«kimyoi saodat»


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35

www.ziyouz.com кутубхонаси 
229
Hayy - abadiy tirik. 
Lo yamut - hech qachon o‘lmaydigan. 
Yaqzon - mangu uygoqzot ekanligi barhaq, mangu mavjudligi uchun sababchi bo‘lgan 
zotdir. (Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri»). 
«Holiq maxluqning sifatida emasdir» - ya’ni, Haq taolo o‘zi yaratgan jonli va jonsiz, 
aqlli va aqlsiz mavjudotlar kabi: kamayish, o‘zgarish, rangi, shakli, hajmi o‘zgarish, 
yemirilish, ifloslanish yoki yo‘qolish kabi xususiyatlardan holi, pokdir. 
Munazzax - musaffo. 
Tag‘yir va tabdil - o‘tkinchi mavjudotlarga xos bo‘lgan o‘zgarish, o‘rin almashuv 
xususiyatlari. 
Ilmning farzligi - islomiy shariatda musulmonlar uchun ilm olish taot-ibodat kabi 
farzdir. 
Amr va nahiy - tangri buyurgan yaxshi fe’llar va qilma deb, 
man’ etgan yomon ishlar.  
Ma’siyat - yomon fe’llar, gunohlar. 
Shaqovat - jabr-zulm, poraxo‘rlik, sudxo‘rlik (pul qarz berib, foyda olish), o‘g‘rilik 
kabi gunoh ishlar. 
Mubosharat - eru xotin qo‘shiluvi. Mazluma - ko‘chma ma’noda: muloyim, yuvosh. 
jabrdiyda ayol. 
Parhiz (parhez) - ziyon keltiruvchi taomlardan, kufrga. do‘zahga eltuvchi yomon 
fe’llardan saqlanish. 
Muttaqiylar - Haq yo‘lda, sof vijdon, pok iymon bilan doimo halol yashovchilar. 
Mujtahidlar - ilm, ma’rifatda kuchli, shijoatli olimlar. 
Zikr - Haq taoloning go‘zal va ulug‘vor sifatlarini yod etish shariatda ham, tariqatda 
ham yaxshi ibodat, fazilat hisoblanadi. 
«Yaxshi amallar tahoratda ehtiyotdan muhimroqdir» - tahorat mukammaligini ko‘p 
o‘ylashdan ko‘ra yaxshi savob ishlarni qilish muhimdir. 
Ruhsat, muboh - ilojsizlikdan bajarish mumkin, lekin maqtovli. mustahab bo‘lmagan 
ba’zi ishlar. Masalan, ko‘p o‘qishga qiziqib, tahoratni chala qoldirish, ochlikda ba’zi 
narsalarni yeyish, suv yo‘qligida tayammum - qo‘lni qum, tuproq bilan artish kabi. 
Makruh - nojoiz, nopok ishlar. 
Riyo - tilda boshqa. dilda boshqa o‘ylash, munofiqlik, yomon ishlarni yashirib, o‘zini 
yaxshi ko‘rsatish, vatan, millat, xalq uchun deb turib, faqat o‘z ma’nfatini o‘ylash. 
Tahorat ehtiyotlari - namoz tahoratsiz, pokiza yuvinmay turib, o‘qilmaydi. Bu yerda 
ehtiyotlar deganda tahoratni eng kichik shartlarigacha bajarish tushuniladi. Lekin, 
sahobalar iymoni pok bo‘lgani holda ba’zi ehtiyotlarga rioya qilmaganlar. Chunki, 
musulmonning halol tirikchilik uchun qilayotgan mehnati, yaxshi, savob amallari 
ehtiyotdan muhimroqdir. 
Junubat - eru xotin aloqasi sababli g‘usl - cho‘milish namoz shartlaridan biridir. 
Qiyomatda hisob berishda farishtalar bandaning qilgan ishlari (amal) yozilgan daftarni 
o‘ng tomondan uzatsa - jannatiylik alomati, chap tarafdan uzatsa - do‘zahiylik alomati 
hisoblanadi. 
Badan tahoratidin dil tahorati - tozalanishi muhimroq, boisi - dilga Haq taolo nazari 
tushadi. 
Tayammum - suv yo‘q joylarda tuproq bilan taqorat qilish ilojsizlikda mumkin 
hisoblanadi. 
«Namoz behishtning kalididir» - ko‘ngli toza, birovga yomonlik qilmaydigan 
odamlarning namozi jannatga yo‘l ochadi. 
«Sami’allahu li man hamida» - «Xudoga hamdu sano aytganlarni xudoyim eshitadi va 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
230
undan rozi bo‘ladi (agar gunohi ko‘p bo‘lmasa). 
Hasan Basriy - sahobalarning tarbiyasini Oltan aziz avliyolardan biri, uning va’zini ming-
ming musulmonlar eshitgan. (F. Attor «Tazkiratul-avliyo»). 
«Ro‘yi dil» - qalban yuzni Ka’baga qaratish. 
Xushu’ - namoz o‘qiyotganidan quvonish. 
Gunohning kafforati - bilmasdan xato qilgan odam buning jarimasiga yaxshi, savob 
ishni bajarishi. 
Nafl namozi - farz va sunnatga qo‘shimcha istalgan vaqtda o‘qiladigan ixtiyoriy 
namoz - ibodat. 
Iqtido qilmoq - muqtado imomga ergashib ibodat qilmoq. 
Tasbih - «Subhonalloh» (Alloh pokdir). 
Tamjid - «Innaka hamidu-m-majid» (Albatta, u (Alloh) bukjdir) demoq. 
Zakot - har bir musulmon shaxsiy boyligi - yer-suvi, dala, bog‘i. chorvasi va hakazo 
daromadlaridan qirkdan bir qismini bir yilda bir marta umum qavmdoshlari uchun hayr 
ehson, saxovat tarzida berib turish farz hisoblanadi. 
Fitr zakoti - besh xil zakotning biri, odatda muqaddas ramazon oyida va hayit (iyd) 
kunlari ilm ahliga va muxtojlarga hayr-ehson, sadaqa tarzida beriladi. 
Soyil - so‘rovchi, tilanchi, gado, darvesh. 
Daqiq. ko‘pligi laqoyiq - nozik ma’nolar. 
G’aniy - boy. badavlat odam. 
«Ehson qiluvchi darvesh ...» - boyning sadaqasini olishga rozi bo‘lgani uchun darvesh 
boyga jannat yo‘lini ochgan hisoblanadi. Shu bois darveshlar boylardan hurmatlirokdir. 
«Xabarda kelibdurki ...» - forsiygo‘y xalqlar payg‘ambar hadisi - so‘zlarini axbor, xabar 
deydilar. 
Po‘shida - yashirin, yopiq. 
Riyo - munofiqlik, yomonlikni yaxshi ko‘rsatmoqqa urunish. 
Ahli bayt - rasullohning oila a’zolari. 
Ro‘zaning sunnatlari - farzdan so‘ng keladigan odat, ishlar. 
E’tikof - Xudo yo‘liga mashaqqat tortib, uyi, oilasini vaqtincha tark etib, masjid, 
qabriston yoki boshqa joyda bir necha kun yashab turish. 
«Tashnalik va ochlikdan o‘zga nasiba bo‘lmas» - birovlarga yomonlik qiluvchilarning 
ro‘zasi qabul bo‘lmaydi ma’nosida aytilgan. 
Qazo va kafforat - namoz vaqtida o‘qilmasa yo zakot, sadaqa vaqtida berilmasa yo 
ro‘za biror kun tutilmay qolsa (ya’ni qazo qilinsa) evaziga, uzri uchun qilish zarur, 
vojib bo‘lgan savob ishlar: bir qulni ozod qilish, kambag‘al, muhtojning qarzini 
to‘lab yuborish va yo bechora, miskinlarga taom berish, o‘z aybini yuvish. 
Imsok - namoz yoki ro‘zani qazo qilgani, bajarmay qOltani uchun kafforati, ya’ni aybni 
yuvish uchun savob ishlar qilib, yomonlikdan saqlanish. 
«Bir kun ro‘za tutib, bir kun yemak» - rasululloh boshqa sahobalarga ibrat bo‘lsin 
deb, ba’zi kunlari ro‘za tutmay. qazosiga miskinlarga iftorlik qilib berar ekanlar. 
«Kishikim, bir haj qilsa, anga behishtdan o‘zga jazo yo‘qtur» - bu yerda sahobalar 
kabi sofdil, kamtarin. sahovatli, iymoni kuchli odamlarning haj ziyorati haqida so‘z 
boradi. 600 ming ziyoratchidan faqat 6 kishining haji qabul qilingani voqeasini eslang. 
Hojiyi haramayni - Makkai mukarrama va Madinai munavvara hojilari. Hazrati 
musannif, ya’ni Muhammad Abu Homid G’azzoliy. Tavfiq - yomon ishlardan o‘zini 
tiyish. insofli, sof vijdonli bo‘lish. 
Ahmad r.a. - imom Ahmad Hanbal 
«Munofiq Kur’onxon» - Qur’on o‘qib. Haq taoloniig amr-farmonlariga, muqaddas 
so‘zlariga amal qilmay. yomon fe’l, ishlarini davom ettiruvchilar. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
231
«Tavrotda» kelibdurkim - ming yil avval, imom Muhammad G’azzoliy davrida yoki 
undan ham avval imom Doroniy Samarqandiy (olti «Sahih» kitoblaridan birini muallifi) 
davrida “Tavrot»da shu so‘zlar bo‘lgandir. 
Taammul - bemalal, shoshmay, o‘ylab o‘qish. ish qilish. 
Tashahhud - shahodat kalimasi: «Ashhadu anna lo iloha illalloxu va ashhadu anna 
Muhammadun abduhu va rasulih(u) - ya’ni. Alloxdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning 
bandasi - quli va rasuli deb, shohidlik beraman» - namoz ibodatda o‘kiladigan so‘zlar. 
«Qur’onni alhol qo‘shiq qilmag‘ay». Oradan o‘tgan ming yillar davomida ba’zi mashhur 
san’atkorlar chin ixlos bilan ayrim oyatlarni kuylashi uzrli bo‘lib qoldi. Ammo xonandalar 
pul topish maqsadida oyatlarni kuylashi qoralanadi. 
Tag‘oful - beparvolik, g‘ofillik. 
Zikr - har kuni, har holatda Xudoni eslash, undan madad so‘rash va madhu sano 
aytish. Mavlaviya tariqatida diniy musiqa, ashula, ras q. 
«Najotliqni zikrga vobasta qilibdur» - inson qilgan gunoxdariga tavba qilib najot 
so‘rashi ham doimo zikrga, Xudoni ko‘p eslashga bog‘liq. 
Bu sahifada zikr - Xudoni ko‘p eslashning qaysi tilda bo‘lishi ahamiyatsiz, eng muhimi 
qalban ixlos, mehr-muhabbatni bildirishi haqida so‘z boradi. 
Tavhid - Xudoning birligi, yakkaligi barchadan qudratli ekanligini anglash. 
Foniy - o‘zini unutish. «menlik»dan voz kechib o‘zini yo‘q deb bilish, aziz avliyolar 
erisha oladigan ulug‘ martaba. 
Bu sahifada e n g  ulug‘ duolardan biri - iymon kalimasi keltirilgan. Bu kalimani 
doimo eslab, takrorlab, bu haqda o ‘ y l a s h  i n s o n g a  juda ko‘p savob. 
yaxshiliklar keltirishi aytilgan. 
Istig‘for - bilib-bilmay qilingan gunohlar uchun Allohdan mag‘firat tilash, kechirim 
so‘rash. 
Ka’bul-Axbor - sahobalardan keyinroq yashagan atoqli islom ulamolaridan, mashhur 
muhaddis va tarixchi Imom Muhammad G’azzoliy, Abul Hasan Kisoiy, Nasruddin 
Rabg‘uziy o‘z asarlarida Ka’bul-Axborning fikrlaridan foydalanganlar. 
Zodi oxirat to‘plash - inson o‘lganidan so‘ng oxiratdagi hayoti uchun oziq (ma’naviy 
oziq - yaxshi xulq, vijdon, iymon sofligi. sabr-qanoat, tavba. shukronalik, bag‘rikenglik, 
mehr-muruvvat, rahm-shafqat, hayr-sahovat kabi), fazilatlarni hosil qilish. 
Rasulullohning amakisi Abbos ibn Abdul Mutallibning o‘g‘li, atoqli musulmon 
ulamolaridan biri. 
«Allohumma, mag‘firliy ...» Duoning mazmuni: «Ey Allohimiz, otamizni, onamizni, 
ustozimizni, erkak va ayol musulmonlarni, erkak va ayol mo‘‘minlarni o‘limdan so‘ng 
tiriluvchi qil, duolarini ijobatli, manzillarini barokotli, darajalarini baland, 
hojatlarini Oltuvchi qilgin, ey, eng mehribon, eng rahmdil zot, bizga rahmashngni 
nasib ayla». 
Rabbul maloikati va-r-ruh - farishtalar va ruxlarning rahbari. 
Uns - do‘stlik, yaqinlik. 
Xayriyot - yaxshi, savob ishlar qilish. 
Ilmi nofe’ - naf’, foyda (ma’naviy, oxirat uchun foyda) keltiruvchi ilmlar (kalom, 
hadis, tafsir, fiqh, ahloq, odob, adabiyot - sanoi nafisa, mantiq, tibbiyot, jug‘rofiya, 
tabiyyot va boshqa). 
Ashobi yamin - qiyomatda, hisob berishda nomai a’moli o‘ng tarafdan 
beriladigan, ya’ni jannat ahli bo‘ladigan sof vijdonli insonlar. 
 Qaylula - tushlik, choshgoxdagi uyqu. 
Istig‘for - tavba qilib, Alloxdan mag‘firat, kechirim so‘rash. 
Tahajjud - yarim kechadan so‘ng uyg‘onib, ibodat qilish. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
232
Takalluf - mehmonga hadeb «Oling. yeng, iching, nega hech narsa yemayabsiz?» deb 
taklif qilaverish. ortiqcha mulozamat yaxshi emas. 
Nobino - Ko‘rmaydigan, qalb ko‘zi ko‘r. Ilhomi nomutanohiy - nihoyasiz ilhom. 
Altofi nomutanohiy - nihoyasiz lutfu-marhamatlar. 
Voridoti g‘aybiy - g‘aybdan keluvchi holatlar. 
Mukoshafoti qalbiy - ko‘ngil, dil. ruhiy olam kashfiyotlari. 
Asrori ilohiy – Haq taoloning qudratiga bog‘liqsirlar va sirli mu’jizalar. 
Dil ahli - ma’naviy, ruhiy olami boy va musaffo insonlar, aziz-avliyolar. 
Fosiq - badfe’l, fisq-fasod qiluvchi, yomon musulmon. 
Noshoyista ishlar - buzuqlik, dilozorlik, zino va faxsh, jahl-g‘azab va h. k. 
Fi sabililloh - Xudo yo‘lida fidokorlik. 
Xalqdan beniyozlik - odamlarga, ayniqsa nomardlarga, pastkashlarga muxtoj 
bo‘lmaslik. 
Muqaddamlar- engbirinchi musulmonlar. (Mutaqadimiyn). 
Sadaqa berganning savobi - agar qarzdor kambag‘al va yaxshi odam bo‘lsa, qarzini o‘z 
vaqtida to‘lashga imkoni bo‘lmasa, muhlatni uzaytish, iloji bo‘lsa, ketib yuborish 
savobdir. 
Iblisning o‘g‘li Sud, foyda - ko‘p savdo qiluvchilar narxni oshirib, aldov firibgarlik 
bilan foydani ko‘paytirishga urinadilar, ya’ni Iblisning o‘g‘lidek, «otasiga» ergashadilar. 
Vara’ - pokizalik, halollik, parhezkorlik. 
«Aslahaka lillohu ...» - Duoning mazmuni: «Bizni Alloh yo‘lida yaxshi ishlar qiluvchi
umrimizni uzun va taot-ibodatli bo‘lishimizga muvaffaq qilgil». 
Bu hikmatlar Tavrot va Injilda ham bor, ya’ni, Muhammad G’azzoliy bu kitoblarni 
bilgan. 
Muhtasib - nazoratchi, xisob so‘rovchi diniy rahbariyat tomonidan saylanadi. u 
gunohkorlarni topishda josuslik qilmay, oshkora tanbeh berishi. ba’zi yashirin gunohlarni 
faqat o‘ziga aytib. tavba qilsalar barchaga oshkora qilmasligi zarur hisoblanadi. 
Abdollar - kimligini bildirmay, o‘zini qul. xizmatkorday ko‘rsatuvchi aziz 
avliyolar, farishta sifat insonlar. Turkiy va forsiy xalkdarda qirq abdol chiltonlar 
deb aytiladi. 
Hasan Basriy - so‘nggi sahobalarni ko‘rgan aziz avliyolardan biri. Fuzayl Ayoz 
(yoki Iyoz) - Ibrohim Adhamning do‘sti va zamondoshi. 
Moliki Dinor - avliyo, uning suvga tushib yo‘qOltan tangasini baliq chiqarib 
bergan. Bu faslda eng mashhur avliyolar va darvesh, so‘fiylarning eng kamtarinligi 
bilan mashhurlari hayoti tilga olinadi. 
Axdi ma’siyat - ko‘p gunoh ishlar qiluvchi nopok, ochko‘z, takabbur odamlar. 
«Tama’ xirsning tobe’idir» - ya’ni, xirs, xarislik, ochko‘zlik, jabr-zulm kelib chiqadi. 
Bu hakda yana o‘qing: «Arastu Axloqi kabir». «Yangi asr avlodi» nashriyoti, 2004. 
Kamtarin, haqiqiy olimlarni hurmat qilmaslik ham kibru havo, g‘aflat hisoblanadi. 
Ahdi g‘aflat - ilmni va olimlarni sevmaydigan yoki ilmiga amal qilmaydigan, 
takabbur, xudbin, ochko‘z, ta’magir, yulg‘ich, nopok odamlar. 
Simo’ - darveshlar, so‘fiylarning zikr - ashula, raqs tushib Allohni sharaflab, 
madhu sano aytishlari. 
Vajd - shu zikr avjida darvesh so‘fiy aql-hushdan ayrilib, ruhlar olamiga yetishi. 
«Bu bandaga idbor mazallat mone’», ya’ni, Haq taolo barchaga teng nur 
sochadi, lekin menda bo‘lgan, baxtsiz qiluvchi gunohlar devori nurni to‘sib, menga 
yetkazmaydi. 
Amri ma’ruf - inson kamoloti uchun zarur bilim, ma’rifatni o‘zi o‘rganib, 
boshqalarga ham o‘rgatish musulmon uchun farzdir. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
233
Nahiy munkar - Xudoga xush kelmaydigan, uning g‘azabini keltiruvchi 
noshoyista, tuban, gunoh ishlardan xalqni qaytarish. 
Munkirot - shariat Qonunlarida gunohhisoblangan nopok ishlar: kibru havo, 
boylarga va mol-dunyoga sajda qilish, tama’girlik, poraxo‘rlik, yulg‘ichlik, 
shafqatsizlik, tekinxo‘r bo‘la turib, halol mehnat ahlini mensimaslik va hokazo. 
Tuzuvchi: Mahkam Andijoniy. 
 
 
 
 

Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling