«kimyoi saodat»
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FASL Oxirat haqiqatini tanimoq bayonida
www.ziyouz.com кутубхонаси 49 Agar gunoh ishlar anbiyo alayhissalomga ziyon qilmasa ular o‘zlarini nechukdin taqvo uqubatiga solur erdilar. Tavotur (ishonchli hadislar) birla sobit bo‘libdurkim, hazrati rasuli akram sallollohu alayhi vasallam xurmoni og‘izlariga solib erdilar, ma’lum bo‘ldikim, ul sadaqa qilingan xurmo ekan, filhol og‘izlaridan tashladilar. Va agar yesalar xalqg‘a hech ziyoni yo‘q erdiki, hammaga yemagi muboh (ruxsat etilgan) erdi. Ba’zi ahmoqlar ko‘za-ko‘za sharobni nabiz (xurmo va uzumdan tayyorlangan deb) ot qo‘yib icharlar. Muning ziyonidin hech xabarlari yo‘qtur. Vaqti bo‘lurki, shayton ahmoqlarga nayrangbozlik qilur. Jahon ablaxlari masxara bo‘lurlar. Ammo buzulganlardin ul toifadurlarkim, agar odamning havoi nafsi bo‘lmasa, ani odam qatorida ko‘rmabdurlar. Balki to‘rt oyoqlilar zumrasidin sanabdurlar. Bas, bilgilki, nafs andog‘ makkor va firibgardurki, hamisha yolg‘on da’vo qilur. Va lof urarkim, shar’i sharifdan chiqmadik deb. Bu nafsning da’vosiga hukmi shar’i sharif birla dalil izlamak kerak. Agar inson tab’i chin dildan ahkomi sharr’iyga mos bo‘lsa, da’vosi rostdur. Agar ming hiylaga mashg‘ul bo‘lsa, shayton bandasidur! Bas, shar’i sharifga bo‘ysunmoq hanuz musulmonchilikning avvalgi darajasidur. Yettinchi vajh: shahvat g‘aflatning g‘olibligidan paydo bo‘lur. Jahldan ermasdur. Bul ul toifadurlarkim, bularni qilg‘on shubhalik amallari o‘zlariga ma’lum bo‘lmas va lekin guruhni ko‘rarlarkim, ibohat yo‘lida yurguchi, fisqu fasod qilguchi, makr va firib so‘zlarini deguvchi, valiylik va tasavvuf da’vosini qilguchi, so‘fiyona liboslar kiyguvchi. Bas, ul toifakim, anga Shahvat va batolat (bekorchi, yolg‘on,puch xayollar) g‘olibdur, bu guruhning qilg‘on ishlari o‘zlariga xush kelur va qilg‘on amallari fasodidan qo‘rqmaslar. Balki ayturlar, bu fasod ermasdurkim, tuhmatdur. Na fasodning ma’nisini bilurlar va na tuhmatning. Bas, bu toifa g‘ofildurlarki, shahvat va shayton bularga g‘olib kelibdur. Pand va nasihat birla bular salohga kelmas. Bas, bu toifalarning ko‘pchiligi ul qavmdindurlarkim, Haq taolo ular haqida xabar beribdurki: Inna ja’alno ala qulubihim akinnatan. Ya’ni, Darhaqiqat, Biz (Kur’onni) anglamaganlarning dillarini pardalab, quloqlarini og‘ir qilib qo‘ydik. (Kahf, 57). Bas, ahli ibohatning g‘aflat, fazihat (rasvolik, sharmandalik) larini munchalik bayon qilmoq kifoyatdur, bularning shubhasi Haq taoloni tanimaganidan yo shariatni bilmaganidandur. Va johilligikim tab’ining xohishidadur, tuzalishi qiyindur. Ul sababdankim, bu guruh shubhasiz ibohat yo‘lida yurar. Va ayturlarkim, bizlar hayratdadurmiz. Va agar ul guruxdan so‘rasalarki, nechuk hayratdasen, aslo javob etaolmas. Charoki, ularda na talab bo‘lg‘ay, va na shubha (gumon). Bu guruhning holi ul bemorning holiga o‘xsharkim, tabibga aytur: men bemordurmen. Tabib so‘rasakim: na yering og‘riydur? Bilmas. Bu nav’ kasalga iloj qilg‘ali bo‘lmas. Va bu toifaki, har ishda chora topmay hayrondir. Ammo sen inson - sen va seni xalq qilguchi Olim va Qodirdurkim, harna xohlasa qilur. Bas, aning haqida shak va hayratda bo‘lmag‘aysan. Va bu ma’nolarni dalil birla bilgaylar. Chunonchi, sharh qilindi. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 50 FASL Dunyo haqiqatini tanimoq bayonida Bilg‘ilki, dunyo o‘tkinchi manzildir. Odamlar yo‘l yurguchilar bo‘lib, Alloh taolo dargohiga safar qilguchilarga bozordur bodiya (dasht, sahro) uzra orasta qilg‘on. Tokim musofirlar ul bozordin zodi rohlarini - yo‘l oziqlarini olg‘aylar. Dunyo va oxirat ikki holatdan iboratdur. Avvalikim, o‘lmagidin ilgaridur, ani dunyo atarlar. Va ulkim o‘lgandin keyindur, ani oxirat derlar. Va bu dunyodan maqsud oxirat zodin tayyor qilmokdurki, (Alloh) odamni ibtidoi yaratishda sodda va noqis yaratibdur. Va lekin vaqtiki kamolot hosil qilsa, Hazrati Haq jalla va a’lo dargohiga shoyista (munosib) bo‘lg‘usidur. Toki jamoli ilohiy nazzorachilaridin bo‘lg‘usidur. Odamiyning oliy saodati ushbudir. Bas, odamni bu vajhdin xalq qilibdur. Odam botiniy ko‘zi ochilmaguncha, to ma’rifat hosil qilmaguncha Haq jamolini ko‘rolmas. Haq taolo jamolini mushohada qilolmas. Bas, ma’rifati ilohiyning kalidi Haq taoloning ajoyib yaratish va g‘aroyib qudratlarini mushohada qilmokdur. Alloh taoloning yaratish tartibining avvali besh hissiyotdir. Va badan sezgisi insonda mavjuddurki, suv va tuproqdan iboratdur. Bas, ushbu sababdan odam suv va tuproq olamiga tushibdur. Toki bu olamdan zodi roh tayyor qilib, o‘zligini tanimoq birla, hissiyot va aql birla tangri taolo san’atini tanib, Haq taolo ma’rifatini hosil qilg‘ay. Toki hislar odam badanida hamroh va yordur, tirik bo‘lg‘ondur. Vaqtiki hislar birla vido’ qilsa, oxiratg‘a borg‘onidur. Bas, odamning dunyoda bo‘lmog‘ining sababi ushbudurkim, bayon qilindi. Odamning dunyoda bo‘lmog‘ining ikki nimarsaga hojati bordur. Biri ulki, dilni halokatdan saqlag‘ay. Va aning ozig‘i - g‘izosini qilg‘ay. Va dilning g‘izosi Haq taoloning ma’rifati va muhabbatidur. Charoki, har nimarsaning g‘izosi o‘z tab’iga yarashadurkim, dil ma’rifatni taqozo qilur. Chunonchi, yuqorida bayon qilindi. Va dilning halok bo‘lmog‘ining sababi uldurkim, Haq taolodan o‘zga nimarsalarga ko‘ngil bergay. Va badanni asramoq dil uchundirkim, badan foniydur. Va dil boqiydur. Bas, badan dil uchun hrjilarning tuyasiga o‘xshashdurki, xojilar haj yo‘lida safar zaruriyatidan tuyalarga suv va yem-ozuqa berib, nigaqbonlik qilurlar. Vaqtiki, Ka’baga yetsalar bu ranj va mehnatdin xalos bo‘lurlar. Va lekin tuyalarga baqadri hojat boqg‘aylar. Agar yo‘lovchilar hamma vaqt- tuyalarga yem bermoq va oroyish qilmoqg‘a mashg‘ul bo‘lsalar, karvondan ayrilib halok bo‘lurlar. Munga o‘xshash, odamlar ham faqat badanini parvarish va oroyishga mashg‘ul bo‘lsalar, nafs quvvat topib, halokatga sabab bo‘lib, saodati uhraviydan mahrum qolg‘usidur. Va badanning bu dunyoda uch nimadin ziyodaga hojati yo‘kdur. Yemak va kiymak va makon. Munchalik g‘izo (ozuqa) kifoya qilurkim, toat va ibodat qilmoqg‘a quvvat hosil qilg‘ay. Va libos ham shunga yarasha. Va maskan ham issig‘ va sovuqg‘a panoh bo‘lguncha basdir. Bas, odamiyga dunyodan mundin ziyodasi zarur ermasdur. Balki dunyoning ham asli ushbudir. Va dilning g‘izosi haq taoloning ma’rifatidur. Ammo bilg‘ilki, Haq taolo odam badanida shahvatni xalq qilibdurkim, aning xohishi hamisha mazali taom yemoq va chiroyli libos kiymoq va uy-ro‘zg‘or tutmoqni taqozo qilur, To badankim, ruhning ulovidur, halok bo‘lmaguncha, bu shahvatni o‘z haddida tutg‘ay. Haq taolo shariatni payg‘ambarlarning so‘zlari bilan yubordi. Toki, xududi shar’iyni ehtiyot qilg‘ay. Va lekin shahvatni odam badanida go‘daklik vaqtidan yaratibdur. Bas, shahvat odam badanida ilari makon tutgan sababdin aqlga va shariatga o‘jarlik qilur. Va odamiy bu sababdin hamma himmatini taom va kiyim va maskan talabida sarf Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 51 qilur. Bas, dunyo va oxirat haqiqati va dunyodagi farzlaringni taniding. Endi bo‘lg‘aykim, dunyoning shox za shu’balarini tanig‘aysen. Vallohu a’lam. FASL Mol-dunyo ofati bayonida Bilgilki, dunyoning bor mohiyati uch nimarsadin iboratdur. Avval ulki, ro‘yi zaminda yaratilgan narsalarning asosi, umdasi, nabotot va ma’danlar, bularni mavolidi salosiy (jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonot) atarlar. Zaminning asli makon va ziroat qilmoq uchundir. Va ma’danlar. chunonchi, oltin, kumush, mis va temir mehnat qurollari yasamoq uchundur. Va hayvonot yemak va minmak uchundur va odamlar jon-dillarini bularga mashg‘ul qilibdurlar Ammo donolar dilni dunyoga mashg‘ul qilmag‘aylar. Va badanlarini saloh birla tutqaylar. Va dilni dunyog‘a mashg‘ul qilmoqdan necha ofatlar paydo bo‘lurkim, halokatga sabab bo‘lg‘usidur. Chunonchi, hirs, baxillik, hasad, adovat va mundin o‘zga ham. Va badanni dunyo ne’matlariga do‘st tutkanidan keyin dil binosi vayron bo‘lur. Va ba’zilar hamma himmatini dunyoga sarf qilurlar va dilning (ma’naviy) boyliklaridan ajralib, hayvonotga yaqin bo‘lurlar. Hunar va mashg‘ullukkim, odamga zarurdur, ul ham uchdur, chunonchi, dehqonchilik va bofandalik (to‘quvchilik) va me’morlik. Bularning har birining shoxobchalari bordur. Chunonchi, chig‘iriqchi va ip yigiruvchi va ba’zisi mahsulotni tamomiga yetkurur. Chunonchi, to‘quvchi va tegirmonchi bularning chandon asbob va olatlariga hojati tushar. Yag‘och, temir va mundin o‘zga ham. Bas, odam hamma hojatini o‘zi tamom qilolmas. G’ayriga hojati tushgan sababdin odamlar aro jamiyat paydo bo‘lur. Va ba’zilar o‘z haqqiga rizo bo‘lmay, bir-biriga qasd qilurlar. Bu vajxdin yana uch sifatga hojat tushar. Biri saltanat va siyosat, yana biri qozilik va hukumat, yana biri fiqhkim, muning birla siyosat va saltanat qonunini xalqg‘a joriy qilg‘ay. Ushbu vajxdin dunyoning mashg‘uloti ko‘payib odamlar rohi saodatni yo‘q qilurlar. Bas, bu dunyoning asli uchdin ziyoda ermasdurkim, taom va maskan va libos - bular badanni asramoq uchundir va badan dil uchundir. Bas, odam u dunyoga ketishini o‘ylamay, o‘zini va Haq taoloni esdan chiqarur. Bas, bu odamlar holi xaj niyatida yo‘lga chiqib, tuyasini semirtirmakka mashg‘ul bo‘lub, karvondin ayrilib, o‘zini va Ka’bani va safar maqsadini esdan chiqarib halok bo‘lg‘on hojilar holiga o‘xshar. Bas, dunyo va uning haqiqati ushbudurkim, aytildi. Va har kishi bu dunyoda o‘zini musofirlardek tutmasa va himmati nazarini oxiratga mutavajjih qilmasa, dunyo mashg‘ulotini hojatidin ziyoda lozim tutsa, bu dunyoni aslo tanimag‘onidir. Va bu bilmaslik sababi shuldurkim, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, dunyo Xorut va Morutdin ham jodugarrokdur. Andin hazar qilinglar. Vaqtiki, dunyoning jodugarligi ma’lum bo‘ldi, aning makr va firibini bilmak xalqg‘a farzdur. Bas, dunyoning jodugarlig‘ini nechand misollar birla bildurgaymen. : Avvalgi misol. Bilg‘ilki, dunyoning jodugarligi uldurki o‘zini senga andog‘ ko‘rsaturkim, har ikki olamda senga vafo qilg‘ay va hamisha sening birla bo‘lg‘ay. Ammo mundog‘ ermasdur. Balki kori doimo sendin qochish, beBakrlik va bevafolikdur. Va lekin ohista harakat qiladurkim, dushmanligini senga bildurmas. Soyaga o‘xsharkim, yaqin bo‘lmoqni xohish qilsang sendin qochar va lekin yirog‘ bo‘lgani senga ma’lum bo‘lmas. Va ma’lumdurki, umring ham sendin qochar. Bexabarsen, yaqindurkim, sening birla vido’ qilg‘usidur. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 52 Yana bir misol: dunyoning soxirligi uldurki, senga o‘zini do‘st ko‘rsatur. To sen anga oshiq bo‘lg‘aysen. Va andog‘ ko‘rinurkim, sendin o‘zga mahbubi yo‘qtur. Lekin vaqti bo‘lurkim, dushmanlik izhor aylab, nochor halok qilur. Muning misoli pirazan (jodugar kampir) nobakorga o‘xsharkim, yosh va chiroyli ko‘rinib xalqni o‘ziga oshiq maftun aylab, uyiga eltib nochor halok qilur. Iso alayhissalomdin naqldurkim, muroqabada dunyoni bir kampir suratida ko‘rdilarkim, o‘zini chandon misli ko‘rilmagan nafis, go‘zal ishvalar va g‘aroyib karashmalar birla orasta qilibdur. So‘radilarkim: necha oshiklaring, shavharing bordur? Dunyo aytdikim: «Ko‘pligidin adadini bilmasmen. So‘radilarki: bularni taloq qildingmi yo o‘ldirdingmi? Aytdikim: hammasini o‘ldurdum. Bu jilva firib birla qolg‘onlarni ham o‘ldurmakka mashg‘uldurme n». Iso alayhissalom aytdilar: taajjub qilurmen ul ahmoqlarg‘akim, dunyoning fisqu firibini ko‘rib, yana anga moyil bo‘lurlar.O’zgalardin ibrat olmaslar. Allohumma a’simniy min sehriho. Ya’ni: Ey bor xudoyo, saqlag‘il bizni dunyoning sehridin. Yana bir misol: Dunyoning yana bir sehri uldurki, zoxirini mehr, vafo suratida orasta qilur. Elga yetkuradurgon balo va mehnatini yashirin tutarki, johillar aning zohirini ko‘rib, mag‘rur bo‘ldilar. Aning misoli ayyor kampirga o‘xsharkim, yuziga parda tortib, harir jomalar kiyib, turli bezaklarni osib o‘ziga zeb va oroyishlar bergay. Har kishi ani yiroqdin ko‘rsa oshiqi nigoron bo‘lur. Vaqtiki niqobini olsalar, aning qabihligi ma’lum bo‘lib pushaymon bo‘lg‘usidur. Hadis kelibdurkim, dunyoni, boylikni qiyomat kuni ajuzi zisht (xunuk, badbashara, ayyor kampir) va palid va ko‘zlari ko‘k va tishlari og‘izlaridan chiqib turar, bu surat birla orasta aylab, hashargohga keltirib, xaloyiqg‘a ko‘rsaturlar. Xaloyiq aning og‘zidan chiqqan sassig‘lig‘idin nola va fig‘onga kelib, ayturlarki: bu fazohat (rasvolik, sharmandalik) va qabohat birla nechuk narsadirki, muning badbo‘ylig‘iga chidayolmasmiz. Farishtalar ayturlarkim: bu dunyodirki, sizlarni yaxshi ko‘rgan mahbubinglar erdi, buning jihatidin bir-birlaringga hasad qilib, xuni nohaq to‘kdinglarkim, qat’i rahim (qarindosh, urug‘lardan judo) qillinglar. Va munga mag‘rur bo‘ldinglar. Bas, dunyoni do‘zaxga tashlarlar va ahli dunyo ham ul yaxshi ko‘rgan boyliklariga ergashib, otashxonani oshxona gumon aylab, aning izidan ergashurlar. Yana bir misol: kishikim, azalni o‘ylasa, deyarli bu dunyoda bo‘lgoni yo‘qtur. Va odamzod abadul-abad ham bu dunyoda bo‘lmabdur. Bas, azal va abadning orasida necha kun bu dunyoda bo‘libdur? Bu dunyoning misoli musofirning yo‘liga o‘xsharkim, avvali maxd (beshik) va oxiri lahaddur. Va muning orasida nechand sanog‘lik manzildur. Va har yil bir manzilga o‘xshash va har oy bir farsangga o‘xshash (6 kmetrga yaqin masofa),va har kun to‘rt qadamga o‘xshashdur. Va odam bu safarda hamisha yurguvchidur. Ba’zisi manzilga yetar va ba’zisi farsangdin ketar. Ma’lum emaski, bu dunyoda o‘n yil bo‘lgan va o‘n kun. Yana bir misoli bulki, dunyo ahli dunyolaridin lazzat ko‘rarlar. Aning ranj va rasvoligini oxiratda ko‘rgaylar. Muning misoli ul kishining‘ holiga o‘xsharkim: laziz va shirin taomni ko‘p yemak birla me’dasi fasod bo‘lganidin og‘zidin bo‘yi bad zohir bo‘lib, dam bo‘lg‘ay (me’dada taom turib qolib, hazm bo‘lishi og‘irlashadi). Bu kasalning ranju mashaqqatini sezib, yegan taomdin pushaymon bo‘lur. Chunonchi, taom harchand lazizrokdur, va hazm bo‘lmog‘i og‘irrokdur. Va dunyoning lazzati qancha ko‘p bo‘lsa jon berur vaqtda shuncha og‘irroqdir. Har kishining bog‘ bo‘stoni va g‘ulomu kanizagi, oltinu kumush, ne’mati to‘larokdur, Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 53 jon berur vaqtida alarning ranji benihoya bo‘lg‘usidur. Va dunyo firoqining ranji o‘lmak birla zoyil bo‘lmas, balki ziyoda bo‘lurkim, do‘stlik dilning‘ sifatidur. Dilga o‘lum yo‘l topolmas. Yana bir misol buldirki, dunyo orttirish odamlarga yengil va muxtasar ko‘rinur. Va odamlar bilmaslar, bu ishdin ming ish paydo bo‘lur. Tamomi umri anga sarf bo‘lg‘usidur. Va Iso alayhissalom aytibdurlar: «Dunyo izlaguvchilarning holi sho‘r daryo suvidan ichguchi holiga o‘xsharkim, harchand ichsa tashnaligi tobora ziyoda bo‘lur. To o‘lmaguncha tashnaligi bosilmas». Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: suvga kirgan ho‘l bo‘lmay chorasi yo‘qtur. Dunyoga bulg‘ongan kishi iflos bo‘lmay iloji yo‘qtur. Ifloslangan kishi kasal bo‘lmay iloji yo‘ktur. Yana bir misol. Odamzod bu dunyoga kelibdur, ul kishiga o‘xsharki, mezbonga mehmon bo‘libdurki, ul mezbon odati bo‘lg‘ayki mehmon uchun saroyini orasta qilg‘ay. Oltin tabaklarda noz-ne’mat hozir qilib, kumush tabaqlarda ud va anbar kuydirib, guruh, mehmonlarni chorlab, bir-bir kuzatgay. Ul kishi oqildurki, bu mehmonlik odobini bilur. Bu taomlardin baqadr hojat tanovul aylab, bu xushbo‘ylardin o‘zini muatgar qilib o‘z makoniga qaytar. Ul nodon va ablah kishilar gumon qilurlarkim, bu tabaqlarni ham ketar vaqtlarda sevib Oltaylar. Bas, dunyo ham munga o‘xshash karvonsaroydurkim, musofirlar uchun tayyor qilibdurlar, tokim yo‘l ozig‘i Oltaylar. Va saroydagi ashyolarni tama’ qilmag‘aylar. Yana bir misol. Dunyo ahlining dunyoga mashg‘ul bo‘lib, oxiratni esdan chiqarishlari ul qavmga o‘xsharki, kema ichra daryo safarida jaziraga(orOlta) yetgaylar, qazoyi hojat qilmoq va tahorat olmoq uchun kemadan chiqqaylar va kemachi munodiy qilg‘ayki, orolda hech kishi uzoq qolmasin, kemaga kechikmasin. Va tahorat olmokdin bo‘lak ishga ovora bo‘lmag‘aykim, kema tez vaqtda ketg‘usidur. Bas, bir guruh ul orolda parokanda bo‘lg‘ay. Guruhkim, tezlik birla tahorat olib, kemaga kirib,xush havo va loyiq makonda o‘turg‘aylar. Va guruhekim, ul orolning ajoyib va g‘aroyiblarini, rango-rang qushlar ovozi va la’li, marjon va bisotu naqshlarini tamosho qilib, kechikib, kemada joy topolmay, xursand bo‘lmasdan, tor va qorong‘u yerda o‘tirg‘usidur. Yana bir guruhi nazzoraga qanoat qilmay, ul oltinlardin ko‘plab olib, kemada o‘turg‘ali joy topolmaslar. Kemada ul oltinlarning rangi o‘zgarib, ne’matlari badbo‘y paydo qilur. Bas, pushaymon bo‘lur, aning ranj va azobini tortarlar. Yana bir guruhi ul orolning ajoyiblarini tamosho qilmoq birla kemadan yiroq qolurlar va kema yurib ketar. Ul orolda ba’zisi tashnalik va ochlikdan halok bo‘lur va ba’zisini yirtqich hayvonlar va darrandalar halok qilur. Bas, avvalgi guruh mo‘‘min parhezkorlar misolidur. Oxirgi guruh kofirlar misolidurkim, o‘zlarini va xudoyi azza va jallani va oxiratni unutib, harakatu himmatlarini dunyo-boylik jam qilmoqg‘a qo‘yibdurlar. Va dillarini bu dunyo muhabbatiga bog‘labdurlar. Istahabbu hayata-d-dunya alla-oxirati. (Nahl, 107). Ya’ni: dunyoning muqabbatini, oxiratdagi abadiy hayotdan ziyoda ko‘rubdurlar. Oradagi ikki guruh mo‘‘min va osiylar misolidurkim, asli iymonini salomat saqlabdurlar. Va lekin dunyodan qo‘l yig‘mabdurlar. Ba’zilar ne’mati farovon birla xushhol, xurram, baxtiyor va ba’zilar darvish va tangdastligidin xor bo‘lib yasharlar. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 54 FASL Dunyoning halol ne’matlari bayonida Ul mazammatlarkim, dunyo bodasinda qilindi, ammo har nimarsaki dunyodur, hammasi mazmum (yomon) emas. Balki andog‘ nimarsalar dunyoda bordurkim, bu dunyodin ermasdur. Chunonchi, ilm va amalkim, dunyodadur, dunyodin ermasdurkim, ilm, amal odam birla oxiratga borgusidur. Asl ilm oxiratda odam birla hamrohdur. Va yaxshi amallar oxiratga go‘zal fazilatlar bo‘lub borg‘usidur. Va amal ikki qismdur. Avvalgi qismi dil javharini pok va sof tutmoqtsurki, gunoh va ma’siyatdin parhez amal qilmoq birla bo‘lur.Ikkinchi, Haq taoloning zikriga uns-ulfat bo‘lmokdurkim, toat va ibodatga mudovamat qilmoq birla hosil bo‘lur. Bas, ilm va amal solih ishlar jumlasidandurkim, oxiratda odam birla boqiy bo‘lg‘usidur. Chunonchi, Haq taolo xabar berur Va-l boqiyatu-s-solihatu. Yaxshi ishlar abadiy-boqiy qolur. (Kahf, 46). Bas, ilmning lazzati va ibodat lazzati va Haq 'taoloning zikriga uns-ulfat bo‘lg‘onning lazzati hamma lazzatlardan xo‘broq va ulug‘roqdur. Ilm va amal zikri dunyodadur, ammo dunyodin ermasdur. Bas, hamma lazzatlar yomon ermasdurlar. Balki nechand lazzatlardurki, aksari dunyodin ermasdur. Biri ulkim, agarchandiki dunyodindur, o‘lgandan keyin oxiratga hamroh bormas. Va lekin oxirat ishiga va ilmga va amalga mo‘‘minlar boy bo‘lmog‘iga yordam berguchidur. Chunonchi, xotin olmoq va toatga quvvat hosil qilguncha oziq-ovqat jam’ qilmoq va libos kiymak va uy-ro‘zg‘or tutmak. Bas, bularni baqadri hojat do‘st tutmoq oxirat yo‘lining shartidurkim, dunyodin bu boriga qanoat qilg‘ay, va qasdi ul bo‘lsakim, bular birla oxirat ishini farog‘at birla bajo kelturgay. Bu tariqada bo‘lg‘on kishi ahli - dunyo ermasdur. Dunyoning yomonlik martabasi uldurkim, dunyodin maqsudi oxirat natijasini topmoq bo‘lmasa, balki g‘aflatga sabab bo‘lub, bu olamda barqaror bo‘lmoqg‘a ko‘ngul bog‘lasa va oxiratdin nafrat qilsa-bu tariqada bo‘lmak nihoyati mazmum (nafratli)dur. Ushbu ma’nidin onhazrat s.a.v. xabar beribdurlarkim: Ad-dunyo mal’unatun va malunun ma fiyho illa zikrullahi. Ya’ni: mol-dunyo - la’natlangandur va har nimarsaki mol-dunyoga taalluqli, ul ham la’natlangan. Magar Haq taoloning zikri va zikriga madad, ko‘mak beradurg‘on nimarsalar mahmuddur (maqtalgan, yaxshi). Bas, bu dunyoning haqiqiy maqsadini munchalik zikr qilmoq kifoyatdur. Qolg‘onini uchinchi : ruknda bayon qilg‘umdur, insho Alloh taolo. FASL Oxirat haqiqatini tanimoq bayonida Bilgilki, oxirat haqiqatini hech kim taniyolmas, to haqiqiy o‘limni topmaguncha. Va haqiqiy o‘limni bilmas, to tiriklik haqiqatini tanimaguncha. Va ruhni tanimoq haqiqati o‘zligini tanimokdurkim, ba’zisini sharh qildim. Bilgilki, yuqorida mazkur bo‘ldikim, odam tani ulovdur. Ikki aslidin biri ruq, yana biri Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 55 qolipdur. Bas, ruhsuvoriyga o‘xshashdur. Qolip-badan ulovga o‘xshashdur va ruhning bu dunyoda badanga hojati bordur. Va anda bihisht va do‘zax ham bordur. Ul ruxning qolipidan tashqari o‘z zotiga ham hojati bordur. Va shu dunyoda ham do‘zax va bihisht, saodat va shaqovat bordur. Ammo ne’mat va lazzatlardurkim, dilga qolip vosita bo‘lmay hosil bo‘lur, anga bihishti ruhoniy ot qo‘ydum. Alam va shahovatkim, qolipsiz, badansiz ruhga yetar, otashi ruhoniy atadim. Ammo ul bihisht va do‘zaxkim, qolip vositasi birla bo‘lur, hammaga ma’lumdurkim, ul bihishtda rango-rang mevali daraxtlar va sharobi taxur va huru qusur (qasrlar), anvoi turluk ne’matlar bordur. Va do‘zax ichida chunonchi: mor (ilon) va kajdum (chayon), otash va zaqqum va samum (halokatli shamol) va mundin o‘zga ham azob va uqubatlar ma’lumdur. Bihisht va do‘zaxning sifati Qur’on va xabarlarda mashhurdur. Hammalari fahm qilur. «Ihyo» otlig‘ kitobda o‘limning zikrida bularni mufassal bayon qildim. Bu yerda o‘lim haqiqatini bayon qilgumdur. Ruhiy bihisht va do‘zaxga ishorat qilgumdurki, bularni har kishi bilmas. Ushbu ma’nidan hadisi qudsiyda xabar beribdurkim: U’iddat li ibodiys-solihiyna mo lo aynun ra’at va lo uzunun sami’at va lo xatara ala qalbi basharin. Ya’ni: Tayyor qildim solih bandalarim uchun andog‘ nimarsalarnikim, hech ko‘z ko‘rmagan va quloq eshitmagan, va hech kishining xotiriga kelmag‘on bo‘lg‘ay. Bas, bu davlat va ne’matlar bihishti ruhoniyda bo‘lg‘usidur. : Dilning ich tarafidan olami malaqut sariyga ravzana darcha- eshik ochilishiga hech shubha yo‘qtur- Va kishigakim, ul ravzana ochiqtur, oxiratning saodati va sharofatidin ravshan nasiba basirat va mushohada tariqasi birla hosil bo‘lg‘usidir. Taqlid va eshitishga hojati bo‘lmas. Chunonchi badanga bemorning saodati va shaqovati bo‘lurkim, ani sihat va maraz atarlar. Sihatlikning sababi kam yemak va parxez tutmak va kasallikning sababi - ko‘p yemak va beparhezlik qilmokdur. Munga o‘xshash mushohada birla ma’lum bo‘lurkim, inson dili, ruhida saodat ham, shaqovat ham bordur. Ibodat va ma’rifat saodatning dorusi. Jaxd va ma’siyat - gunoxlar saodatni xarob qiluvchi zahri qotildur. Bas, bu ilm bag‘oyat aziz va sharif ilmdurkim, ulamolar bu ilmdin g‘ofildurlar. Balki ko‘pchilik bu ilmga munkirdurlar, ular bihisht va do‘zaxi jismoniyni bilurlar, va oxiratni tanimoqda taqlid birla bilurlar. Ko‘pchilik odamlar ruh haqiqatini bilmaslar va bu so‘zlar sharhini arabcha («Ihyo’») kitobimda chandon dalillar birla tahqiq qildim. Bu kitobimda ham bir muncha bayon qilgumdur. Kishikim, ziyrak va dono bo‘lur, botinini ma’siyat , gunohlardan sof qilsa, bu ilmga yo‘l topib, kori oxirat dilga sobit va mahkam bo‘lg‘usidur. Aksari xalqning oxiratga iymoni za’if va sustdir. Agar xohlasang o‘lim haqiqatidan andak fahm qilg‘aysan. Bilgilki, odamda ikki ruh bordur. Birini ruhi hayvoniy atarmiz. Yana biri maloika ruhlari jinsidan, ani ruhi insoniy dermiz. Va ruhi hayvoniyning manba’i yurakdurki, bu go‘sht poradirkim, odamning chap yonida qo‘yg‘ondur. Va ruhi hayvoniy shunga o‘xshashkim, tiriklik badan ichidagi xiltlardindur. Aning mijozi mo‘‘tadildur. Va ruhi hayvoniy o‘ruq, ya’ni zavarib otlig‘ tomirning harakati vositasi birla dimog‘qa va hamma andomiga yetar. Va ruh hamma quvvat va his-harakatlarini ko‘tarib yurguchidir. Vaqtiki bu ruhtomir va dimog‘g‘a yetsa harorati kamroq bo‘lub, mu’tadilroq bo‘lg‘usidur. Ko‘z ul ruhdin quvvati basirat topar. Va quloq aningdin eshitmoqlik quvvatini kasb etar. Balki hamma hislar ul ruxdin quvvat topar. Bas, ruhi hayvoniyning misoli chirog‘qa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling