«kimyoi saodat»


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35

www.ziyouz.com кутубхонаси 
170
tavsaniga (sho‘x, o‘ynoqi otga) minib, bir rang va bir sifatlik maydonida javlon 
ko‘rguzurlar. 
Yahyo ibn Muozdan hikoyat qilurlarki, doru yeb edi, xotini aytdiki, «Uy ichida bir 
necha qadam yursangiz. toki doruning quvvati tomirlaringizga tarqagay». Yahyo 
dediki, «Bu yurmoqda hech vajh topmasmen, o‘ttuz yildurki, o‘zimlan o‘zim qisob 
olurmenki, din va mazhab ishidan bo‘lak nimarsaga aslo harakat qilg‘onim 
yo‘qtur». 
Bas, bu qavm o‘z ishidin o‘zga narsaga harakat qilmas va agar taom yesa, ul 
miqtsor yerlarki, aql, hayot o‘z joyida turgay va ibodatga quvvat topqay. Agar 
so‘zlasalar ani so‘zlarki, din va mazhabga yordam bergay va mundan o‘zga 
narsalarni o‘zlariga harom qilg‘ondurlar. Ushbudur muqarrab taqvodorlar pokliklari. 
Xabarda kelibdurki, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Haloyiqning 
yomonrog‘i ul qavmdurki. ne’mat uchun badanlarini rost tutarlar, ranggo-rang liboslar 
kiyarlar va turli turli taomlar yerlar, andin keyin og‘izlarini ocharlar. haqoyiq va 
maorifdin dam urarlar». Haq taolo bizlarni bu toifalar fitnasidan saqlagay, inshoalloq 
taolo. 
 
FASL 
Halol va haromni ajratish bayonida 
 
Ba’zilar gumon qilibdur, dunyo molining hammasi haromdur va yo ko‘pi haromdur. Ul 
toifaki, ehtiyoti taqvo-poklik ularg‘a g‘olibroqdur, ayturlar, hech nimarsa yemasmiz, 
magar dashtlar giyohi va baliq go‘shti va sayd(ov) go‘shti. Yana ba’zilar ayturlarki, 
dunyo ne’matidan yemak durust emas, magar ba-qadari zarurat, har qaysi qismdan 
yemak durustdur. Bu nav’i aqidalar hammasi xatodur. Balki do‘rusti uldurki, halol va 
harom va shubhat (gumonli) hammasi shar’i sharif (shariat ahkomlari) birla farqliq va 
ma’lumdur. Bularning farqini kitobi «Ihyo»da dalillari birla zikr qildim. Shar’i 
sharifdan tashqari taqvo qilurmen demaklik bid’atdur. 
Rasul alayhissalom kofirning ibriqida (obdasta-tahorat oladigan idish) tahorat oldilar 
va qazrati Umar r.a. tarso xotinining sabusidan (kuvacha) suv olib, tahorat 
qildilar. Sahoba rizvonallohi taolo anhum ajma’in har shaharg‘a borsalar, taom 
sotib olur edilar va muomala qilur edilar. Bovujudi ular zamonida ham 
chag‘irfurushlar (mast qiladigan ichimliklarni sotuvchilar) bor edi. Dunyo 
molidan qo‘l yig‘mas edilar va hammani barobar ko‘rmas edilar. 
Bilgilki. xaloyiq (tabiatan) olti turlidir: 
Avvalg‘i nav’, kishi ahvoli salohi va fasodi ma’lum bo‘lmasa, ani birla muomala qilmoq 
durustdur. Chunonchi bir kimsa shaxarda g‘arib bo‘lsa, xar kishidan taom olmog‘i va 
muomala qilmog‘i durustdur va agar ahli salohni izlab muomala qilsa, taqvodorlar 
jumlasidandur. 
Ikkinchi turi, kishi salohi ma’lum bo‘lsa, aning taomini yemak ravodur. Tavaqquf 
qilmoq taqvodan emasdur. Balki vasvasadandur. Agar tavaqquf qilg‘ondan ul ranjur bo‘lsa, 
kishini ranjitmoq haromdur. 
Uchinchi toifa kishiki, zolimlig‘i ma’lum bo‘lsa, aning taomi va molidan hazar qilmoq 
vojibdur. 
To‘rtinchi nav’ kishiki, ko‘proq moli haloldur va lekin haromdan ham xoli emas, bu tariqa 
kishining taomi va moli haloldur va lekin hazar qilmoq taqvoning muhimlarilandur. Abdulloh 
Muborakning vakili Basra shahrig‘a savdog‘a borib edi, noma yubordiki, Basrada tamom 
xalq podshohning molidan savdo qilur ekan. Bular birla muomala qilmoq nechukdur? 
Abdulloh. Muborak javob bitdiki, «Agar podshohdan bo‘lak kishidan savdo qilmasalar, 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
171
sen muomala qilmagil. Agar sultondan o‘zga birla ham muomalalari bo‘lsa, ular birla 
muomala qilmoq ravodur». 
Beshinchi nav’ ul kishiki, zulmi ma’lum bo‘lmasa va molini ham halol va haromlig‘i 
bilinmasa va lekin zolimliq alomati bilinsa, uning molidin hazar qilmoq vojibdur. 
Oltinchi nav’, kishining zulm alomati bilinmasa va lekin fisqi ma’lum bo‘lsa, 
chunonchi, sharob ichmak va nomahramga qaramoq ishlari bo‘lsa, uning molidan hazar 
qilmoq vojib emasdurkim, bu ishlari (iymoni zaiflik, lekin) molini harom qilmas. 
 
FASL 
Podshohlar birla sozish (husni xulq bilan yaxshi muomala) qilmoq bayonida 
 
Bilgilki, podshohlarning musulmonlar xarajatidan rishva (pora) olg‘on mollari tamom 
haromdur va podshoxlar qo‘lidagi moldan uch qism mol haloldur: 
Avvalgi qism, molini kofirlardan jang bilan olg‘an bo‘lsa. (Urush vaqtida tinch aholidan 
zo‘rlab olish haromdir). 
Ikkinchi, jizya, zimmiylardan (musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dindagi 
kishilardan jon boshiga olinadigan soliq) hukmi shar’iy olg‘aylar. 
Uchinchi, meros oladigan kishisi yo‘qlarning moliki. Baytul-molg‘a olurlar, haloldur. 
Mundan o‘zga (yana) hukmi shariat bilan to‘plangan mollar haloldur. 
Bilgilki, ulamo va g‘ayri ulamoning podshox va umarolar birla uch qoli bordur: 
Avvalgi holi buki. na bular podshohga yaqin bo‘lg‘ay va na podshohlar bularg‘a. Bas, 
din va mazhabning salomatligi muningdadur. 
Ikkinchi hol, podshoxlarg‘a yaqin bo‘lmoq va salom qilmoq mazmumdur (yaxshi 
emas). Magar zarurat bo‘lsa durustdur. Hazrati rasul alayhissalom zolim umaro 
(amirlar)ning sifatlarini bayon qilibdurlarki. kishi ulardan yiroq bo‘libdur, xalosliq 
topibdur. Kishi ularg‘a vobasta bo‘libdur, ulardandur. Aytibdurlar: «Mundan keyin 
podshohi zolimlar paydo bo‘lur. Kishi ularning yolg‘on so‘zlarini rost deb va 
zulmlarig‘a rozi bo‘lsa, mening ummatim emas. Qiyomat kuni havzi kavsar 
ayga nasib bo‘lmas». 
Va yana aytibdurlar: Ulamolarning Haq taolo nazdida yomonrog‘i va dushmanrog‘i 
uldurki, amirlarg‘a mulozim bo‘lg‘aylar. Va yana aytibdurlar, ulamo 
payg‘ambarlarning omonatdoridurlar (ishonchli odamlari). Vaqtiki, amirlarg‘a mulozim 
bo‘lsalar, omonatga xiyonat qilg‘on bo‘lurlarki, ulardan hazar qilmoq kerak. Abu 
Zarr r.a. aytur: «Yiroq bo‘linglar podshohlar mulozimatidan. Do‘zaxda bir vodiy 
bordurki, ul vodiyg‘a podshohlarg‘a mulozim bo‘lg‘on ulamolardan o‘zga kishi 
kirmas». Muhammad ibn Salama aytur, «Tabaq uzasig‘a qo‘ngan chivin, podshoq 
dargohidagi olimdan yaxshiroqdur». Xullas kalom, (zolimlarga) mulozamatdan hazar 
qilmoq kerak. Agar podshoh va amirlar huzurig‘a kirsa, bu tariqa duo qilg‘ay: 
«Aslahakalillohu va vaffaqaka - Alloxu li hayroti va tavval Allohu umraka fi toati». 
(Insof, tavfiq tilash). Bas, bilgilki ulamolarga zolimlarning dargoqig‘a 
-  ruxsat yo‘qtur. Magar ikki uzr birla bormoq ravodur. Avvalg‘i uzr buki, podshohdan 
kelmakka farmon bo‘lsa va agar kelmasa ranj va alam yetsa borgay. 
Ikkinchi uzr buki o‘zining hojati bo‘lsa va yo bir musulmonning hojatini ravo 
qilmoq uchun borsa ravodur. Ba-sharti, yolg‘on aytmasa va xushomad qilmasa. 
Ammo podshoh va amirlar ulamolar ziyoratig‘a kelsa, ularga ikrom va izzat qilmog‘i 
ravodur. Podshohlar kelmagi ilmning ikrom va izzatidur. Agar podshohning g‘azab 
va siyosatidin emin bo‘lsa, o‘rnidan turmagani yaxshiroqdur. Vaqtiki podshoh o‘tirsa, 
anga nasihat qilmoq vojibdur. Bu tariqa birlaki, zulm va fisqning haromligini va 
dunyo ne’matining azobig‘a arzimas ekanligini bayon qilg‘ay. Agar musulmonlarga 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
172
manfaat bo‘lur ishni bilsa ani aytg‘ay. 
Muqotil ibn Solih aytur: «Hammod ibn Salamaning qoshida edimki, aning uyida 
Qur’oni majid va bo‘yradan o‘zga hech narsa yo‘q edi. Muhammad ibn Sulaymonki, 
bul vak^ningxalifasi edi, Hammodni ko‘rgali keldi. Uyiga kirib o‘tirdi. Xalifa aytdi: «Ne 
sababdurki, har bora seni ko‘rsam ichim pur haybatga to‘ladur». Hammod ibn Salama 
aytdi, «Ul jihatdandurkk, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar, ul olimki, ilmdan 
maqsudi Xudo taolo bo‘lsa, hamma xalq aningdan qo‘rqar. Agar maqsudi dunyo 
bo‘lsa, ul hamma kishidan qo‘rqar». Xalifa qirq ming dirham niyoz qo‘ydi. Hammod 
dediki, «Olg‘il, muni egasig‘a bergil». Xalifa savgand yod (qasam) qildikim, «Mol 
merosimdandur». Hammod dediki, «Mani munga hojatim yo‘qtur». Xalifa dediki, 
«Fuqarog‘a topshirg‘il». Hammod dedi: «Men adl birla taqsim qilsam, ba’zi kishi 
insof qilmadi desa, gunohkor bo‘lur. Bu ishni ham lozim tutmasmen» deb qabul 
qilmadi. 
 
FASL 
Ulamoning podshohlar mulozamatig‘a bormog‘i bayonida 
 
Avvalgi ulamolar holi ushbudur. Agar podshoh qoshig‘a borsa Tovus Hishomg‘a 
qilg‘ondek muomala qilg‘ay. Andog‘kim, Hishom ibn Abdumalik xalifa erdi. Madinai 
Munavvarag‘a keldi va dedikim, «Sahobalardan kishi topib qoshimg‘a kelturinglar». 
Dedilarkim «Hammalari vafot qilganlar». Aytdikim, «Tobe’iyn bo‘lsa, kelturgil». 
Tovus r.a.ni keltirdilar. Uyga kirib, kafshni xonada gilamga qo‘yib, «Assalomu 
alaykum, yo Hishom» dedi va o‘tirdi. Hishom g‘azabnok bo‘ldi. Kdsd qildikim, 
halok hilg‘ay. 
Dedilarki, «Ey, xalifa, sabr qilg‘il. Bu kishi rasul alayhissalom izdoshlari va 
ulamolarning ulug‘laridandur». Xalifa aytdi, «Ey, Tovus! Nechuk dalerliqdur?» Tovus 
aytdi, «Nima qildim?» Hishom tag‘i ham g‘azabnok bo‘lib, dedi: «To‘rt tarki adab 
qilding. Biri ulki, kafshni bisotim uzasida soldingki, podshoxlar huzurida kafsh 
yechmoq aybdur. Ikkinchi ulki, amiral-mo‘‘minin deb kuniyat birla zikr qilmay, otimni 
tutib salom qilding. Uchinchi, mendan ruxsatsiz, o‘tiring, demaguncha o‘tirding. 
To‘rtinchi ulki, qo‘limni o‘pmading. 
Tovus aytdiki, «Sening qoshingda bir navbat kafshimni yechdim. Hazrati Rabbul-
izzatkim, hamma olamni Xudovandi davroni huzurida xar kuni besh navbat 
kafshimni yechurmen, menga hech g‘azab qilmas. Va amiral-mo‘‘minin demasligim 
bu vajhdandurkim, sening amirligingga hamma musulmonlar rozi emastur, aytsam 
yolg‘onchi bo‘lg‘aymen. Va kuniyat birla atamay, otingni aytganimni vajhi buki, Haq 
taolo o‘z do‘stlarini otini  aytib yod qilibdur. Chunonchi aytibdur, «Yo Dovud, yo 
Yahyo va yo Iyso» deb. Dushmanlarini esa kuniyat birla zikr qilibdur. Chunonchi 
«Tabbat yada Abiy Lahabin» deb. Qo‘lingni bo‘sa qilmag‘onimni vajhi buki, qazrati 
amiral-mo‘‘minin Ali karramallohu vajhadan eshitibdurmenki, «Hech bir kishining 
qo‘lini o‘pmoq durust ermas, magar xotinini qo‘lig‘a shahvat birla bo‘sa qilsa va 
farzandini qo‘lig‘a marhamat birla bo‘sa qilsa ravodur. Qoshingda o‘tirmog‘imning 
sababi - hazrati Ali karramallohu vajhadin eshitib erdim, aytib edilarki, «Agar axdi 
do‘zaxni ko‘ray desanglar, ul kishini ko‘ringlarki, o‘zi o‘tirgay va qoshidagilar tikka 
turgay». 
Xalifa Hishomga bu so‘zlar xush keldi. Aytdikim, menga nasihat qilg‘il. Tovus 
aytdi: «Hazrati amiral-mo‘‘minin Ali karramallohu vajhadin eshitib edim, aytib edilar
«Do‘zaxda ilonlar bordur. Har birining kattaligi baland tog‘lardek va chayonlar 
bordurki, har birining kattaligi zo‘r tuyalardek. Raiyyatga, qo‘l ostidagi xalqqa adolat 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
173
qilmag‘on podshoh va umarolarg‘a muntazirdur» deb, turib chiqib ketdi. 
Sulaymon ibn Abdumalik Madinada xalifa edi. Abu Hozim rahmatullohi alayhni chaqirib, 
so‘radiki, sabab nadurki, o‘limki karih - yomon ko‘ramiz? Abu Hozim aytdi: «Ul 
sababdanki, dunyolig‘imiz obod va oxiratligimiz xarobdur. Har kishiii obodlig‘dan 
xarobliqqa eltsalar ranjur va alamnok bo‘lur». Xalifa aytdi: «Haq taolo dargohiga 
borgan xaloyiqning ahvoli nechuk bo‘lg‘usidur?» Abu Hozim dedi: «Nekukorlar (yaxshi 
odamlar) ahvoli safardan ahli ayoli qoshig‘a shod va xurram kelgan kishig‘a o‘xshashdur. 
Badkorlar holi qochgan qulga o‘xsharkim, xo‘jasiniig qoshig‘a qahr va siyosat birla 
keltirgaylar». 
Sulaymon ibn Abdumalik aytdi: «Koshki, men o‘z holimni bilgay erdimki, 
nechuk bo‘lg‘usidur?» Abu Xozim aytdi, «Qur’on o‘qig‘il, bilg‘aysen. Andoqki, Xudo 
taolo xabar berur. Qavluhu taolo: 
 
«Innal abrora lafiy Na’imin va innal-fujjora lafiy Jahiym». (Infshpor, 13-14). 
 
Oyat tafsiri: «Haq va rostdur amali solih qiluvchilar jannat ichra anvoi ne’matlardin 
bahramand va hech shak-shubha yo‘qdurki, gunoh qiluvchilar do‘zax ichra turluk azobg‘a 
giriftordur». 
 Xalifa Sulaymon so‘radi: «Haq taoloning rahmati qayondur?» 
Abu Hozim aytdi: 
 
«Inna rahmatallohi qariybun minal-muhsiniyn». (A’rof. 56). 
 
Ya’ni, Haq taoloning rahmati yaxshi ehson qiluvchilarga yaqindir. 
 
Bas, ulamolarning podshohlar birla so‘zlar so‘zi bu tariqada. Ammo dunyoviy 
ulamolar podshoh va amirlarga xush kelur so‘zlarni derlar. Dinlari barbod bo‘lgani bilan 
ishlari bo‘lmas. 
Na’uzu billohi min shururi anfusino va min sayyioti a’molino. 
Ya’ni: Iloho, nafslarimiz otashidan va ishlarimiz xomligidan bizni asragil. 
Bas, har suratda bo‘lsa zolimlarni ko‘rmagani va ular birla aralashmagani 
yaxshiroqdur. Hazrati rasul alayhissalom ayturlar: «Mening ishim hamisha hazrati 
Haq subhonaxu va taoloning himoyat pardasida mahfuz (saqlangan) bo‘lur, agar 
ulamolar axli amirlarg‘a aralashmay yursa». Xullas kalom ulki, raiyyatiing fasodi 
podshoh va amirlar fisqu fasodidandur. 
Podshoh va amirlar fisqu fasodi ulamolarning besaloxligi, ularga pandu nasihat 
qilmagonidandur. 
 
 BESHINCHI ASL  
Suhbat odoblari 
 
Bilgilki, dunyo Haq taologa yetadurg‘on yo‘lning manzillaridan bir manzildur. 
Hamma insonlar bu yo‘lda musofirdur. Ba’zi musofirlar maqsad va safari bir bo‘lsa, 
hammalari bir jon, bir tan bo‘lib, ulfat va ittihod (ahillik) va muovanat paydo qilib, har 
birlari haqini ado qilg‘aylar. Bas, xaloyiq suhbati odobini uch bobda sharh 
qilurmen,inshoallohtaolo. 
Avvalg‘i bob. Xudo rizosi uchun do‘stlashganlar fazilati bayonida. 
Ikkinchi bob. Suhbatning haqi va xuquqi va sharoitlari bayonida. 
 Uchinchi bob. Musulmonlar huquqi va qarindosh-urug‘lar va qullarga silai raxm 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
174
qilmoq bayonida. 
 
FASL 
Beg‘araz, samimiy do‘stlar fazilati bayonida 
 
Musulmonni xudo yo‘lida do‘st tutmoqliq ibodatdan fozilrokdur. Hazrati rasuli 
akram s.a.v. aytibdurlar: «Xudoi taolo bir kishiga yaxshilikni xoxlasa, ul kishig‘a 
do‘stluq va yoru muvofiqni ato qilur, agar Haq taoloning zikridan g‘ofil bo‘lsa, yodig‘a 
keltirur va agar zokir bo‘lsa, yovar (yordamchi, madadkor) yetkizur. Va aytibdurlar, 
kishikim, (bir) musulmonni Xudo rizosi uchun do‘st tutsa, Xudoi gaolo ul kishig‘a 
jannatda bir daraja ato qilurki, mundan o‘zga hech amal birla ul darajaga yetib 
bo‘lmas». 
 Abu Idris Xavloniy r.a. Maoz r.a.ga dediki: «Men seni rizoyi Xudo uchun do‘st 
tutdim». Maoz dedi: «Bashorat, ya’ni, xushxabar sengakim, Rasul alayxissalom 
aytib edilar: «Qiyomat kuni Arshning atrofiga aylana qilib kursilar qo‘yarlar. Bir 
guruh odamlar o‘ltururlarki, yuzlari to‘lgan oydek. 
Hamma xalq qiyomatning haybat va shiddatida bo‘lurlar. Boshqa tamomi xalq do‘zaxning 
anduh va vahshatida bo‘lurlar. Alloh yo‘lida do‘stlashganlar esa mumtain, ya’ni, tinch 
oromdadurlar. Ularda na g‘am va na anduh yo‘qdur». 
Saxobalar arz qildilarki, «Yo rasulalloh, qaysi toifalardur?» Hazrati rasul 
alayhissalom aytdilar: «Al-mutahabbun filloh». 
Ya’ni, ular shunday toifadurlarki, bir-birlarini Alloh uchun yaxshi ko‘rib, muhabbat bilan 
do‘st tutuvchidurlar. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Bir-birlarini Xudo uchun do‘st 
tutquvchilarning Haq taolog‘a yaqinrog‘i uldurki, qaysi birining do‘stligi ziyodaroq bo‘lsa». 
Yana aytibdurlar: «Xudoi taolo aytur: «Haq va rostdur mani do‘stligim ul kishilargaki, bir-
birlarini mening uchun do‘st tutarlar va mening rizolig‘im uchun bir-birlarig‘a o‘z mollarini 
nisor qilurlar va mening rizolig‘im uchun bir-birlarig‘a mushkul ishlarda yordam berurlar». 
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq taolo qiyomat kuni nido qilur: «Qayondur ul 
bandalarimki, maning uchun bir-birlarini do‘st tutib edilar, toki ularni o‘z rahmatim 
soyasig‘a olg‘aymen». 
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Yetti toifadurki, Haq taolo lutfi karami 
soyasida bo‘lurlar: «Avval - podshohi odil. 
Ikkinchi - yoshligidan umrining oxirigacha Alloh azza va jallaning toatida o‘tibdur. 
Uchinchi ul kishiki, masjiddan chiqsa, to yana masjidga kirguncha ko‘ngli masjidda 
bo‘lsa. 
To‘rtinchi ul kishiki, bir-birini ko‘rganda va g‘oyibda Xudo uchun do‘st tutibdur. 
Beshinchi ul kishiki, xilvatda Xudoi taologa ko‘p-ko‘p zikr aytsa. 
Oltinchi ul kishiki, ani davlatmand va chiroylik xotin zino qilmoqg‘a undasa, bu kishi 
Alloh taolodan qo‘rqib, o‘zini yiroq qilsa. 
Yettinchi ul kishiki, o‘ng qo‘li birla sadaqa qilib, chap qo‘li ogoh bo‘lmasa». 
Naql qilibdurlarki, bir odam o‘z do‘stini ziyorat qilmoqg‘a borur edi, Haqtaolo farishtani 
yubordi. Farishta kelib aytdi, na yerga borursen? Ul kishi falon do‘stimni ziyorat qilg‘ali 
borurmen, dedi. 
So‘radikim, bir hojat uchun borurmusen? Aytdi, hech hojatim yo‘qdur. So‘radikim, 
urug‘-xeshingmu? Aytdikim: «Yo‘q, qarindosh emasdur». So‘radiki, «Bir yaxshilikni 
ko‘ribmu erding?» Aytdikim: «Ko‘rmadim». Farishta aytdikim, «Nima uchun, 
borursen?» Ul kishi aytdi: «Menga Xudo ato etgan do‘stimdur». Farishta aytdi, 
«Xudoi taolo mani senga yubordi. Bashorat berurmen sengakim, sen ul kishini rizoyi 
Xudo uchun do‘st tutgan sababdan seni Alloh taolo do‘st tutdi. Senga jannatni vojib 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
175
qildi». 
Haq taolo Iso alayhissalomga vahiy yubordikim. Agar hamma osmonu zamin xalqining 
ibodatini qilsang, to xalqni do‘st va dushman tutmoqda mening rizoyim uchun 
tutmasang hech foyda qilmas». Iso alayhissalom qavmig‘a dediki: «Xudo azza va jallag‘a 
do‘st bo‘linglar, osiy va zo/shmlarni dushman tutmoq birla. O’zinglarni Xudoi taolog‘a yaqin 
qilinglar, osiy va zolimlardan yiroq bo‘lmoq birla. Hau taoloning rizosini talab qilinglar, 
ularg‘a gina va adovat tutmoq. birla». 
Qavm so‘radilarki, «Kimni do‘st tutarmiz?» Iso a l a y h i s s a l o m   a y t d i l a r :   « U l  
k i s h i n i  d o ‘ s t   tutinglarki, ani diydori sizlarg‘a Xudoi taoloni yaqinlashtirgay va 
aning so‘zi amalinglarni ziyoda qilg‘ay va ravishlari sizlarni oxirat ishig‘a 
rag‘bat va moyil qilg‘ay». 
Haq taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordi: «Yo Dovud, xalkdan nima uchun 
qocharsen?» Dovud alayhissalom aytdiki, «Ey, bor Xudoyo, sening do‘stlig‘ing xalqni 
muhabbatini ko‘nglimdan chiqaribdur». Haq taolo aytdi: «Yo Dovud, birodar, mo‘‘min 
ko‘nglini olmoqni qo‘lingga kelturgil. Kishikim, senga din ishida yordamchi bo‘lmasa, 
aningdan yiroq bo‘lg‘ilki, ko‘nglingni qora qilur va mendan yiroq qilur». 
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taoloning farishtalari bordurki, badanining 
yarmi o‘tdan va yarmi qordan. Bandaliq qilg‘aykim: «Parvardigoro, o‘t va qorni orasida unsu-
ulfat solg‘uvchisen. Man osiyg‘a xos bandalaring (darvesh, faqirlar)ning unsu-ulfatini nasib 
qilg‘il». Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo qiyomat kuni bir-birini ba-rizoyi 
Xudo do‘st tutg‘uvchilar uchun qizil yoqutdan bir baland minora barpo qilur va aningda yetmish 
ming ayvon bino qilur. Bas, Xudoning do‘stlari ul ayvonlar ichida jannatni nazzora qilib 
o‘tururlar. Oftob nuridan olam munavvar bo‘lg‘ondek ularning jamoli nuridan jannat purnur 
bo‘lur. Axdi jannat ularning tomoshasig‘a borib ko‘rarlarki, yashil xullalar kiygan va 
peshonalarida bu xat bitiklikkim, «Al-mutahabbuna fil-loh», ya’ni bular bir-birlarini xudo yo‘lida 
do‘st tutg‘uvchidurlar. Mujohid rahmatullohi alayh ayturki «Xudo do‘stlari bir-birlarini ko‘rib 
sevinsalar, xazon faslida daraxtning yaprog‘i to‘kilgandek, gunoxdari to‘kilar». 
Bilgilki, maktabda, yo madrasa yo safarda, yo mahallada bir yerda bo‘lib, unsu-ulfat 
paydo bo‘lsa, bu ham samimiy do‘stlikdur. Agar bir kimsani johu jaloli va moli amvoli va 
yo dunyoyi jihatdan tutgan do‘stlig‘i, Xudo yo‘lidagi do‘stlik emasdur. Bas, Xudo 
yo‘lida do‘stlik ikki daraja birla hosil bo‘lur: avvalgi daraja - bir kimsani yaxshi g‘araz - 
maqsad birla do‘st tutg‘ay va ul g‘araz oxirat manfaati uchun bo‘lg‘ay. Chunonchi, 
shogird ustozini do‘st tutmog‘iki, ilm o‘rganmak g‘arazida tutsa va maqsudi ul ilmg‘a amal 
qilmoq bo‘lsa, do‘sti Xudoyi jumlasidandur. Agar ustoz shogirdni bu ma’noda do‘st 
tutsaki, munga ilm o‘rgatib Haq taoloni xushnud qilay, bu ham do‘sti Xudoyi 
jumlasidandur. Ala hazal-qiyos (shunga qiyosan boshqa ishlar ham). Ikkinchi daraja - bir 
kimsani dunyo va oxiratlik, hech o‘rtada g‘araz bo‘lmay, do‘st tutmoqdur. Chunonchi. 
ul kishi Haq taoloning amri-farmonig‘a itoat qilg‘uvchi va Xudoi azza va jallaning xos 
bandasi deb bu ma’noda do‘st tutmoq do‘sti Xudoyining ulug‘ martabasidur. Haq 
subhonahu va taoloning do‘stlig‘i samarasidur. Oshiqlik va ma’shuqlik darajasiga 
yetkurguvchidur. 
Bas, bu so‘zning tamomini to‘rtinchi ruknda muhabbat aslida bayon qilg‘umdur. Xullasi 
kalom ulki, Haq taologa muhabbatining quvvati va za’iflig‘i, iymoni kuchli va za’ifligiga 
vobastadurkim, kimning iymoni kuchliroq bo‘lsa, Haq subhonahu va taologa do‘stlig‘i 
kuchliroqtsur va bu muhabbati ilohiyning siroyati (ta’siri) odamni Haq taoloning xos va 
do‘st bandalari martabasiga yetkurur. 
Bas, har kishikim, olimlarni va so‘fiylarni va xojalarni va ularning xizmatkor 
tobe’larini Xudo yo‘lida do‘st tutsa, do‘sti Xudo jumlasidandur, va lekin do‘stlikni 
martabasi va samarasi mol va johini Xudoi taoloning yo‘lida fido qilmoqning 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
176
miqdorig‘a qarab hosil bo‘lur. Bas, ba’zilar bo‘lurlar, do‘stlig‘i va iymonlari oncha 
kuchlidurki, hamma mol va amvollarini haq taolo yo‘lida nisor qilurlar. Hazrati Abu 
Bakr Siddiq r.a. ga o‘xshash. Va ba’zilar yarmini nisor qilurlar. Hazrati Umar r.a. ga 
o‘xshash. Va ba’zilar ozginasini baxshida qilurlar. Bas, hech mo‘‘minning ko‘ngli bu 
sifatdan xoli bo‘lmas. 
Xudoi taolo uchun do‘st tutibdur, kofir va fosiq va zolimlarni ba-rizoyi Xudo, nochor 
dushman tutg‘ay. Bas, har kishiki, kofir va fosiq va zolimni do‘st tutsa va yo ularning 
do‘stini do‘st tutsa va yo ularning dushmanini dushman tutsa, Xudoi taolo bu kishini 
dushman tutar. Agar musulmoni fosiq bo‘lsa, uni musulmonlig‘i jihatidan do‘st tutgay. 
Fosiqlig‘i jihatidan dushman tutgay. Bas, fosiqtsan zolimni dushmanroq tutg‘ay. 
 
FASL 
Haq taoloning dushmanlari bayonida 
 
Bilgilki, Haq taoloning dushmanlari, muxoliflari darajasi mutafovit (tafovutli)dur. Bas, 
ularga adovat va dushmanlik ham tafovut birla bo‘lg‘ay. Avvalgi darajali dushman 
dinsizlardir. 
 
«Lo tajidu qavman yu’minuna bil-lohi val-yavmil-oxiri yuvadduna man haddal-loha va 
rasulahu». (Mujodala, 22). 
 
Ya’ni: Allohga va oxiratga iymon keltiradigan qavmning Alloh va uning payg‘ambari 
chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar bilan (garchi ular o‘zlarining otalari yoki o‘g‘illari yoki 
og‘a-inilari yoki qarindosh-urug‘lari bo‘lsa ham) do‘stlashayotganji topmaysiz. 
 
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi Xudoi taoloning yagonaligig‘a va 
qiyomatning haqlig‘ig‘a iymoni bo‘lsa, Xudoi taoloning dushmanlarini do‘st tutmas. Ammo 
kofirlarg‘a e’timod qilmoq va ularni musulmonlar amalig‘a hukmron qilmoq dini islom 
binosig‘a zarar yetkurmakdurki, gunohi kabiradur. 
Uchinchi daraja - mubtadiylardurkim, (bid’atchilar) xalqni bid’at va zalolatg‘a targ‘ib 
qilurlar, bularg‘a izhori dushmanlik qilmoq muhimroqtsur, toki xaloyiq aningdin yiroq 
bo‘lg‘aylar. Avlosi ulki, anga salom qilmag‘ay va salomiga javob bermagay va aning 
birla so‘zlashmagay. 
To‘rtinchi daraja - ma’siyatki, andin xaloyiqga ranj yetsa, chunonchi zulm qilmoq va 
yolg‘on guvohlik bermoq va g‘iybat qilmoq. Bas, bu nav’ ishlarni qiluvchilardan yuz 
o‘girmak kerakdur. 
Beshinchi daraja dushmanlik - harom etilgan ichkiliklarni ichmak va fisq ishlarga 
mashg‘ul bo‘lmoqtsur. Va lekin ichkilik ichuvchilarga yaxshi, muloyim so‘z bilan nasihat 
qilmoq kerak. Agar nasihatni qabul qilmasa shariati islomga muvofiq jazo bermak 
joizdur. La’nat aytmoq durust emas. 
Hazrati rasul alayhissalom zamonlarida bir kimsa bor edi, juda ko‘p sharob ichardi. Odamlar 
uni urdilar. Sahobalardan birlari anga la’nat ham aytdi. Hazrati rasuli akram s.a.v. man’ qilib 
aytdilarki, «Anga shaytonning dushmanligini o‘zi yetmasmu, sen ham shaytonga yordam 
berurmusen?!» 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling