«kimyoi saodat»
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com кутубхонаси 215 nojoiz ish angladingmu?» Salmon Forsiy r.a. aytdilar: «Angladimki, nonni ikki nonxurush birla yersiz, ikki egin sakdarsiz. Birini kechasi kiyarsiz, birini kunduzi kiyarsiz. Hazrati Umar r.a. yana so‘radilar: «Mundin boshqa yana so‘z angladingmu? Salmon aytdi: «Anglamadim». Hazrati Umar r.a. aytdilar: «Bu ikki ishni bundan keyin qilmag‘ayman». To‘rtinchi qoida ulki, qudrati yetganicha hamma ishlarni yumshoqlik va muloyimlik bilan qilg‘ay va qahr-g‘azabda ehtiyot bo‘lg‘ay. Rasuli akram aytibdurlarki: «Har bir mutasaddiy (boshliq) ra’iyatga rahm va shafqat qilibdur, Parvardigoro, sen anga lutfu marhamat qilg‘il. Va zulm, sitam qilg‘uvchilarni qahru g‘azabingga giriftor qilg‘il». Va yana aytibdurlar: «Mutasaddiylik yaxshi ishdur, agar shariat qonunlariga, ahkomlariga amal qilsa va yomon ishdur shariatning xilofiga ish qilsa». Xishom ibn Abdul Malik xulafo (xalifalar) jumlasidandur, Abu Xozim rahmatillohi alayxdan ul zot ulamo zubdasi (qaymog‘idur) so‘radi: «Yo, Abu Xozim, najot topmoqning sababi (yo‘llari) nadur?» Abu Xozim r.a. aytdi: «Najot topmoqning tadbiri ulki, har diram olursan, halol joyidan olg‘il va halol joyga sarflag‘ilki, savob bo‘lg‘ay». Abdul-Malik aytdi: «Bu ishni ul kishi bajo keltirg‘ayki, do‘zax o‘tiga va azobiga toqati bo‘lmag‘ay va behishtga kirmoqni do‘st tutg‘ay (istar)». Beshinchi qoida ulki, mutasaddiy hamma ishida shariatga rioya qilgani uchun xaloyiq shod, xushnud bo‘lg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Podshohning behrog‘i (yaxshirog‘i) uldurki, avvalo ra’iyatni (xalqni) do‘st tutg‘ay (hurmat qilg‘ay). Ul odamlardan bezor bo‘lg‘ayki, ularning maqtov va ta’rif-tavsiflarini tinglab, ra’iyat ahvolidan g‘aflatda qolg‘usidur. Balki mu’tamid (ishongan) xos odamlarini xalqning ahvolidan maxfiy xabar olmoqni buyurgayki, ularning maqtovu shikoyatiga qarab, o‘z holidan g‘ofil bo‘lmag‘ay. Oltinchi qoida ulki, odamlar shariatga xilof ishlar bilan ba’zi boshliqlarni xursand qilmoqchi bo‘lsa, Haq taoloning xushnudligidan mahrum qolur. Hazrati Umar r.a. aytur: «Har kuni ko‘rurmanki, guruhe (ba’zi guruhlar) ishimdan xursanddurlar, ba’zilari xursand emaslar. Ammo, axmoqlar va johillarni xushnud qilam an degan odam Haq taoloning rizoligidan mahrum qolur». Hazrati Umar Oysha roziyallahu anhog‘a noma bitdilarki, nasihat qiling deb. Hazrati Oysha xatida yozdilarki, rasul alayhissalom bir kuni aytib erdilar: «Kishi xalqning noroziligidan va Haq taoloning noroziligidan qo‘rqsa yaxshi bo‘lur. Bunday kishidan Haq taolo xursand bo‘lur va xalqni ham undan rozi qilur. Ammo, kim Haq taoloning noroziligidan qo‘rqmay, ba’zi odamlarning xushnudligini istasa, Xudoi azza va jalla ul kishidan norozi bo‘lur va xalqni ham undan norozi qilur». Yettinchi qoida ulki, mutasaddiy bo‘lg‘ayki, mamlakatdorlig‘ ishida xaloyiq mushkullarini Haq taoloning farmoniga muvofiq saranjom qilsa, nihoyati ulug‘ ishdur, kishiga tavfiq (insof, adolat) yor bo‘lib, hukumat ishini shariatga muvofiq qilsa, saodatdurki, hech nihoyasi yo‘qtsur. Abbos r.a. aytur: «Bir kuni rasululloh s.a.v. xonai Ka’ba halqasini tutibdurlar. Quraysh qavmidan odamlar hozir erdi. Aytdilarki: «Podshoh va imom qurayshdan bo‘lg‘ay va uch ishni bajo keltirg‘aylar: Xaloyiqg‘a rahm-shafqat qilg‘ay va dodxohga (mazlumga) adolat qilg‘aylar va shariatga xilof ish qilmagaylar. Bu uch ishga xilof ish qilg‘an odamlarni Haq taolo la’nat qilur, farishtalarning la’natiga sazovor bo‘lurlar va xudo ulardan hech bir farz va sunnatni qabul qilmas». Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Agar bir odam ikki odamning shikoyatini tinglab, hukmida zulm qilsa, Haq taoloning la’nati zolimlarga bo‘lur». Yana aytibdurlar: «Uch toifa odamlar borki, qiyomat kuni Alloh taolo ularga rahmat nazari bilan qaramas: podshohki, yolg‘onchi bo‘lsa. Ikkinchi - Pir, qariyaki, zinodan qaytmasa, uchinchi - Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 216 gadoki, mutakabbir va lofgo‘y (yolg‘onchi) bo‘lsa. Sahobalarga aytdilarki, «Yaqin orada mashriq va mag‘rib taraflar fath bo‘lib, dini islom muzaffar bo‘lur. Ammo aksar podshoh va amirlar do‘zaxga kirar, magar ul toifaki, Xudoi taolodan qo‘rqsa va taqvo tariqini tutsa va mazlumlarni zolimlardan himoya qilsa, do‘zaxdan xalos bo‘lurlar». Yana aytibdurlar: «Podshoheki, Haqtaolo anga ra’iyatni topshiribdur, agar ul ra’iyatga g‘amxo‘rlik qilmasa, rahm-shafqatni bajo keltirmasa, Haq taolo anga behishtni harom qilur». Yana aytibdurlar: «Haqtaolo kimni xalqg‘a mutasaddiy (rahbar) qilibdur, ul mazlumlarning ahli ayoliga (oilasiga) qaraganday nigoqbonlik, g‘amxo‘rlik qilmasa, aytg‘ilki, o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlabdur». Yana aytibdurlar: «Ummatlarimdan ikki toifa qiyomatda mening shafoatimdan mahrumdurlar. Biri - zolim podshohlar, yana biri - mubtadiyki. aning bid’atidan (yangi qonun-qoidalaridan) islom diniga xalal yetgay». Va aytibdurlar: «Qiyomat kunining qattiqazobi zolim podshoh va zolim amirlargadur». Besh toifadurki, Xudoning g‘azabiga giriftor bo‘lurlar. Haq taolo agar xoxlasa, bu olamda jazo va sazo berur; xohlasa do‘zaxga solur: Avval (1) qavmki, begunoh qul va xizmatkorlariga zulm va ta’addi (g‘azab, do‘q-po‘pisa) qilurlar. Ikkinchi, ul hokimki, ra’iat aning hukmi va farmonini tutg‘ay, ammo rahbar ularga adolat va g‘amxo‘rlik qilmag‘ay. Uchinchi, kishi (boshliq bo‘lganidan kibrlanib) ahli ayolini toat- ibodatga (musulmonchilik odoblariga) targ‘ib qilmag‘ay, shariat ilmini halol va haromni ajratishni, farqlashni o‘rgatmagay (buni o‘zi ham bilmaydi). To‘rtinchi, kiraga mardikor olsa, xizmatini tamom qilganidan keyin haqini to‘liq bermas. Beshinchi, rahbar xotinining va farzandlarining haqqini bermay zulm qilsa. Hazrati Umar r.a.ga janoza namozini o‘tamakga turib edilar, kimdir kelib, hazrati Umarning oddilariga o‘tib, namozga turdi. Namozdan forig‘ bo‘lib, o‘likni dafn qildilar, ul kishi go‘rga qo‘lini qo‘yib, aytdiki, «Ey, bori Xudoyo, agar bu odam senga osiy bo‘lgan bo‘lsa, azob qilmoqg‘a qodirsan va agar rahm qilsang, bu odam rahmatingga mux^ojdur. Saodatmandsan, ey murda, hargiz podshoh va amir emas eding, g‘avg‘ochi (ig‘vogar) va navisanda (birovlarning ustidan yozg‘uvchi) emassan, - deb g‘oyib bo‘ldi. Uni izladilar, topmadilar. Hazrati Umar r.a. aytdilarki, bu odam hazrati Iso alayhissalom edilar». Rasul alayhissalom aytdilarki, «Voy podshoh va amirlarning holiga, voy a’moli navisandalar holigaki, qiyomat kuni ularning gisulari - sochlaridan osib, azob qilurlarki, hech xayrli amallari bo‘lmas. Va yana aytibdurlar: «Mutasaddiy (boshliq) bo‘lishdan ehtiyot bo‘linglarki; ularni qiyomatda g‘ul-zanjirlar bilan bog‘lab keltirarlar. Agar amali xayr qilgan bo‘lsa, xalos bo‘lur, yo‘q esa qo‘l-oyokdariga zanjir solurlar». Hazrati Umar r.a. aytdilarki: «Voy, ro‘yi zamin mutasaddiylarigaki, osmon va zamin podshohidan (Haq taolodan) na uqubatlar ko‘rgusidurlar. Va agar elga adolat qilgan bo‘lsa, va shariat hukmlarini pas tutgan (buzmagan) bo‘lsa, nafs xohishiga qaramagan bo‘lsa, xushomadlarga uchmagan bo‘lsa, rahbardan qo‘rqib va yoki sovg‘a umidi bilan hukm qilmagan bo‘lsa, oyatlar va hadislarning mazmuniga qarab hukm qilgan bo‘lsa, najot topg‘usidur». Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Qiyomat kuni podshoh, amir va mutasaddiylarni keltirurlar. Haq taolo aytur: «Sizlar, qo‘ylarimning qo‘ychisi (cho‘poni) va zamin mamlakatlarining xazinachisi edingizlar, nima uchun bandalarimga ranju uqubat yetkazdinglar? Ayturlar: «Ey, Xudovando, g‘azabingdan qo‘rqutdikki, agar biz ularga siyosat va uqubat qilmasak, senga nofarmonliq qilur edilar». Haq taolo aytur: «Nima uchun sizlarning g‘azabinglar mening g‘azabimdan ilgari bo‘ladur? Va bir guruh odamlarga xitob bo‘lurki, «Nima uchun azob-uqubatni nisabiga yetkurmasdan qildinglar?» Ayturlarki: «Parvardigoro, rahm Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 217 qildik». Haq taolo aytur: «Sizlar mendan rahmliroq bo‘ldinglarmuki, farmonimga bo‘ysunmadinglar». Huzayfa r.a. ayturlar: «Hech mutasaddiyni yaxshi, yomon demasmanki, agarchi yaxshi bo‘lsa ham». Aytdilar: «Nima uchun yaxshi demassan?» Aytdilar: «Hazrati rasul alayhissalomdan eshitibdurman: «Qiyomat kuni hamma mutasaddaylarni Sirot ko‘prigidan o‘tkizurlar; Pulisirotga farmon bo‘lurki, javru sitam birla hukm qilg‘uvchini va rishva (pora) oluvchini, ikki da’vogardan faqat birining so‘ziga quloq sOltuvchini (ustingdan) tashlagil! «Sirot qo‘prigi bularni silkib, (chohga) tashlar». Yetmish yildan so‘ngdo‘zax qa’rigatushganlarningovozi va sharpasi eshitilur. Xabarda kelibdurki, Dovud alayhissalom xaloyiqning xushnudligi va noxushnudligini anglamoquchun ba’zi vaqtlarda liboslarini o‘zgartirib, bozor va ko‘chalarda yurib, xaloyiqtsan so‘rar edilarki, «Dovud nechuk kishidur?» Bir kuni shu tariqa so‘rab yurgan edilar, Jabroil alayhissalom odam suratida bo‘lib, yuzma-yuz keldilar. Podshohso‘radi «Dovud qanday odam?» deb. Jabroil alayhissalom aytdilar: «Xo‘b odamdur, agar Baytul-moldan yemay (davlat hisobidan yemay), o‘z kasb-hunari bilan topgan halol luqmasini yesa». Dovud alayhissalom ibodatxona mehrobiga kirib, yig‘lab, duo qildiki, «Parvardigoro, menga hunar o‘rgatgilki, o‘z meqnatim va kasbimdan topganimni yegayman». Ersa, Haq taolo unga Zirhgarlik (temir, po‘latdan sovut, dubulg‘a kabi jang kiyimlarini yasash)dan ta’lim berdi. Hazrati Umar r.a. kechalarda podshohi shabdek shaharni aylanur edilar, toki mazlum va miskinlar holiga yetgaylar. Aytur edilarki, agar biyobonda qo‘yni bo‘ri yesa, qo‘rqarmanki, qiyomat kuni oni mendan so‘rog‘ qilurlar. Abdulloh ibn Umar aytur: «Hazrati Umar vafotlaridan keyin duo qilur edimki, tushimda ko‘rgayman. Ersa o‘n ikki yildan so‘ngtush ko‘rdimki, Umar r.a. alhol g‘usldan forig‘ bo‘lib chiqqandek ko‘rindilar. Aytdimki, «Ey, amiral-mo‘‘miniyn, Haq taolo sizga ne qildi?» Aytdiki, «Yo, Abdulloh, men sizlarning qoshingizdan ketg‘animga necha yil bo‘ldi?» Aytdilar: «Un ikki yil bo‘ldi». Hazrati Umar aytdilar: «To shu vaqtacha hisob oldilar, qo‘rqdimki, holim xarob bo‘lg‘ay: Haq taoloning rahmliq sifatidan najot topdim». Bilgilki, hazrati Umarni dunyolig‘ jihatidan bir daraxtdan o‘zga hech nimarsalari yo‘q erdi. Bas, ul podshohi oliyning holi mundog‘ bo‘lsa, o‘zgalarning‘ holi nechuk bo‘lg‘usidur? Xoja Munzir Jumhur elchi ila yubordiki, hazrat Umar r.a. holini bilib kelg‘ay. Elchi Madinaga borib so‘radiki, «Podshohinglar qaydadur?» Aytdilarki: «Bizning podshohimiz yo‘qtur. Xalifamiz borki, darvozaning tashqarisiga chiqibdur». Ersa, elchi izlab topdiki, daraxtni boshiga qo‘yib yotibdur, peshonalaridan ter oqib, yerni ho‘l qilibdur. Elchi bu holni ko‘rib, ko‘ngliga bisyor asar qildi. Dilida aytdiki: «Ro‘yi zamin podshohlari bu kishidan tarson va xaybatidan larzon bo‘lg‘ay, bu kishining holi bu bo‘lg‘ay. Haqiqatan odildurki, mundog‘ emin-erkin va osudalig‘ birla uyqulabdur. Bizning podshohlarimiz zolim va jobirdur, kechalari xilvatxonalarida vahshat-qo‘rquvdan orom bilan uxlay olmaslar. Guvohlik berurmanki, bu kishining dini barhaqva rostdur. Agar elchilikka kelmagan bo‘lsam edi darhol islomga iymon keltirur edim. Bu voqeani Abu Munzir Jumhurga yetkizib, qaytib kelib, iymon keltirgayman». Bas, mutasaddiylik ishi bisyor xatarnokdur. Va amirlar ul vaqt salomat bo‘lurki, olimlar xizmatida bo‘lg‘ay, toki olimlar unga shariatni o‘rgatgay. Amirlik va voliylik (viloyat hokimligi) xatarlaridan ogoq qilg‘ay. Sakkizinchi qoida ulki, ulamo suhbatini mutasaddiyn suhbatidan g‘animat bilgay. Ul olimki, dunyoga xarisdur, oning suhbatidan hazar qilg‘ayki, ta’rif va sitoyish qilmoq (ziyoda maqtamoq) birla amirlik podshohlikdan foyda izlar va yo ularning qo‘lidagi harom mol, dunyodan makr va hiyla bilan olmoqni maqsad qilur. Va olimi dindor ul Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 218 bo‘lurki, podshoh va amirlardan va o‘zgalardan hech nima tama’ qilmas, va ularga pand- nasihat bermoqdin to‘xtamas. Chunonchi, Shaqiq Balhiy rag‘matillohi alayh Xorun al Rashidg‘a muloqot bo‘ldi. Xorun aytdi: «Zohidmusan?» Ulamo aytdi, «Men Zohid emas, Shaqiqman». Xalifa aytdi: «Menga nasihat bergil». Shaqiq aytdi: «Seni Haq taolo Abu Bakr Siddiqning o‘rnida qo‘yibdur va Ali al-Murtazo o‘rnida qo‘yibdur. Sendan ilm va shijoatdan so‘rarlar. Haq va botil aro farq qilganingni so‘rarlar. Va Usmon Zun-nurayn o‘rnida o‘tirg‘izibdurki, sendan karam va futuvvat, muruvvat va saxovat izlaydilar». Xalifa so‘radi: «Tag‘i nasihatni ziyodaroq qilg‘il». Aytdi: «Haq taolo saroyni bino qilibdur, do‘zax otliq va seni shu saroyga nigohbon qilibdur va senga uch nimarsa beribdur: Baytul-mol boyliklari, shamshir va toziyona (tanbeh) birla xaloyiqg‘a odob bergil va nohaq xun (qon) to‘kkanlarni shamshir birla o‘ltirgil. Bas, bu ishlarni taqsir qilsang (xato, qusur qilsang) avvalo do‘zaxga o‘zing kirarsan, ondin so‘ng o‘zgalar kirar». Xalifa aytdi: «Yana ham nasihatni ziyoda qilg‘il». Shaqiq aytdi: «Sen chashma mislliksan. Va o‘zgalar sipohiy va a’yonlaring ostingdagi ariqg‘a o‘xshashdur. Agar chashma suvi sof va ravshan bo‘lsa ariqlarning suvi ham loyqa va iflos bo‘lmas. Agar chashma suvi tiyra va loyqa bo‘lsa, ariqlardagi suvlarning ham soflig‘i va e’tibori bo‘lmas». Horun-ar-Rashid xoslari birla Fuzayl Iyoz ziyoratiga bordi. Eshigiga yetib angladiki, Qur’on tilovat qilib, bu oyatga yetibdur: «Uxsib allazina ijtara livo sayyota inna naj’alahu». Xalifa aytdi: «Agar nasihat talab qilsam, rozi bo‘lurmusan? Fuzayl aytdi: «Ushbu oyat kifoyatdur». Oyatning tafsiri ulki, «Oyo, ul toifalar, Alloh taolo gunoh va ma’siyatga mashg‘ul bo‘lganlarni toat va ibodat qilgan bandalariga barobar qilur, deb gumon qilurlarmi?» Ya’ni bu ikki toifani Haq taolo hargiz barobar qilmas. Xorun ar-Rashid aytdi: «Eshik qoqg‘il». Vazir Abbos eshik qokdi va qichqirdiki: «Amir ul- mo‘‘miniynga eshik ochg‘il!» Fuzayl aytdi: «Amirul-mo‘‘miniynning men birla nima ishi bo‘lur?» Abbos aytdi: «Amirul mo‘‘miniyn farmoniga itoat qil, eshik ochg‘il!» Ersa Fuzayl Iyoz eshik ochdi va chirog‘ni o‘chirdi. Xorun ar-Rashid ko‘rishishga qo‘l uzatdi. Fuzayl xalifaning qo‘lini tutib, aytdiki: «Oh, bu yumshoq qo‘ldan kim ushlasa do‘zax azobidan najot topmas». So‘ngra aytdi: «Ey, amirul-mo‘‘miniyn, Xudoi taoloning so‘rog‘iga tayyor bo‘lg‘ilki, qiyomat kuni seni turg‘izib, musulmonlarni bir-bir keltirib, sendan savol qilurlar.» Xorun ar-Rashid bu so‘zni eshitib, vahshatdan, (qiyomat qo‘rquvidan) yig‘lab, yiqildi. Abbos aytdi: «Ey, Fuzayl, xomush (jim) bo‘lingki, amiral-mo‘‘miniynni o‘ldirdingiz». Fuzayl aytdi: «Ey, Homon (fir’avnning yovuz vaziriga o‘xshatmokda), amiral-mo‘‘miniynni sen va sening qavming halok qildi». Xorun ar-Rashid (o‘ziga kelib) aytdi: «Ey, Abbos, bildingmu, seni Homon demagi meni fir’avnga teng qilganidur. Bas, ming dinor keltirib qo‘ydi va dedi: «Bu haloldandur. Onamning mahridan meros qolib erdi». Fuzayl aytdi: «Senga deb edimki, har nimarsaki olibsan, hisobi bor, egasiga bergil», - deb sovg‘ani qabul qilmadi. Umar ibn Abdulaziz bir kuni Muhammad ibn Ka’b Qurayziyga aytdiki: «Adl (adolat) nimadur? Sifatini bayon qilg‘il!» Ibn Ka’b aytdi: «Musulmonlardan yoshi kichiklariga ota bo‘lg‘il va yoshi ulug‘larga o‘g‘il bo‘lg‘il, o‘z tengdoshlaringga : birodar bo‘lg‘il va har kishiga o‘z gunohidan ziyoda uqubat qilmag‘il. Zinhor birovni o‘z g‘azabing birla toziyona urmag‘ilki, joying do‘zax bo‘lur». Zohidlardan biri o‘z zamonidagi xalifa bilan muloqot qilib (so‘zlashib) qoldi. Xalifa aytdi: «Menga nasihat qilg‘il». Zohid aytdi: «Chinga, bir shaharga borib edim, ul yurtning podshohi qulog‘i kar ekan, bisyor yig‘laydur. Aytadurki: «Karlig‘imga yig‘lamasman, arzgo‘y va Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 219 dodxohlarning arzini tinglay olmaganimga yig‘larman. Farmon qildiki, arzi bor, mazlum (zulm ko‘rgan) odamlar qizil egin kiysinlar. O’zi har kuni filsuvor bo‘lib (filiga minib), ko‘chama-ko‘cha yurib, qizil eginli odamni chorlab, faryodralik qilur edi (dod, faryodini tinglab, mushkulini oson qilur edi). Yo, amiral-mo‘‘miniyn, bu bir kofirning tariqi (tutgan yo‘li)durki, Haq taolo bandalariga rahm-shafqat qilmoq uchun muncha ishni lozim tutibdur. Bas, sen hazrati rasul alayhissalomning ahli baytlaridansan. Fikr qilg‘ilki, musulmonlarg‘a rahm va shafqat bundan ziyoda bo‘lishi vojibdur». Abu Quloba bir kuni xalifa Umar ibn Abdul-Aziz bilan so‘zlashib qoldi. Xalifa aytdi: «Nasihat, maslahat bergil». Abu Quloba aytdi: «Odam alayhissalomdan to bu vaqtgacha sendan boshqa xalifa qolmabdur». Xalifa aytdi: «Tag‘i ziyoda qilg‘il». Abu Quloba aytdi: «Bu yer yuzida xalifa bo‘lsang ham bir kuni o‘larsan». Xalifa yana nasihat so‘radi. Zohid aytdi: - Agar Xudoi taolo sening bilan bo‘lsa nimadan qo‘rqarsan? Agar sening bilan bo‘lmasa, kimning panohiga sig‘inursan? Xalifa aytdi: «Degoning kifoyatdur». Sulaymon ibn Abdul Malik xalifa edi. Bir kuni andisha qildiki, bu olamning ne’matlaridan chindan bahramand bo‘ldim, qiyomat kuni holim ne kechgusidur? Ersa Abu Xozim Makkiy rahmatillohi alayhga ul zamonning olimu zohidlaridan edi, kishi yuborib aytdiki, «Iftor qilur taomdan menga jizya bersunlar». Abu Xozim ul odamga qurigan kepak nondan bir burda berib yubordi: «Mening iftorlik taomim ushbudir» dedi. Xalifa Sulaymon buni ko‘rib, bisyor yig‘ladi. Bu voqea ko‘ngliga ta’sir qilib, uch kun ro‘za tutdi va iftorda hech narsa yemadi. Uchinchi kecha boyagi qotgan kepak non birla iftorlik qildi. Aytibdurlarki. ul kecha xalifa xotini birla suhbat qildi. O’g‘li bo‘lg‘usi xalifa Abdul Aziz vujudga keldi. Va ondin Umar ibn Abdul Aziz vujudga keldiki, yagonai jahon erdi. Xalifa Umar ibn Abdul Azizning adolati va fazlu kamollari ul halol taom birla ta’yin debdurlar. Umar ibn Abdul Azizdan so‘radilarki: «Tavba qilmoqning sababi nedur?» Xalifa aytdi: «Bir kuni g‘ulomni (qulni qaysidir xatosi uchun) urdim». G’ulom aytdi: «Yod qilg‘il ul kechaniki, aning tongi qiyomat bo‘lg‘ay». Ersa, g‘ulomning bu so‘zlaridan tavbaga musharraf bo‘ldim». Buzurglardan biri Xorun ar-Rashidni ko‘rdiki, yalangayog‘ini qizigan toshga bosib turibdur. Aytadurki: «Ey, bori Xudoyo, sen podshohsan va men ojiz bandangman. Mening ishim shulki, har qadamimni bir gunox yuzasiga qo‘yurman va sening ishing ulki. har zamon afu va mag‘firat qilursan. Bas, menga rahm qilg‘il». Umar ibn Abdul Azizga bir kuni Abu Xozim aytdi, tuproq ustida yotg‘il va o‘lum xayolini boshingga takya (yastiq) qilg‘il. Va har nski. o‘lar vaqtda keraklidur, ani izlagim. Har ieki, o‘lar iaqtda ssnga ozurdalik (mashaqqat) keltirur, aiingdan yiroq bo‘lg‘ilki. o‘lim yaqindur». Bas. podshoh va amirlarga lozimdurki, bu nasihatlarni qulog‘iga olib, bu hikoyatlarni xotirlarida saqlag‘aylar va ulamolarning pand-nasig‘atlarini g‘animat bilg‘aylar. Va ulamolarga ham lozimduri, haq so‘zlarni podshohlarga bemalol aytgaylar va ularning ra’yiga borib, shariatga xilof ishlarga fatvo bermagaylarki, zolimning fisqu fasodlariga sherik bo‘lmag‘aylar. To‘qqizinchi qoida ulki, podshoh va amirlar o‘zi zulm va fasod qilmagaylar. O’ziga tobe’ amaldor va chokarlariga (xizmatchilariga) zulm fasodini man’ qilg‘aylarki, bularning zulmlarini qiyomat kuni podshohva umarodan so‘roq qilurlar. Umar ibn Xattob r.a. bir kuni (faqihlar yetakchisi. imom) Abu Muso al-Ash’ariyg‘a noma bitdi. Nomaning mazmuni shu ediki. «Ammo ba’d. ne baxt (saodatli) inson uldirki. ra’iyatparnar bo‘lgay ummol va chokarlar (xizmatchilarniig) xalqqa jabr-zulmini man’ etgay, toki ularning ra’iyatga jabr-zulmi sababli sen oxiratda halok bo‘lg‘aysan». Kitobda kelibdurki, sultonning xizmatkorlari qilgan har bir zulm sultonning zulmi hisoblanur va buning hisobini Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 220 berur. Bilg‘ilki, hech kishi mundan ziyonkor va bosiqliroq bo‘lmaski, o‘zining dini va oxiratini mol, dunyo uchun sotg‘an. Bas, hamma amaldor va chokarlar (xizmatchilar) dunyolik tama’ida xizmat qilurlar va oxiratda ularning qilgan zulm va fasodlarini podshohva amirlarning gardaniga qo‘yib, do‘zaxga yuborurlar. Va qaysi dushman bundan ulug‘roqki, o‘ziga anda dunyolikni ko‘zlab, seni halok qilishga uring‘ay. Bas, podshoh va umaroga lozimdurki, hamma ra’iyat ahvolida adolatga rioya qilg‘ay, amaldor va xizmatchilariga adolat qilishni buyurgaylar. Avvalo, o‘z badaniga adolat qilg‘ay (ya’ni, badanini do‘zax o‘tida kuyishiga yo‘l bermagay), akli va dilni shahvat va g‘azabining zulmidan asragay. Balki, shahvat va g‘azabini aqli va dilining askari qilg‘ayki, sof aql farishtalar javharidan va Haq taoloning lashkaridandur. Shahvat va g‘azab Iblisning lashkaridandur. Kimki Xudoi taoloning lashkarini bilsa, Iblis alayhi la’naning lashkariga asir bo‘lsa, xalqka qanday adolat qilg‘ay? Vaqtiki, adolat oftobi senda zuxur qilsa (balqib chiqsa), aning nuri avvalo axli baytingga (oilangg‘a) ta’sir qilur, so‘ng shu’oyi partavi (shu’lasi) raiyatni yoritay. Bas, oftob bo‘lmasa, shu’lasiga ko‘z tutmoq maholdir (mumkin emas). Kamoli aql uldurki, hamma ishlarning haqiqatini bilgaysan, haqni botildan farq qilg‘aysan. Mol-dunyodan maqsad ko‘p va lazzatli taomlarni yeyish-ichish emasdur. Ko‘p yeyish va ichish qayvonlarning ishidur. Yangi kiyimlar kiyib bezanish esa xotinlarga yarashur. Agar bir odam desaki, iqbolu davlatdan maqsad xalqqa qahr va g‘azab qilmoq va dushmandin o‘ch olmokdur, bu fikr xatodirki, o‘zgalarga ozor bermoqdarrandalar - vahshiy hayvonlarning sifatidur. Va aytsalarki davlat va iqboldan murod - xalqni senga xizmat qildirmokdur, bu gap axmoqlikdurki, o‘zlarini dono deb o‘ylovchi xizmatchi. mansabdorlar o‘z manfaatlari uchun xizmat qilurlar. Agar bir mansabdordan baxt-iqbol yuz o‘girib. boshqa bir mansabdorga kulib boqsa, avvalgining qo‘l ostidagi barcha xizmatchilar yangi boshliqqa yaxshi ko‘rinishga uriiib. sobiqboshlig‘ini unutarlar. Bas, oqil boshliq uldurki, barcha ishlarini adodat va xaqiqat bilan, oqibatini o‘ylab qilur. Oqibatini o‘ylamaydigan mansabdorni oqil va odil deb bo‘lmas, sababi - bularning borur joyi do‘zaxdur. Shu sababli, barcha yaxshiliklarning manbai aql-insof, adolatdur. O’ninchi qoida ulki, boshliqlarning ko‘pchiligi mutakabbir bo‘lur. Vaqtiki, qahr- g‘azabi oshsa, xayrli ishlari ham zoe’ bo‘lur. Buning odatlari va ilojlarini «Muxlikot» ruknida bayon qilurman, inshoolloh. Agar boshliqda takabburlik g‘olib bo‘lsa. u hamma xolatlarda sal xato qilgan xizmatchilariga afv va karam qilmoqni, bag‘rikenglikni odat va pesha qilg‘ay. Agar afv va karam, bag‘rikenglik qilsa, o‘zini anbiyolar, sahobalar va avliyolarga o‘xshatganidur. Agar takabburlik, qaho va g‘azab qilsa, darranda va chahorpolar (xayvonlar) qatoriga kirganidur. Hikoyatda kelibdurki, xalifa Abu Ja’far bir kishini o‘ldirmoqqa buyurdi, ul olam xalifa xaqida xiyonat qilib erdi. Muborak Fuzola rahmatillohi alayh h o z i r erdi aytdiki: « Y o amir al-mo‘miniyn. avval rasululloxning‘ so‘zlarini eshitgil, andin so‘ng o‘ltirgil». Xalifa so‘radi: «Nechuk so‘zlardur?» Muborak ibi Fuzola aytdi: «Hasan Basriy rahmatilloxi alayh rasululloxdan rivoyat qilibdur: Ul xazrat aytibdurki: qiyomat kuni xamma xalqni bir sahroda jam’ qilgandan keyin nido keldiki, «Xudoi taolo dargoxida kimning quvvati bo‘lsa o‘rnidan tursin!» Hech kim o‘rnidan qo‘zg‘alolmadi. Faqat bir kishi chiqdiki. dunyoda boshliq, rahbar eli unga xizmatchisi xiyonat va g‘iybat (zabondarozlik) qilgan edi. ul kishi uni afv qilgan edi, o‘sha odam o‘rnidan turdi» Bu so‘zlarni eshitib, Abu Ja’far haligi aybdorni o‘ltirmay, afv qildi. Iso alayhissalom aytdilarki, agar bir odam sendan shikoyat qilsa. rost aytgan bo‘lsa. shukr qilgil, chunki u odam seni yomon fe’lingdan qaytaribdur. Va agar yolg‘on aytgan bo‘lsa. uiing xayrli ikplarini uchirib. seiipg nomai a’molingga yozurlar. Rasul alayxissalom huzurida bir olamni tavsif qildilarki. «Bisyor quvvatli kishidur har |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling