«kimyoi saodat»


FASL  Ko‘ngil tahorati va badan tahorati bayonida


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35

FASL 
Ko‘ngil tahorati va badan tahorati bayonida 
 
Bildingki, zohiriy tahorat botiniy tahoratdan farqlidir. Bas, botiniy tahorat, ko‘ngil 
tahorati uch qismdur: avvalg‘i qism - javorih a’zoni gunoh va 
ma’siyatlardan pok tutmoq..Ikkinchi - dilni yomon xulqlardan pok tutmoq. Uchinchi - 
Xilvatxonai dilni Haq taoloning yodidan boshqa narsalardan pok tutmoq. Zohiriy tahorat 
ham uch qismdur: Avval najosatdan pok bo‘lmoq. Ikkinchi - jinsiy aloqadan pok bo‘lmoq. 
Uchinchi - badanni ziyoda mo‘y va tirnoqdan pok qilmoq. Har nimarsaki haq taolo xalq 
qilibdur, hammasi pokdur. Magar sharobki, mast qiluchidur, ozu ko‘pning farqi yo‘qtur, 
hammasi najasdur. 
Hamma jonivorlar pokdur, magar to‘ng‘uzkim najasul ayndur. Hamma jonivorlar 
o‘lmak birla najas bo‘lur.Magar to‘rt qism jonivor najas bo‘lmas. Chunonchi, baliq, 
asalari, chumoli. Va badanida qon oqmaydigan jonivorlardan, chivin, ari, ilon, chayon 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
84
kabi jonivorlarning og‘zidan tushgan narsalar paliddur. Magar tovuqning tuxumi va pilla 
qurti pokdur. Jonivorlarning terisi va ko‘zi yoshi pokdur. Va har nimarsaki najasdur, 
aning birla namoz o‘tamoq durust emas. Faqat besh nav’ najosatkim, andin yiroq 
bo‘lish qiyinligi sababli kechirimlidur. 
Magar kishikim yiqilib tushsa va yo chahorpolarning ayog‘idin sachrasa, yuvmoq 
lozim. Chunonchi, imkon qadar ehtiyot qilmoq chori bo‘lmasa etikka yuqqan najas 
kechirarlidur. Avvalo, etikni najosat izi yo‘q bo‘lg‘uncha tufroqg‘a surtib . namoz 
o‘tamoq joizdur. Chivin, burga, bitning qoni harchand kam yuqsa ham nopokdur. 
Beshinchi, ushoq, kichkina jarohatlardan chiqqan zardob va rutubatlar kechirarli. 
Ammo kishikim qon oldursa va yo jarohat bo‘lsa, yuvg‘ondin keyin asari qolsa, ani 
birla namoz o‘tasa, ul namozning qazosi lozim bo‘lurki, bu nav’ uzrlar hayotda uchrab 
turadi. 
Bilgilki, badanda va yo kiyimda najosati palid bo‘lsa bir marotaba suvga chaymoq 
birla ul najosatning asari qolmasa pok bo‘lur. Agar asari qolsa, yana yuvmoq 
vojibdur.Agar uvalab yo tirnoq birla asarini ketkizilsa ham pok bo‘lur. Va har qism 
suvkim, haq taolo yaratibdur, pok qilg‘uvchidur. Magar to‘rt qism suv pok qilmas: 
avvalo bir marta ishlatilgan tahorat suvi pok qilmas. Najosatga tegib o‘tkan suv pok 
qilmas Ammo rangi va ta’mi najosat sababidan o‘zgarmasa pokdur. Uchinchi - ul 
suvkim, ikki yuz ellik botmondan kamroq bo‘lsa (bir botmon turli joyda turlicha: ikki 
puddan o‘n bir pudgacha, bir pud 16 kg) ul suvg‘a andek najas tushsa, agar rangi 
o‘zgarmasa ham paliddur. 
Ammo agar ikki yuz ellik botmondin ko‘proq bo‘lsa, najosat sababdan o‘zgarmasa 
palid bo‘lmas. Bu qavl hazrati imom Shofe’iy alayhir rahma mazhabidur. To‘rtinchi - ul 
suvkim, rangi, bo‘yi va ta’mi pok nimarsa tushmak birla o‘zgarsa(chunonchi za’far, 
sovun va munga o‘xshashlar) bu suv pokdur. Ammo bir nimarsani pok qilmas. Ammo 
tag‘yir - o‘zgarish andak bo‘lsa, pok qilg‘uvchidur.  
Ikkinchi qism junubatdan pok bo‘lmoq.. Muningda besh nimarsani bilmak 
lozimdur. Odobi qazoyi hojat va odobi istinjo (najosatdan poklanish), tahorat 
odobi, cho‘milish odobi, tayammum odobi (suv yo‘q joyda qo‘lni tuproqqa urib, yuz 
va qo‘lning tirsagigacha surtiladi). 
Odobi qazoyi hojat. Agar sahroda bo‘lsa, tahorat ushatmoq uchun xalqning 
ko‘zidan yiroq borg‘ay. Iloji bo‘lsa kishining nazari tushmaydigan yerda o‘tirgay. 
O’tirmasdin ilgari avratni ochmagay. Oftob va mohtobga boqib o‘ltirmag‘ay. Qiblaga 
yuzini va orqasini qilib o‘ltirmag‘ay. Magar tosh misllik nimarsa to‘siq, g‘ov bo‘lsa 
zaruratdin joizdur. Ammo qiblani chap qo‘liga va yo o‘ng qo‘liga kelturib 
o‘lturgay. Va xaloyiq jam’ bo‘ladurg‘on yerda tahorat ushatmagay. Avlosi qattig‘ 
yerga turg‘un suvg‘a va mevalik daraxt tagiga bavl qilmagay (siymagay), va 
shamOlta qarshi tarafga tahorat ushatmag‘ay. Bavl sachratmoqdan emin 
bo‘lg‘ay. Tikka turib bavl qilmag‘ay va tahorat sindurg‘ali o‘tirganda chap 
oyog‘iga nazar solib o‘tirg‘ay. G’usl va tahorat qiladigan yerga bavl qilmag‘ay. 
Vaqtiki xalajog‘a kirsa chap oyog‘i birla kirgay. Va chap oyog‘i birla chiqqay. Haq 
taoloning ismi bitilgan nimarsani olib kirmagay. Va bosh yalang bavl qilmag‘ay. 
Xalojoyg‘a kirganda bu duoni o‘qig‘ay: «Auzu billoh min-ash-shaytonir-rajim najasil-
xabiysil-muxabbasi». Vaqtiki, xalodin chiqsa, bu duoni o‘qugay: 
«Alhamdu lillohi-allaziy azhaba anniy mo yu’ziniy va abqo mo yanfa’uniy». Avvalgi 
duoning tarjimasi: 
Panoh tilaydurman Haq taoloning ionat birla nopok va najas mal’un shayton 
sharridinkim, Haq subhonahu va taoloning dargohidin quvulgan ash shaytonir rajiymdur. 
Ikkinchi duoning ma’nosi: Siposu-sitoyish (hamdu sano) ul xudoyimg‘aki, yo‘q qildi 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
85
menga ranj, aziyat yetur nimarsani va ato qildi manfaat beruvchi nimarsani.  
Har kishi qazoyi hojatga borur, o‘tirmasdin ilgari uch tosh va yo uch kesakni tayyor 
qilib o‘lturgay. Vaqtiki, qazoyi hojatdin forig‘ bo‘lsa, ul kesakni chap qo‘lida tutub orqasining 
pok yerida qo‘yib, najosatning joyiga yetkirub pok qilg‘ay. Ushbu tariqa birla uch daf’a pok 
qilgay. Agar uch daf’a birla pok bo‘lmasa, yana bo‘lak kesak birla artqay, toki kesakning 
adadi toq bo‘lg‘ay. Bas, mundin ziyoda ishlarni o‘zig‘a lozim tutmag‘aykim, vasvos 
yo‘l topqusidur. Istinjo qilur holatda bu duoni o‘qigay: 
«Allohuma tahhir qalbiy min an - nifoqi va hassin farjiy minal favohishi» Ey, bor xudoyo, 
pok qilg‘il ko‘nglumni gina va adovatdan, saqlag‘il olatimni gunoh va zalolatdan, vallohu 
a’lam. 
 
FASL  
Tahorat kayfiyati bayonida 
 
Vaqtiki, istinjodin forig‘ bo‘lsa, misvok qilg‘ay. Pok va baland yerda o‘tirib o‘ng 
tarafdin boshlag‘ay. Andin chap tarafiga, andin tishlarining ichi va tashini, andin til 
va tanglayini surib, ushbu tartib birla misvok qilg‘ay. Xabarda kelibdurkim, misvok 
qilib o‘tagan bir rakaat namoz, misvoksiz o‘tagan yetmish rakaat birla borobardur. 
Misvok qilurda Xudoi taolo zikrini, yo‘lini pok qilmoqni niyat qilg‘ay. Har vaqtda tahorat 
sindursa o‘z vaqtida tahorat olg‘aykim, rasululloh (s.a.v.) ushbu tariqada qilibdurlar. 
Har bora tahorat qilsa, misvokni tark qilmag‘ay. Va agar og‘zini chayqamay, 
uyqulag‘ondin va yo bo‘yluq (hidli) nimarsa yegandan so‘ng og‘zining ta’mi 
o‘zgarsa, agarchi tahorat olmasa ham misvok qilmoq sunnatdur. Vaqtiki misvokdin 
forig‘ bo‘lsa, tahorat qilmoq niyatida qiblaga qarab o‘tirib bu duoni qigay: 
«Panoh tilayman parvardigoro, sening inoyating birla shaytonlar ko‘nglumga xatorot 
(xavf-xatar) yetkurmagidan va panoh tilayman parvardigoro, senga ibodat qilur damda 
shaytonlar ojiz qilmog‘idan» Va uch marotaba qo‘lni band dastig‘acha yuvg‘ay. bu duoni 
o‘qig‘ay: 
«Allohumma inniy as’alukal yumna Val barakata va a’uzubika min ash-shumi val 
halokati». 
Qo‘lini bo‘shalishdan ilgari va keyin uch marotaba yuvmoq sunnatdur. Duoning ma’nisi 
ulki: «Ey, bor xudoyo, talab qilurman hazratingdan yaminu barakatni (o‘ng‘aylik,barakani) 
va panoh tilayman zabunliq va halokatdan». Andin keyin uch marotaba og‘izga suv olib, 
halqumiga yetkurib, g‘ar-g‘ara qilgay. Og‘ziga suv olurda bu duoni o‘qigay: 
«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibodatika va tilovati kitobika» 
«Ey, bor xudoyo, yordam bergil va ko‘mak yetkurgil menga hazratingg‘a zikr va shukr 
aytmoqqa, ibodat qilmoqqa va Qur’on tilovat qilmoqg‘a». Andin keyin burung‘a uch 
marotaba suv olib istinshoq (burunga suv tortish) qilg‘ay. Burung‘a suv olurda bu duoni 
o‘qigay: 
«Allohumma arihniy min rayihati al-jannati varzuqniy na’iman va’zubika min duxoni», 
«Ey, bor xudoyo, xushbo‘y qilg‘il dimog‘imni behishtning xushbo‘ylig‘i birla va ro‘zi 
qilg‘il menga behishtning ne’matlaridan va panoh tilayman do‘zaxning badbo‘ylig‘idan». 
Andin keyin yuzini uch marotaba yuvgay. Yuzidagi mo‘ylarning tubiga suv yetkurgay. 
Agar saqoli qalin va to‘la bo‘lsa suv yetkurmak lozim. Yuzini yuvarda bu duoni o‘qig‘ay: 
«Allohumma bayyiz vajhiy yavma tabyazzu vujhu avliyoika va lo tusavvud vajhiy yavma 
tasvaddu vujuhu a’duika». 
«Ey,bor xudoyo, oq qilg‘il mening yuzimni ul kuni avliyolarning yuzini oq qilganday.Va 
qaro qilmag‘il yuzimni ul kuni dushmanlarning yuzini qaro qilganday». 
Andin keyin o‘ng qo‘lini tirsagini qo‘shib uch marotaba yuvg‘ay. O’ng qo‘lini yuvarda bu 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
86
duoni o‘qugay: 
«Allohumma,a’tiniy kitobiy bi-yaminiy va hosibniy hisoban yasiyran». 
«Ey,bor xudoyo,bergil mening nomai a’molimni o‘ng Qo‘limdan va amalim hisobini 
osonliq birla olg‘il». 
Andin keyin chap qo‘lni ushbu tariqa birla yuvgay.Har bora suv quyg‘onda barmoqlar 
orasini andek ochgaydoki barmoqlari orasiga,orqasiga ham suv yetkazgay.Chap qo‘lini 
yuvarda bu duoni o‘qigay: 
«Allohumma,la tu’tiniy kitobiy bi-shimoliy va lo min varoi zahriy va lo tuhasibni hisoban 
shadiydan». 
«Ey,bor Xudoyo,bermagil nomai a’molimni chap qo‘limdan va orqamdan hisob qilmag‘il 
amalimni qattig‘liq va shiddat birla».So‘ng boshiga mash qilg‘ay. 
Bu tariqa birlaki,barmoqlarini ho‘l qilib muttasil tutib peshona tarafidin 
boshning tepasi birla barmoqlarini surib orqag‘a yetkuzib keyin ikki kafti birla boshini 
ikki tarafdin qaytarib mash qilgan yerga yetkurgay. Boshga mash qilurda bu duoni 
o‘qigay: «Allohumma ag‘isniy birahmatika va anzil alayya min barakatika va 
azillaniy tahta arshika yavma lazilla fiyhi illa zilli arshika». 
«Ey,bor Xudoyo,faryodimg‘a Yettil,o‘z rahmating birla va nozil qilg‘il barakatlaringdan 
menga va soya bergil manga Arshning ostidan, ul kunikim hech soya yo‘qtur, magar 
arshingni soyasidin o‘zga». 
Andin keyin qulog‘iga mash tortg‘ay,bu tariqa birlaki barmoqlarini ho‘l qilib ikki 
ko‘rsatkich barmog‘ini ikki quloqning ichiga solib,ikki bosh barmog‘i bilan qulog‘ining 
orqasidan silab mash qilurda bu duoni o‘qigay: 
«Allohumma aj’al minallaziyna yastami’unal qayla fayattabi’una ahsanahu». 
«Ey, bor Xudoyo,qilg‘il meni ul toifalardankim, eshituvchilar hamda so‘zga amal 
qilg‘uvchidurlar ahsan qavlga, ya’ni oyat, hadisga». Andin keyin gardaniga mash qilg‘ay. 
Bu duoni o‘qigay: 
«Allohumma a’tiq raqabatiy minan-nori va a’uzubuka minas-salosili va ag‘loli». 
«Parvardigoro,ozod qilg‘il mening gardanimni do‘zaxdan va panoh tilayman lutfu inoyating 
birla g‘ul-zanjirlardan». Andin so‘ng oyoqlarini to‘pig‘ini qo‘shib uch marotaba yuvgay. Bu 
tariqa birlaki, o‘ng qo‘lining jimjilog‘idan boshlab, tahlil qilib, oyoqining jimjilog‘ida tamom 
qilgay. O’ng oyog‘ini yuvarda bu duoni o‘qigay: 
«Alpohumma sabbit qadamayya ala sirotin mustaqiym va aqdomil - mo‘‘miniyn» 
«Ey, bor Xudoyo, sobit qadam va barqaror qilg‘il mening ikki qadamimni va otam-
onamning qadamlarini sirot ko‘prigi uza mo‘‘minlar qadami birla». 
Andin keyin chap oyog‘ini ushbu tariqa birla yuvg‘ay. Bu duoni o‘qig‘ay: 
«Allohumma a’uzu bika min at-tazilla qadamiy ala sirotin yavma tazilluu fiyhi aqdomul 
munofiqiyna». 
Ya’ni: «Ey, bor xudoyo, panoh tilayman lutfu karaming birla sirot ko‘prugi uza 
qadamim toymog‘idan ul kunikim titrar sirot ko‘prigida munofiqlarning qadami». 
Vaqtiki tahoratdan forig‘ bo‘lsa, aytgay: «Ashhadu an la iloha illallohu vahdaku la 
sharika lahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh». 
«Guvohlik beradurmen mungaki: Allohdan boshqa iloh yo‘qdur ibodat qilishga 
loyiq, faqat Haq-subhonahu va taologina bordur. Allohning hech sherigi yo‘qtur. Va 
guvohlik berurmanki, Muhammad (s.a.v.)  Xudoi taoloning bandasi va Xudoi taolo 
bandalarig‘a yuborgan elchisidur». 
Andin keyin bu duoni o‘qig‘ay: 
«Allohumma j’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatahhiriyna vaj’alniy min ibodikas - 
solihiyna». 
Duoning ma’nisi ulki: «Ey, bor Xudoyo, qilg‘il mani tavba qilg‘uvchilardan. Va qilg‘il mani 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
87
solih bandalaringdan». Bas, bo‘lg‘aykim bu duolar ma’nosini fahm qilg‘ay. Agar bilmasa, 
arabcha bilur kishilardan o‘rgangay. Keyin bir marotaba «Oyatal Kursi»ni, uch 
marotaba surai «inna anzalnahu»ni («Laylatul-qadr»ni) o‘qig‘ay. Chunonchi hazrati Rasuli 
akram (s.a.v.) aytibdurlar: 
«Man qaraa inna anzalnohu fi laylatil qadri badal vuzuu salosa marrotin a’tohullohu taolo 
ajra alfishahidin allaziyna qutiluu fi sabilillohi». 
Hadisning tarjimasi: «Kishikim surai «inna anzalnohu fi laylatul-qadr»ni, tahorat 
Oltandan keyin uch marotaba o‘qisa, Alloh taolo ul kishiga Xudo yo‘lida shahid bo‘lgan 
mo‘‘minning savobini ato qilur 
Xabarda kelibdurkim, tahorat qilurda mazkur bo‘lgan duolarni o‘qisa , hamma 
a’zolari gunohdan pok bo‘lur. Har namozga tahorat qilg‘ay. Agarchi tahorati bo‘lsa ham. 
Xabarda kelibdurki, kishi toza tahorat qilsa, Haq taolo u kishining iymonini toza qilur. 
Vaqtiki tahorat tamom qilsa, bilgayki, bu a’zoi mag‘sula (yuviladigan a’zo) xalq 
nazargohidur. Haq subhonahu va taoloning nazzoragohi esa dildur. Ani tavba va 
istig‘for birla pok qilg‘ay. Va agar dilini tavba birla pok qilmasa, anga o‘xsharkim, 
kishi o‘z podshohini mehmondorchilikka taklif qilg‘ay, uyining tashqarisini yaxshi 
tozalagay va uyining ichi, podshoh o‘turadigan yerni nopok va najas qo‘yg‘ay. 
 
FASL  
Tahoratda makruh narsalar bayonida 
 
Bilgilki, tahoratda olti nimarsa makruhdir. Tahorat qilib turgan vaqtda so‘zlamagay va 
suvni yuzig‘a qattig‘ urmagay. Va qo‘lini silkitmagay. Oftobda qolib issig‘ bo‘lgan suv birla 
tahorat olmag‘ay va suvni ko‘p quyib isrof qilmag‘ay, Uch bor yuvilishi kerak bo‘lgan a’zoni, 
uchdin ziyoda yuvmag‘ay. Ammo yuz va qo‘lini g‘ubor o‘turmasun deb pok nimarsada 
artmoq ruxsatdurki, bu niyat birla artsa fazilatdur. Safol idishda tahorat olmoq, oftobada 
tahorat olmoqdan avloroq va tavaze’ga yaqinroqdur. 
Kishikim xotini birla suhbat qilsa, yo bedorliqda yo uyquluqda ob maniysi zavq va 
shahvat birla oqib ketsa ul kishiga g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Ammo uyqudan uyg‘ongan 
kishiga maniy ko‘rsa ham g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Va foilga va maf’ulga (er-xotin 
ikkalasiga) g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. 
Va g‘usulda ham, tahoratdagi kabi, bajarishni niyat qilmoq, zam-zama(og‘iz 
chayqash), burunga suv tortib, tomog‘ning ichkarisiga suv yetkazish va hamma badanni 
olasiz yuvmoq zarur. 
Ammo sunnat uldurkim, avval bismilloh degay. Va uch marotaba qo‘lning ikkalasini 
yuvgay va badanida najosat bo‘lsa ani pok qilg‘ay. Andin keyin tahorat Oltay. Andog‘kim 
mazkur bo‘ldi. Va hamma sunnatlarni bajo kelturgay. Va oyog‘ini g‘usuldan keyin yuvgay. 
Va g‘usulning tartibi uch marotaba o‘ng tarafiga,uch marotaba chap tarafiga, uch 
marotaba boshig‘a suv quyg‘ay. Qo‘li yetadigan yerlarni yaxshilab yuvgay. Qo‘li yetmas 
yerlarga suv yetkizishga harakat qilg‘ayki hamma badaniga suv yetkurmoq farzdur. 
Qo‘lini va nazarini avratdin yiroq qilg‘ay. Va barmog‘ining uchi birla kindigining uchini 
ishqalab yuvg‘ay. 
 
FASL  
Tayammum kayfiyati bayonida 
 
Bilgilki, tahorat olmoqg‘a suv topilmasa va yo o‘zi va rafiqi ichkunchalik suv bo‘lmasa 
va yo suvning labida xavf-xatar bo‘lsa, va yo rafiqi suvni bu kishiga avvalgidin ziyoda 
bahoga sotsa va yo bu kishi bilan suvning orasi bir mil (to‘rt ming qadam) yo‘l bo‘lsa, va yo 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
88
jarohati bo‘lsa va yo kasal bo‘lsa, suv iste’mol qilmog‘liq uzr bo‘lg‘aykim, bu kishi to 
namoz vaqti kirguncha sabr qilg‘ay. Namozning vaqti kirganda pok tufroq uzra ikki alaqon 
kaf va barmoqlarini ochgan holda tufroqqa urib, namoz uchun tayammum qilmoqni niyat 
qilg‘ay. 
Bas, ikki kafti birlan tamom yuzini mash qiladi. Soqoli va qoshi orasiga tufroq 
surtaman deb o‘zini qiynamaydi. Andin keyin yana qo‘lini tufroqqa urib, o‘ng 
qo‘lining barmoqlari uchini jam’ qilib, chap kafti uzra qo‘yib, o‘rta va nomsiz 
barmog‘i hamda jimjilog‘i va chap kaftining yarmisi bilan o‘ng qo‘li barmoqlari 
orqasidan oxiriga yetkazib, qaytaradi. Va chap qo‘lining bosh barmog‘i va ko‘rsatkich 
barmog‘i va kaftining qOltan yarmi bilan o‘ng bilagini ichi tarafidin silab, qo‘lining 
uchiga yetkizadi. Va chap qo‘lini ham o‘ng kaftining ichiga qo‘yib ushbu tariqa birla 
tayammum qiladi. Bas, tayammumda niyat qilmoq farzdur. Va har farz namoz uchun 
tayammum qilinadi. Ammo navofilni - nafl namozlarini xohlagancha o‘tash mumkii. 
Ikkinchi qism tahorat - soqollarini pok qilmoqdur. Bas, bu ikki nav’dur. Avvalg‘i soch 
va soqol orasida kir bo‘lsa, ani taramoq va yuvmoq birla pok qilish sunnatdur, hazrati 
rasuli akram (.s.a.v.) safarda soqol taramoqni hargiz kanda qilmas edilar. Ko‘z va 
quloq kirini tahorat qilurda barmoqlari uchi bilan pok qilg‘ay, og‘iz va burunni g‘ar-g‘ara 
va istinshoq va misvok bilan pok qilish va barmoqlar bandi orasidagi (tovoni va tirnoq 
orqasidagi kirni issig‘ suv bilan va yo hammomg‘a kirish bilan pok qilish sunnatdur. Va 
badanda kir bo‘lsa tahorati botil bo‘lmas. Agar kir qalin bo‘lib badanga suv o‘tishiga 
mone’ bo‘lsa, kechirarli emas. 
 
FASL 
Hammomga kirmak kayfiyati bayonida 
 
Avrati yalang‘och hammomga kirguvchilarni man’ qilmoq vojibdur. Kishikim, bularni bajo 
kelturmasa hammomdan gunohkor. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan naql 
qilibdurlarki, u kishi hammomga kirsalar, yuzlarini devorga qilib, ko‘zlariga parda tortib 
o‘tirar edilar. 
Va xotinlarga ham ushbu mazkur vojibdur. Xotinlarning umumiy hammomiga kirishi 
yaxshi emas. Agar uzri kuchli bo‘lsa joizdur. Ammo sunnat uldurkim, namoz uchun pok 
bo‘lmakni niyat qilg‘ay va xalqning nazarig‘a xo‘b ko‘rinmoqni niyat qilmagay va 
hammom haqini hammomga kirmasdan avval bergay. Va hammomga chap oyog‘i birla 
kirgay, bu duoni o‘qugay: Bismillohir rohmanir rohiym. A’uzu billohi minar rijil xabiysil 
muhabbasi.  Mazmuni: «Alloh taoloni nomini zikr qilib, iflosliklardan va tamomi 
palid, razil, noxushliklardan sening o‘zingdan panoh tilayman» deb, mazkur duoni 
o‘qib, chap oyog‘ bilan hammomga kirgay. 
Aslida hammom shaytonning makonidur. Hammom holi vaqtida kirgay. Va 
hammomning issig‘ xonasiga keyinroq kirgay. Va suvni ko‘p isrof qilmagay. Va 
hammomda kishiga salom qilmagay. Va agar kishi salom qilsa, afvakalloh degay 
(Alloh kechirsin) va qo‘l berib ko‘rishishda zarar yo‘qtur. Agar qur’on o‘qisa, ohista o‘qigay. 
Ovoz birla a’uzu billohi minash shaytonir rajiym demak joizdur. 
Oftob botgan vaqtda, namozi shom va namozi xuftanning orasida hammomga 
kirmag‘aykim, bu vaqtlarda shaytonning ifrodalari yakka-yakka olam yuzig‘a 
tarqaydurg‘on vaqtdur. Hammomning sarobli issig‘ uyig‘a kirsa do‘zaxni yodig‘a 
kelturgayki, do‘zax zindonida holi nechuk kechkusidur. Balki oqil uldurki, hammomning 
ichidagi har nimarsani oxiratdin namuna bilg‘ay. Chunonchi, hammomning‘ qorong‘uligini 
yodig‘a kelturgay. 
Agar ilon ko‘rsa do‘zaxning ilonlaring tasavvur qilg‘ay. Va agar xunuk surat ko‘rsa 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
89
«Munkar, Nakir» suratlarini mulohaza qilg‘ay. Agar qattig‘ ovoz eshitsa nafxai sur (Isroil 
nomli farishta qiyomat kuni karnay chalganda hamma murdalar tirilar ekan) yodig‘a 
kelturg‘ay. Va agar xalqdin rad va qabul anglasa, savol-javob vaqtidagi rad va qabulni 
mushohada qilg‘ay. 
Bas, shar’i sunnatlar ushbudur. Ammo tib kitoblarida aytibdurlar, har oyda bir marotaba 
kirib qatiq iste’mol qilsa, bisyor manfaatlikdur. Vaqtiki hammomdan chiqsa, ayog‘ini iliq 
suvda yuvg‘ayki, niqris (barmog‘lari, bo‘g‘inlari qattig‘ og‘riydigan bod) kasalidan emin 
bo‘lur va boshi og‘rimas. Va boshig‘a sovuq suv quymag‘ay. Va bahor faslida hammomga 
kirsa, hammoamdan chiqib uxlamag‘ay. Va hammomdan chiqqanda sharbat ichgay. 
 
FASL 
Turli a’zolarning tahorati bayonida 
 
Uchinchi qism tahorat - odam badanini makruh nimarsalardan pok qilmoqdur. Bu 
yetti qismdur: Avvalg‘i qism - boshning sochini olish yaxshiroq va poklikg‘a 
yaqinroqdur. Magar riyozat uchun qo‘ymog‘i joizdur. Ammo ba’zan oldirib, ba’zan 
yoyib qo‘yish, ba’zi xalqning odatidur, makruhdurkim, nahiy voqe’ bo‘libdur. Ikkinchi-
burutni (mo‘ylabni) lab birla barobar olmoq sunnatdur. 
Olmagan gunohdur. Bas, haftada bir navbat oldirgay. Uchinchi, qo‘ltiq tukini qirq 
kunda bir marotaba olmoq sunnatdurki, odat qilsa osondur. Agar odat bo‘lmag‘on bo‘lsa 
ustara birla olmoq yaxshiroqdur. Toki o‘zig‘a azob qilmag‘ay. 
To‘rtinchi, mo‘yi avratkim, ohak surtib va yo ustara bilan tushurmak sunnatdurkim, qirq 
kundin kechiktirmagay. 
Beshinchi, tirnoq olmoq sunnatdurki, orasiga kir to‘lmag‘ay. Agar kir bo‘lsa, tahoratni 
botil qilmas. Charoki hazrati rasuli akram s.a.v. bir guruhning tirnog‘ining orasiga kir 
to‘lg‘onini ko‘rub, tirnog‘ini olmakka farmon qildilar. Namozning qazosini o‘tamakka 
farmon qilmadilar. Xabarda kelibdurkim: tirnoq o‘ssa shaytong‘a o‘tirgali makon bo‘lur. Bas, 
tirnoq olurda sunnat uldurki, o‘ng qo‘lini shahodat barmog‘idan olishni boshlab, jimjilog‘iga 
yetkurgay. Andin keyin chap qo‘lni jimjilog‘idin olib, bosh barmog‘iga yetkurgay. Va tirnoq 
olmoqg‘a uch kunni ixtiyor qilibdurlar. Dushanba, panjshanba, jum’a. 
Oltinchi, tug‘ulg‘on vaqtda kindik kesmak va kichiklik xolatda xatna qilmoq sunnatdur. 
 
FASL 
 Soqol qo‘yish odobi bayonida 
 
Soqol uzun bo‘lsa bir tutamdan ziyodasini olmoq joizdur. Ibn Umar roziyallohu anhu
tobe’iynlar jamoasi ushbu tariqa qilibdurlar. Va bir guruh odamlar aytibdurlarki, soqolni o‘z 
holig‘a qo‘yg‘ay. Va hech nimarsa qilmag‘ay. 
Bilgilki, soqolda o‘n nimarsa makruxdur. Avval soqolni qoraga bo‘yamog‘liq. Xabarda 
kelibdurkim, qoraga bo‘yamoq axli do‘zaxning shiori va kofirlarning tariqasidur. Ul kishiki 
soqolini qoraga bo‘yadi, Fir’avn erdi. Ibn Abbos roziyallohu anhu hazrati rasuli akram 
s.a.v.dan naql qilibdurlarki, oxir vaqtda bir qavm bo‘lurki doimo soqollarini qoraga 
bo‘yarlar.Ul toifa bihisht bo‘yini hidlamas. Bihishtning bo‘yi besh yuz yillik yerga 
yetkusidur. Xabarda kelibdurkim qariyalarning yomonrog‘i o‘zini yigitlarga o‘xshatg‘ay. Bu 
nav’ ishlardin nahiy (qaytarish) qilinibdur. Iblisning fe’lidurkim, bu nav’ ishlarni qilmoq 
xo‘b ermasdur.  
Ikkinchi soqolini qizilga, sariqqa bo‘yamoq g‘oziylarning tariqasidurki, kofirlar 
ularga pirliq va za’ifliq nazari birla qaramag‘ay. Ushbu g‘araz birla bo‘yoq sunnatdur. Va 
ba’zi ulamolar ham ushbu g‘araz birla soqollarini qoraga bo‘yabdurlar. Ammo bu g‘araz 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling