«kimyoi saodat»


FASL   Dil tobe’larining bayonida


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35

FASL  
Dil tobe’larining bayonida 
 
Dil lashkarini tafsili birla bayon qilmoqlik uzoqg‘a tortqusidur. Va onchakim maqsuddur, 
tamsili birla senga bildurg‘aymen. Bilg‘ilki, taning misoli shaharga o‘xshashdir. Qo‘l va oyoq va 
o‘zga a’zolar bu shaharning hunarmandlarig‘a o‘xshashdur. Va shahvat bu shahar xalqidin boj, 
xiroj olmoqg‘a mutasaddidur. Va g‘azab bu shaharning tungi podshohidur. 
Dil - bu shaharning podshohi. Aql bu shahar podshohining vaziridur. Bu podshohning mazkur 
bo‘lg‘anlarga hojati bordur. Mamlakat ishi bular bilan saranjom bo‘lg‘ay. 
Va lekin shahvatkim, omili xirojdur (ya’ni, soliq yig‘adigan mansabdor shaxs), 
yolg‘onchi va badkirdor va haqni botilga alishtirg‘uchidur. Va har ra’yi savobiykim, vazir 
Aql aytur, shahvat aning muxolifatida ish qilmoqni xohish qilur. Va hamisha xohishi 
uldurki, har mol-amvol, boyliklarki, badan mamlakatida bordur, xiroj bahonasi birla 
nohaq olg‘ay. Va g‘azabkim, bu shaharning tungi podshohidur, qattig‘ va tundxo‘y va 
nohaq ishlarg‘a dalerdur (ya’ni qo‘rqmaydigan). Hamisha o‘ldirmoq va sindurmoq va 
nohaq qon to‘kmoqni do‘st tutar. Chunonchi, bir shaharning podshohi hamma 
mashvaratni vaziri birla qilsa, va omil va o‘g‘rilarga jazo bersa, va har so‘zkim, 
vazirning xilofida aytadur, podshoh anga quloq solmasa, tun podshohin anga musallam 
qilsa (bo‘ysundirsa), toki omilni badkirdorlig‘idin man’ qilsa, va podshoh shabni 
ham vazirni farmonida shikastlik birla tutsa, toki o‘z haddidan tashqari qadam 
qo‘ymasa. Vaqtiki, podshoh bu tariqa birla mamlakatdorlik qilsa, har sohada mamlakat 
ishi nizomida bo‘lg‘usidur. Bunga o‘xshash vaqtiki podshoq Dil vazir - Aqlning maslahati 
birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aqlning‘ zerdasti va farmonida qilsa, badan 
,  mamlakati aning nizomida bo‘lg‘usidur. Va saodat yo‘lini topib, Haq taoloning 
ma’rifatin hosil qilg‘usidur. Va agar Dil vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
22
badan mamlakati vayron bo‘lib, podshoh Dil ham asir bo‘lib, badbaxt va halok bo‘lg‘usidur. 
Na’uzu billohi min zolika (Bunday ahvoldan Xudo asrasin). 
 
FASL 
Havos hissiyotlar bayonida 
 
Vaqtiki, mazkur bo‘lgan so‘zlardin bildingkim, g‘azab va shahvatni yemak va ichmak 
va badanni saqlamoq uchun xalq qilibdur. Bas, g‘azab va shahvat badanning 
xizmatkoridurlar. Taom va suv badanning rizqidur. 
Va badanni besh hissiyotni ko‘tarmoq uchun yaratibdur. Bas, badan hislarning 
xizmatkoridur. Va havosni vazir Aqlga xizmatda bo‘lmoq uchun xalq qilibdur. Toki Aql 
hissiyotlar vositasi birla Haq taoloning ajoyib-g‘aroyib qudratlarini bilg‘ay. Havos aqlning 
xizmatkoridur. Va aqlni Dil uchun xalq qilibdurlarkim, aql dilning shamchirog‘idur. Toki dil 
ul sham’ nuri birla hazrati parvardigori olam jamolini mushohada qilg‘aykim, ul jamoli 
bokamol podshoh Dilning bihishtidur. Bas, aql dilning xizmatkoridur. 
Va dilni hazrati Haq subhonahu va taoloning jamoli bokamolin mushohada qilmoq uchun 
xalq qilibdur. Vaqtiki, dil ul jamoli bokamol nazzorasiga mashg‘ul bo‘lsa, Haq taoloning 
xizmatkori va bandasi ekanligiga shoyista bo‘lg‘onidur. Chunonchi Haq taolo aytibdur: 
 
Va mo xalaqtu-l-jinna va-l-insa illa li-ya’buduni. 
Oyatning tafsiri: Men jinlar, parilar va odamlarni menga ibodat qilmoq uchun xalq qildim. 
(Va-z-Zoriyot, 56). 
 
Va bu mamlakat va lashkarni Dilga topshiribdurlar. Va badan markabini anga beribdur. Toki bu 
markab va lashkarlar madadi birla inson olami xokiydan a’loi uliyyinga safar qilg‘ay. 
Va agar bu ne’mati haqni ado qilmoq va bandalik shartini bajo keltirmoq xohish qilsa 
bo‘lg‘ayki, Dil podshohvor mamlakat boshida o‘ltirg‘ay. Haq taolo jamolini qiblai maqsad 
qilg‘ay. Va oxiratni vatan qarorgohi va badanni markabi roh va dunyoni langar o‘rnida bilg‘ay. 
Va aqlni vazir; qo‘l, oyoq va o‘zga a’zoni xizmatkor va shahvatni aqlning poymoli qilg‘ay. Va 
g‘azabni, tun podshohi va havaslarni xizmatga shaylab, bulardin har birini bir ishga muakkil 
qilg‘ay. 
Va quvvati xayolki, dimog‘ning avval tabaqasidandur, ani xazinador qilg‘ay. Toki 
xabarlar ruq’alarini (xatlarni) xayol sohibi tadbir qilib, o‘z vaqtida voqif bo‘lib, royi savob 
birla mamlakat ishini saranjom aylab, podshoh Dilning safari asbobini muhayyo 
qilg‘ay. 
Vaqtiki, bu lashkarlardin biri, chunonchi shahvat va g‘azab va bundin o‘zgasi ham podshoh 
Dilga tog‘iy va yog‘iy (isyonkor va dushman) bo‘lib podshoh Dilga itoatdan yuz o‘girib, rohzanlik 
(qaroqchilik) qasdini qilsa, vazir Aqlga lozimdurki, bularni tadbirin aylab, jihod va g‘azotga 
mashg‘ul bo‘lg‘ay, bularni salohga kelturgay. Va o‘ldirmag‘aykim, bularsiz mamlakat ishi rost 
kelmas. Balki tadbir qilg‘ayki, bularni toat va ibodat martabasiga yetkuzgay, toki ul safarki, 
oldinda bordir, podshoh Dilg‘a yor va o‘rtoq bo‘lg‘aylar, na hasm va rohzan (dushman va 
qaroqchi) bo‘lmas. 
Vaqtiki, bu tariqada bo‘lsa, nekbaxt va saodatmandlik nishonasi va ne’mat haqqin ado 
qilg‘onidur. Va bu xizmatlar mukofotini o‘z vaqtida topqusidur. Agar bu mazkur bo‘lgan 
tariqaning xilofida bo‘lub, ul tog‘iy va yog‘iy bo‘lg‘on dushman va rohzanlar muvofaqatda 
bo‘lsa, kofiri ne’mat bo‘lib, shakiy va badbaxt bo‘lg‘usidur. Va aning jazo va uqubatlarini 
ko‘rgay. Vallohu a’lam. 
 
 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
23
FASL 
Dil hissiyotlarining sifatlari bayonida 
 
Bilg‘ilki, dil olamiga odam vujudi shahridagi lashkarning har birini aloqa va 
munosabatlari bordurkim, podshoh Dilga bu sifatlarning har biridin bir nav’ sifat va xo‘y 
paydo bo‘lg‘usidir. Va bu fe’llardin ba’zisi yomon sifatlardurkim, podshoh Dilni halok 
qilguvchidir. Va ba’zisi yaxshi sifatlardurkim, alar birla saodati abadiy topg‘usidur. Va bu 
xulqlar agarchandki bisyordur, ammo to‘rt qismga jam’ qilibdurlar: axloqi baxoyim, ya’ni 
to‘rt oyoqli hayvonlar sifatidur. Va axloqi saba’, ya’ni darrandalar sifatidur. Va axloqi 
shayotin, ya’ni dev, shaytonlar sifatidur. Va axloqi maloika, ya’ni farishtalar sifatidur. 
Chunonchi, odam badanida shahvatni xalq qilibdurki, aning xohishi to‘rt oyoqli 
hayvonlar ishini qilmoqdur. Andoqkim: ozor yetkurmak, yemak, jimo’ qilmak. Va ushbu 
badanda g‘azabni yaratibdurkim, aning xohishi it va bo‘ri va sherlar ishini qilmoqdur. 
Chunonchi, g‘azab ishi urmoq va o‘ldirmoq va xalqg‘a qo‘l va til birla ozor yetkurmak. Va 
hasadni yaratibdurki, aning xohishi devlar ishini qilmoqdur. Chunonchi, makr va hiyla 
qilmokdur. Barhaq ishni yopmoqdur. Va xalq orasida fitna va janjal qilmoq. 
Va odam vujudida aqlni paydo qilibdurki, aning xohishi farishtalar ishini qilmoq. 
Chunonchi, ilm va ulamolarni do‘st tutmoq va yomon ishlarni qilmaslik va xalq orasida 
saloh va muvofaqat izlamoq, haris va zabun ishlardin o‘zini to‘xtatmoq va yaxshi ishlarni 
bilganidan shodlanmoq. Johillik va nodonlikdin or va nomus qilmoqdur. 
Haqiqatda odam badanida go‘yo to‘rt nimarsa bordur. Itlik, to‘ng‘izlik, devlik va 
farishtalik. Jumladan: itni xalq orasida mazlum - yomonlig‘i - qo‘l va oyoq va po‘st va 
zohir suratidagi jihatidin emasdur. Balki botinidagi yomon sifatlari jihatidindurki, xalqg‘a 
ozor yetkurmak, palid va najas narsalarni do‘st tutmog‘i jihatidindur. To‘ng‘iz ham zohiriy 
surati jihatidin yomon emasdur. Balki botinidagi najaslik va palid nimarsalarga xarislik 
jiqatidindur. 
Bas, ruhning haqiqatini va badan ichidagi sak va to‘ng‘uzlik ma’nisini anglading. 
Shaytonlik va farishtalik ma’nolarini ham munga qiyos qilgungdur. Odamga farmon 
qilibdurkim, aqlning nuriki, farishtalar nuri asaridandur, ul nur birla shaytonning 
makr-talbislarini kashf qilg‘ay. Toki shayton makr va fitna qilmoqg‘a yo‘l topmay, 
rasvo bo‘lg‘ay. Chunonchi, hazrati rasuli akram sallallohu alayhi vasallam aytibdurlarki: 
«Har odamning bir shaytoni bordur. Va mening ham shaytonim bordur. Va lekin Xudoi 
taolo meni ul shaytong‘a g‘olib qilibdur. Shayton mening qahr va g‘azabim ilkida 
asirdurki, manga hech osib va zarar yetkura olmas». Sababi - dil aqldir. 
Va odamga farmon qilibdurlarki, xaris va shahvat to‘ng‘izi va g‘azab itini adab 
birla tutub, aqlning zerdastida qilg‘ay, to aqlning farmonidin tashqari qadam 
qo‘ymag‘aylar. Agar bu tariqa bo‘lsa, yaxshi sifatlar hosil bo‘lib, saodat 
tuxmin qo‘lg‘a kelturgusidir. Agar bu tariqaning xilofida bo‘lub, shahvat va g‘azab 
oldida xizmat kamarin bog‘lasa, axloqi zamima - yomon xulqlar paydo bo‘lib, shahovat 
(gunoh ishlar) tuxmini hosil qilg‘usidirlar. Agar o‘z holini uyquda yo bedorlikda 
misoli birla mushohada qilsa, to‘ng‘uzni va yo sakni va yo shaytonni oldida qo‘lini 
bog‘liq ko‘rgusidir. 
 
Kishikim, bir musulmonni kofirning qo‘lida asir ko‘rsa, ma’lumdur, ul 
musulmonning holi nechuk kechgusidur? Bas, kishiki, farishtani sakning va 
to‘ng‘uzning va devning qo‘lida asir ko‘rsa, andin foje’roqdurki, aning holi na 
bo‘lg‘usidur? 
Olam xalqi agar insof qilsalar va qilg‘on amallarini hisob qilsalar, kecha va kunduz 
nafslari havosida xizmat kamarini bog‘labdurlar, bularning holi darhaqiqat 
ushbudurkim, agarchandiki suratlari odamga o‘xshar, fardoyi qiyomatkim, ma’nolar 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
24
oshkora bo‘lg‘usidur, va surati ma’no rangi birla ko‘ringusidur. 
To ul kishigakim, shahvat va hirs g‘olibdur, qiyomat kuni xalqning ko‘ziga to‘ng‘iz 
suratida ko‘ringay. Ul kishikim, anga g‘azab g‘olib bo‘lsa, qiyomat kuni it yo bo‘ri 
suratida ko‘ringay. Ushbu jihatidindurki, agar kishi tushida sakni, bo‘rini ko‘rsa, ta’biri 
ulki, zolimga muloqot bo‘lg‘ay. Agar to‘ng‘izni tushida ko‘rsa ta’biri ulki, palid va 
nopok kishini ko‘rgusidir. 
Ani uchunkim uyqu o‘limning tengi va birodaridur. Inson ruhi uyqu sababidin bu 
olamdin balandroq bo‘lur. 
Surat ma’noga tobe’dur. Va har kishi botiniy holig‘a muvofiq ko‘ringusidur. Va 
bu ma’nolarning sharhi bisyordurkim, hammasini bu kitobda kelturmakka 
sig‘mas. 
 
FASL 
Botindagi to‘rt mutasaddi g‘olib bayonida 
 
Bas, vaqtiki bilding, botiningda to‘rt mutassaddi g‘olib bordur: o‘turmoq va turmoq, 
balki hamma holda o‘z holingga ogohlik birla boqg‘ilki. bu to‘rt korfarmoning qaysi 
biri itoatidadursen, haqiqatini bilgil. Har fe’lki, sendan sodir bo‘lsa, ul fe’ldin bir sifat 
ko‘nglungga hosil bo‘lg‘usidur. 
Ko‘nglung taskin topib ul olamga sening birla borg‘usidur. Va bu sifatlarni axloq 
atarlar. Hamma axloq bu to‘rt g‘olib farmonidin paydo bo‘lur. Agar shahvat 
to‘ng‘uzining itoatida bo‘lsang, senda besharmlik va palidlik sifati, xarislik va xasislik 
va badkorlik va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lur. 
Agar tuban shahvatni, ya’ni to‘ng‘iz, cho‘chqa shahvati nafsini qahr-g‘azablab qo‘lga 
olib, adab birla tutsang, senda tavoze’ va qanoat sifati va sharm va orom va zariflik va 
porsolik, ya’ni poklik va tama’sizlik sifatlari paydo bo‘lur. 
Va agar g‘azab itining itoatida bo‘lsang senda yomon ishlarga dalerlik va 
nopoklik sifati va bo‘yin tovlash va o‘zni aziz tutmak va o‘zgalarni xor ko‘rmak va 
xalqqa ozor bermak va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lg‘usidur. 
Agar g‘azab itini o‘z farmoningda adab birla tutsang, senda sabr sifati va 
kishining og‘irini ko‘tarmak va avf va shijoat va xushxo‘yluq va saxovat sifatlari 
paydo bo‘lg‘usidur. Shaytonkim, ani ishi shahvat to‘ng‘izi va g‘azab itini o‘rnidan 
qo‘zg‘ab, ularni daler aylab, hiyla va makr o‘rgatmoqlikdur. Bas, shaytonning 
itoatida bo‘lsang, senda yaxshi amaldin qochmoq va xiyonat sifati va haqni botilga 
alishtirmoq, ko‘z bo‘yash va xalqqa firib bermoq va haq ishni yopmoq va mundin 
o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lg‘usidir. Va yo yaxshi sifatkim senda mavjuddur, 
boqiyot, solihot jumlasidan bo‘lg‘ungdur. 
Va saodat tuxmini qo‘lg‘a kelturgaysen. Va ul fe’llarkim, aningdan yomon 
sifatlar paydo bo‘lur, ani ma’siyat atarlar. Va ul fe’llarki, aningdin yaxshi sifatlar 
paydo bo‘lur, ani toat atarlar. (Yomon fe’llar muhlikot - halok etuvchi, yaxshi fe’llar 
munjiyot - najotga eltuvchidir. - M.M.) 
Odamiyni o‘tirmak va turmagi bu ikki holdin tashqari emasdur. Bas odamning dili 
oyinai ravshanga o‘xshashdur. Va yomon sifatlardur, zulmatga o‘xsharkim, vaqtiki 
oyinai dilga zang yetsa, ichi qoralik va torlik qilur, toki qiyomat kuni hazrati 
parvardigori olam jamoli bokamolini ko‘rolmas. Bu baxtdan mahrum bo‘lg‘usidur. 
Ul yaxshi sifatlar nurga o‘xshashdurkim, vaqtiki ul nur oyinai dilda qaror topsa, hamma 
zulmat va ma’siyatlarni yo‘q qilur. Ushbu ma’noda hazrati rasuli akram sallollohu alayhi va 
sallam aytibdurlar: «Har yomon amaldin keyin, bir yaxshi amal qilg‘il, toki ul yaxshi 
amaling ani mahv va nobud qilg‘ay». Bas, qiyomatda dillar bo‘lurki, ba’zisi ravshandur. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
25
Alloh taolo o‘z bandalariga marhamat qilib aytadurki: 
 
Yavma lo yanfa’u molun va la banuna, illo man atalloha bi qalbin salimiyn. 
Oyat tafsiri: Gunohkorlarga ul kunda mol dunyosi va farzandlari naf bermas, magar 
ul kishi najot topurkim, Haq taoloning dargohida xolis va ravshan, pok qalb birla 
kelibdur. (Shuaro, 88). 
 
Odam dili ibtidoi temirga o‘xshashdurkim, aningdin oyinai ravshan qilurlar. Agar 
oyinani sof va ravshan tutsalar, hamma olam aning ichida ko‘rinur va agar 
oyinaga zang va tiyra o‘ltursa, hech nimarsa aning ichida ko‘runmas. Chunonchi, 
Haq taolo aytar: 
 
Kallo bal rona ala qulubihim mo konuv yaksibuna. 
Oyatning tafsiri: batahqiq bilki, odamlar ko‘ngillari oyinasida qilg‘on amallarini 
ko‘rurlar. (Mutaffifun, 14).  
 
FASL 
Dilni yomonlikdan pok qilmoq bayonida 
 
Hamono aytursankim, odam vujudida yirtqich hayvonlar va shaytonlar va maloika 
sifatlari bordur. Qaysi dalil birla bilurmizkim, odamning asli farishtalar gavharidin 
bo‘lib, o‘zga sifatlar araziy va g‘arib bo‘lg‘aylar? Va nechuk bilg‘aymizki, odamni 
farishtalar avsofi hamidalarni hosil qilmoq uchun xalq qilg‘ondur, o‘zga sifatlarni 
hosil qilmoq uchun xalq qilmag‘ondur? 
Bas, bilgil va ogoh bo‘lg‘il, bu dalil birla aniq bilursenki, odam darranda va 
chahorpolardin (to‘rtoyoqlilar - hayvonlardan) sharofatlig‘ va komilroqdir. Alloh har 
nimarsaga bir kamol beribdurki, ul kamol ul nimarsani nihoyati darajasidadur. Bas, 
ul nimarsani ushbu kamol uchun xalq qilg‘on bo‘lg‘ay. Buning misoli ulki, ot eshakdan 
sharofatlirokdurki, eshakni yuk qo‘tarmoq uchun xalq qilibdur. Va otni g‘oziylar va 
bahodirlar ostida jihod maydonida yugurmoq uchun xalq qilibdur. Va eshakka otga 
o‘xshash yugurmoq quvvatini ham beribdur. Bas, g‘azot maydonida otning ustiga egar 
solib yugurmoqlik kamol va martaba darajasidur. Agar bu kamoldin ojiz bo‘lsa, anga 
to‘qum urib eshak o‘rnida yuk yuklarlarkim, eshak birla barobar bo‘lg‘usidur. Bu 
martaba aning nuqsoni va haloki bo‘lur. 
 
FASL 
Odam vujudidagi avsofi zamimalar - yomon sifatlar bayonida 
 
Bas, odamlardin»bir guruhi gumon qilibdurlarkim, Alloh odamni taom yemak va 
uyqulamoq va jimo’ qilmoq, lazzat olmoq uchun yaratgandur deb. Bu mutlaqo 
noto‘g‘ri, buzuq, behuda xom xayoldir. Bu bilan hamma umrlarini bo‘lmag‘ur botil 
ishga sarf qilurlar. Ming afsus va nadomatlar bo‘lsin! 
Endi bir guruhlar borki, gumon qilurlarkim, sababsiz o‘zgalarga qahr-g‘azab qilib, 
baland ovozlar bilan jerkib, koyib, ulardan g‘olib bo‘lish uchun yaratilganman 
derlar. Bu toifa ishlarga vaqtlarini, hattoki umrlarini sarf qilurlar. 
Ko‘pchilik xalqlarda uchraydigan bu har ikki gumon xatodurki, yemak va jimo’ 
qilmoq shahvat sababidindur. Bu ishlarning hammasi botil xayollardur. Yemak, ichmak 
va jimo’ qilmak hayvonlarda ham bordur. To‘rt oyoqli hayvonlarning yemagi 
odamning yemagidan to‘laroqdur. Chumchuqning jimo’ qilmog‘i odamning jimo’ 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
26
qilmog‘idan to‘laroqdur. Bas, odam bulardin nechuk sharofatlik bo‘lg‘usidur? 
G’oliblik va balandlik qilmoq g‘azabning xohishidandurkim, bu darrandalarning 
sifatidur. Bas, odamga darranda va to‘rt oyoqli hayvonlarga bergan sifatlar ham 
berilibdur. 
Endi bundin ham ziyoda kamoli sharofatni beribdurkim, bu aql ne’matidur. Bas, 
odam o‘zini yaratgan Alloh azza va jallani shu aql-idrok bilan tanur. Alloh taoloning 
ajoyib va g‘aroyib yaratish qudratlarini tafakkur bilan mushohada qilib, aql nuri 
birla o‘zini g‘azab ilkidin xalos qilur. Bu farishtalar sifatidandur. Bu sifat hamma 
vahshiy hayvonlar sifatidan g‘olibdur. Alloh ro‘yi zamindagi barcha mavjudotlarni 
insonga musaxxar qildi - bo‘yinsundirdi. Haq taolo kalomi majidida xabar beribdurki: 
 
Va saxxara lakum mo fi-s-samovati vama fil-arzi jami’an minhu. 
Oyatning tafsiri: Haq taolo sizlarga yer yuzidagi mavjudotlarning hammasini 
bo‘ysundirdi. (Josiya, 13). 
 
Bas, odamning haqiqati ul nimarsadurki, kamoli va sharofati aning birla bordur, 
ya’ni aql birladur. Va o‘zga sifatlar g‘arib va oriyatdurki, aqlning madadi va chokarligi 
bilan amalga oshmasa. 
Bul dalil birla vaqtiki odam vafot qilsa, na g‘azab qolur va na shahvat. Ammo 
javhari aqlkim, ravshan va nuroniy, Haq taoloning ma’rifati birla orasta bo‘libdur, 
odamning rafiqi bo‘lib, farishtai muqarrablar birla hazrati Haq subhonahu va 
taoloning dargohida bo‘lgusidur. 
 
Fa maq’adi sidqin inda malikin muqtadirin. 
 
(Ya’ni, (Ular) qudratli podshoh (Alloh)ning huzurida sadoqat maqomida bo‘lurlar. 
(Qamar, 55). 
 
Va ammo ba’zi dil bo‘lurkim, tiyra va qorong‘u va tuban. Tiyraligi ul jihatidindurki, 
ma’siyat zulmatidin zangvor - ya’ni zang o‘ltirgandur. Va nigunsorligi ul jihatidindurki, 
shahvat va g‘azab xohishiga berilibdur. Bas, shahvat va g‘azab xohishi bu dunyoda 
qolg‘usidurkim, ul jihatdin bu olami sifliyga mutavajjih bo‘lib, nogiron bo‘lg‘usidur. 
Bas, nochor dil nigunsor - xarob bo‘lur. 
Bu ma’nodin hazrati Haq subhonahu va taolo xabar beribdurki: 
 
Va lav taro izi-l-mujrimuna nakisu ru’usihim inda rabbihim. 
Gunohkor, mujrim, osiylarni Alloh dargohida boshlari egik holda ko‘rasizlar. (Sajda, 
12). 
 
Bas, bu nav’ dil shayotin birla Sijjin otlig‘ do‘zaxda yonib rasvo bo‘lg‘usidur. 
 
FASL 
Dil olami ajoyiblarining nihoyasizligi bayonida 
 
Dilning sharofati ul jihatdindurki, hamma mavjudotdin ajibroqdur. To‘la 
(ko‘pchilik) xalq dilning haqiqatidin g‘ofildurlar. Bas, dilning sharofati ikki 
vajhdin: biri ilm jihatidin, yana biri qudrat sababidindur. 
Ammo dilning sharofati ilm jihatidin ikki tabaqadur. Biri ulki, hamma xalq ani 
bilurlar. Yana bir tabaqa po‘shida (yashirin)durki, har kishi bilmas. Bu tabaqa 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
27
azizroqdur. Ammo ul tabaqakim zohiriydur, ani hamma xalq bilurlar. 
Dilda andog‘ quvvat bordurkim, hamma ilmni va hamma hunarlarni bilur. Va hamma 
kitoblar ma’nosini fahm qilur. Chunonchi: ilmi handasa va ilmi hisob va ilmi tib va 
ilmi nujum, ilmi shariat va ilmi kasb. Bovujud ulkim, dilning bir qismi qismatni 
qabul qilmas (mangu tirikdur). Muncha ilmlar anga sig‘ar. Balki xamma olamni dilga 
nisbat qilmoq birla, daryodan qatra misolidur. Va har lahzada o‘zini fikri-harakati birla 
taxtas-sarodan a’loyi ulliying‘a va mashriqdan mag‘ribga sayr qilur. Bovujud ulki, 
olami xokda barqarordur. Va hamma yulduzlar va sayyoralarning andoza va miqdorini 
bilur. 
Baliqni hiyla birla daryo qa’ridin chiqarur. Va qushni havodin yerga keltirur. Sher va 
filni, otni va mundin o‘zga hayvonot purzo‘rlarini o‘ziga bo‘ysindirur. Va har nimarsaiki, 
olam ajoyiblaridindur, aning ilmi havosi panjgona (besh xil) yo‘l birla hosil aylar. 
Va bundan ajibroq bukim, dilning ichi tarafidin olami malakut sori ravzana - 
daricha, tuynuk ochiqdur. Andog‘kim, dilni tashqari tarafidin olami maxsusotga besh 
darvoza kushoda, ya’ni ochiqdur. Olam maxsusoti deb olam jismlarini ayturlar. Olami 
malakutiy deb ruhoniy olamni ayturlar. Olam xalqining ko‘pchiligi jismoniy olamni 
bilurlar. Bu yuzaki va beasldur. Bu ilm ham muxtasardur. 
Bas, dilning ich tarafidin olami malakutga ravzana ochiqdur demakka ikki dalil 
bordur. Biri tush ko‘rmakdurkim, vaqtiki (odam) uyquga borsa, sezgilar yo‘li 
bog‘lanur. Ul vaqtiki dilning ravzanasi ochiq bo‘lur, ya’ni dildan tashqariga 
tuynuk ochilib, olami malakutiydin va Lavxul Mahfuzdin g‘ayb ishlarni ko‘rmakka 
turar. To onchakim, keladurgon zamonda voqe’ bo‘ladurg‘on ishlarni ham bilar. 
Ba’zisini ravshan mushohada qilur va ba’zisi tafsirg‘a hojati tushar. Va odamlar 
gumon qilurlarkim, ilm hosil qilmoqg‘a uyqudin bedorlik avloroqdur deb, va 
bilmaslarkim, bedorlikda g‘aybni bilg‘ali bo‘lmas, tushda bilg‘ali bo‘lur. 
Tush ko‘rmakning haqiqatini bu kitobda tamom sharh qilmoq mumkin ermas. 
Ammo bu miqdor bilg‘aysankim, dil misoli oynadur. Lavhul Mahfuzning misoli, yana 
bir oynaga o‘xsharkim, aningda hamma mavjudotning surati yozilg‘andur. Bas, ikki 
oynaga ro‘baro‘ qilsa, bir oynadagi surat yana bir oynaga tushganga o‘xshash, 
Lavhul Mahfuzdagi mavjudotning surati oynai dilda jilvagar bo‘lg‘usidur. Bu martaba ul 
vaqtda hosil bo‘lurkim, ul dil oynasi sof bo‘lub, moddiy dunyodan o‘zini forig‘ aylab, 
olami malakutiyga munosabat paydo qilsa, bu vaqtda malakut olami ajoyiblaridan 
mushohada aylar. 
Va lekin inson sezgilari yo‘li uyqusida masduddur (ya’ni to‘silgandir), ammo ruh o‘z 
joyida ogohlik birla turar. Bu vajhdindurki, tushida ko‘rgan nimarsani xayol vositasida 
ko‘rar. 
Ammo ravshan va oshkora ko‘rolmas. Vaqtiki vafot etsa, na xayol qolur va na havas. 
Hamma nimarsalarni ravshan ko‘rgusidir. Chunonchi, Haq taolo kalomi majidida 
xabar berur: 
Fa kashafno anka g‘itaaka fa-basaruka al-yavma hadid. (Qof, 22). 
 
Qattiq kunda (Qiyomatda) sizga to‘silgan olamni ko‘rsaturmiz. Bu xitobi shadidul itob 
javobida gunohkorlar ayturlarkim: 
 
Rabbano, absarno va sami’no farji’no na’mal-salihan. (Sajda, 12). 
 
Tafsiri ulki, «Rabbimiz, bizlarni ibrat ko‘zi bilan ko‘radigan qilg‘il, va jon qulog‘i 
bilan eshitib, yaxshi solih amallardan qilaylik, deb Alloh taologa iltijo qiladilar. Yana 
aytadilarki, qiyomat kuning qo‘rqinchini ko‘rdik, sur sadosini eshitdik, sen 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling