«kimyoi saodat»
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- YETTINCHI ASL Safar qilmoq odoblari
- FASL Zohiriy safar odobi bayonida
- SAKKIZINCHI ASL Simo’ bilan vajd odoblari
www.ziyouz.com кутубхонаси 196 ko‘ngliga parokandalik yetar. Va bilg‘ilki, kiymak va yemakda qanoat birla bo‘lg‘ay. Qo‘shnilarning‘ ranji va alamig‘a sabr qilg‘ay. Kishining yaxshi va yomon demog‘iga quloq solmagay, chunki uzlatdan maqsud oxirat ishiga mustag‘raq (g‘arq) bo‘lmoqdur. YETTINCHI ASL Safar qilmoq odoblari Safari botin va zohir. Bas, safari botin dilning olami malakutiyg‘a safar qilmog‘idur, osmon va zaminda Haq taoloning ajoyib sun’i-san’ati va g‘aroyib qudratlarini mushohada qilmoq birla amalga oshur. Bu eranlar (mardlar)ning safaridurki, tanlari uyda va ruhlari jannat ichra sayr qilur. Kishikim, bunday safarga ojizlik qilsa, tan birla bu manzildan yana bir manzilga manfaat uchun bormoqdur. Bu safarning misoli: kishiki qat’i manozil (manzillarni bosib o‘tish) va sayri marohili tay (safarda ko‘p yurish) birla Ka’ba tavofig‘a musharraf bo‘lg‘ay. Avvalg‘i misolda Ka’ba bu kishining qoshig‘a kelgay. Bas, bu ikki safar orasida farq bisyordur. Chunonchi Shayx Abu Sa’id rahmatullohi alayh aytur: «Nomardlar oyoqlarini qabartururlar va mardlar jonlarini qabartururlar». Ya’ni eranlar jonlarig‘a riyozat ranjini yetkurmoq birla Ka’bani o‘z qoshlarig‘a keltirurlar. Bilgilki, zohiri safarning odobini ikki bobda sharh qilurman. Ammo safari botinning sharhi nozik - daqikdurki, bul kitobga sharqi sig‘mas. Avvalgi bob safarning niyati va odoblari va nav’lari bayonida. Bilgilki safar besh qismdur. Avvalg‘i safar - ilm talabida safar qilmoq. Bu safar farzdur. Chunonchi ilm o‘rganmak farz va sunnatdur. Bas, ilm talabida safar qilmoq uch tariqadur. Avvalg‘i tariqa-ilm o‘rganmakdur. Xabarda kelibdur, kishi uyidan ilm o‘rganmak talabida chiqsa to uyig‘a kelguncha ilm talabida yurgan bo‘lur. Xabarda kelibdurki, tolibul-ilmning yo‘lig‘a farishtalar qanotlarini yoyib turarlar. Salaf rahmatullohi alayxdan ba’zilari bir xadis eshitmak uchun safarni ixtiyor qilibdurlar. Sufyon Savriy rahmatullohi alayh aytur: «Agar kishi Shomdan Yamanga safar qilib, shariat ilmidan bir so‘z eshitsa, ul safari zoye’ bo‘lmas». Va lekin ul ilm uchun safar qilg‘ayki. zodi oxirat bo‘lg‘ay. Har iyamki, insonni bu dunyodan oxiratga boshlamasa va hirsdin qanoatg‘a, riyodan ixlosg‘a qaytarmasa va xalqdan ko‘ra Xudodan ko‘p qo‘rqmoqni ziyoda qilmasa, ul ilm sababi halokat bo‘lg‘usidur. Ikkinchi tariqa - o‘zlukdan xalos bo‘lmoq, axloqi zamima va avsofi mazmumasidan (yomon, nafratli xislatlaridan) xalos bo‘lmoq uchun safar qilmoqdur. Bu nav’ safar muhimdurki, kishi uyida bo‘lsa ko‘ngli xohlag‘onini qilur. O’zini va hamma sifatlarini yaxshi ko‘rur. Vaqtiki safarda bo‘lsa o‘zig‘a yomon fe’li ma’lum bo‘lur va safar ranjidan o‘zining ojizligi, za’ifligi va badxo‘ylig‘ini bilib olur. Bas, safar yaxshi sifat hosil qilmoq va salohga kelmakg‘a bois bo‘lur. Bishr Hofiy rahmatullohi alayh aytur: «Ey, yaqinlarim, safar qilinglar, toki pok bo‘lg‘aysizlar. Chunonchi suv bir yerda uzoq tursa ta’mi buzilar». Uchinchi tariqa ulki, bahru bar (quruqlik va suv yo‘li) va ko‘hu biyobonlarni (tog‘u-cho‘llarni) sayr qilmoq, Alloh azza va jallaning yaratish qudratlarini mushohada qilmoqdur. Bu nav’ safar ham foydalidir. Ibodat uchun haj tavof qilmoq va g‘azot qilmoq, anbiyo va avliyolar, sahoba va tobe’inlarning mazoratlarini ziyorat qilmoq ham xayrli ishlardir. Balki ulamolar va ulug‘larning yuzlarini Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 197 ko‘rmoq ham ibodatdur, ularning duolari barakotdur. Bas, ulamo va buzurglarning foydasi ulki, ularga ergashmoq rag‘bati paydo bo‘lur. Bilgilki, ularning diydori ham ibodat va ham tuxmi ibodatdur. Vaqtiki haqoyiq (haqiqatlar) va maorif so‘zlardan bayon qilsa, foyda ikki hissa bo‘lur. Goho shuhado (shahidlar) va avliyolar mazoratig‘a bormoq ham ravodur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Lo tusaffur-rijolu illo ila salosati masojid». Ya’ni, masjidlarga safar qilsanglar, uch masjidg‘a safar qilinglar. Ya’ni, Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara va Baytul-Muqaddasg‘a. Bu hadis o‘zga masjid va baqi’a - (joy, makon, qabr)lar ziyoratig‘a bormoqni man’ etmagay. Ikkinchi safar toat va ibodatg‘a xalal beradigan narsalardan qochmoqdur. Chunonchi joh va mol va mutasaddi bo‘lmoqki, dunyog‘a mashg‘ul qilib, zikr va fikrg‘a mone’ bo‘lsa, bu safar farzdur. Ammo hojatga kifoyat qilgunchalik dunyoliq ashg‘oli zarurdurki, «Vaqad najat muxaffifun» ya’ni albatta, najot topdi yuki yengilroklar. Sufyon Savriy aytur: «Andog‘ vaqt bo‘libdurki, sizlarni tanimaydurg‘on va bilmaydurg‘on yerga qochinglar». Sufyon Savriyni ko‘rdilarki, xurjunini yelkasiga solib ketib boradur. So‘radilarki, «Na yerga borursiz?» Aytdi, falon sahroda taom arzon ermish, anda borurman. Aytdilar: «Sendin bu ish ravomudur?» Aytdikim: «Har yerda hayot yengil bo‘lsa, anda bo‘linglarki, din salomat va dil oriqroq bo‘lur». Ibrohim Xavvos hech safardan qaytib uyida qirq kundan ziyoda turmagandur. Uchinchi safar tijorat safaridurki, dunyo talabida safar qilmoq mubog‘dur (ruxsat etilgan). Agar o‘zini va ahli ayolini odamlardan behojat qilmoq talabida safar qilsalar, toat jumlasidandur. Agar ziyoda dunyo topmoq va anga faho-nozish qilmoq niyatida safar qilsa, shayton yo‘lida yurgan bo‘lur. Bas, aksar xaloyiq umri azizlarini dunyo jam qilmoq orzusida, safar ranjida zoye’ qilurlar. Oxiri yo g‘urbatda o‘lar, molini g‘oratgarlar (talonchilar) olur va yo o‘z diyorida o‘lsa ham molini vorislari olib, havoyi nafsig‘a xarj qilurlar va ani aslo yod qilmaslar va hech bir vasiyatini bajo kelturmaslar. Mundin ziyoda ziyonkorlikbo‘lmaski, hamma ranjni bu kishi tortgay, rohatini esa o‘zgalar ko‘rgay. To‘rtinchi safar tamosho va tafarruj (sayr-tamosho, ko‘ngil ochish) safaridur. Bu niyat birla goh-goh va kam-kam safar qilmoq mubohdur. Ammo kishi shaharma- shahar yurmak odati bo‘lsa, bu safarda ajoyib shaharlarni va g‘aroyib odamlarni ko‘rmakdan o‘zga niyati bo‘lmasa, ulamolar bu nav’ safarda ixtilof qilibdurlar. Ba’zilar aytibdurlarki, bu safar befoyda ranj va mashaqqat tortmokdan o‘zga natija bermas. Bas, mening nazdimda tamosho uchun safar qilmoq mumkindir (harom emas) Hirqapo‘shlardan ba’zilari shahardan shaharga va xonaqog‘a yurmakni odat qilibdur. Qasdlari piri murshid topmoq va ani xizmatida bo‘lmoqda emas va maqsadlari tamosho qilmoqdurki, bir yerda turib toat qilmoqg‘a toqatlari yo‘qdur, botin yo‘lidan nasiba topmabdurlar. Qaysi xonaqoda ne’matlari ko‘p bo‘lsa, anda bo‘lib, tugasa, yana bir boshqa xonaqoga borurlar. Bahonalari-avliyolar mazoratlarini ziyorat qilmoqdur. Bu nav’ safar agarda harom bo‘lmasa ham makruhdur. (Ibn Battuta safarlari ilm va riyozat uchun edi. - M.M.) Ammo nodon va johil bo‘lib, o‘zini so‘fiylar suratida tutib, bu tariqa birla amal qilsa fosiq va osiydur. Nazr va niyoz deb Oltan moli haromdur. Bas, har kishi muraqqa’ (darvishlar kiyadigan quroq to‘n) kiyib, besh vaqt namoz o‘tagan birla so‘fiy bo‘lolmas. Balki so‘fiy uldurki, hamisha safoyi botin (qalbni poklash) talabida bo‘lgay va yo safoyi botin hosil qilg‘on bo‘lg‘ay va yo sa’y-harakatda bo‘lg‘ayki, bezarurat taqsir Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 198 qilmag‘ay. Yo so‘fiylar xizmatida bo‘lg‘ay. Bas, so‘fiyliq noni bu uch toifadan o‘zgaga halol emasdur. Bu qavmning yomonrog‘i uldurki, so‘fiylarning so‘zidan birmuncha so‘z yod olurlar, naql va hikoya qilmoq birla o‘zlarini hamma ilmdan bahramand bilurlar. Bu ishlarining shumlig‘i shu darajaga yeturki, ulamolarg‘a haqorat nazari birla qararlar va balki shariatni ham haqir va muxtasar ko‘rurlar. Ayturlarki, shariat zaiflar uchundir. Kishi rohi sulukda (tariqatda) kuchli bo‘lsa, anga hech nima ziyon qilmas. Balki ul kishining dini ulug‘ tog‘ misllik mahkamdurki, hech nimarsa birla iflos va oluda bo‘lmas. FASL Zohiriy safar odobi bayonida Zohiriy safarning odoblari sakkiztadur. Avvalgi odob ulki, safar qilguvchi qarzdor bo‘lsa, qarzini ado qilgay. Birovning omonati bo‘lsa, egasiga topshirgay. Ahli ayolining (oila, bola chaqalarining) nafaqasini tamom bergay va haloldan zodi roh (yo‘l ozig‘i) hosil qilg‘ayki. safarda hamroqlariga taom bermak va yaxshi so‘z birla ko‘nglini xush qilmoq makorimi axloqdandur (ya’ni, go‘zal xislatdur). Ikkinchi odob ulki, rafiqi shoyista (yaxshi do‘st) topg‘ay. Avval rafiq, summa tariq (ya’ni, avval o‘rtoq, keyin yo‘l). Hazrati rasuli akram s.a.v. tanho safar qilmoqni man’ etibdurlar. Safarga eng kami uch kishi bo‘lg‘ay, toki namozni jamoat birla o‘qigaylar. Hazrati rasul a.s. aytibdurlar: «Safarga chiqayotganda bir kishini safar amiri qilinglar. Safarda bo‘ladigan har turli hodisalarni safar boshlig‘i bilan bamaslahat hal qilgaysizlar. Andog‘ kishini amir qilinglarki, hamma tomonlama xushxulq bo‘lsun. Ul kishi ilgari ham safar qilg‘on bo‘lsun». Uchinchi odob ulki, (ko‘pchilik) yoru do‘stlari birla vidolashg‘ay (xayrlashgay.) Hazrati rasul a.s.ning duolarini o‘qig‘ayki, duolari bu turur: «Astavdiulloha diynaka va omonatuka va xavotima amalika», ya’ni «Seni va diningni olloh taologa omonat topshirdim, amali oxir, ya’ni iymoningni ham». Rasulalloh safarga borsalar, birov bilan ko‘rishsalar, bu duoni o‘qir edilar: «Zavvadaka alloxu at-taqvo va a’fa zanbika va vajjahal-xayra haysu mo tavajjahta», ya’ni: «Olloh taolo senga ro‘ziy (nasib) qilg‘ay parhezkorlikni va afu qilg‘ay gunohingni va senga yetkurg‘ay yaxshilikni har yerga borsang». Bu duoni (safarda yurganda) muqim turganlar uchun o‘qimoq sunnatdur. Vaqtiki, (do‘stlar, qarindosh-urug‘lar bilan) xayrlashuvda hamma yaqinlarini xudoyi taolo panohiga topshirgay. Hazrati Umar roziyallohu anhuning‘ qoshiga bir kishi bir go‘dakni ergashtirib keldi. Hazrati Umar aytdilar: «Subhrnalloh, bu bolag‘a o‘xshash hech go‘dakni ko‘rmabdurman». Boyagi kishi aytdi: «Yo amiral-mu’miniyn, bu bolaning ajoyiblaridan xabar berayki, bir yili men safarga borur bo‘ldim. Onasi bu go‘dakka homilador edi. Onasi aytdi: «Meni bu holda qo‘yib, safarga borurmisan?» Men aytdim: «Astavduilloha mofi batniki», ya’ni: «Omonat topshirdim Olloh taologa qorningdagini» Vaqtiki safardan qaytib keldim. xotunim qazo qilibdur. Aytdilarki «Har kecha xotiningni go‘ridan bir o‘t ko‘rinadur». Aytdimki: «Namoz o‘qiydurg‘on, ro‘zador xotin edi, nechuk voqea ekan?-deb go‘rini ochdim. Ko‘rdimki, chirog‘ yoniq. Go‘dak o‘ynab o‘tiradur. G’oyibdan ovoz eshitdimki: «Bu go‘dakni menga topshirding, agar onasini ham topshirganingda salomat topar erding». To‘rtinchi odob ulki, kishi safarga chiqmoqni iroda qilsa, ikki rakaat istihora namoz o‘qigay va safarga chiqish oldidan yana to‘rt rakaat namoz o‘qig‘ayki, Onas ibn Molik roziyallohu anhu aytur: «Bir kishi rasul a.s. huzurlariga keldi va aytdikim: «Yo, Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 199 rasulalloh, safar iroda qilibman, vasiyatnoma bittim. Ul xatni otamga beraymu, yo o‘g‘limga, yo birodarimga beraymu?» Rasul a.s. aytdilar: «Kishi safarga chiqsa vasiyatini qo‘ymoqg‘a Xudoi taolo dargohida turib to‘rt rakaat namozdan do‘stroq nima yo‘kdurki, birovga omonat qo‘ygon vaqtida o‘qigay... Oxirida salom bergandin keyin aytgaykim: «Ey, bor Xudoyo, men senga muhtojdurman, bu namozni menga va ahli ayolimga va molu mulkimga xalifa qilg‘il (posbon, o‘rinbosar qilg‘il). Haq taolo ul namozni kishi safardan qaytib kelgunicha ahlu ayoliga va mol-mulkiga nigohbon qilur. Beshinchi odob ulki, kishi safarga chiqmoqchi bo‘lib, uyining eshigi oldida turganida bu duoni o‘qigay: «Bismillohi va billohi tavakkaltu alallohi, lo havla va lo 1 quvvata illo billohi rabbi, auzubika min an azalla, av azlima, av uzlama, av ajhala, av yujhala alayya». Ya’ni: «Ibtido qildim men bu safarni Ollohtaoloning ismi birla va tavakkal qildim Olloh taoloning o‘ziga. O’zimni gunoxdan tiyishga kuch-qudratim yo‘qdur. Kuch-qudrat va qo‘rqinch faqat Xudoi taoloning o‘zidandur. O’zingdan panoh tilayman, lutfu karaming birla meni xorlik, zillat va gumrohliklardan o‘zing asragaysan. Mendan birovga va birovdan menga zulm va jaholat yetishidan o‘zing asragaysan». Vaqtiki (yo‘lovchi) markabga (ya’ni, ot, ulov, arava, foytun, hozirgi zamonda mashina, tayyora, vagonlarga) minsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Subxonallaziy saxxara lano va mo kunna lahu muqriniyna va inna ila rabbino, la munqalibuna». Ya’ni: «Poklik birla yod qilurman Xudoi taoloni, chunki menga musaxxar va munqod (itoat etuvchi) qildi bizlarga bu markabni (ulovni). Agar Olloh taolo o‘z qudrati bilan bu ulovlarni bizga itoat etadigan qilib qo‘ymaganida odamlarning bunga qudratlari yetmas va ularga yaqin bo‘lolmas edilar. Haqiqatan bizlar Olloh taoloning dargohiga qaytguvchilarmiz». Jahd qilg‘ilki, safarning ibtidosi (boshlanishi) haftaning payshanba saharida bo‘lg‘ay. Hazrati rasul a.s. payshanba kuni safar qilur edilar. Ibn Abbos roziyallohu anxu aytur: «Kishi safar qilsa va yo boshqa murod hojat tilasa shanba va yo payshanbaning saharida qilg‘ay. Hazrati rasul a. s. duo qilibdurlar: «Ey, bor Xudoyo, muborak qilg‘il ummatimga shanba va payshanbaning saharini». Oltinchi odob ulki, kishi (o‘z uloviga yoki birovdan ijaraga Oltan) uloviga yukni yengilroq yuklagay. Iloji boricha yuki bor ulovga minmagay. Va ulov ustida uxlamagay. Ertalab va oqshom biror soat piyoda yurgayki, oyog‘ida qon yurishib yengil tortgay va ulovga ham yengillik bo‘lg‘ay. Salaf rahmatillohi alayh safar vaqtida ulovni kiraga olur edilar bu shart birlaki, gohi-gohida ulovdan tushib piyoda yurgay, toki bu ulovga rahm-shafqat va sadaqa bo‘lg‘ay. Kishiki ulov hayvonni besabab ursa va yo yukni og‘ir yuklasa qiyomat kuni ulov da’vo qilur. Abu Dardo roziyallohu anhu (sahoba) tuyani kiraga oldilar va unga qarab aytdilarki: «Ey, tuya, qiyomat kuni menga da’vogar bo‘lmag‘ilki, senga og‘ir yuk yuklamadim». Yo‘lovchi yuklaydigan yukini ulov egasiga ko‘rsatgay. Ko‘rsatganidan tashqari yuk ortmagay. Abdulloh ibnul Muborak rahmatillohi alayhsafarga borur edilar. Bir kishi (yuk) va xat keltirdi va aytdiki: «Bu xatni (va yukni) falon kishiga bergaysiz». Ibnul Muborak ulov egasiga bir nima (qo‘shimcha) olmoqni shart qilmab edim, deb yukni qabul qilmadilar. Hazrati Oysha roziyallohu anho ayturlar: «Hazrati rasul a.s. xar gal safar qilsalar, taroq, oyna va misvok, surmadon va mabraz hamroh qilur erdilar (mabraz-ustara va sochiq). Yana bir rivoyatda noxuntarosh (tirnoqoladigan asbob) ham mazkur bo‘libdur. So‘fiylar sog‘u va arg‘amchi ham lozim tutibdurlar (sog‘u-quduqdan suv oladigan mesh bo‘lsa kerak). Salaf rahmatillohi alayh bu ikki narsani lozim tutmabdurlar. Yettinchi odob ulki, vaqtiki rasul a.s. safardan qaytayotganlarida Madinai Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 200 munavvaraning qorasi ko‘rinsa, bu duoni o‘qir edilar: «Ollohumma, aj’al-lano biho qaroran varzuqno hasanan». Ya’ni: «Ey, bor Xudoyo, bizga ul Madinada orom va qarorni va rizqi ro‘zni nasib qilg‘il va yaxshilikni ham». Va o‘shal yerdan xushxabar yetkazish uchun kishi yuborar edilar. Sakkizinchi odob - vaqtiki, safardan qaytib kelsa, kishi uydagilar bilan ko‘rishgach, masjidga chiqib, ikki rakaat namoz o‘qig‘ay. Mana shu sakkiz odob birla safarga borilsa. Haq taolo kishiga eson-omon, yaxshiliklar birla qaytishni nasib etgay. SAKKIZINCHI ASL Simo’ bilan vajd odoblari Simo’ning hukmini ikki bobda bayon qilurman, inshoalloh taolo. Avvalg‘i bob simo’ning mubohligi (ruxsat etilganligi) bayonida. Ikkinchi bob simo’ning halol va haromlig‘i miqdori bayonida. Bilgilki, Haq taolo odamning ko‘nglida o‘z sirini pinhon qilibdurki, - tosh ichida olovni ping‘on qilg‘onga o‘xshash. Chunonchi temirni toshga ursa, o‘t oshkora bo‘lg‘ondek, simo’ va xush ovoz eshitmak birla odamiy dilining asrorini harakatg‘a keltirur va simo’ vaqtida insonda shuur va ixtiyor bo‘lmas. Bas, dil gavharining ruhlar olamiga munosabati qancha kuchli bo‘lsa zavqu-shavq shunchalik ziyodadurki, hamma husnu jamol ruhlar olamidagi husnu jamolning namunasidur (ko‘rinishi, tajalliysidur). Ul ko‘ngilki, ishq va muhabbatdan bahramand va biyno (uzoqni ko‘ruvchi) dur, simo’ning asari ta’siri ziyodaroqdur. Kimning ko‘nglida Xudoi taoloyyng do‘stlig‘i va muhabbati o‘ta g‘olibroq bo‘lsa, simo’ ul kishig‘a muhimroqdur, muhabbat o‘tini tez qilur. Va kishiki, aning ko‘nglida Haq taolo do‘stligi botildur, simo’ anga zahri qotildur. Bas, simo’ning halol va haromlig‘ida ulamolar ixtilof qilibdurlar. Axli zohir haromligiga hukm qilibdurlar. Ammo bilgilki, simo’ning halol va haromligi ko‘ngil xoliga qarab bo‘ladur. Kishi ko‘nglida shariatda halol nimarsaning muhabbati bo‘lib, simo’ ul muhabbatni ziyoda qilsa, savob va haloldur. Va agar shariatda harom nimarsanikg‘ muhabbati bo‘lib, simo’ o‘shaning zavqi va shavqini ziyoda qilsa, harom va azoblidir. Kishining ko‘ngli bu ikki muhabbatdan tashqari tab’i lazzat olmoq uchun eshitsa, muboh (ruxsat)dur. Bas, simo’ eshitur kishi uch qismdur: avvalkim, o‘yin va g‘aflat tariqi birla eshitur, bu ahli g‘aflatning ishidur. Dunyo va lahv (o‘yin-kulgi) va boziy birladur, munchalig‘ simo’ni harom deb bo‘lmas. Bu sabab birlaki, simo’ni ko‘ngil xushlar va ko‘ngil xushlaydurg‘on nimarsa harom emas. Masalan, ba’zi nimarsalarki, ko‘ngil xushlar va lekin haromdur. Bas, aning haromlig‘i ko‘ngil xushlagan jihatdan emas, balki aning zarari va fasodi sababdan haromdir. Chunonchi yoqimli ovozlarni ko‘ngil xushlar, harom emas. Go‘yoki ko‘k maysalarga va oqar suvga qaragandek xushdur, harom emas. Bas, xushovozni quloq eshitib badan bahramand bo‘lganidek, oqar suvga, ko‘m-ko‘k maysalarga boqib ko‘z manfaat Oltaniga o‘xshaydur. Mushki. anbardan burun hidlab bahramand bo‘lmoqg‘a va taomdan quvvati zoiqa lazzat topganga va hikmatli so‘zlardan aql surur va behjat (quvonch) hosil qilg‘onga o‘xshashdur. Haq taolo bu havoslarni anvoi lazzatlar birla sarafroz qilibdur. Bas, nima uchun simo’ harom bo‘lgay? O’yin qilmoq va anga qaramoqning harom emaslig‘ig‘a dalil ushbudurki, hazrati Oysha r.a.dan rivoyat qilurlar, iyd (hayit) kuni zangilar masjidda o‘ynadilar. Rasul alayhissalom aytdilarki: «Ko‘rmakni xohlarmusen?» Aytdimki, «Xohlarmen». On hazrat alayhissalom eshik yonida qo‘llarini tutib turdilar, men iyagimni Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 201 muborak kiftlariga qo‘yib anga nazzora qildim. Necha marotaba so‘radilar, ko‘rib bo‘ldingmi? Aytdimki, hanuz ser bo‘lganim (to‘yganim) yo‘q. Bas, bu naql sahixdur, bu naqldan besh ruxsat ma’lum bo‘lur. Avvalg‘i ruxsat ulki, boziy va lahvkim, anga nazzora qilmoq kam-kam bo‘lsa harom ermasdur. Hazrati Oysha raziyallohu anho rivoyat qilurlarkim, zangilarni (habashlarni) o‘yinida usul va nag‘ma va g‘azal bor Ikkinchi ruxsat ulki, o‘yinni masjidda qildilar. Uchinchi ruxsat ulki, xabarda kelibdurkim, hazrati rasuli akram s.a.v. Oysha r. anhoni ko‘rsatgali borganda zangilarga dedilarkim, o‘ying‘a mashg‘ul bo‘lg‘il. Bas, bu farmondur. Agar harom bo‘lsa edi, farmon qilmas erdilar. To‘rtinchi ruxsat ulki, Oysha raziyallohu anhodan o‘yin ko‘rmakni xoxlarmusen deb so‘radilar. Bas, bu taqozodur. Beshinchi ruxsat ulki, hazrati rasuli akram s.a.v. Oysha raziyallohu anho bilan uzoq muddat tomosha qilib turdilar. Bu dalolat qilurki, xotinlar va go‘daklar ko‘nglining xushlig‘i uchun bu nav’ ishlarni qilmoq kamoli xushxo‘ylikdandur. Sahih naqldurki, Oysha roziyallohu anho rivoyat qilurlar: «Go‘daklik vaqtimda nechand qizlar bilan o‘yin yasab o‘ynar erdik. Rasuli alayhissalom kirsalar, qizlar har tarafga qochar edilar. Onhazrat alayhissalom bolalarni qochmanglar deb mening qoshimda qo‘yar edilar. Bir kuni bolalardin so‘radilar: «Bu o‘yinlar nimadur?» Ular aytdiki, bizlarning qizlarimizdur. Yana so‘radilar: «Bularni orasida bog‘loqlik turgan nimadur?» Aytdilar: Bularning otidir. So‘radilarki, bo‘ynidagi nimadur? Aytdilar: Qanoti va quyrug‘idur. Aytdilar: «Otni qanoti, quyrug‘i bormu? Bolalar aytdilar: «Eshitmadilarmu, Sulaymon alayhissalomni otlarini qanotlari, quyruqlari bor ekan». Rasuli alayhissalom oncha tabassum qilib kuldilarki, muborak tishlarining hammasi ko‘rindi. Ammo bu xabar surat chizmoqning joizlig‘ig‘a dalolat qilmaydur. Oysha roziyallohu anqo rivoyat qilurlar: Bir kuni ikki kanizak mani xujramda daf (doira, childirma) chalib va naqsh aytib o‘tirur edi, rasul alayhissalom kirib keldilar, man’ qilmadilar. Yuzlarini yana bir tarafg‘a qilib yotdilar. Andin keyin Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu kirib, man’ qildilar. «Rasuli xudoni uylarida shaytonning fe’lini qilursen» dedilar! Hazrati rasul alayhissalom aytdilarki, «Yo Abobakir, bulardin qo‘l yig‘qilki, bu iyd kunidur». Bas. bu xabardin ma’lum bo‘ldiki, daf chalmoq va naqsh (kuy, ashula) aytmoq muboxdur. Va shak yo‘qki, daf va surudning uni (ashulaning ovozi) rasul alayhissalomning muborak quloqlariga yetti. Hazrati Abu Bakir Siddiq roziyallohu anhu kuy va ashula aytishni man’ qilganlarida, Rasululloh s.a.v.ning Abu Bakirga qarab qarshilik qilmagin deb aytishlarining o‘zi bu ishlar uchun ruxsatligiga ochiq-oydin dalildir. Ikkinchi qism ulki, ko‘nglida xiyonati bo‘lsa simo’ haromdur. Chunonchi, bir nomahramning ishqi va muhabbatig‘a giriftor bo‘lsa ani huzurida va yo aning yodida simo’ qilmoq va surud aytmoq haromdur. Yigitlarning aksari bu jumladandurlar. Haromlig‘i bu jihatdandurkim, botil o‘tni tez qilur. Bas, nafs va shahvat o‘tini o‘chirmak vojib edi. Ammo bu ishq-muhabbat o‘zining xotini, kanizagiga bo‘lsa surud va simo’ muboxdur. Uchinchi qism ulki, kishining ko‘nglida yaxshi sifat bo‘lsa simo’ ul sifatni kuchli va ziyoda qilurki, bu to‘rt navdur: Avvalg‘i nav’ hojilarning surud va she’riki, Ka’bai muazzamaning sifati va bodiyalar ta’rifidadur. Hajga bormoq niyati bor kishig‘a bu nav’ simo’ eshitmak haloldurki, baytulloh ishtiyoqining o‘tini ziyoda qilur va Haqtaolo yo‘lida jon nisor qilmoq orzusini ko‘ngulda paydo qilur. Bu nav’ surud va simo’ ham haloldur. Ikkinchi xil navhagarlar (un tortib yig‘lovchilar) surudikim, yig‘lamoqni va anduhni ziyoda qilur. Bas, bu navhagarlik musulmonchilikdataqsir (qusur) o‘tganidan, (bilib, bilmay qilgan kamchiliklariga) va qilg‘on gunohlariga pushaymonlig‘idan, toat va ibodat qilolmaganidan bo‘lsa, haloldur. Chunonchi, hazrati Dovud alayhissalom ovozi xush va lahni surud birla chandon navha qilur erdiki, huzurlarida necha kishi jonini Alloh taologa taslim qilur edilar. Ammo mol, dunyo, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling