«kimyoi saodat»


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35

www.ziyouz.com кутубхонаси 
151
turdilar. Hazrati Oysha iyagini onhazrat alayhissalomning muborak bozularig‘a 
(bilak) qo‘yib, nazzora qilur erdilar. Muddatdan keyin Rasul alayhissalom 
so‘radilarki, «Ko‘rib bo‘ldingmu?» 
Hazrat Oysha aytur erdilar: «Hanuz ser bo‘lmadim (ko‘rib to‘ymadim). To uch navbat 
so‘rag‘ondan keyin, qaytib, hujrai muborakka kirdilar. Hazrati Umar roziyallohu anhu ayturlar: 
«Er ulkim, xotini birla hazil va mazoh vaqtida kichik boladek bo‘lg‘ay. Vaqtiki, xoxlasa, 
erligini izhor qilg‘ay». 
Aytibdurlar: «Vaqtiki (erkak) uyga kirsa, shod-xandonliq birla kirgay va uyidan chiqar bo‘lsa, 
xomushluq va dilgirliq birla chiqqay. Borni yo‘q demagay va yo‘qni so‘ramagay». 
To‘rtinchi odob ulki, hazil-mazohni dilozorlik darajasiga yetkurmagay. Va havoyi botilda 
xotinlar royiga yo‘l bermagay. Balki muruvvatga va yo shariatga xilof ish ko‘rsa anga 
siyosat qilgay. Agar indamasa, xotiniga masxara bo‘lg‘on bo‘lur. Hazrati Haq subhonaxu va 
taolo xabar berur:  
«Ar-rijolu qavvomuna alan-nisoi». (Niso, 34). 
 Oyatning tafsiri ulki, «Eranlar (erkaklar) xotinlarini shariat yo‘li birla barpo 
tutquvchidurlar va erlar hamisha xotiniga g‘olib bo‘lg‘ay». 
Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ta’sa abduzzavjat», ya’ni xor bo‘lsin 
xotiniga qul bo‘lg‘on erlar, aslida xotinlar erlarining qulidur». 
Aytibdurlarki, (erlar) xotinlar birla maslahat qilg‘ay va so‘ng o‘z bilganicha ish 
qilg‘ay. Darhahiqat, xotinlar nafsi ham eranlarning nafsiga o‘xshashdur. Andek 
yengillik qilsanglar o‘z had, e’tidolidan o‘tar bo‘lg‘aykim, ba’zi ishlarig‘a sabr-tahammul 
birla va ba’zi ishlarig‘a siyosat birla iloj qilg‘aysen. Er kishi tabibi hoziqdek bo‘lg‘ay. Har 
ilojni o‘z vaqtidan o‘tkarmagay. Ammo sabr va tahammulni g‘olib qilg‘ay. Xabarda  
kelibdurki, «Xotin kishi yon ustixonga o‘xshash - (yon qovurg‘a)dur. 
?:
Vaqtiki, ani 
rostlamoqni xoxdasang, sinar». 
Beshinchi odob ulki, g‘ayrat va hamiyatni e’tidolida tutqay. Ofatga sabab bo‘ladurg‘on 
ishlarni imkon qadar man’ qilg‘ay. Tomga chiqmoq va tashqari chiqmoq va nomaqram 
bila aralashmoq va ravzanadin (tuynuk, teshik, darcha) nazzora qilmoq va munga 
o‘xshash ishlardan ehtiyot qilg‘aykim, aksari ofatlar ko‘zdan paydo bo‘lur va besabab 
gumoni bad qilmoq birla siyosat og‘oz qilmag‘ay va g‘ayratni (yotishni) o‘rtacha tutg‘ay 
va haqiqati ma’lum bo‘lmagan ishning justu-jo‘yida mubolag‘a qilmag‘ay. 
Vaqtiki, hazrati rasuli akram s.a.v. g‘azotdan qaytib kechki payt Madinai 
munavvaraning oldig‘a kelib tushtilar va farmon qildilarki, «Bu kecha kishi uyiga 
kirmag‘ay». Ersa ikki sahoba bu amrga xilof qilib, uylarig‘a kirdilar. Ikkilari uylarida 
xilofi shar’iy ish ko‘rdilar. 
Hazrati Ali roziyallohu anhu aytdilar: «G’ayratni xotinlarga haddidin o‘tkarmagilki, 
ayoling tili uzun bo‘lur». Va asli g‘ayrat uldurki, xotinlarning ko‘zini nomahramni 
ko‘rmagidan man’ qilg‘ay. 
Hazrati rasul alayhissalom Fotima roziyallohu anhog‘a aytdilarki, «Xotinlarga qaysi 
ish behroqdur?» Fotima roziyallohu anho aytdilarki, «Hech er kishi ularni ko‘rmagay». 
Bu so‘z onhazrat s.a.v.ga xush keldi. Fotima roziyallohu anhoni quchoqlarig‘a olib bu 
oyatni o‘qidilar: 
«Zurriyatan ba’zuho min ba’zin» «Ular avlod erdilar ba’zilari ba’zilariga» (Oltinxon 
to‘ra tafsiridan). 
Hazrati Umar r.a. ayturlar: «Xotinlarga eng yaxshi libos bermanglarki, uyidan 
chiqmoqg‘a rog‘ib bo‘lur». Hazrati Rasul alayhissalomning zamonlarida xotinlarga 
yaxshi libos kiymak va masjidga kirib, jamoat birla oxir safda namoz o‘tamakka ijozat 
berur erdilar. Sahobalarning zamonlarida bu ishlarni man’ qildilar. 
Hazrati Oysha r.a. ayturlar: «Agar rasul s.a.v. bu zamonada bo‘lib, xotinlar ahvolini 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
152
mushohada qilsalar edi, masjidga kirmakka hargiz ijozat bermas edilar». Bas, bu 
zamonada xotinlarni masjid va majlisdan man’ qilmoq farzdur. Magar beva ayolkim, 
chodirpo‘sh bo‘lsa, bu jumladan ermasdur. Bas, fitnaning ko‘prog‘i nazardan paydo 
bo‘lar. Er-xotinlarni imkon qadar (ko‘cha va bozorga chiqishini) man’ qilmoq kerak. 
Hazrati rasuli akram s.a.v. Oysha r.a.ning hujralarida ayollari birla o‘tirgan edilar. Bir 
nobino (ko‘zi ko‘r) kirib keldi. Ko‘zi ko‘r ekan, deb aningdan pinhon bo‘lmabdilar. 
Hazrati rasuli akram sa.v. «Sizlar ham ko‘rmu?» deb g‘azab qildilar. 
Oltinchi odob ulki, ahli ayolig‘a yaxshi nafaqa bergay (qodir bo‘lsa ro‘zg‘orni mo‘l qilib 
qo‘yar) va tanglikka solmagay va isrof ham qilmag‘ay. Bilgilki, ahli ayolig‘a, bolalariga 
qilg‘on nafaqa (xarajat)ning savobi sadaqaning savobidan ziyodadur. 
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «G’azotg‘a nafaqa qilg‘on dunyoning 
savobidan va qul ozod qilg‘onning savobidan va miskinlarga bergan dunyoning 
savobidan ahli ayolig‘a nafaqa qilg‘onning savobi ziyodaroqdur. Hech laziz taomni 
yolg‘iz yemagay. Tayyor qilmoqg‘a qudrati yetmaydurgon taomni ahli ayoli oldida 
aytmagay». 
Ibn Sirrin rahmatullohi alayh aytur: «Haftada bir navbat laziz taom nafaqa qilg‘ay. 
Masalan, halvoyi shirinkim, laziz taomdan to‘xtatmoq muruvvatdan emasdur». Bas, 
taomni xotini birla yegay. Xabarda kelibdurki, Haq subhonahu va taolo va farishtalar 
xotini birla taom yegan kishig‘a salavot yuborurlar. Va asl uldurki, ahli ayolig‘a 
haloldan yedirib, ichirgay. Hech xiyonat va jafo shundan ziyoda bo‘lmaski, axli ayolini 
haromdan topib, yedirib, parvarish qilsa. 
Yettinchi odob ulki, xotiniga namoz va ro‘za va hayz, nifos mas’alalarini va bundan 
o‘zga ham keraklik mas’alalarni yaxshilab o‘rgatgay. Agar eri o‘rgatmasa, xotinig‘a 
vojibdurki, yana birov qoshig‘a borib o‘rgang‘ay va agar eri o‘rgatmakdan taqsir qilsa, 
gunohkor bo‘lur. 
Chunonchi, Haq taolo xabar berur: 
 
«Yo, ayyuhal-lazina a’manu quv anfusakum va ahliykum noran». (At-tahrim, 6). 
Oyatning tafsiri ulki: «Saqlanglar o‘zinglarni va xotinu farzandlaringizni do‘zax 
otashidan». 
Bu miqdor mas’alani o‘rgatgayki, vaqtiki, oftob botmasdan ilgari hayz to‘xtagan 
bo‘lsa, namozi peshin va namozi digarning qazosini o‘tagay. Vak^iki, oftob chiqmasdan 
ilgari hayzto‘xtagan bo‘lsa, namozi shom va namozi xuftonning qazosini o‘tagayki, 
aksar ayollar bu mas’alani bilmaslar. 
Sakkizinchi odob ulki, ikki xotini bo‘lsa, bu ikkalasini hamma ishda barobar ko‘rgay. 
Xabarda kelibdurki, kimning ikki xotini bo‘lsa, hamma ishda barobar ko‘rmay, birini 
ziyoda ko‘rsa, qiyomat kuni bir tarafig‘a qiyshiqturar. Barobar tutmag‘onliq sababidan. 
Nafaqa va kisvatda (kiyim, ust-bosh), kechalikda qoshig‘a qo‘nmokda tenglik 
vojibdur. Ammo yaxshi ko‘rish va muomalada vojib emasdurki, muhabbat ixtiyoriga 
tobe’ ermas. 
Hazrati rasul alayhissalom har kecha azvoji mutahharotning biriga yaqinlik 
qilardilar va Oysha roziyallohu anhoni do‘stroq tutar erdilar va aytur erdilar, «Ey, bor 
Xudoyo, onchakim ixtiyorim tasarrufidagi ishda adl qilmoqni istarman. Ammo ko‘nglum 
ixtiyori menda emasdurki, o‘zing donosen». 
Va kishikim, anga bir xotin kifoyat qilsa, yana xotin olmagay. Oltan bo‘lsa, uni zoe’ 
qilib, behuda bandga solmag‘ay. Hazrati rasul alayhissalom Savdo roziyallohu 
anhoningtalog‘ini bermakni xohish qildilar, yosh jihatdan azvoji mugahharotning kattarog‘i 
erdilar. Savdo roziyallohu anho arz qildiki, «Mani taloq qilmag‘aylar». Man o‘z navbatimni 
Oyshag‘a berdimki, to qiyomat kuni azvoji mutahharot zumrasida turg‘aymen». Bas, ani 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
153
taloqqilmadilar. Ikki kecha Oysha roziyallohu anhoning uylarida yotar edilar. O’zgalarnikida 
bir kecha bo‘lar edilar. 
To‘qqizinchi odob ulki, agar xotini befarmonlik qilib, erining toat va itoatida bo‘lmasa, 
nasihat va yumshog‘lik birla itoatga keltirgay. Agar bu ishlar ham foyda qilmasa, 
yotadigan joyida xotiniga ujosini, ya’ni orqasini qilib yotg‘ay. Agar muning birla 
tanbeh bo‘lmasa, ul kecha xotinidan bo‘lak yotg‘ay. Agar munchalik birla itoat 
qilmasa, urg‘ay va agar namoz o‘tamakda dini islom ishida taqsir qilsa, bir oy va 
balki undan ziyoda g‘azab qilmoq ravodur. 
O’ninchi odob ulki, suhbat va mubosharat qilmoqning bayonida. Bo‘lg‘ayki, 
mubosharat vaqtida yuzini qiblaga qilmagay va suhbatdan ilgari hazil va mazah va bo‘sa 
qilmoq va muonaqa (og‘ushiga olmoq) birla ko‘nglini xush qilg‘ay. Hazrati Rasul 
alayhissalom aytibdurlarki, er kishi xotini uzasiga hayvonlardek yiqilmagay va 
mubosharatdin ilgari elchi yuborgay. So‘radilarki, elchi nimarsadur? Rasuli akram 
s.a.v.  aytdilarkim, elchi - bo‘sadur. 
Agar farzand vujudga kelsa shaytondan emin bo‘lur. Duoning ma’nosi ulki: «Ey, 
bor Xudoyo, yiroq qilg‘il bizlarni shaytondin va yiroq qilg‘il shaytonning sharridin
bizlarga ato va nasib qilg‘on nimarsadin. 
Inzol vaqtida bu oyatni ko‘nglida andisha qilgay: 
«Va huvallaziy xalaqa minal-moi basharan fajaalahu nasaban va sihran va kona 
robbuka qodiran». (Furqon, 54). 
Mazmuni: «U suvdan - nutfadan insonni yaratib, so‘ng uni nasl-nasab (egasi) va 
quda-anda qilib qo‘ygan zotdir». (Alovuddin M. tarj.). Vaqtiki, inzol bo‘lsa, (erkaklik 
maniysi oqsa) sabr qilg‘ayki, xotini ham inzol lazzatidan bahramand va murodig‘a 
yetmak birla arjumand bo‘lg‘ay. 
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: uch ishdurki, erlarga  ojizliqdan nishonadur: 
avvalgi ulki, kim bir kishi birla hamsuhbat bo‘lsa, otini so‘ramasligi. Ikkinchi kimdir oni 
yaxshi ishg‘a targ‘ib qilg‘ay, ul qabul qilmag‘ay. Uchinchi-muonaqa va bo‘sa qilmay, 
mubosharatg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay. O’zining hojatini tamom qilib, xotinining hojatini ravo 
bo‘lmasa-da suhbatdan forig‘ bo‘lg‘ayki, bu ojizlikdir. 
 
Hazrati Ali va Muoviya va Abu Hurayra rizvonallohu taolo alayhimdan rivoyatdurki, 
oyning avvalg‘i kechasi va o‘rtadagi kechasi va oxirgi kechasida mubosharat 
qilmoq makruhdur, bu kechalarda shaytonlar hozir bo‘lurlar. Va (erkak ayoli) hayz 
ko‘rgan holatda suhbat qilmoqdan parhez qilg‘ay. Agar junublikda biron narsa 
yemakni xohlasa, tahorat qilib yegay va junubda uxlamoqni lozim tutsa, tahorat 
qilmoq sunnatdur. G’usl qilmasdan ilgari mo‘y va tirnoqni olmag‘ayki, asari 
janobat boqiy qolmag‘ay. G’usl qilurda ko‘zining chetlariga suv yetkurgay. Agar azl 
qilsa, (bo‘shansa), durust va mazhabda ravodur. 
O’n birinchi odob ulki, farzand vujudg‘a kelganda uning o‘ng qulog‘iga azon va chap 
qulog‘iga takbir aytg‘ay. Xabarda kelibdurki, Xudo azza va jallaga xush keluvchi 
hamma ismlardan eng azizlari bulardir: Abdulloh, Abdurahmon, Abdurahim. Munga 
o‘xshash ismlar va farzand tug‘ilgan vaqtdayoq ot qo‘ymoq sunnatdur. Va aqiqa 
sunnati muakkadadur. Aqiqa deb farzand vujudg‘a kelganda nazr oshi qilib 
berganni ayturlar. Qiz bolag‘a bir qo‘y, o‘g‘ul bolaga ikki qo‘y so‘yib, aqiqa qilg‘ay. 
Agar ikki qo‘y topmasa, bir qo‘y so‘yib ham aqiqa qilmoq ravodur. 
Hazrati Oisha r.a. aytibdurlarki, aqiqaningustuxonini sindirmagay. Farzand vujudga 
kelg‘onda totlig‘ nimarsa bilan bolaning tomog‘iga yetkurmak sunnatdur. Yettinchi 
kuni sochini oldirib, sochi vaznida oltin yo kumush sadaqa qilg‘ay. 
Qiz farzand ko‘rsa aslo ma’lul (g‘amgin) bo‘lmag‘ay va o‘g‘il farzand ko‘rgan bo‘lsa 
ziyoda shod bo‘lmag‘aykim, xayr (yaxshilik) qaysi birida ekanini kishi bilmas. Ammo 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
154
qiz farzand muboraQooqdur va savob aningda ziyodadur. 
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim uch qizi va yo uch hamshirasi 
bo‘lib, ularni ranj va mashaqqatini tortib, vazifasini ado qilsa, Haq Taolo bularga rahim 
qilg‘on sababidan ul kishig‘a rahm va mag‘firat qilur». 
Sahobalardan birlari dediki, «Yo, rasulalloh, agar ikki qizi bo‘lsa nechuk 
bo‘lur?» Rasul alayhissalom aytdilarki, «Agar ikki qizi bo‘lsa ham.» Yana 
sahoba dedikim, «Yo, rasulalloh, agar bir qizi bo‘lsa nechukdur?» Hazrati rasuli 
akram s.a.v. aytdilar: «Kishikim bir qizi bo‘lsa ranjur bo‘lur, agar ikki qizi bo‘lsa, 
garonbordur (Ya’ni og‘ir yuk ko‘targuvchi), agar uch qizi bo‘lsa, ey, 
musulmonlar, ani holig‘a rahm qilinglar va anga yordam beringlarki, ul kishi mani 
birla bihishtga barobar kirguvchidur» - deb ikki barmoqlarini ko‘rsattilar. 
Va Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi farzandi uchun bozordan meva chog‘liq 
biron narsa keltirsa, sadaqaning savobi bo‘lg‘usidur. Bo‘lg‘ayki, nafaqani avval qiz 
bolag‘a bergay, undan keyin o‘g‘il bolaga bergay. Ota, ona qiz bolani shod qilsa, 
Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqib yig‘lag‘ondek savob bo‘lg‘usidur. Kishikim Haq 
taoloning g‘azabidan qo‘rqib yig‘lasa, ul kishining badani do‘zax otashiga 
haromdur». 
O’n ikkinchi odob ulki, xotinini taloq qilmoqdan juda qattiq ehtiyot bo‘lg‘ayki, Haq 
taolo muboh ishlardan taloqni yomon ko‘rar. Xullasi kalom, kishig‘a ranj va ozor 
yetkurmoq muboh ermas (ruxsat emas), magar zarurat bo‘lsa (boshqa gap). Ammo 
vaqtiki taloq qilmoq zarur bo‘lsa, bir taloq qilg‘ay. Birdan uch taloq qilmoq 
makruhdur. 
Hayz ko‘rgan vaqtida taloq qilmoqharomdur. Hayzdan keyin pok bo‘lib, suhbat 
qilmasdan ilgari taloq qilmoq sunnatdur. Bo‘lg‘aykim, taloq qilurda uzr aytg‘ay, 
marhamat ko‘rguzgay va qahr-g‘azab vaqtida taloq qilmagay va taloq qilg‘ondan 
keyin bir nimarsa tuhfa va hadya bermak birla ko‘nglini xush qilg‘ay va xotinining 
sirini hech kishig‘a aytmagay. 
Agar bir aybi jihatidan taloq qilg‘on bo‘lsa, ul aybni birovga oshkora qilmag‘ay. Bir 
kishi xotinini taloq qilmoqni istadi, so‘radilarki, nima uchun taloq qilursen? Dedikim, 
«Xotunning sirini oshkor qilmoq ravo ermastur». Vaqtiki, taloq qildi, so‘radilar: «Nima 
uchun taloq qilding?» Dedikim, «Begona xotin birla nima ishim borki, aning so‘zini 
qilg‘aymen?» 
 
FASL 
Erlarning xotinlar zimmasidagi haqlari 
 
Bilgilki, yuqorida mazkur bo‘lgan xotinlarning erlardagi huquqi bayonida edi. Ammo 
erlarning xotinlardagi huquqi chandon ziyodadurkim, darhaqiqat, xotinlar erlarning 
bandasidur. Xabarda kelibdur: 
«Haq taolodan o‘zgag‘a sajda qilmoq ravo  bo‘lsa  edi,  xotinlarni  erig‘a  sajda 
qilmoqg‘a buyurur edilar». Bas, xotinlarga lozimdurki, eridin ruxsatsiz xonasidan 
tashqari chiqmagay, hattoki tom tepasiga ham chiqmagay. Qamsoyalar birla 
aralashmagay va ko‘p so‘zlamag‘ay va zaruriyatsiz qo‘shnilarga muloqot qilmagay. 
Eriga yaxshi so‘zdan o‘zga hech nimarsa demagay va agar er-xotin orasida nizo va 
muxolifat bo‘lsa, ishrat va suhbat vaqtida nizo so‘zni hikoya qilmag‘ay va hamma 
ishlarda erining murodi va shodlig‘ig‘a rozi bo‘lg‘ay. Molda va badanda xiyonat 
qimmag‘ay va shafqatni rioya qilg‘ay va agar erining do‘sti so‘z so‘rasa, aslo 
ko‘rmagan va tanimagan kishidek javob bergay va erining hamma oshnolaridan o‘zini 
chetga olg‘ay va eri berganga qanoat qilg‘ay va ziyoda talab qilmag‘ay va o‘zini 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
155
hamisha pokiza tutg‘ay. Chunonchi, (o‘zini) suhbat va mubosharatg‘a loyiq tutg‘ay va 
qo‘lidan kelgan xizmatni bajonidil qilg‘ay. Va husni jamolig‘a fahonoz qilmag‘ay va 
eridan ko‘rgan yaxshilig‘iga noshukrlik qilmag‘ay. Va aytmagaykim «Man 
sendin nima ko‘rdim?» Besabab «Ani olib ber, muni olib ber» demagay. Hazrati 
rasul alayhissalom aytibdurlar: «Do‘zaxga qaradim, aksar xotinlarni do‘zaxda ko‘rdim. 
Birodarim Jabroil alayhissalomdan sababini so‘radim, aytdi: «Bu jihatdan do‘zaxga 
giriftor bo‘lurlarkim, musulmonlarga la’nat ayturlar va erlariga ozor berurlar». 
 
UCHINCHI ASL  
Kasb va tijorat odoblari 
 
Bilgilki, dunyo-oxirat zodi rohini - yo‘l ozig‘ini tayyor qilmoqg‘a manzildur va odamiy 
yemak va kiymakka muhtojdur. Bas, libos va uy-joy, kasb va hunar qilmaguncha hosil 
bo‘lmas. Bo‘lg‘ayki, kasb va tijorat odoblarini bilgaysen. Va kishi hamma himmatini 
dunyo kasbiga sarf qilibdur, badbaxtlik va shaqovatning nishonasidur va kishi hamma 
himmatini oxiratga sarf qilibdur, baxt va saodat alomatidur. Va lekin mo‘‘tadilrog‘i uldurki, 
ham maosh (hayot kechirish) uchun justu-jo‘ va ham oxirat talabida guftu-go‘ qilg‘ay va 
maosh talabini farog‘at birla yaxshi ishlar qilishg‘a sabab bilgay. Ammo, onchakim 
kasb va tijorat odobida bilmak zarurdur, besh bobda bayon qilg‘umdur. 
 
* * * 
Bilgilki, o‘zingni va ahli ayolingni xalkdan beniyoz qilmoq va ularning muhimmotini 
(kerakli narsalarini) haloldan kasb qilmoqfi sabililloh jihod qilg‘ong‘a o‘xshashdur, va ko‘pincha 
ibodatdan afzalroqdur. Bir kuni hazrati rasuli akram s.a.v. namozi bomdoddan qaytib sahobalar 
birla o‘tirur edilar, bir baquvvat yigit bular oldidan tez o‘tib, bozorga borib do‘konda o‘tirdi. 
Sahobalar aytdikim, darig‘o, mundog‘ erta turib do‘kong‘a bormoq? Oxirat talabida bo‘lg‘ay 
erdi. Hazrati rasuli alayhissalom aytdilar: mundog‘ demangizlar, agar bu yigit o‘zini 
xalqdan beniyoz qilmoq va yo ota-onasi va ahli ayoli nafaqasi (ularni boqish) uchun bu 
ishni qilsa, Haq taologa ibodat qilg‘onidur. Va agar dunyog‘a faho qilmoq va tavongirliq 
(boylik) lofini urmoq uchun bu amalni qilsa, shaytonning fe’lidur. 
Va hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi xalqdan behojat bo‘lmoq va yo 
hamsoya, qarindosh-urug‘lariga manfaat yetkizmoq uchun dunyoyi halol talab qilsa, ul 
kishining yuzi qiyomat kuni o‘n to‘rt kunlik oydek bo‘lg‘ay». 
Hazrati rasuli akram s.a.v aytibdurlar: «Luqmaning halolrog‘i  hunarmandlar 
kasbidan hosil bo‘lg‘on nimarsadur, vaqtiki rostliqni pesha qilsalar». Va yana 
aytibdurlar: «Tijorat qilinglarki, tirikchilikning o‘n hissadan to‘qqiz hissasi tijoratdan hosil 
bo‘lg‘usidur». (U zamonda arablarda shunday edi). Yana aytibdurlar: Kim xalqdan 
hojat tilamakni va gadoliqni lozim tutubdur, Haq subhonahu va taolo ul kishining 
yuziga muhtojlik va kambag‘allikdan yetmish eshik ochar». 
Iso alayhissalom bir kishidan so‘radilarkim, «Nima ish qilursen?» 
Ul kishi aytdi: «Birodarim bordurki, ro‘zonamni (kundalik ehtiyojimni) ul tayyor 
qilib beradur». Iso alayhissalom: «Birodaring sendin obidroq ekan», dedilar. 
Hazrati Umar r.a. aytur: «Kasb va tijoratdan qo‘l yig‘manglar va aytmanglarki, 
sizlarg‘a Haqtaolo ro‘ziy beradur. Bas, osmondan oltin va kumush yog‘dirmoqg‘a Alloh 
taolo odat qilmabdur». Luqmoni hakim o‘z farzandig‘a vasiyat qilibdurkim, «Kasb va 
hunardan qo‘l yig‘mag‘il». Kim kambag‘al va hojatmand bo‘lsa, xaloyiq aning dini, 
mazhabida shak qilurlar. Dangasa va kambag‘alning aqli za’if bo‘lur (emish yo‘kligidan - 
M.M.) va xalq anga haqorat nazari birla boqarlar». Buzurglarning biridan so‘radilar: «Haq 
taolog‘a ibodat qilg‘uvchi fozilroqmu va yo diyonatli tijorat qilg‘uvchi fozilroqmu?» Ul aziz 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
156
dedikim, 
«Diyonat birla tijorat qilg‘uvchi fozildurkim, shayton birla g‘azot qilur. Shayton olurda og‘ir 
olib, soturda yengil sotmoqqa qasd qilur. Tojir (savdogar) aning xilofida ish qilur». 
Ahmad Hanbal rahmatullohi alayxdan so‘radilar: «Nima dersan ul kishi haqidaki, masjidda 
o‘tirur, Haq taolog‘a ibodat ' qilur. Ayturkim, ro‘zonamni Xudoi taolo yetkuradur». Ahmad Hanbal 
dedikim: «Ul kishi johildur. Shariatni bilmas». Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo 
azza va jalla mening ro‘zonamni (kundalik rizq) bandalarni salohga kelturmakka vobasta 
qilibdur, ya’ni shaytonni izza qilmoqqa vobasta qilibdur». Bir kishi Ibrohim Adhamni 
ko‘rdikim, o‘tun yulib (ko‘tarib) bozorg‘a ketib boradur. Aydikim: «Toki bu mashaqqatni 
lozim tutarsen?» Ibroqim Adham dedikim, «So‘zlamagil!» Xabarda kelibdur, kim halol 
talabida o‘zig‘a xorliqni lozim tutsa, ul kishig‘a jannat vojibdur. Hazrati rasul 
alayhissalomdan: 
«Mo uhiya ilayya an ijmail mola va kun minat-tojiriyna va lokin uhiya an sabbih bihamdi 
rabbika va kun minas - sojidiyna va’bud rabbaka hatta ya’atiya kal yaqin». 
Ya’ni, Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Menga aytmadilarki, mol jam qilg‘il, tojirlar 
jumlasidan bo‘lg‘il, balki dedilarki, tasbih aytg‘il, sojidlar zumrasidan bo‘lg‘il va Haq taolog‘a 
ibodat qilg‘il, to oxir umringg‘acha». Bas, bu hadis dalolat qilurki, ibodat qilmoq kasb va 
tijorat qilmoqdan ortiqrokdur. 
Ammo kishi o‘zi va ahli ayolining hojatig‘a kifoyat qilg‘uncha dunyosi bo‘lsa, 
aniqki, ul kishig‘a ibodat qilmoq kasb va tijorat qilmokdan ortiqroqdur. Va kishi 
hojatidan ziyoda dunyo topmoq talabida bo‘lsa, ul kishida hech fazilat yo‘qtur. 
Ziyonkordur, dunyog‘a ko‘ngil bog‘lagan bo‘lur. Ul ,kishikim, dunyosi bo‘lmasa 
va lekin hojatiga kifoyat qilg‘uncha moli vaqfdan yetib tursa, bu nav’ kishig‘a 
ham, kasb va tijorat qilmaslik yaxshiroqdur. Bas, bu tariqa kishilar bo‘lg‘ayki, ilm va 
shariat o‘rganmakg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay, tokim haloyiqg‘a oxirat ishini bayon qilib, manfaat 
yetkurgay va yo ilmi tib o‘rgangaykim, xalqg‘a sihhati badan ishida manfaat yetkurgay va 
yo kishi qoziliq ishig‘a mutasaddi bo‘lib, xalq maslahatig‘a mashg‘ul bo‘lsa va yo kishi 
safoyi botin (ko‘ngil ravshanligi) hosil qilib, so‘fiylarning zikr va fikr ta’limiga mashg‘ul 
bo‘lsa va yo kishi ibodatda avrodga - duolarga mashg‘ul bo‘lsa, bularning rizqi xonaqodan va 
vaqfdan va yo xalqning nazr sadaqasidan hosil bo‘lib, kishidan bir nimarsa tilamakka hojati 
bo‘lmasa, bularga kasb va tijorat qilmokdan ibodat qilmoq yaxshiroqdur. 
Buzurglardin ba’zilar bor ediki, uch yuz oltmish do‘sti bor edi. Har kuni bir do‘stining 
uyida hamisha mehmon bo‘lib, toat va' ibodatga mashg‘ul bo‘lur edi va ba’zilari bor ediki, 
o‘ttiz do‘sti bor erdi, har do‘stining uyida oyda bir kun mehmon bo‘lib, hamisha toat va 
ibodatg‘a mashg‘ul edilar. Ammo birovdan bir narsani talab qilib, o‘zig‘a xorliq yetkurmas 
edilar. Agarda maishati hosil bo‘lmasa, kishidan bir narsa tilamak gunoh jumlasidan 
bo‘lgani uchun kasb va tijorat qilmog‘i yaxshirokdur. Ammo ro‘zg‘ori but bo‘lib, yetarli 
bo‘lsa, kasb va tijoratdan ko‘ra ibodat qilmog‘i avlodur. Ammo boshqa iloj topmasa, zarurat 
tufayli halol bo‘lur. Agar kishi martaba va darajasi baland bo‘lib, xaloyiqg‘a ilmidan 
manfaati ko‘p yetsa, kishidan bir narsa tilamak birla xorliq yetmasa, ul kishiga kasb va 
tijorat qilmay, ilm qilmoq yaxshirokdur. Ammo kishi ibodati zohiriyga mashg‘ul bo‘lsa, ul 
kishig‘a kasb qilmoq yaxshidurki, hamma ibodatning haqiqati Haq taologa zikr 
aytmoqdur. Kasb va tijorat qilmoqda ko‘nglini Haqtaolo zikrig‘a mashg‘ul tutqali bo‘lur. 
Tijorat shariatga muvofiq bo‘lg‘ay. Bilgilki, bu bob bisyor uzun erdi, hammasini «Kitobi 
fiqh»da bayon qildim. Ammo bu kitobda aksari ko‘pchilik muhtoj bo‘ladurg‘on mas’alani bayon 
qilurmen. Andog‘kim, hamma bu mas’alalarni bilg‘ay. Agar mushkuli bo‘lsa, kishidan so‘rab 
bilgay. Agar bu mae’alalarni bilmasa haromxo‘r va riboxo‘r (sudxo‘r) bo‘lg‘usidur. 
Bilgilki, kasb va tijorat olti muomala birla bo‘lg‘usidur: bay’, ribo, salm (bay’ona), arz 
va shirkat. Bas, bu akdlar (oldi-berdilar)ning jumla shartlarini bayon qilg‘umdur. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling