«kimyoi saodat»


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35

www.ziyouz.com кутубхонаси 
130
O’NINCHI ASL  
Avrod (duo vazifalari) tartibi 
 
«Unvoni musulmoniy»da bayon qilg‘on so‘zlardan ma’lum va ayondurki, odamiy bu 
olamda g‘aribdur, zodi oxirat to‘plash , uchun bu olamga yuboribdurlar. Va ruh haqiqati 
Haq taolo dargohidin kelgandur. 
Yana ul makoni qudsga qaytgusidir. Bas, bu tijoratning sarmoyasi umrdurki, kundan-
kunga nuqson va damdan-damga ziyondur. Kishi, har nafsidin ogoh va har amalni xolisan 
Allohtaolo uchun qilmasa, albatta ziyonkordur. Chunonchi, Haq taolo Qur’oni majidda xabar 
berur: 
 
«Val asri, innal insona lafiy husrin, illallaziyna omanuu va o’milus solihoti va tavasav bil-
haqqi va tavasav bis-sabr». (Val asr). 
 
Oyatning tafsiri ulki: Qasamdur asr vaqtigaki, albatta inson ziyondadur. Faqat iymon 
keltirgan, yaxshi ishlarni qilgan odamlar bundan mustasnodir. 
Bas, umrning sarmoyasi hamisha o‘tkinchidur. Chunki odamiyni olur nafaslari Haq 
taoloning qadim ilmida sanog‘lidur. Bu xatarni bilgan odamlar har nafaslarini bir gavhar 
sanabdurlarki, aning birla saodati abadiyni mahkam ushlagan bo‘lur. Ushbu vajxdan hamma 
nafaslarini ogohliq birla Haq taoloning zikri va fikrida o‘tkaribdurlar. Va har nafas 
sarmoyasini oltin, kumush sarmoyasidan ziyoda bilibdurlar. Bas, kecha va kunduzning 
hamma vaqtlarini bir yaxshi amal va zikri tasbehga ta’yin qilibdurlar. Hech vaqtni g‘ofil 
o‘tkazmabdurlar va zoye’ qilmabdurlar, bilibdurlarki, saodati abadiyg‘a bu olamda Haq 
taoloning unsu muhabbati dilida g‘olib bo‘lg‘an odamlar yetg‘usidur. 
Bas, uns (do‘stlik) muhabbat, doimo zikr aytmoq va ma’rifat hosil qilmoq birla hosil 
bo‘lur. Va ma’rifat tafakkurdan o‘zga nimarsa birla hosil bo‘lmas. Bas, zikr va fikrg‘a 
mudovamat qilmoq saodat yo‘lidir. 
Dunyoni tark qilmoq va ma’siyat lazzatidin kechmak zikr va fikr farog‘atig‘a olib kelur. 
Davomli zikr aytmoq ikki tariqadur. Biri ulki, dilida hamisha Olloh der. Balki zikr aytmoqni 
hadisi nafas derlar. Balki hamisha Haq taoloning zoti qadimi mutolaasiga berilgan va sifoti 
va subuti mushohadasiga mustag‘raq bo‘lg‘ay. Va hech holda g‘aflatga yo‘l bermag‘ay. Bas, 
bu martaba nihoyati aziz va mushkuldur. 
Va har kishida toqat yo‘qturkim, dilni hamma holda bir sifat birla tutg‘ay. Ushbu sababdan 
avrodi muxtaliflar (turli virdlar, toat vazifalari) ta’yin qilibdurlar. Ba’zi virdlar tamomi jismi 
zohiriy birla, chunonchi namoz o‘tamak, ba’zisi til birla, chunonchi - o‘qimoq va tasbih 
aytmoq va ba’zisi dilga taallukdur. Chunonchi, tafakkur qilmoq. Toki, inson har zamon bir 
savob ishga mashg‘ul va har vaqt bir dardga omil bo‘lish birla oynai dilga g‘ubor, malomat va 
zang, kulfat yetkizmag‘ay. 
Bas, fazl uldurki, agarchi hamma vaqtlarini oxirat ishig‘a sarf qilolmasa ham, aksar 
vaqtini sarf qilg‘ay, toki qilg‘an yaxshi ishlari tarozuda og‘irroq bo‘lg‘ay. 
Bas, qiladigan yaxshi amallarini chin ixlos birla qilg‘ayki, ixlossiz qilingan amal 
foydasizdur. Bas, aksar vaqtlarni oxirat ishiga ixlos birla sarf qilg‘ay. Chunonchi Haq 
subhonahu va taolo xabar berur: 
 
«Fasbir, ala mo yaquluna va sabbih bihamdi rabbika qabla tului-sh-shamsi va qabla 
g‘urubiho va min a’no’i-l-layli fasabbih va atrafa-n-nahori la’allaka tarzo». (Taho, 130). 
 
Sabr-toqat qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga 
hamdu sano va ul zotni pok deb tasbih ayting, kechaning avvali va oxirida, kunduzning 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
131
avvalgi va oxirgi taraflarida ham tasbih ayting va namoz o‘qing, shoyad xursand bo‘lursiz. 
Yana bir oyatda Alloh xabar berur, qavluhu taolo: 
 «Vazkur isma rabbika bukratan va asiylan va minal-layli fa-sjud lahu va sabbihhu laylan 
taviylan». (Inson, 26-27). 
 
Yana kechaning bir qismida ham U zotga sajda qiling va tunda uzoq (bedor bo‘lib) U 
zotga tasbex. ayting (Alouddin Mansur tarjimasi). 
Va yana bir oyatda Alloh xabar berur, qavluhu taolo:  
«Konu qalilan min al-layli mo yahjauna. Va bil ashori hum yastag‘firuna». (Vaz Zoriyat, 
17). 
 
Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar va saharlarda avval qilgan 
xatolari uchun mag‘firat so‘rar edilar. 
Bas, bu oyatlarning hammasida ham Haq subhonahu va taolo zikrig‘a mashg‘ul 
bo‘lmoqga ishorat, sidqu ixlos birla amal qilg‘uvchilar saodatiga bashoratdur. Toki 
kecha va kunduz soatlarini taqsim qilmag‘uncha bu virdlar-vazifalarni bajarish 
mumkin bo‘lmagay. Bu vajxdan ani bayon etmak lozimdur. 
 
FASL  
Kunduzgi duolar bayonida 
 
Bilgilki, kunduzga besh virdni ta’yin qilibdurlar: 
Avvalg‘i vird subhdan to oftob chiqquncha. Bas, bu vaqt sharifdurki, Haq taolo bu vaqtni 
azimat va sharofatiga qasam qilibdur: Qavluhu taolo: 
«Val layli iza as’asa, va-s-subhi iza tanaffasa». (Takvir, 17-18). 
Kecha qorong‘uligi bilan va tong salqinligi bilan qasam qilurmanki... 
«Qul auzu bi-rabbil-falaq, min sharri mo xalaq...» 
Ayting ey Muhammad, men sig‘inurmen tongning parvardigori bo‘lmush Xudoi 
taologa va yaratgan narsalari yovuzligidan najot so‘rab Haqdan panoh tilayman. 
«Fa’liqul-asbahi ja’alal-layla sakanan va-sh-shamsa val-qamara husbanan-zalika 
pgaqdirul-azizil-alim». (A’nom, 96). 
Ya’ni: Ul zot zulmatni yorib, tongni chiqarguvchidir. U kechani sokin-orombaxsh qilib 
qo‘ydi. quyosh va oyni vaqt o‘lchovi qildi.Bu qudratli va dono zotning o‘lchovidir. 
Bu vaqtlar har nafas ogoh bo‘lg‘ay. Va kiyim kiymakda zikr va duoga mashg‘ul bo‘lg‘ay. 
Va kiyim kiymakdan murod, avratni yopishni va Haq taoloning farmonini bajarmoqni 
niyat qilgay. Va riyo va ru’unatdan hazar qilg‘ay. 
Vaqtiki, xalojog‘a kirsa, chap oyog‘ini ilgari qo‘yg‘ay. Va tahorat qilurda mazkur 
bo‘lg‘an duolarni o‘qig‘ay. Va namoz bomdodning sunnatini uyda o‘qib, masjidga 
chiqg‘aykim, rasul alayhissalom ushbu tariqada qilibdurlar. 
Sunnatdan keyin Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qilgan duoni o‘qigaykim, kitobi 
«Bidoyatul hidoyat»da keltirdim. Va masjidga borurda ohista yurgay. Va o‘ng oyog‘ini ilgari 
masjidga qo‘yg‘ay. Avvalgi safda o‘tirmoqni ahd qilg‘ay. Va muntaziri jamoat bo‘lib, tasbeh, 
tahlil va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Vaqtiki farzni ado qilsa, to oftob chiqquncha, ushbu 
tariqada o‘tirgay. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, oftob chiqquncha muroqaba qilib 
o‘tirish to‘rt qulni ozod qilmoq bilan tengdir. 
Bas, bu vaqtda to‘rt nav’ ibodatga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi, duo, tasbeh, Qur’on 
o‘qimoq va tafakkur qilmoq. Vaqtiki, salom bersa, duo birla boshlag‘ay. Va aytg‘aykim: 
«Ollohumma, salli ala Muhammadin va ala oli Muhammad, ollohumma, antas-salom va 
minkas-salom, hayyino, rabbano, bis-salom va adhilno doras-salom taborakta rabbano taolayta 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
132
yo zuljaloli val-ikrom». 
Andin keyin duoyi ma’suralarni (Qur’on va hadisdagi duolarni) o‘qigaykim, 
du’vot kitoblarida mazkurdir. Vaqtiki duodan forig‘ bo‘lsa, tasbeq va tahlilga mashg‘ul 
bo‘lg‘ay. Har birini yuz marotaba aytgay. Va o‘n zikrki, fazilati xabarda sanoqsiz, 
kelibdur. Isnodini (roviylarini) zikr qilmoq uzoqg‘a tortadur. Avvalg‘i zikr: «Lo iloha 
illallohu vaxdahu lo sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamd, yuhyi va yumiytu va huva 
hayyun lo yamut bi yadihil-hayru va huva ala kulli shay’in qodir va ilayhil masiyr. 
Ikkinchi zikr: «Lo iloha illallohu al-malikul haqqul-mubiyn». 
Uchinchi zikr: «Subhonalloqi valhamdu lillahi va lo iloha illallohu vallohu Akbar, lo havla 
va lo quvvata illo-billohil a’liyil-aziym». 
To‘rtinchi zikr: «Subhonallohi va bihamdihi, subhonallohil-aziym ». 
Beshinchi zikr: «Subbuhun quddusun, rabbuno va robbul-maloikati var-ruh». 
Oltinchi zikr: «Astag‘firullohal-aziym, allaziy lo iloha illa xuva l-hayyul-qayyum va 
atubi ilayh». 
Yettinchi zikr: «Yo Hayyu, yo Qayyum, bi-rahmatika astag‘iysu va lo li kulli ila nafsi 
tazqi’iyn va aslahu Soni’i kull». 
Sakkizinchi zikr: «Ollohumma lo mone’a li mo a’tayta va lo mu’tiyali mo min’ata va lo 
yanfau val-jaddi minkal-jad». 
To‘qqizinchi zikr: «Ollohumma salli ala Muhammadin va ala oli Muhammad». 
O’ninchi zikr: «Bismillohillazi lo yazirru maa ismiqi shay’un fil-arzi va fis-samoi va xuva 
as-Sami’ul-aliym». 
Bu o‘n kalimaning har birini aqalli o‘n marotaba yo qudrati yetguncha o‘qigay. Har 
birini fazilati va xosiyati o‘zga darajadur. Va har birida o‘zgacha uns va lazzati bordur. 
Shundan keyin Qur’on o‘qimoqga mashg‘ul bo‘lg‘ay. 
To‘liq Qur’onni yod bilmasa, «Oyatal Kursi» va «Omanar-rasul» va «Shahidallohu», 
«Quli llohumma molikul-mulk» va surai «Sabbaha» («Hadid»)ning avvalg‘i oyatlarini va 
surai «Hashr»ning oxirgi oyatlarini o‘qigay. Va agar Qur’on, duo va zikrg‘a doir 
nimarsalarni o‘qishni xoxlasa, hazrati Xizr alayhissalom hazrati Ibrohim Tamimiyga 
ta’lim bergan duoni o‘qig‘aykim, fazilati bisyor va xosiyati beshumordur. Bu duolarni 
isti’onati ashara (o‘n quvvat) va musabba’oti ashara (o‘n yettilik) atarlar: O’n duoki, har 
birini yetti marotabadin o‘qig‘ay. Chunonchi, Surai Fotiha va «Qul a’uzu birabbil falaq» va 
«Qul a’uzu birabin-nosi» va surai «Ixlos» («Qul huvallohu ahad»), surai «Qul yo ayyuhal 
kofiruna» va «Oyatal Kursi» (bu oltisi Qur’ondadur). Va - to‘rttasi zikrdur.Chunonchi 
«Subhonallohi valhamdulillohi va lo iloha illallohu vallohu akbar» va yana «Allohummag‘firliy 
vali-volidayya val ustoziyya val-muslimiyna val-muslimot, val-mo‘miniyna val-mo‘‘minot al 
axyai min hum val amvot innaka mujiybud da’avot, va rof’iu-d-darajot va munzilul 
barakot -va qoziyul-hojot, birahmatika yo arhamar-rohimiyn».  
Bu avrodning fazilati, martabasi hikoyati uzundurki, kitobi «Ihyo-ul ulum»da keltirdim. 
Vaqtiki obid, bulardan forig‘ bo‘lsa, tafakkurg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, tafakkurning odobi 
va tariqini kitob oxirida bayon qilg‘umdur. Ammo onchakim tafakkur qilmoq har kuni 
lozim bo‘ladur. Ushbudurki, inson har kuni o‘limni yod qilg‘ay. Ajalni ancha yaqin bilg‘ayki, 
intihosi kundin ziyoda umr ko‘rmakni tasavvur qilmag‘ay. Bu nav’i tafakkurning xosiyati 
benihoyat ziyodadur. 
Bas, xaloyiq tuli amal (orzu havas) birla dunyog‘a yuz keltirubdurlar. Va agar aniq 
bilsalar erdiki, bir oy yo bir yil ichida vafot etgaylar, albatta dunyo ashg‘olidan yuz 
o‘gurib, oxirat ishig‘a mashg‘ul bo‘lur edilar. Bas, bir kunlik umrlari ma’lum emas, ammo 
o‘n yilda vuqu’ga kelur ishlarini qilurlar. Chunonchi Haq subhonaxu va taolo xabar berur: 
«Avalam yanzuru fi malakutis-samovoti val arzi va mo xalaqal-lohu min shay’in va an ‘asa an 
yakuna qod iqtaraba ajaluhum». (A’rof, 185). 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
133
Tarjimasi: «Oyo, alar nazar qilmadilarmi, osmonlar va yer saltanatig‘a va Alloh taolo 
yaratgan har bir narsag‘a va shul narsaga hamki, shoyad alarning ajallari yaqin kelib 
qolg‘on bo‘lsa». (Oltinxon to‘ra tafsiridan olindi). 
Vaqtiki, bu fikri taammul (chuqur o‘ylash) birla dili sof bo‘lsa, zodi oxirat qilmoqg‘a 
rag‘bat va harakat paydo bo‘lg‘aykim, hayotlig‘ ayyomida gunohva ma’siyatdin xazar qilish 
bilan xayr va saloh ishlarig‘a sa’y va qo‘shish aylab, favt (qo‘ldan berilgan) amallari 
tadoriki, fikr-andeshasida bo‘lg‘ay. Kishiki ko‘ngli ochiq bo‘lsa, toki osmon va zamin 
ajoyiblari va masnuotu g‘aroyiblarig‘a, balki hazrati Sone’ (Yaratguvchi) azza va jallaning 
ismi qadimlig‘i va oliy rag‘barlig‘ig‘a fikr-andesha qilsa, hamma ibodat va hamma 
tafakkurlardan ortiqrokdurki, Haq subhonahu va taoloning ta’zimi dilda barqaror bo‘lur. To 
ta’zim g‘olib bo‘lmag‘uncha muqabbat g‘olib bo‘lmas. 
Va saodatning kamoli muhabbatning kamoli bilandur. Va lekin bu har kishiga muyassar 
bo‘lmas. Magar kishikim, Haq subhonahu va taoloning ato qilg‘on ne’matlarini tafakkur 
aylab, olamdagi mehnatlardan, bemorlik va darveshlikda (ko‘rgan) andog‘ 
uqubatlardan xalos qilg‘onig‘a shukrguzorliq qilsa. Va shukr qilg‘oni uldurkim, Haq 
subhonahu va taoloning farmoniga bo‘ysunib, gunoh va ma’siyatdan yiroq bo‘lg‘ay. 
Bas, kecha va kunduzlari bul tafakkurga mashg‘ul bo‘lg‘ay. 
Ammo, ikkinchi vird to oftob chiqqandan to choshtgohg‘acha (tushga yaqin vaqt-
peshin vaqtigacha)dir. Oftob bir nayza bo‘yi o‘rlaguncha masjidda sabr qilg‘ay. Vaqtiki, 
karohiyat vaqti o‘tsa, ikki rakaat namozi ishroq (quyosh chiqqondan so‘ng o‘qiladigan) 
namozni o‘tagay. To choshtgoh bo‘lg‘uncha zikr va fikrga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va 
choshtgoh kunning to‘rt hissasidin avvalg‘i hissasidur. Bu vaqtda to‘rt rakaat namoz 
o‘tagay. (Ba’zi rivoyatda olti rakaat va ba’zida sakkiz rakaat). 
Naql qilubdirlarkim, odam namozi choshgoxdin forig‘ bo‘lsa, mo‘‘minlar xayriyotiga 
taalluqli ishlarga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi, kasal ko‘rmoq va namozi janozaga 
bormoq va musulmonlar hojatini ravo qilmoq va olimlar suhbatiga bormoq. 
Uchinchi vird choshgohdan to namozi peshing‘achadur. Mo‘‘minlar haqida 
turlicha fikr borki, barchasi to‘rt holatdan xoli bo‘lmas. Avvalg‘i holati ulki, kishi 
ilm o‘rganmakka mashg‘ul bo‘lsa, hech ibodat bundan fozilroq emasdur. Vaqtiki, 
farz namozlardan forig‘ bo‘lsa, ilm o‘rganmoqqa mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va lekin ul ilmni 
o‘rgangaykim, oxiratda manfaat qilg‘ay. Dunyo rag‘batini zaif va oxirat rag‘batini 
qaviy (kuchli) qilg‘ay. Va yaxshi amallari ayb va ofatlarini vayron aylab, sidqi ixlos 
tarafiga boshlag‘ay. 
Ammo ilmi jadal (tortishuv, bahs) va xilof va ilmi qisas (qissachilik) va munga 
o‘xshash ilmlarkim, qofiya birla tartib beribdurlar, bu nav’i ilm dunyo hirsini ziyoda 
qilur. Hasad va mubohat ruxsatlar tuxmini ko‘nglida paydo aylar. Va ilmi nofe’ni 
(foydali ilmlarni) kitobi «Ihyoul ulum» va «Javohirul Qur’on» va bu «Kimyoyi 
saodat»da jam’ qildim. Bularg‘a boqib amal qilg‘ay. 
Ikkinchi holat ulki, ilm o‘rganmakka qodir bo‘lmas, lekin zikr, tasbih va ibodatg‘a 
mashg‘uldur, bu ham ibodatlar darajasidurkim, ulug‘ martabadur. Alalxusus, ul zikrki, 
dilg‘a g‘olib va barqaror bo‘lg‘ay. 
Uchinchi holat ulki, xalqqa rohat va osoyish bo‘ladurg‘on ishga mashg‘ul bo‘lg‘ay. 
Chunonchi so‘fiy, zohid, darveshlar va olimlarga xizmat qilg‘ay. Bas, bu nafl ibodatdan 
yaxshiroqdurki, ham ibodatdur va ham musulmonlarga rohat va ham solihlar ibodatiga 
ko‘makdurki, ularning duosi xosiyatlar bergusidur. 
To‘rtinchi holat ulki, bu xizmatga ham qodir bo‘lmasa va lekin o‘z axli ayolining 
nafaqasi uchun kasb va hunarga mashg‘ul bo‘lsa va yo xalqning amonatini saqlasa. 
Xaloyiqga uning qo‘li va tilidin ozor yetmasa. Va kifoyat qilg‘ulikdan ziyoda dunyoni 
talab etmasa. Bas, bu tariqa (yashash) ham ibodat jumlasidandur. Agarchi muqarrar 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
134
bular darajasiga yetmas, ammo ashobi yamin darajasidurki, salomat manzilida va 
amonat ma’manida (iymon xonasida) mutammakkin (tinchlik, amonlikda barqaror) 
bo‘lg‘ay. 
Ammo ul toifakim, bu mazkur bo‘lgan to‘rt qismdan tashqari hayot kechirurlar 
halokat bo‘lg‘uvchilar jumlasidan, shayton tobe’laridandur. 
Ammo to‘rtinchi vird tush vaqtidan, namozi peshindan asrgacha bo‘lg‘ayki, 
tushdan ilgari qaylula qilg‘ay. Qaylula qilmoq ro‘zaning saharig‘a (saharlik vaqtiga) 
o‘xshashdur. Ammo kishi saharhez (saharda erta turuvchi) bo‘lmasa, qaylula 
qilmagi karohiyatdurkim, ko‘p uxlamoq makruhdur. 
Vaqtiki, qayluladan uyg‘onsa, peshin vaqtidan ilgari tahorat qilg‘ay va azondan ilgari 
masjidga (borgay) va tahiyyati masjid o‘tagay. To‘rt rakaat namoz o‘tagayki, rasul 
alayhissalom bu to‘rt rakaat sunnat namozga uzun sura qiroat qilib o‘qir erdilar. Va aytur 
erdilarkim, bu vaqtda jannatning eshiklari ochiqturar. 
Xabarda kelibdurki, kishi bu to‘rt rakaat sunnatni o‘qisa, yetmish farishta uning 
orqasida namozni o‘tarlar. To kecha bo‘lg‘uncha ul kishining mag‘firatini talab 
qilur. 
Vaqtiki, imom birla farzni o‘qilsa, ikki rakaat sunnatni o‘tagay. To namozi asrgacha ilm 
o‘rgatmak va yo ilm o‘rganmakka va yo musulmonlar manfaatiga sa’y-qo‘shish qilg‘ay. 
Va yo zikr aytmoq va yo Qur’on tilovat qilmoq va shunga o‘xshash ishlarda ba-qadari 
toqat mashg‘ul bo‘lg‘ay. 
Beshinchi vird - namozi asrdan to oftob botg‘uncha bo‘lg‘ay. Namozi asrdan 
ilgari masjidga borgay. To‘rt rakaat namoz o‘tagay. 
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar, Xudo taolo raqmat qilg‘ay ul kishiniki, 
namozi asrning farzidan ilgari to‘rt rakaat namoz o‘tabdur. Namozi asrdan keyin tasbeh 
va zikrg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, bu vaqtning fazilati namozi bomdod vaqtining 
fazilatiga o‘xshashdur. Chunonchi Haq taolo xabar berur: 
«Va sabbih bihamdi rabbika qobla tuluish-shamsi va qabla g‘urubiho». (Toho, 130). 
Oyatning tafsiri ulki, «Zikri tasbeh aytgil, ey Muhammad s.a.v. 
parvardigoringga hamd aytmoq birla oftob chiqishidan ilgari va kun botmasdan 
avval». Bu vaqtda «Va-sh-Shams» va «Val layli» va «Qul, a’uzu birabbil falaq»ni va 
«Qul a’uzu birabbin-nos»ni o‘qigay. Quyosh botganda istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay. 
Hosili kalom ulkim, har vaqtni bir amalga ta’yin qilg‘ay, umrni zoye’ o‘tkarmagay. 
Ammo kechaning avrodi (vazifa, duolari) uch qismdur. Avvalg‘i vird namozi shomdan 
namozi huftongachadur. Bu ikki namoz orasini ogoxlik birla o‘tkargay. Fazilati juda 
ko‘pdir. Xabarda kelibdur, qavluhu taolo: 
«Tataja fa junubuhum anil mazoji’i». (Sajda, 16). 
Tafsiri ulki, ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni, tunlarini 
ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar)». 
Bu oyat vaqtning fazilatida nozil bo‘libdur. Bu vaqtda namozga mashg‘ul bo‘lg‘ay. To 
namozi xuftanning farzini o‘taguncha. Buzurglar bu vaqtda namoz o‘taganning savobini 
kunduzi ro‘za tutgandan ortiqroq sanabdurlar. Vaqtiki, vitr namozidan forig‘ bo‘lsa, 
lahv va behuda (o‘yin-kulgi, befoyda) so‘zlarga mashg‘ul bo‘lmag‘ay, tokim 
mashg‘ulotlarining barchasi Haq taoloning zikri birla bo‘lg‘ay. 
Ammo ikkinchi vird (vazifa) uxlamoqdir. Agarchandiki, uxlamoq ibodat jumlasidan 
emastur, ammo odob va sunnat birla orasta bo‘lsa, ibodat jumlasidandur. Bas, 
sunnat uldurki, avval o‘ng qo‘lini bosib, yuzini qiblaga qilib yotg‘ay. Murdani lahadda 
yotquzg‘on misllik. Bilg‘ilki, uyqu o‘limning barobaridur. Uyg‘oklikhashrning 
mushobahatidur (o‘lganlarning tirilishiga o‘xshashdur), mumkindurkim, uxlaganda 
chiqqan ruh yana qaytib badaniga kirgay. Bas, o‘lumni va oxiratni yod qilib, tahorat 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
135
birla yotg‘ay. Va tavba qilg‘aykim, min ba’d (bundan keyin) gunoh qilmag‘ay. Va 
vasiyatnoma bitib, taqyasi (yostig‘i) tagiga qo‘yib yotg‘ay. Va takalluf (hashamat, 
bezak) birla uxlamagay. Qalin va yumshoq ko‘rpalar ustida yotmag‘aykim, uyqu 
umrni zoye’ qilg‘uvchidur. Shunday bo‘lg‘ayki, bir kecha-kunduz sakkiz soatdan 
ziyoda uxlamag‘ay, yigirma to‘rt soatning uch hissasidin bir hissasini bu tariqa lozim 
tutgan kishi oltmish yil umr qo‘rsa, yigirma yillik umri uyquda zoye’ bo‘lur. Uxlar 
vaqtda tahorat suvi birla misvokni boshida qo‘yib yotgay, vaqtiki yotar oldida bu 
duoni o‘qigay: 
Parvardigoro, sening ismi sharifingni yod qilmoq birla boshimni yerga qo‘ydim. 
Va sening ismi sharifing birla (boshimni) ko‘targaymen. 
Yuqorida mazkur bo‘lg‘on duoni o‘qig‘ay. «Oyatal Kursi», «Omanar rasul» va ikki 
«Qul ‘auzu» va surai «Taborak»ni o‘qig‘ay. Kishikim, bu tariqa zikr va tahorat birla 
uyquga borsa, to bedor bo‘lg‘uncha namoz o‘taganning savobini nomai a’moliga 
biturlar. Va ruhini Arshg‘a yetkururlar. 
Ammo uchunchi vird - tahajjuddurki, kechaning yarmi oxirida uyqudan bedor 
bo‘lib, ikki rakaat va ba’zi rivoyatda o‘n ikki rakaat namoz o‘tagay, hamma 
navofillardin  (nafllardin) ortiqroqdur. Va bu vaqtda dil sof bo‘lur. Dunyo ishlaridan 
forig‘ bo‘lur. 
Va shabhezlik (tunda uyg‘onish) fazilatida xabarlar juda ko‘pdurki, kitobi «Ihyo-
ul ulum»da kelturdim. Hosili kalom ulki, kecha va kunduzning hamma vaqtlarini bir 
amalg‘a ta’yin qilg‘ay. Va hech vaqtni zoye’ o‘tkarmagay. Hamma kechani ushbu 
tariqa birla o‘tkargay. 
Vaqtiki, bu tariqa amal qilmoqdan o‘zini ranjur va malol ko‘rsa, bilgaykim, 
odamiy bu olamda safardadur. Asli vatan oxiratdurki, safardagi kishi malomatdan xoli 
bo‘lmas. Va lekin o‘zig‘a tasalli bergaykim, tez va yaqin fursatda asli vatanida rohat 
va shodmon bo‘lg‘usidur. Bas, bu olamdagi umr oxiratdagi umri jovidong‘a nisbatan 
nochiz va nobuddur. Kishikim, o‘n yillik rohati uchun bir yil mehnat tortsa ajab 
ermas. Bas, yuz ming yil va balki rohati jovidona (abadiy rohat) uchun yuz yil 
ranj chekmak ne ajab. 
 
IKKINCHI RUKN  
MUOMALOT 
 
Bu rukn ham o‘z ichiga o‘n aslni qamrab oladi:  
1)
 
Adab birla taom yemak. 
 
2)
 
Aqdi nikoh qilmoq. 
3)
 
Kasb va tijorat qilmoq. 
4)
 
Halol (rizq) talab qilmoq. 
5)
 
Go‘shanishinlik (xilvatni ixtiyor) qilmoq. 
6)
 
Safar qilmoq. 
7)
 
Vajdu samo’ (Darvishlarning zikr tushishi). 
8)
 
Amri ma’ruf va nahyi munkarni bajo kelturmak. 
9)Mutasaddilik (odamlarni to‘g‘ri yo‘lga, hidoyat yo‘liga 
boshlashda rahbarlik )qilish. 
10)Raiyyatparvarlik, (ya’ni, xalqparvarlik, fuqaroparvarlik) bayonidadur. 
 
 
 
 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
136
AVVALGI ASL  
Taom yemak odoblari bayonida 
 
Bilgilki, zodi ibodat ham, zodi roh ham ibodat jumlasidandur. Va har nimarsaki, 
millatninganga hojati bordur, ul nimarsa millat jumlasidandur. Bas, dindorlikning taom 
yemakka hojati bordur. Zotan, hamma obidlar murodi hazrati Haq taolo diydoridur. Ul 
diydor farahosor (shodlik yetkazuvchi) tuxmi - ilm va amaldur. Bas, ilm va amalga 
davomat qilmoq badan salomat bo‘lmag‘uncha mumkin bo‘lmas. Va badan salomatligi 
taom va sharobsiz (ichimliksiz) bo‘lmas. Bas, taom yemak zaruriyatdandur. Chunonchi, 
Haq taolo Kalomi majidida xabar berur: 
«Kuluu minat-tayyiboti va’mayau solihan». 
Oyat tafsiri: «Luqmai haloldan yenglar va yaxshi ishlar qilinglar». 
Haq taolo yemakni va yaxshilik qilmoqni bir oyatda jam’ qilibdur. Bas, odam 
taomni ilm o‘rganmak va ilmga amal qilmoqg‘a quvvat va oxirat yo‘lida yurmakka 
qudrat uchun yesa - ibodat jumlasidandur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: 
mo‘‘minning hamma xayrotiga savob biturlar. Hattoki luqmani o‘zining og‘ziga va yo 
ahli baytning og‘zig‘a solsa ham savob biturlar. Bu vajhdanki, mo‘minning taom 
yemakdan maqsudi - amali solih qilmoqdur. Bas, taom yemak rohi din jumlasidan 
bo‘lg‘onining nishoni uldurki, haromdan hazar qilg‘ay. Va haloldan rizq topib, toat 
va ibodatg‘a quvvat bo‘lg‘uncha yegay. Va yemak odobi sunnatlarig‘a rioya qilg‘ay. 
Bilgilki, taom yemakda necha sunnat bordur: ba’zisi taom yemakdin ilgaridur va 
ba’zisi keyin. Ammo onchakim, taom yemakdan ilgaridur, avvali ulki, qo‘lini va 
og‘zini yuvg‘aykim, bu tariqa taom yemak ibodatdur. Va zodi oxiratdur. Taom yemakdan 
ilgari qo‘lini va og‘zini yuvmoq namozdan ilgari tahorat olg‘onga o‘xshashdur. 
Xabarda kelibdur: Kishikim, taomdan ilg‘ari qo‘lini yuvsa, kambag‘allik va 
tangdastlikdan qutilar. 
Ikkinchi odob ulki: Taomni dasturxonga qo‘yib yegay va xonga (xontaxtaga) 
qo‘ymag‘aykim, rasul alayhissalom ushbu tariqa qilibdurlar. Dasturxon safarni 
eslatar.  Va  dunyo  safari  oxirat  safarini  eslatar. Va ham tavozu’ga yaqindur. Bas, 
agar xonda qo‘yib yesa ham joizdurki, xonda qo‘ymoqni nahiy (man’) ham 
qilmabdurlar. Ammo o‘tmish kishilar odatlari sufrada ko‘ymoqdurki, hazrati Rasul 
alayhissalom dasturxonda qo‘yibdurlar. 
Uchinchi odob ulki, o‘tirib taom yeg‘ay. Bu tariqa birlaki, o‘ng tizzasini ko‘tarib, chap 
poyini bosib o‘tirgay. Va bir nimarsag‘a suyanib taom yemagay. Rasul 
alayhissalom  aytibdurlar: «Men taomni suyanib yemasmenki, bandadurman, 
bandavor o‘tirurman va bandavor taom yerman». 
To‘rtinchi odob ulki, niyat qilg‘ay taomni ibodatg‘a quvvat bo‘lmoquchun yeyishni. 
Ziyoda shahvatni qasd qilmag‘ay. Ibrohim ibn Shaybon rahmatullohi alayh aytur: 
«Sakson yildurkim, hech nimarsani baroyi lazzat va shahvat uchun 
yemabdurman». Bas, bu niyatning rostlig‘iga dalil ushbudurki, kam yemakni odat 
qilg‘ay. Vaxo‘p yemak ibodatni man’ qilur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, 
necha luqma taom odam pushtini rost tutqunchalik bo‘lsa kifoyadur. Odam 
shunchalik taomga qanoat qilibdur, me’dasi toza va salomat bo‘lib, kam yemagi va 
ichmagi bilan badani yengil bo‘lg‘usidur. 
Beshinchi odob ulki, to qorni obdon ochmaguncha taom yemagay, sunnatlarning 
fozilrog‘i qorin ochganda taom yemakdurki, qorin ochmay taom yemak mazmum va 
makruhdur. Kishi ochlik holatda taomga qo‘l ursa, to‘yib ketguncha yeb bo‘lmay (to‘ymay 
turib) taomdan qo‘l yig‘sa, hargiz tabibg‘a hojati tushmas. 
Oltinchi odob ulki, hozir bo‘lgan taomga qanoat qilg‘ay, laziz va pokiza taom izlab 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling