«kimyoi saodat»
FASL Xizmatkorlar huquqi bayonida
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- OLTINCHI ASL Uzlatda (yolg‘izlikda) bo‘lmoq odoblari
FASL Xizmatkorlar huquqi bayonida Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolodan qo‘rqinglar. Qullar haqini ado qilinglarki, o‘zinglar yegan taomdan ularga yediringlar. Va o‘zinglar kiygan libosdan ularga kiydiringlar. Toqatlari yetmaydigan ishg‘a ularni buyurmanglar. Agar loyiq xizmat qilsalar, munosib taqdirlanglar va qadrlanglar. Agar ularning xizmati sizga ma’qul kelmasa, sotinglar. Xudo taoloning qullarig‘a azob qilmanglar. Xaqtaolo ularni sizlarga qul qilibdur. Sizlarni ularg‘a qul qilmag‘unig‘a shukr qilinglar». Sahobalardan biri aytdiki, «Yo rasulalloh! Har kuni qulni necha marotaba qilg‘on gunohini afu qilg‘aymiz?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Har kuni yetmish Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 190 marotaba qilg‘on gunohini afu qilinglar». Ahnaf bin Qaysdan (bir odam) so‘radi: «Kishining og‘irini muncha ko‘tarmakni kimdan o‘rgangansiz? Aytdi: «Qays bin Omirdanki, kanizagi qizdirilgan temirni yog‘ochda qisib ko‘tarib kelur erdi. Nogahon temir qo‘lidin tushib Qays bin Omirning farzandining ustiga tushib, bola halok bo‘ldi.-Kanizak azbaroyi qo‘rqqanidan behush bo‘lib yiqildi. Qays qichqirdiki, «Ey kanizak, qo‘rqmag‘ilki, sanda aslo gunoh yo‘kdur. Man sani azbaroyi (xudo uchun) ozod qildim», - dedi. Ulug‘lardan birlari har doim xizmatkorlari nofarmonlik qilsa aytur ediki, «Xojangni odatini qildingki, xojang ham xojasiga senga o‘xshash osiy bo‘ladur». Abu Mas’ud ansoriy roziyallohu anhu g‘ulomini (xizmatkorini) so‘kib (urib) turar edi, ovoz eshitdiki, «Yo Abu.Mas’ud!» deb. Qaradi, hazrati rasul alayhissalomni ko‘rdy. Ul zot: «Sen bu qulg‘a azob bermog‘ing‘din ko‘ra ham kuchliroq azoo berishga Alloh taolo qodirroqdir,» - dedilar. Bas, xojalikni haqqi ulki, qulig‘a kiyim, non va boshqa ovqatlarni o‘z vaqtida bergay. Va haqorat ko‘zi birla qaramagay. Bilgayki, qul ham xuddi o‘zig‘a o‘xshash odamdur. Agar xato qilsa, Haq taolo oldida o‘zi javob bergay. Ammo xojaning o‘zi xato qilmokdan chuqur andisha qilg‘ay. Agar g‘azabi kelsa, Haq taoloning g‘azabidin qo‘rqg‘ay. Rasul alayhissalom aytdilar: «Kishining xizmatkori xojasiga taom pishirsa, ul taomni xizmatkori bilan birga o‘tirib yegay. Va goho o‘z qo‘li bilan luqma olib, xizmatkorning og‘zig‘a solib, undan keyin o‘zi yegay. (Agar xizmatkor yeyishga tortinsa)». OLTINCHI ASL Uzlatda (yolg‘izlikda) bo‘lmoq odoblari Bilgilki, ulamolar ixtilof qilibdurlarki, uzlat (kishilardan chetlashish, yolg‘izlikni ixtiyor qilmoq) va go‘shanishin bo‘lmoq yaxshiroqmu yo xalqg‘a (odamlarga) aralashmoq yaxshiroqmudur? So‘fyon Savriy va Ibrohim Adham va Dovud Toiy va Fuzayl Ayoz va Xavos va Xuzayfa bin Iyso va Bishr Hofiy va boshqa muttaqiylar, aksari rahmatullohi alayh uzlat va go‘sha tutmoq fozilroq debdurlar. Va ulamoi zohiriydan jamoa ulug‘lar xalqg‘a aralashmoqni ortiqroq ko‘ribdurlar. Hazrati Umar roziyallohu anhu ayturlar: «Uzlatdan nasiba saqlag‘il». Va Ibn Sirin aytur: «Uzlat ibodatdur». Bir kishi Dovud Toiyg‘a dediki, «Menga nasihat bergil». Dovud aytdi: «Ro‘za tut, to o‘lmaguncha og‘iz ochmag‘il va xaloyikdan qochgil, to sherdan qochqondek». Hasan Basriy aytur: «Tavrotda ko‘rdim. Odamiki, qanoat qilsa, behojat bo‘lur va xalkdan uzilsa salomatlik topur va shahvatni past qilsa, ozod bo‘lur. Hasad qilmoqdan xalos bo‘lsa, muruvvati zohir bo‘lur va necha kun sabr qilsa, jovid (doimo, abadiy) bahramandlik va osoyishtaliqg‘a yetar». Vahb ibn al Vard aytur: «Uzlatga doir hikmat o‘ntadur. To‘qqizi xomushlikda (tilni tiyish va sukut etmaklik), o‘ninchisi xona va yolg‘izlikdur». Robe’ ibn Xaysom va Ibrohim Nahaiy ham ayturlarki, «Ilm o‘rgangil, xaloyiqdan go‘sha tutqil». Va Molik ibn Anas avval holda birodarlari ziyoratiga va bemorlar iyodatig‘a va janoza orqasidan borur edilar. Keyin bu ishlarni birin-birin tark qilib, xilvatda bo‘lur edilar. Fuzayl ibn Ayoz aytur: «Juda minnatdorman ul kishidankim, menga muloqot bo‘lib, salom qilmasa va kasal bo‘lsam, so‘ramasa». Sa’d bin Vaqqos va Sa’d bin Zayd sahobalarning ulug‘laridan edilar, roziyallohu anhum Madinaga yaqin Aqiq degan yerda manzil tutdilar. Jum’a namoziga keldilar, undan bo‘lak bormadilar to vafot Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 191 etgunlarig‘acha. Amirlardan biri Xotim Asam rahmatullox.i alayhg‘a aytdikim, «Xech hojating bormudir?» Aytdiki: «Bordur». Aytdiki: «Nima hojating bordur?» Xotim Asam aytdiki, «Minba’d msn sizni ko‘rmagayman va siz meni». Bilgilki, go‘shanishinlikda olti foyda bordur: Avvalg‘i foydasi - zikr va fikrni farog‘at birla qilmoqlikdurki, ibodatning ulug‘rog‘i Haq subhonahu va taoloning osmon va zamindagi ajoyib va g‘aroyib sun’i (san’ati) qudratlarini fikr qilmoq, dunyo va oxiratdagi asrorlarini tanimoqdur. Balki, hamma hikmatini Haq taolo zikrig‘a sarf qilmoq va Xudo azza va jalladan o‘zgadan g‘ofil bo‘lmoqtsur. Bas, bu ishlar uzlat va xonashinlikdan o‘zga birla rost (to‘g‘ri) kelmas. Alalxusus, kishiki, xalq orasida Xudoni yod etmoqg‘a qudrati yo‘qtur, ul kishi xilvatda bo‘lmog‘i yaxshirokdur. Anbiyo alayhimussalom bu tariqada edilar. Chunonchi, hazrati rasuli akram s.a.v. avval holda go‘shani ixtiyor qilib, xalqdan uzilib, Hirot tog‘iga borib, zikr va fikrg‘a mashg‘ul bo‘lgan edilar. To ul vaqtg‘achaki, nubuvvat nuri birla quvvati daraja topib, a’log‘a yetdilarki, tanlari xalq birla va ko‘ngillari xudo birla bo‘ldilar. Agar avliyolar ham bu darajag‘a yetsalar na ajab. Chunonchi, Sahl bin Tustariy rahmatullohi alayh aytur: «O’ttiz yildurki, Haq taolog‘a so‘zlarman. Xaloyiq gumon qilurki, xalqg‘a so‘zlar, deb». Bir bandaning ishqiga giriftor bo‘lish qiyin ish emas. Ishq- muhabbat g‘alabasidan xalqni so‘zi qulog‘iga kirmas va g‘ayrini ko‘zi ko‘rmas. Va lekin xalqg‘a aralashmoq bilan asror saklamoq mushkuldir. Bir zohiddan so‘radilarki, «Tanholiqg‘a nechuk sabr qilursen?» Aytdi: «Tanho emasman. Menga hamnishin Alloh taolodur. Agar men anga roz aytmoqni xohlasam, namoz o‘qirman. Ul manga roz aytmog‘ini ixtiyor qilsam «Qur’on» o‘qirman». Ulug‘lardan so‘radilarki, bu toifaga xilvatdan nima manfaat yetar? Aytdiki, «Uns bo Haq taolo». Ya’ni, Alloh taolo birla uns-do‘st bo‘lmoq, dedi. Hasan Basriyg‘a aytdilarki, «Falon yerda bir kishi bordur, xamisha tanho o‘tiradur». Ersa shayx Hasan uning oldiga bordilar. Aytdilarki, «Hamisha yolg‘uz o‘turursan, xalqg‘a nima uchun aralashmassan?» Aytdi: «Menga bir holate ro‘y beribdurki, odamlarga aralashmoqg‘a mone’dur». So‘radilarki, «Ul nechuk holatdur?» Aytdi: «Hech vaqt yo‘qturki, Haq taolodan menga ne’mate yetmagay. Va hech vaqt yo‘qturki, mendan Xaq taolo dargohig‘a gunoh o‘tmag‘ay. Ul ne’matlarg‘a shukr qilurman. Ul gunohlarga istig‘for aylarman. Na xalqg‘a aralashmoqg‘a qudrat va na yoru do‘stlarg‘a aralashmoqg‘a fursat yetgay». Shayx Hasan aytdi: «Bu holatni yaxshi saqlagilki, Hasandin olimroqdursen. Harim Xubbon bir kuni Uvays Qaroniy qoshig‘a bordi. Uvays dedi: «Nima ishg‘a kelding?» Xarim aytdi: «Soate san birla osoyish olg‘ali keldim. Uvays aytdi: «Hargiz bilmasmanki, Xudo taoloni tanigan odam undan o‘zga birla osoyish topg‘ay». Fuzayl Ayoz aytur: «Vaqtiki, shom bo‘lsa shod bo‘lurman. Aning uchunki, tong otquncha xilvatda Xudo taolo yodi birla bo‘lurman va subh ravshanlikni ko‘rsam g‘amgin bo‘lurman. Bu vajhtsanki, xalq meni mashg‘ul qilurlar». Molik Dinor aytur: «Kishikim Xudo taolog‘a munojot qilmoqni xaloyiq birla so‘zlashmoqtsan xo‘broq bilmabdur, ul kishining umri zoye’ va ilmdan bebahra va dili nobinodir (qalbi ko‘rdur). Xukamolardan birlari aytur: «Kimki ko‘nglida xaloyiqning oldiga bormoq va o‘tirishmoqni istasa, dili haqiqat siridan xolidur». Aytibdurlar, kishi xaloyiqqa uns-ulfati bordur, muflislar jumlasidandur. Lvvalo foyda ulki, uzlat sababidan bisyor gunohlardan xalos bo‘lur va to‘rt gunohdurki, xalqg‘a aralashsa undan xalos bo‘lolmas. Avvalo, g‘iybat qilmoq dinni halok qilur. Ikkinchi, Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 192 amri ma’ruf va nahiy munkarki, agar xalqni gunohdan man’ qilmasa, osiy va fosiq bo‘lur. Agar man’ qilsa, xusumat paydo bo‘lur. Uchinchi, riyo va nifoq odamlarg‘a aralashgandan bo‘lur. Agar odamlarg‘a madoro va muloyimatlik qilmasa, ko‘ngli og‘rir va agar qilsa riyodan xoli qolish mushkuldur. Agar ikki dushman orasida har birini xohishiga qarab so‘zlasa, yolg‘onchilik bo‘lur. Agar birining so‘zini rost desa, ikkinchisining dushmanligidan xalos bo‘lmas. Fuzayl Ayoz tanqo o‘tirur edi, bir kishi uning qoshig‘a keldi. Aytdilar: «Nima uchun kelding?» Ul kishi aytdi: «Saning diydoring birla osoyish topmoq va do‘stlashmoq uchun keldim». Fuzayl aytdi, «Bu so‘zingdan menga begonalik zohir bo‘ladurki, nechand yolg‘onni menga aytursan va men senga nechand yolg‘on aytmog‘im lozim kelgay. Yo sen kYettil, yo men turib ketay». Har kishi bu nav’ ishlardan xazar qilolsa, odamlarg‘a aralashmoq zarar qilmas. Hotam Asam bir kuni Homid Laffondan so‘radi: «Nechuksan?» Homid aytdi: «Salomat va ofiyatdadurman». Hotam aytdiki: «Seni salomatliging Sirot ko‘prigidan o‘tgandan keyin va ofiyatliging jannatga kirgandan keyin ma’lum bo‘lg‘usidur». Robe’ ibn Haysamdan so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdiki: «Za’if, gunohkorman. Haq taolo bergan kundalik rizqni yerman va ajal yetmagig‘a ko‘z tutib turarman». Abu Dardo’ roziyallohu anhuga aytdilarki, «Nechuksan?» Aytdiki: «Agar do‘zaxdan emin bo‘lsam, salomatdurman». Uvays Qaroniydan so‘radilar: «Nechuksan?» Aytdi: «Nechuk bo‘lg‘ay ul kishiki, umri dushvorlik birla o‘tgay va gunohi damdan damg‘a ziyoda bo‘lg‘ay?» Hakimiydin so‘radilar: «Nechuksan?». Aytdiki: «Xudo taoloning bergan kundalik rizqini yerman va Iblisning farmonini tutarman.». Muhammad bin Vose’dan so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdi: «Nechuk bo‘lur ul kishiki, har kuni oxiratg‘a yaqin bo‘lg‘ay, gunoh qilmoqg‘a dalerroq (botirroq) bo‘lg‘ay?» Hamid Laffondan so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdi: «Bir kun ofiyat va tinch bo‘lmoqni xohlarman. Aytdikim, «Holo ofiyatda emasmusan?» Aytdi: «Ofiyatda ul kuni bo‘lurmanki, mendan gunoh o‘tmagay». Ulug‘larning biridin holati naz’da (vafoti oldidan) so‘radilarki, «Nechuksan?» Aytdi, «Nechuk bo‘lur ul kishini holiki, uzoq safarg‘a borgay va zodi rohi (yo‘l ozig‘i) bo‘lmag‘ay va qorong‘u go‘rg‘a kirgay, mu’nisi bo‘lmag‘ay. Va podshohi odil huzurig‘a borgay, dalilu hujjati bo‘lmag‘ay». Ibn Sirin bir kishidan so‘radi: «Nechuksan?» Aytdiki, «Nechuk bo‘lg‘ay ul kishining holikim, besh yuz dirham qarzi bo‘lg‘ay, ayolmand bo‘lg‘ayki, nafaqa qilmoqg‘a hech narsasi bo‘lmag‘ay?» Ibn Sirin uyidan ming dirham pul chiqarib berdi. Aytdiki, «Qasam qildim mundan keyin kishining holini so‘ramoqg‘a». Ibn Sirinni qasami ani uchundirki, birodari mo‘‘minning holini so‘rab, xolig‘a yetmasa munofiqlikning alomatidur. Bilgilki, odamlarga aralashmoqdan zarar kelibdurki, har kishikim ani birla o‘tirib hamsuhbat bo‘lsa, ani sifati suhbatdoshiga o‘zi bilmagan holda ta’sir qilur. Masalan, axli ma’siyatg‘a aralashsa (gunoh ish qiluvchilar birla ulfat bo‘lsa) ko‘nglida gunohning urug‘i paydo bo‘lur. Agar axli dunyo (boylikka o‘ch kishilar) birla o‘tirsa, dunyoning hirsi uning qalbida ziyoda bo‘lur. Hosili kalom, odam, gunoh, ma’siyatni ko‘p ko‘raversa, ko‘nglidagi ul gunoh yomon ko‘rinmay qolur. Ul gunohni qilmoqg‘a rag‘bat paydo bo‘lur. Chunonchi bir olim abrishim (ipakdan) kiyim kiysa, ul olimni ayb qilurlar. g‘iybat qilmoq esa ipak kiyim kiygandan yomonroqdur. Balki zinodan qattiqrog‘dur. Bilgilki, ax/sh g‘aflat ahvolini zikr qilmoq xam ziyon qilur. Andog‘ki, sahobai rizvonallohi alayhim zikrlari foyda va manfaat qilur. Aning uchunki, sahobalarni zikr qilg‘on vaqtda rahmat yog‘ar va aqli g‘aflatni zikr qilg‘on vaqtda la’nat yog‘ar. Bu Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 193 sababdan hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Yomon do‘stlar badfe’l temirchiga o‘xshashdurki, agarchi kiyimingni kuydirmasa ham, qora qilur. Yaxshi hamnishin (yaxshi ulfatlar, odobli do‘stlar) go‘yoki attorg‘a o‘xshashdurki, agarchi ifor bermasa ham, xushbo‘yluq yetar». Xabarda kelibdur: «Kimning suhbati ko‘ngilni dunyodan sovutib, Haq taolo tarafig‘a moyil qilsa, ul kishining suhbatini g‘animat tutg‘il va ul kishining suhbatikim ko‘ngilni dunyog‘a moyil qilib, Haq taolodan g‘ofil qilsa, undan hazar qilmoq kerak». Alalxusus, olimki, aytur so‘zi va qilur ishi muvofiq bo‘lmasa, undan qazar qilmoq yaxshidur. Odamlarni gunoq qilmoqva harom yemakg‘a daler (dadil) qilur. Balki gunohga daler qilg‘uvchi ul kishiki, olimliq birla shuhrat topg‘ay va lekin haqiqatdan hech xabari bo‘lmagay. Uchinchi foyda ulki, hech bir shaqar fitna va xusumatdan xoli bo‘lmas. Kishi go‘shanishin bo‘lsa fitna va xusumatdan xoli bo‘lur. Abdullox ibn Mas’ud roziyalloxu anhu Hazrati Rasul alayhissalomdan rivoyat qilur: «Musulmonlarga andog‘ zamona kelurkim, dini islomlarini salomat saklayolmaslar, Magarki, sherdan qochg‘on tulki kabi, odamlar yerdan yerg‘a, dala-dashtlarga qochib, dinlarini salomat saklarlar». Sahobalar arz qildilarki, «Yo rasulalloh, ul zamona qaysi vaqtda bo‘lur?» Aytdilar, «Ul vaqtda bo‘lurki, ma’ishatni (kundalik ro‘zg‘or tebratishni) ma’siyatsiz (gunohsiz) qo‘lg‘a kelturgali bo‘lmas. Bas, bu vaqtlarda xotin olmagan yaxshirokdur». Sahobalar aytdilarki, «Bizlarni nima uchun xotin olmoqg‘a farmon qilursiz?» Onhazrat alayhissalom aytdilarki, «Ul vakxda eranlarning halok bo‘lmog‘i ota-onasi va axli ayoli qo‘lida bo‘lur». Aytdilarky, «Rasulalloh, bu nechuk voqeadur?» Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Tangdastlik va kambag‘allikka malomat qilurlar va toat qilmoqg‘a yetgulik ozgina ovqatga ko‘nmaslar. Nochor ul kishi o‘zini halokatg‘a tashlar». Bu hadis agarchi g‘arib hadis borasidandur va lekin go‘shanishinlikni ma’qullashga ochiq-oydin dalolat qilur. Bilgilki, Rasul alayhissalom va’da bergan zamonadan necha muddat o‘tubdurki, Sufyoni Savriy o‘z zamonlarida aytibdurlar. «Vallohi la qad hallatil g‘urubat, ya’ni: Qasam Xudogaki, xotin olmaslik bu vaqtda halol bo‘ldi». To‘rtinchi foyda ulki, xalqning sharridan (yomonligidan) emin bo‘lur va xalq orasida bo‘lsa, g‘iybat va badgumonlikdan va shubhali taomdan xoli bo‘lmas. Kambag‘allardan biri hamisha go‘ristonda yolg‘iz bo‘lur edi. So‘radilarki, nima uchun mundog‘ qilursan? Aytdiki, salomat bo‘lmoqg‘a tanholikdan bo‘lak chora topmadim. Go‘rdan xo‘broq va’ize (nasihatchi) topmadim va kitobdan yaxshiroq munis (do‘st) topmadim. Beshinchi foyda ulki, odamlarning tama’sidan va ham odamlar buning ta’masidan xoli bo‘lurlar. Bas, ta’madin nechand ranj va ma’siyat paydo bo‘lur. Chunonchi kishi axli dunyoni ko‘rsa, bunda ham boylik-dunyo hirsi paydo bo‘larki, tama’ hirsning tobe’idur. Xorlik esa ta’madan paydo bo‘lg‘usidur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kimning dunyoliqlari ziyoda bo‘lsa, aning birla hamsuhbat bo‘lmanglar, Xudo taoloni sizlarga bergan ne’mati ko‘zinglarga oz va haqir ko‘rinur. Bu sababdan kufroni ne’mat qilg‘on bo‘lursizlar va agar ulardek dunyo-boylik topmoqning sa’yida bo‘lsanglar, oxiratlikdan mahrum qolursizlar». Oltinchi foyda ulki, ahmoq va johillarni ko‘rmakdan, tabiatingizga og‘irlik va malollik yetadurg‘on toifalarning diydoridan xalos bo‘lursizlar. A’mash roziyallohu anhudan so‘radilar, «Ko‘zing nima sababdan kasal bo‘ldi?» U: «Ahmoklarga qaragandan bu kasalga giriftor bo‘ldim» deb javob berdi. Jolinus aytur: «Badan kasal bo‘lg‘ong‘a o‘xshash, jon ham kasal bo‘lur. Jonning kasal bo‘lgani ahmoqparni ko‘p ko‘rishdandur (Ahmoklar doimo asabni buzadi). Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 194 FASL Uzlatning ofatlari bayonida Ya’ni, go‘shanishinlik ofatlarining bayonida. Bilgilki, ancha dunyo va oxiratlik ishlardan bordurki, to odamlarga aralashmaguncha hosil bo‘lmas va xilvatda bo‘lmoq birla bu ishlar qo‘ldan kelmas. Bu olti ofatdur: Avvalg‘i ofat - ilm o‘rganmakdan mahrum qolur. Bilgilki, kishi farz ilm o‘rganmokdan benasib bo‘lsa, go‘shanishin bo‘lmog‘i haromdur. Agar farz ilmini o‘rganib, o‘zga ilmni o‘rganmagan bo‘lsa va fahm qilolmasa ul kishig‘a ibodat uchun xilvatda bo‘lmog‘i ravodur. Agar ulumi shar’iyni tamom o‘rganmakka qudrati bo‘lib, ilm o‘rganmay, xilvatnishin bo‘lsa, chandon gunoh va xarobliqg‘a sabab bo‘lg‘usidur. Chunonchi, kishi ilm o‘rganmay xilvatni ixtiyor qilsa, aksar vaqti uyquda va bekorlik va parokanda xayol birla zoye’ bo‘lur. Ilmda tamom va mukammal bo‘lmaguncha ibodatda g‘urur va makrdan xoli bo‘lmas. Aqidada andishai botildan xoli bo‘lmas. Agar Haq taoloning zot va sifotlarida aqidai botil qilsa, kufrg‘a yetkurur. Hosili kalom, xilvatnishin bo‘lmoqg‘a ulamolar loyiqdir va avomg‘a munosib emas. Hazrati Iso alayhissalom aytibdurlar: «Kishi ilm o‘rgansa, ul ilmga amal qilib, kishig‘a o‘rgatsa, ul kishini olami malakutda farishtalar a’zam atarlar». Bas, xilvatnishin bo‘lg‘ondan dars bermoq yaxshiroqdur. Basharti, dars beruvchi va o‘qig‘uvchining maqsudi din va uning ravnaqi uchun bo‘lsa, mansab va mol talabida bo‘lmasa, bas, ul ilmni o‘rgatg‘aykim, mol-dunyodan ko‘ngil sovutg‘ay va oxiratliqg‘a targ‘ib qilg‘ay. Chunonchi, ilmi qadis va ilmi tafsirki, hamma musulmonlarg‘a manfaati bisyordur. Bu tariqada ilm o‘rganmak uzlatdan chandon ortiqroqdur. Kishikim, ilmi hadis va ilmi tafsir o‘qimoq birla izzu joh talabi ko‘nglida g‘olib bo‘lsa, tahsilni tark qilg‘ay. Bu vajhdanki, agarchi, xalqg‘a aning ilmidan manfaatlar yetar, ammo o‘zining halokatig‘a sabab bo‘lg‘usidur. Chunonchi, rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo azza va jalla aytur: dini islomga ul toifa nusrat berurki, o‘zig‘a undan hech nasiba yo‘qtur. Ularning misoli sha’mg‘a o‘xshashdurki, uningdan xonalar ravshan bo‘lur, ammo o‘zi kuyib o‘rtanur». Bishr Hofiy rahmatullohi alayh hadis kitoblaridan yetti bob yod olib, rivoyat qilur edilar. Keyin ul kitobni yerga ko‘mib, hadis rivoyat qilmadi. Aytdiki: «Ul sababdan rivoyat qilmasmanki, rivoyat qilmoqning g‘ururini ko‘nglumda toparman va agar xomush bo‘lmoqning zavqi g‘olib bo‘lsa edi, rivoyat qilur edim». Hazrati Ali roziyallohu anhu o‘tib borur edilar, ko‘rdilarki, bir kishi kursi uzra o‘tirib, va’z aytadur. Aytdilarki: «I’rifuniy» Hazrati Umar roziyallohu anhudan bir kishi subhdan bomdodg‘acha va’z aytishga ijozat so‘radi. Hazrati Umar dastur (ruxsat) bermadilar. Ul kishi aytdiki, xalqg‘a pand-nasihat qilmoqni man’ qilurmisiz? Aytdilar: «Oriy, qo‘rqamanki, senda chandon takabburlik va mag‘rurlanish paydo bo‘lg‘ay». Robi’ai Adaviiya Sufyong‘a aytdi: «Yaxshi kishisan, agar ko‘nglingda dunyoni muhabbati bo‘lmasa edi». Sufyon aytdi: «Nimani do‘st tutibman?» Robi’a aytdi: «Hadis rivoyat qilmoqni do‘st tutarsan». (Bu o‘rinda Robi’aning so‘zi bahsli, chunki roviylik savobdur). Bilgilki, osiy va johillar olimlarni majlis va darsda ko‘rsalar, mol va joh talabida bu ishlarni qilurlar deb gumoni bad qilg‘aylar. Balki, olimlar har amal qilsalar, ba- rizoyi Xudo qilurlar deb aqida qilmoq vojibdur. Bu so‘zni aning uchun kelturdimki, osiylarning hamoqati (ahmoqligi) kasofati tufaylidan allomalarg‘a behurmatlik qilib halok bo‘lmagay erdilar. Ikkinchi ofat ulki, manfaat olmoq va elga foyda yetkurmoqdan mahrum qolur. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 195 Kasb va hunar qilmoq xalqga aralashmaguncha qo‘lga kirmas. Kishi ayolmand bo‘lsa, kasb qilmay xilvatnishin bo‘lmog‘i durust emas. Bu vajhdanki, ahli ayolini xor qilmoq gunohi kabira jumlasidandur. Agar kifoyat qilg‘unchalik moli bo‘lsa va ayolmand bo‘lmasa uzlat yaxshidur. Ammo elga manfaat yetkurmoq, sadaqa bermoq va axli hojatini ravo qilmoq uzlatdan yaxshiroqtsur. Agar uzlatda ibodati zohiridan o‘zgaga mashg‘ul bo‘lmasa, andin kasbi halol qilib, sadaqa bergani yaxshi. Shul ish fozilroqdur. Agar botiniy dili kushoda bo‘lib, Xudoi taoloning ma’rifati va zikri-fikriga uns-ulfatlik hosil bo‘lsa, hamma sadaqalardan fozilrokdur va jam’i ibodatdan maqsud ushbudur. Uchinchi ofat ulki, yolg‘iz yashovchi kishi odamlardan yetadigan alam, kamsitilish va kulfatga sabr qilmoq savobidin mahrum qolurki, yaxshi xulq hosil qilmoq hamma ibodatning aslidur. Bu ishlar odamlarga aralashmaguncha rost kelmas. Bas, yaxshi xulq sabr qilmoq va so‘fiylarga,xizmat qilmoq birla hosil bo‘lur. Kishidan bir nimarsa tilamak birla kibru naxvati sinar (Takabbur odam kishilardan biron masalani so‘rashga or qiladi). Yana so‘fiylarga nafaqa bermoq birla baxillikdan xalos bo‘lur va xalqning oxirini ko‘tarmak birla badxulk/shkdan xalos bo‘lur. So‘fiylarga xizmat qilmoq birla duo va barakot hosil qilur. To‘rtinchi ofat ulki, xilvatda vasvosa g‘olib bo‘lib, dilg‘a futur yetar. Zikrga malol yetar. To xalqg‘a munosabat qilmaguncha futur daf’ bo‘lmas. Ibn Abbos roziyalloxu anhu aytur: «Dilni rohatidan bir yo‘la judo qilmag‘il, dil nobino bo‘lur. Bas, har kuni bir soat bir kishi birla ulfatchilik qilg‘ilki, dilning nashoti (shodligi) ziyoda bo‘lg‘ay. Va lekin andog‘ kishi birla hamsuhbat bo‘lg‘ilki, mol- dunyodan ko‘ngil sovutg‘ay va oxirat ishig‘a targ‘ib qilg‘ay». Ammo axli g‘aflat birla bir soat bo‘lmoqlik ziyonkordur. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: har kishi do‘sti va ulfatining sifati qanday bo‘lsa, bul ham xuddi o‘shandoq sifatga ega bo‘lur. Beshinchi ofat ulki, kasal ko‘rmoq, vafot etganlarning janozasida ishtirok etmoq, mehmondorliqg‘a bormoq, tahniyat (qutlash, tabriklash) va ta’ziya izhor qilmoq savobidan mahrum qolur. Bas, kishiki, musulmonlar huquqini ado qilmoq savobini ixtiyor qilsa, xalq orasida bo‘lmog‘i yaxshirokdur. Agar bu huquqparni ado qilolmasa, xilvat yaxshiroqdur. Oltinchi ofat ulki, xalqga aralashmoq va ular haqqin bajo keltirmoq tavoze’ jumlasidandur. Xilvatnishin bo‘lmoq nav’i takabburdandur. Bas, har kishiki xilvatni takabburlikdan ixtiyor qilibdur, ko‘rqarki, xalq aro bo‘lsam, izzat qilmaslar va yo ilmu amaldagi nuqsonimdan voqif bo‘lurlar, deb xilvatni ixtiyor qilur, bu nav’ xilvat ayni nifoqdur. Bilgilki, Xudo taolo uchun xilvatnishin bo‘lg‘onning ikki nishonasi bordur: biri ulki, zikr va fikr, yo ilm va amaldan o‘zga hech ishg‘a mashg‘ul bo‘lmas. Ikkinchi ulki, xalqani qoshig‘a kelishini xohlamas. Abul Hasan Hotamiy Tusning xojalaridan erdi. Shayx Abulqosim Gurgoniyning ziyoratig‘a keldi. Aytdiki: «Ey shayx, xizmatingizga bot-bot kelolmadim, ma’zur tuting». Shayx aytdi: «Ey xoja, uzr aytmag‘ilki, xalq birovlar kelganidan minnatdor bo‘lsalar, men kelmaganidan minnatdor bo‘lurman». Bir amir Hotam Asamning xizmatig‘a keldi. Aytdiki: «Nima hojating bor?» Hotam aytdiki: «Sen meni ko‘rmagaysan va men seni». Bas, xilvatnishin bo‘lmoqning foydasi va ofatlari filjumla bayon qilindi. Har kishi o‘z holini sarhisob qilib, xilvat va yo ixtilotni (odamlarga aralashishni) ixtiyor qilg‘ay. Odobi uzlat shulki, kishi xilvatni ixtiyor qilsa, bu niyatni qilg‘ayki, sirini odamlarga oshkora qilmag‘ay. Haq taoloning ibodati birla farog‘at topg‘ay va hech vaqtda bekor bo‘lmagay. Balki zikr va fikr, ilm va amalg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay va begonani o‘z xilvatig‘a yo‘latmagay va xaloyiq ahvolini so‘ramag‘ayki, eshitilgan xabardan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling