qarab tanlanadi. Portlash, avariya, yong‘in va baxtsiz xodisalarni oldini olish uchun texnologik parametrlar belgilangan normadan ortib ketganda, butun agregat yoki uning ma’lum qismini to‘xtatuvchi blokirovkalar bilan ta’minlangan. Blokirovkasiz agregatni ekspluatatsiya qilish taqiqlanadi. a) Agregatni yoki uning ayrim qismlarini avtomatik to‘xtatish uchun avariya holatidagi to‘xtatish tugmasini, shuningdek tabiiy gazni BNG 172 va ammiakni kontakt qurilmalarga kelishini to‘xtatuvchi tugmachalar bo‘lib ular NBP da joylashgan. b) qurilma va trubaprovodlarda bosimni yo‘qolishidan saqlovchi tugmalar bor. v) dearatorda bosimni saqlovchi N=5500 mm li gidrozatvor o‘rnatilgan g) ammiakning xavfli konsentratsiyalarni xosil bo‘lishini oldini olish uchun ammiak miqdori ortib ketganda signal beruvchi havoni avtomatik nazorat qilish qurilmasi va ventilyasiya qurilmasini avtomatik ishga tushirish moslamasi mavjud Texnologik rejimning buzilishi yoki jihozlar nosozligi natijasida faqat mexanik buzilishlariga emas balki ishchi zonasiga katta massadagi zararli moddalarni chiqishiga olib keluvchi portlashlar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday moddalarga quyidagilar kiradi: Toluol S7N8 va Ammiak NN3, ammiakli suv, is gazi, CO2 ishchi binolarda ruxsat etilgan konsentratsiya 30000 mg/m3 SO-(RYeK–20 mg/m3), uglerod oksidi va vodorodning havo bilan aralashmasi nitrogazlar, nitrat kislota suyuqligi va nitratli tuzlar eritmasi. Download 290.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling